Referati reja: Pop tumanining iqtisodiyot tarkibi. Ko`rsatkichlar tizimi
Download 1.04 Mb.
|
Egamberdiyev Sanjar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI RAQAMLI IQTISODIYOT FAKULTETI IQTISODIY XAVFSIZLIK YO’NALISHI IH-81 GURUH TALABASI EGAMBERDIYEV SANJARNING “MINTAQAVIY IQTISODIYOT” FANIDAN TAYYORLAGAN REFERATI Reja:
Pop tumanining iqtisodiyot tarkibi. Ko`rsatkichlar tizimi. Tumanning tarmoqdagi hajmning asoslash usullari. KIRISH Ushbu referatni yozishimdan maqsad Namangan viloyati Pop tumanining makroiqtisodiy ko`rsatkichlarini chuqur tahlil qilish asosida, ilmiy asoslangan va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajardim: tumanni makroiqtisodiy ko`rsatkichlarini chuqur tahlil qildim; tuman aholisini o`sish dinamikasini tahlil qildim; tumanda sanoat ishlab chiqarish hajmi va uning dinamikasini o’rgandim va tahlil qildim; tumanda qishloq xo`jaligini o`sish dinamikasini tahlil qildim; tumanda qurilish sohasini o`sish dinamikasini tahlil qildim; tumanda xizmatlar sohasi(shu jumladan pullik xizmatlar)ni o`sish dinamikasini tahlil qildim; tumanning investitsion muhiti va uning jozibadorligini o`sish dinamikasini tahlil qildim; tumanning eksport salohiyatini o`sish dinamikasini tahlil qildim; tumanning yangi ish o`rinlarini yaratish imkoniyatini o`sish dinamikasini tahlil qildim; Asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar: -sanoat;
-asosiy kapitalga investitsiyalar; -qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi; -qurilish ishlari; -chakana tovar aylanmasi; -bozor xizmatlari; -tashqi savdo aylanmasi; -eksport; -import. Sanoat Dastlabki maʼlumotlarga koʼra, 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida tumanda faoliyat koʼrsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 500,2 mlrd. soʼmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʼlib, oʼtgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish indeksi 108,6 % ni (2019 yilning yanvar-dekabr oylarida 393,3 mlrd.soʼmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan, oʼsish surʼati 107,9 % ni) tashkil etdi.Bu ko’rsatkich 2021-yilga kelib esa tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 451,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020-yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish indeksi 105,0 % ni tashkil etdi.2022-yilda esa, sanoat korxonalari tomonidan 510,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish indeksi 106,3 % ni tashkil etdi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 273,6 mlrd. so‘m bo‘lib, uning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 60,8 % ni tashkil etdi. Shuningdek, ushbu davrda kichik biznes subyektlari tomonidan 256,4 mlrd. so‘mlik xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, kichik biznes subyektlarining xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 83,2 % ni tashkil etgan. 2021- yil yanvar-dekabr oylarida tuman bo‘yicha aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 002,3 ming so‘mni va xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 1 371,2 ming so‘mni tashkil etgan. 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 323,5 mlrd. so‘m bo‘lib, uning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 61,8 % ni tashkil etdi. Shuningdek, ushbu davrda kichik biznes subyektlari tomonidan 275,9 mlrd. so‘mlik xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, kichik biznes subyektlarining xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 80,9 % ni tashkil etgan. 2022- yil yanvar-dekabr oylarida tuman bo‘yicha aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 286,6 ming so‘mni va xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 1 488,0 ming so‘mni tashkil etgan Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling