Reja: Aerodrom gruntlarining turli darajada o'ta namlanishi va suvni chetlatish bo'yicha muhandislik saqlash tadbirlari
Download 61.62 Kb.
|
Aerodrom ekspulutatsiya mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushunchalar Drenaj (дренаж)
- Quduq boshi inshooti (устьевое сооружение)
- Ochiq kanal (открытый лоток)
- Gruntlarning suv rejimi haqida asosiy ma’lumotlar.
- 1) kimyoviy birikkan; 2) jismonan birikkan; 3) erkin.
Mavzu:Aerodromlarni suv qochirish va drenaj tizimini saqlash va ta’mirlash. REJA: 1.Aerodrom gruntlarining turli darajada o'ta namlanishi va suvni chetlatish bo'yicha muhandislik saqlash tadbirlari. 2.Yer usti va yer osti suvlarini chetlatish bo'yicha muhandislik saqlash tadbirlari. 3.Uchish maydonining gruntli qismida suv chetlatish va drenaj tizimlarini saqlash va tamirlash. 4. Xulosa. 5. Adabiyotlar. Asosiy tushunchalar Drenaj (дренаж): sun'iy qoplamalarning drenaj asoslaridan keladigan, er osti suvlari sathini pasaytiradigan, er osti suvlarining aerodrom ob'ektlariga kirishini to'xtatuvchi, maxsus teshiklari bo'lgan quvurlardan yasalgan quvur liniyasi (alohida drenaj) yoki er osti suvlarini qabul qilish va tushirish (tashish) tizimi (perforatsiya) er osti suvlarini qabul qilish uchun mo'ljallangan. Quduq boshi inshooti (устьевое сооружение): kollektorning yer yuzasiga, odatda tabiiy suv oqimiga (xandak, jar, soy, kichik daryo) chiqadigan joyida drenaj kollektorini atrofdagi yerlar bilan bog'lash uchun mo'ljallangan inshoot. Tepa ariq (нагорная канава): to'rtburchak yoki trapetsiya kesmadagi xandaq ko'rinishidagi inshoot, qo'shni hududdan aerodrom ob'ektlariga oqayotgan suvni ushlab turish, to'plash va yo'naltirish uchun mo'ljallangan, odatda balandlikda joylashgan. Ochiq kanal (открытый лоток): sun'iy aerodrom qoplamalari yuzasidan pastga oqib tushadigan yer usti suvlarini qabul qilish va tashish uchun uchburchak kesimdagi inshoot. Truba (дождеприемный лоток): sun'iy qoplamalar yuzasidan oqib chiqadigan yer usti oqava suvlarini qabul qilish va tashish uchun panjarali to'rtburchak kesimdagi inshoot. Gruntlarning suv rejimi haqida asosiy ma’lumotlar. Aerodrom loyihasini ishlab chiqishda yomg‘ir, qor, yer osti suvlarning ko‘tarilishi yaqin suv havzalarda suv sathining ko‘tarilishi va suv oqishning boshqa manbalari yoki uchish maydonining o‘ta namiqishi sababli HK larini ekspluatatsiya qilish sharoitlar yomonlashuvini ko‘zda tutadigan tadbirlar ko‘rilishi kerak. Bunday hodisalarga etarli e’tibor bermaslik HK uchish va qo‘nish xavfsizligini oshiradi, aerodrom qurish va ekspluatatsiya qilishni qimmatlashtiradi, uchish maydonining xizmat muddatini qimmatlashtiradi, uchish maydonining xizmat muddatini pasaytiradi. SUQT da HK si yugurganida qoplama yuzasida-3mm dan ortiq suv qatlami bo‘lmasligi kerak. Bu HK sining g‘ildiragi suv qoplangan yuzada tebranganda bo‘ladigan hodisalardan kelib chiqqan, chunonchi: shinaning ho‘l yuza bilan ilashuvi quruq yuza bilan ilashgandagiga qaraganda doim kam; g‘ildiraklar katta tezlik bilan suv qatlamida yurganda ro‘paradan dinamik kuchlar qarshilik qiladi va g‘ildiraklar tebranish o‘rniga sirpanadi, natijada ilashish deyarli yo‘qolib, HK turg‘unligini yo‘qotadi, uni boshqarib bo‘lmaydi. Bulardan tashqari, suv qatlam uzra yurganda g‘ildirak atrofida suv va chang aralashmasining tomchilar tumani hosil bo‘ladi. Bu g‘uborlar HK dvigatelining havo so‘rg‘ichiga, uchuvchilar kabinasi fonariga, shassi yig‘ishtirib qo‘yiladigan joylarga o‘tirib qolishi xavfli. SHuning uchun SUQT laridan atmosfera suvlari tez oqib va uchish maydoni chegaralaridan chiqib ketishini ta’minlash zarur. Bundan tashqari sun’iy qoplama zamini ortiqcha namlanib ketishi HK sidan tushayotgan yuklamaga javob reaksiyasini pasaytiradi, natijada uchish, qo‘nish qiyinlashadi. Tabiiy sharoitlarda grunt tarkibida bir muncha suv turli: suyuq, qattiq(muz) yoki bug‘ holatida bo‘ladi. ularning xususiyatiga qarab, 3 xil suv bo‘ladi: 1) kimyoviy birikkan; 2) jismonan birikkan; 3) erkin. Download 61.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling