Reja: Angliya inqilobi uning davrlari

Download 121 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi121 Kb.
#205732
Bog'liq
10-ma'ruza

10-ma'ruza

10-Mavzu. Angliya davlati va huquqi tarixi

Reja:

1. Angliya inqilobi uning davrlari.

2. Konstitutsiyaviy monarxiya. Respublika. Harbiy dektatura tuzumi. 1653 yildagi Boshqarish quroli.

3. Huquqning belgilari. «Xabeаs Korpus Akt».

4. Konstitutsiyaviy monarxiyani rasmiylashtirilgan aktlari.

Tayanch iboralari

Yangi davr davlati va huquqining ỹziga xos xususiyatlari. Angliya burjua inqilobi. «Yangi model» tỹg‘risidagi qonun. Parlament va qirol. Indipendestlar respublikasi. Boshqarish quroli. Styuartlar monarxiyasining tiklanishi. Xabes korpus akt. Parlament partiyalari.

1. Angliya inqilobi uning davrlari

O‘rta asrlarning oxirgi yuz yilliklarida G‘arb Yevropaning qator davlatlari ijtimoiy-siyosiy tuzilishida, ishlab chiqarish kuchlarida tub o‘zgarishlar yuz berib asosan qishloq xo‘jaligi – krepostnoy mehnatdan foydalanish o‘rnini, texnika asosiga qurilayotgan sanoat ishlab chiqarishi va yollanma mehnat egallay boshladi. Ammo o‘rta asrning ijtimoiy-siyosiy tuzilishi, davlatchilik va huquqi o‘z-o‘zidan sanoatlashgan jamiyat va yangi davlat va huquqqa o‘rnini bo‘shatib bermas edi. Bu davrdagi mutloqiy monarxiya boshqarish shakliga ega bo‘lgan G‘arbiy Yevropaning barcha davlatlarida ushbu boshqarish shakliga uning o‘zboshimchaligiga, qonunsizlikka qarshi, inson huquqlari, shaxs ozodligi, xususiy mulk daxlsizligi va boshqalar haqida ilg‘or inqilobiy g‘oyalar yuzaga keldi. XU-XUI asrlar insoniyat tarixiga ana shu o‘zgarishlar yuzaga keltirgan yangilanish, yangi tarix davri bo‘lib kirib, uning XUI asrdagi Niderlandiya inqilobi boshlab berdi. Undan keyin bu davrning eng buyuk voqealari bo‘lgan XUII asrdagi Angliya va XUIII asrdagi Fransiya inqiloblari bu jarayonni takomillashtirib poyoniga yetkazdi. Ana shu tarixiy jarayonlar insoniyatning davlat va huquq tarixida yangi davr yangi bosqichni yaratdi.

Angliyada yangi davrda davlat va huquq asoslarini yaratish bir qancha o‘rta asr huquqiy institutlariga yangi mazmun berib, yangi davrga moslashtirish orqali bordi. Shulardan biri 1628 yildagi "Huquqlar haqidagi petitsiyalar"dir. By hujjat quyidagi qoidalarni o‘rnatdi: a) hech kim parlament aktidan tashqari qirol xazinasiga soliq to‘lashga majbur etilishi mumkin emas; b) qonunsiz soliqni to‘lamaganlik uchun biror kishini hibsga olish mumkin emas; v) armiya qismlarini aholining uylariga joylashtirish taqiqlanadi; g) biror shaxs mamlakatdagi qonunlar va erkinliklarga zid holda, odamlarni qonunsiz o‘lim jazosiga hukm qilish bilan bog‘liq alohida vakolatga ega emas.

Angliya burjua inqilobniing boshlanishiga 1637-1638 yillarda avtonomiya huquqida bo‘lgan Shotlandiyadagi qo‘zg‘olon sabab bo‘lib, buning natijasida Angliya bilan Shotlandiya o‘rtasida urush kelib chiqdi.

Burjua inqilobining etaplari. Angliyadagi inqilobiy vaziyat va uning rivojlanish etaplari qo‘yidagilardan iboratdir:

I. I640-I642 yillar bu davrda yangi dvoryanlar, burjuaziya va grajdanlar ommasining qirolga xamda reaksion kuchlarga qarshi kurashi natijasida Angliyada yangi burjua davlat boshqarishning konstitutsiyaviy monarxiya shakli o‘rnatildi.

II. 1642-1649 yillarda Angliyada grajdanlar urushi natijasida qirol armiyasi tor-mor keltirilishi bilan (independistlar) 1649 yilda respublika tuzumi o‘rnatildi.

III. 1649-1658 yillar. Bu vaqtda halq ommasining inqilobiy harakatidan qo‘rqqan burjuaziya va yangi dvoryanlarning bir guruhi 1653 yilda G.O.Kromvelning harbiy diktaturasini o‘rnatdi va "Boshqarish quroli" deb ataluvchi hujjat qabul qilindi.

IV. 1658-1688 yillar Kromvel vafotidan keyin halq ommasining inqilobiy xarakatidan qo‘rqqan yangi dvoryanlar boshqa toifalar bilan til biriktirib Angliyada Konstitutsiyaviy monarxiyani tikladi va XIX asrgacha Angliyada yangi dvoryanlar hukmronlik qildi.

2. Konstitutsiyaviy monarxiya. Respublika. Harbiy dektatura tuzumi. 1653 yildagi Boshqarish quroli

1645 yilda "Angliyada yangi model xaqida” Ordonans qabul ki­lindi. Yangi tarix davridagi inqilobning birinchi grajdanlik urushi yillarida ikkita bir-biriga dushmanlik qiluvchi kurashayotgan kuchlar paydo bo‘ldi. Ular Angliya qirolligining turli qismlarini nazorat qiluvchi, ijro etuvchi, farmoyish beruvchi va qonunchilik hokimiyatini to‘la o‘z qo‘llarida to‘pladilar. Bu kuchlar qirol va parlamentdan iborat bo‘lib, ularning faoliyatlari o‘z vakolatlarining asosiy yo‘nalishlarini tuzish yo‘lidan bordilar. O‘zlari nazorat etib turgan doirada ijro etuvchi va qonunchilik hokimiyatini jamlab olgan Parlament, mavjud harbiy tizimni isloh qilishga qaratilgan bir qancha qonunlarni qabul qildi, ana shulardan biri “Yangi model haqida”gi ushbu qonun bo‘lib, u general Kromvel tashabbusi bilan qabul qilingan, alohida grafliklarning opolcheniyalari (halqdan yig‘ilgan doimiy bo‘lmagan harbiy qismlar) o‘rniga doimiy armiya tashkil qilishni nazarda tutadi. Bu armiya davlat hisobiga ta’minlanishi, oddiy askarlar ozod dehqonlar va hunarmandlardan tashkil topishi, ofitser qismlari esa kelib chiqishidan qat’iy nazar, layoqatliligiga qarab tayinlanishi lozim edi. Ana shu tadbir parlament armiyasini jangovor armiyaga aylanishiga olib keldi. Keyinchalik u qirol armiyasini bir necha bor tor-mor keltirdi.

Birinchi grajdan urushi 1646 yilda qirol Karl I o‘z taxtini tashlab Shotlandiyaga qochishi bilan tugadi.

Inqilobning 2-grajdan urushi 1648 yil boshlanib, buning asosiy sababi qirolning Shotlandiyadan katta qo‘shin to‘plab kelib Angliyaga qarshi kurash boshlashi edi. Buning natijasida, armiya, qirol qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratib, o‘zini asirga oldi. Mana shu davrda ikki siyosiy partiya: 1. Press-veteran (yirik burjuaziya va yangi dvoryanlarning yuqori tabaqasidan iborat) partiyasi. 2. Independistlar partiyasi (bu o‘rta va mayda burjuaziya vakillari hamda yangi dvoryanlarning o‘rta tabaqalari) vujudga keldi. Ularning rahbari general O.Kromvel edi. Bular ko‘pincha o‘z faoliyatlarini armiyada olib borgan.

Bu davrda "Livellerlar" (tenglashtiruvchilar) deb ataluvchi siyosiy oqim ham vujudga kelib, ularning asosiy talabi "tabiiy huquq nazariyasiga asoslangan" holda "umumiy saylov xuquqi"ni amalga oshirish, qonun oldida hammaning teng huquqli ekanligini e’tirof etishdan iborat edi. Livellerlar g‘oyalariga ko‘ra, har qanday qonuniy hokimiyatning asosi bo‘lib "halq shartnomasi" hisoblanishi kerak. Ammo ular halq deb o‘rta hol bur­juaziya, hunarmandlar va savdogarlarni hisoblaganlar. Ular Angliya siyosiy tuzumini demokratik asosda qaytadan tuzishni talab etib, shu maqsadda bir qancha loyihalar ishlab chiqdilar. Livellerlarning "Halq shartnomasi", "asosiy takliflar" nomli hujjatlaridagi shu kabi rejalarini amalga oshirish uchun shart-sharoit yo‘q edi.

Mana shuning uchun ham livellerlar talabi amalga oshmadi. Hokimiyatni qo‘lga olgan burjuaziya ommaning inqilobiy kurashidan qo‘rqib o‘rta asr tartiblarini saqlab qoldilar.

Urushning tamom bo‘lishi va qirolning asir olinishi parlamentda press veteranlar va independistlar o‘rtasidagi kurashni avj oldirib yuboradi. 1648 yilda parlamentining independistlardan iborat rahbarlari tozalash o‘tkazgach, 4 yanvar 1649 yilda jamoa palatasi o‘zini Angliyadagi oliy hokimiyatning egasi deb e’lon qildi. Uning qarorlari qirol va lordlar palatasining tasdig‘isiz qonun kuchiga ega bo‘ldi. 1649 yilning martida qirol ustidan o‘tkazilgan sud va uning 31 yanvar 1649 yilda qatl qilinishi natijasida Lordlar palatasi tugatildi. Respublika shaklini Konstitutsiyaviy tartibda mustahkamlash 1649 yil 19 maydagi "Angliyani ozod davlat deb e’lon qilish haqidagi akt" bilan rasmiylashtirilib, respublikada oliy hokimiyat "Parlamentdagi Halq vakillariga taalluqlidir" deb e’lon qilindi. Oliy ijro organi parlament oldida mas’ul bo‘lgan Davlat Soveti bo‘lib hisoblansada, amalda unga rahbarlik O.Kromvel qo‘lida edi. Respublika davri Angliya inqilobining eng yuqori nuqtasi bo‘lib u 1653 yilning apreligacha davom etdi. By davrdagi ikkita muhim qonunlar - Savdo va sanoatni rag‘batlantirish haqidagi 1650 yil 1avgust akti, hamda 1651 yil 9 oktabrdagi Navigatsiya (dengizda suzish) haqidagi aktlar diqqatga sazovordir.

Kromvel protektorati. 1653 yilning 16 dekabrida o‘rnatilgan protektorat tartibi Angliya hukmron doiralarining talablariga mos tushdi. Bu voqea "uzoq parlament"- ning qolgan-qutganlarini tarqatib yuborish, yangi parlament chaqirish, hamda yangi konstitutsiya ishlab chiqish "Napoleon va Robesperning xususiyatlarini bir shaxsda mujassamlashtirgan Kromvelning harbiy diktaturasini qonunlashtirish"1 bilan birga bordi. Bir guruh ofitserlar tomonidan ishlab chiqilgan bu hujjat “Hokimiyatni boshqarish quroli" deb atalib, (to‘la nomi - "Angliya, Shotlandiya va Irlandiyani hamda ularga tegishli mulklarni umumiy manfaat yo‘lida boshqarish shakli”) jami 42 moddadan iborat bo‘lgan. Bu hujjatga ko‘ra, Oliy hokimiyat lord-pro­tektor va 15-21 a’zodan iborat Davlat Soveti parlament orqali o‘z vakillariga ega bo‘lgan halqqa tegishlidir, deb e’lon qilindi. Mamlakat o‘n bitta harbiy okrugga bo‘linib Kromvel oldida shaxsan javobgar bo‘lgan general-mayorlar tomonidan boshqaradigan bo‘ldi.

Shunday qilib, boshqarishning rasman respublika shakli saqlanib qolindi, haqiqatda esa, barcha hokimiyat bir kishi lord protektor qo‘lida to‘plandi. Qonun chiqaruvchi idora bir palatali parlament bo‘lib, majlislari 5 oydan, parlamentsiz boshqarish esa 3 yildan ortiq davom etishi mumkin emas. Barchaga bir xil 200 funt sterling, saylov senzini joriy etilishi bilan halq saylovdan chetlatildi. Armiya va flotni saqlash uchun soliq yig‘ish doimiyga aylanib, parlamentga bog‘liq emas. U halqni vakolatli idorasi bo‘lmay qoldi. Qurolli kuchlar ustidan qo‘mondonlik qilish general Kromvel qo‘lida to‘plandi. Boshqarish quroli yagona shaxs "lord protektor" hokimiyatining to‘laligini pardalashga xizmat qildi.

Lord protektor qonunchilik hokimiyatidan foydalanib bu vakolatni parlament bilan birga olib borgan. Davlat Sovetining ham fikrini e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan. "Lord protektor"lik unvoni saylash yo‘li bilan beriladigan bo‘lsada, Kromvel bu unvonni umrbodga egallagan. (Hujjatning 33-moddasi).

Angliya, Shotlandiya va Irlandiya hamda ularga tegishli mulklarni Boshqarish shakli haqidagi (Boshqarish quroli) 1653 yil 13 dekabrdagi konstitutsiyaviy aktdan.

1. Ozod Angliya, Shotlandiya va Irlandiya hamda ularga tegishli bỹlgan mulklardagi Oliy qonunchilik hokimiyati parlamentda vakillarga ega bỹlgan bir shaxs va xalq qỹlida tỹplanib ularda bỹladi.

Yuqorida nomi keltirilgan shaxsning nomi «Ozod Angliya, Shotlandiya va Irlandiyaning Lord - Protektoridir».

2. Yuqorida nomlari keltirilgan mamlakatlar va mulklarni hamda xalqlarini Oliy hukmdori va boshqaruvi a’zolari soni yigirma bittadan kỹp, ỹn uchtadan kam bỹlmagan Kengash hamkorligidagi Lord Protektorga tegishlidir.

4. Qonunlarning ỹzgartirilishi, tỹxtatilishi yoki bekor qilinishi, yangi qonunlarni chiqarish xalqga solinadigan yangi soliqlar va yig‘imlarni ta’sis etish Lord Protektorning Parlamentda ifodalangan roziligi bilangina bỹlishi mumkin.

22. Parlamentga a’zo bỹlib saylanadigan kishi ỹzining tỹg‘ri sỹzligi bilan tanilgan (boshqacha bỹlishi mumkin emas) e’tiqodli, yaxshi xulqli hamda yigirma bir yoshga tỹlgan bỹlishi lozim.

23. O‘z nomida mulk huquqi asosida harakatda yoki harakatsiz ikki yuz funt sterling qiymatiga ega bỹlgan har bir shaxs yoki shaxslar grafliklardan parlament a’zosini saylash huquqiga egadir.

24. Parlament tomonidan qabul qilingan barcha billar (qonunlar) lord-protektor tasdiqiga kiritilishi lozim.

32. Lord-Protektor unvoni… merosiy emas balki, saylanib qỹyiluvchi unvondir.

Lord-Protektor vafot etsa darhol uning ỹrniga arziydigan kishi saylanishi lozim. Bu saylov maxsus Kengashda ỹtkaziladi.

33. Angliya, Shotlandiya va Irlandiya qỹshinlarining kapitan- generali Oliver Kromvel ushbu bilan Ozod Angliya, Shotlandiya va Irlandiya davlati hamda ularga tegishli mulklarning umurbodli Lord-Protektori deb taniladi va e’lon qilinadi.

3. Huquqning belgilari. Xabes korpus akt

1670 yilda Angliyada qaytadan ijtimoiy kurash faollashgan bir sharoitda Vigilar partiyasining vakillari jamoat palatasida ko‘pchilik ovozga ega bo‘lishi bilanoq ular "shaxs daxlsizligi" to‘g‘risidagi hujjatning loyihasini ishladilar. 26 may 1679 yilda esa parlament uni qabul qildi. Bu qonunning asosiy maqsadi uning mualliflarini qirol hokimiyatining zo‘rligi va o‘zboshimchaligidan asrash edi. Bu akt "Grajdanlarning ozodliklarini yaxshi ta’minlash va dengiz ortiga qamoqqa tashlashni oldini olish hakidagi Akt" (Xabes korpus emedement akt), deb atalib, Shaxs daxlsizligining konstitutsiyaviy garantiyalari to‘g‘risidagi hujjatlardan biriga aylandi.

Bunga binoan har bir kishi o‘zini qonunsiz qamoqqa olingan deb hisoblasa, sudga o‘zi yoki bir kishi orqali murojaat qilib sud buyrug‘ini “Heabes Corpus”1 olishi shart, buni esa qamoqxona boshlig‘iga yoki sherifga berishi, buyruqni olgan sherif esa darhol mahbusni sudga olib borishi lozim, aks holda unga birinchi marotaba shunday harakatsizlik uchun 100 f.s., ikkinchisida 200 f.s. jarima va mansabdan chetlatish jazosi berilgan. Sud esa qasamxo‘rlar oldida ish ko‘rilgunga qadar mahbusni ozod qilishi mumkin bo‘lgan.

“Heabes Corpus” berishdan bosh tortgan sudyalarga 500 f.s. jarima solish nazarda tutilgan. Agar shaxs davlatga qarshi yoki og‘ir jinoyat sodir qilgan bo‘lsa buyruq berilmagan.

Konstitutsiyaviy monarxiyaning o‘rnatilishi. Shunday qilib, "Xabes korpus akt" Angliyada shaxs ozodligining konstitutsiyaviy kafolatlari haqidagi uchlik qonunlar 1215 yildagi Erkinlikning buyuk Xartiyasi, 1628 yildagi huquqlar haqidagi Petitsiyani oxiriga yetkazdi.

Inqilobdan keyingi davrda Angliya huquqi asosan saqlanib qolingan o‘rta asr huquqiy shakllarini yangi davr ishlab chiqarish munosabatlariga moslashtirish yo‘lidan bordi. Inqilob davrida va undan keyin ham Angliyada burjua-huquqiy institutlarini vujudga keltirgan bir qancha qonunlar qabul qilindi. Milliy o‘ziga xosligiga qaramasdan ingliz burjua huquqi ham xususiy mulkchilik ozodligi, rasman barchaning tengligi kabi umumiy rahbariy qoidalarga suyanadi. O‘ziga xos qoidalari esa qo‘yidagilar: ko‘pgina huquqiy institutlarning qonunlar bilan emas (statut) balki, sud qarorlari bilan yaratilganligi, ularning jamini "umumiy huquq" tashkil qilishi va hokazo. 1854 yildagi parlament aktiga ko‘ra, sud pretsedentlarining jami shu holda huquq manbai hisoblanadiki, ularni qo‘llashning qo‘yidagi qoidalari o‘rnatilgan bo‘lsa: 1. Oliy sudlar o‘z faoliyatlarida qo‘yi sudlarning qarorlaridan mustaqildirlar. 2. Birinchi instansiya sudi o‘z vakolatiga teng sud idorasining qaroriga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. 3. Har qanday sud o‘z faoliyatida o‘zidan yuqori sudning xulosasiga asoslanishi lozim. 4. Appelyatsion sudlar va lordlar palatasi o‘z faoliyatlarida o‘zlari ilgari qabul qilgan qarorlar bilan moslashadilar.

Angliya burjua inqilobi davrida mulk haqidagi birinchi qonun­lardan biri 1646 yildagi akt bo‘lib, bunga ko‘ra, qirol saltanatiga vassal qaramligida bo‘lgan barcha yerlar, lendlordlarning xususiy mulkiga aylanishi mustahkamlandi.

Grajdanlik-huquqiy munosabatlari doirasida, 1875 yildagi par­lament Akti qo‘zg‘almas mulklar bo‘yicha bitim tuzilganda, albatta uni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini mustahkamladi. 1893 yilda "Tovarlarni sotish xaqidagi Akt" chiqib, ashyoga mulk huquqi yoyilishi vaqtiga aniqlik kiritib sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasidagi munosabatni belgiladi. "Trest" har qanday huquqiy maqsadlar bilan aniqlanadigan universal institut deb tanildi. Yuridik jihatdan trest mulkiy muassasalarni yig‘indisi sifatida talqin qilindi.

Jinoyat huquqi borasida, shuni aytish mumkinki, Angliya jinoyat qonunchiligi o‘zining kodekslashmaganligi bilan xarakterlanadi. Ang­liya jinoyat huquqining asosida, ya’ni sudyalar tomonidan ishlab chiqilgan umumiy huquq (Common Law) yotadi. Aslida bu konkret sud pretsedentlariga (qarorlari) asoslangan oddiygina odat huquqi emas, balki sud odat huquqidir. Bunga ko‘ra sud biror qonunni izohlab biror huquqiy harakatni o‘rnatgan bo‘lsa (savollarga javob bergan bo‘lsa) o‘xshash faktik holatlarni ko‘rib hal etishda uni namuna qilib olish mumkin.

Angliya jinoyat huquqi o‘rta asrlar davridan qolgan ko‘p sonli voqeiy jazolar o‘rnatuvchi huquqiy institutlarni saqlab qoldi. Masalan, 1352 yildagi "Xoinlik haqidagi Akt" davlat jinoyatlari bilan kurashish uchun foydalanilgan. Faqat XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jinoyat huquqi borasida statutlar chiqa boshladi. 1861 yilda parlament: o‘g‘rilik, xizmat soxtakorligi, o‘zgalar mulkiga ziyon yetkazish, pul tizimiga qarshi jinoyatlarga javobgarlik belgilash to‘g‘risida statutlarni qabul qilgan.

Sud tizimi va protsessual huquq borasida shuni aytish lozimki, u inqilobdan oldingidek: 1. Oliy sud - qirol kursisi sudi, umumiy arizalar Palatasi sudi, moliya sud palatasi. 2. Quyi sudlar - mirovoy sudlar, mirovoy sudlar sessiyasi su­di. 3. Maxcyc sudlar: harbiy, diniy sudlar va universitetlarning sudlari saqlanib qolindi.

XVIII asrda deyarli 50 turdagi jinoyatlarga o‘lim jazosi berilgan. 1861 yilda maxsyc akt chiqib, faqat qaroqchilik, xoinlik, qirol doklariga o‘t qo‘yish, odam o‘ldirish uchun qatl etish jazosi qo‘llanilgan. 1868 yildagi akt bilan bu jazoni ochiq qo‘llash bekor qilingan. XVII-XIX asrlarda jinoyatchilarni koloniyalarga surgun qilish keng qo‘llanila boshlangan. 1853, 1857 yillarda bu jazo katorga ishlariga yuborish bilan almashtirilgan. XX asr boshlarigacha Angliya jinoyat protsessual huquqida yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishni qayta ko‘rib chiqish yo‘q edi. 1907 yilda "Jinoiy appelyatsiya haqida Akt" chiqib qay­ta ko‘rib chiqish tartibi belgilandi.

XIX asrning birinchi yarmida Angliyada ishchilar harakati vujudga kelib, bu harakat Chartistlar harakati deb ataladi. Angliyada Charter - halq xartiyasi bo‘lib, unda e’lon qilingan qonun loyihasi parlamentga taqdim etilgan. (Charter qonun loyihasi - xartiya). Bu loyihalar qo‘yidagi talablarni o‘z ichiga olgan:

a) umumiy saylov huquqini amalga oshirish; 5) parlamentga har yili saylov o‘tkazib turish; v) yashirin ovoz berish tizimini kiritish; g) saylov okruglarini tenglashtirish; d) deputatlar uchun belgilangan mulkiy senzlarni bekor qilish; ye) deputatlarga haq to‘lash.

Saylov huquqi borasida 1872 yilda yashirin ovoz berish to‘g‘risidagi qonun chiqqan bo‘lsada, baribir ovozlarni "sotib olish" odatdagi bir hol bo‘lib qoldi. 1884-1885 yillarda saylov islohotlari to‘g‘risida qonunlar chiqib, 1867 yildagi saylov huquqi shartlari senzlariga to‘g‘ri kelgan, grafliklarda yashaydigan ishchilar ham say­lov huquqidan foydalanadigan bo‘ldi. Bu mamlakat bo‘yicha saylovchilar sonini 5,5 millionga ko‘paytirdi. Parlamentga 50-54 ming aholidan 1 deputat saylanadigan bo‘ldi.

1911 yilda parlament haqida yangi akt chiqib, uning asosiy sababi hukumat bilan lordlar palatasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik bo‘ldi. Ushbu qonunga muvofiq umumpalata tomonidan tasdiqlangan, lekin 1 oy mobaynida Lordlar palatasida tasdiqlanmagan moliyaviy qonunlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qirol tomonidan tasdiqlanib kuchga kirishi tartibi o‘rnatildi.

4. Konstitutsiyaviy monarxiyani rasmiylashtirilgan

aktlari

"Sharafli revolyusiya"dan keyin Velgelm toj kiyib Angliya taxtiga o‘tiradi. Angliyada bundan keyingi davr konstitutsiyaviy monarxiyaning rasmiylashish davri bo‘lib, bu jarayonda qo‘yidagi hujjatlar katta rol o‘ynadi:

1. Konstitutsiyaviy monarxiyani o‘rnatgan aktlardan biri 13 fevral 1689 yildagi "Huquqlar haqidagi bill" bo‘lib, u asosan parlamentni, davlatning boshqa idoralari orasidagi o‘rnini belgilashga qaratilgan. Bill parlamentning qonunchilik va moliya siyosati borasidagi ustunligini ta’minlash bilan birga: a) Parlamentning roziligisiz qonunlarning ijrosini yoki harakatini to‘xtatishni taqiqladi; b) Parlamentning roziligisiz qirol taxti foydasiga soliq va yig‘imlar olinishini man etdi; v) Tinchlik vaqtida doimiy armiyani saqlash faqat parlamentning roziligi bilangina amalga oshiriladigan bo‘lindi. Bulardan tashqari mazkur bill parlament, muhokamalarda qatnashish erkinligi, parlament saylovlarining erkinligi, grajdanlarning qirolga petitsiyalar (qonun loyihalari haqidagi talab) bilan murojaat qilish erkinliklarini o‘rnatdi. Unda parlament tez-tez chaqirilib turilishi lozimligi mustahkamlanib, keyinchalik parlament vakolati dastlab 3 yil, keyin 7 yil qilib belgilandi.

2. "Tuzilish haqidagi akt" 12 iyun 1701 yildagi qonun bo‘lib, bu "Taxt vorisligi to‘g‘risidagi akt" ham deb ataladi. Bunga ko‘ra, Angliya, Shotlandiya, Irlandiyadan shuningdek ularga qaram bo‘lmagan mulklardan kelib chiqmagan kishilarni yashirin sovetning palatalaridan birining a’zosi bo‘lishlari, qirol tomonidan tayinlanadigan mansablarda ishlashlari taqiqlab qo‘yildi. Din, unga e’tiqod qilish, Angliya halqining huquq va majburiyatlariga oid barcha qonunlarning parlamentning roziligi bilan qirol tomonidan tasdiqlanishi to‘g‘risida gapirilgan.

Qonunning asosiy g‘oyasi qonunchilik va ijro hokimiyati orasidagi vakolatlarni yanada aniqlashtirishdan iborat bo‘ldi. Angliya taxtini egallagan shaxs albatta anglikan cherkoviga qo‘shilishi lozim bo‘ldi. Qirol tomonidan sudyalik mansabiga tayinlangan kishilar o‘z vazifalarini yaxshi bajarib turgan vaqtlarda mansabda saqlanib qoladilar, ular faqat parlamentni ikkala palatasining qarori bilan vazifasidan ozod qilinishi mumkin bo‘ldi. Qirolning parlamentga ta’sirini cheklash maqsadida qirol ministrlarning jamoa palatasi a’zosi vazifasini bajarishlari taqiqlandi. Aktga ko‘ra ijro hokimiyatining barcha aktlarini kuchga kirishi uchun qirolning imzosidan tashqari unga tegishli ministrlarini ham imzosi talab qilinadi. Shuningdek, qirol parlament tomonidan impechment tartibida sudlangan o‘z ministrlarining avf etish huquqidan mahrum etildi. XVII-XVIII asrlar mobaynida Angliyada yangi davlat va huquqning muhim institutlari: qonunchilik borasida parlamentniig oliyligi, budjetni uzil-kesil tasdiqlash huquqi, harbiy qismlar va askarlar sonini (kontengent) belgilash, sudyalarning almashtirmasligi, ijro hokimiyatining, parlament oldidagi impechment javobgarligidan farq qilgan siyosiy javobgarligini hal etish va boshqalar mustahkam o‘rin oldi.

Shunday qilib, Angliyada yangi davlat tuzilishining asosiy belgisi bo‘lgan parlamentarizm tizimi o‘rnatildi. Buning ma’nosi parlamentning qirol hokimiyati ustidan yuqori turishi, ya’ni parlament birdan-bir qonun chiqaruvchi hokimiyat darajasiga ko‘tarildi. Ikkinchidan budjet, qurolli kuchlar kontingentini belgilash masalalari faqat parlamentning huquqi deb tanildi.

Ministrlar kabinetining tashkil topishi. Ministrlar kabineti alohida davlat akti bilan tashkil bo‘lmasdan, balki qirol huzuridagi Yashirin Sovetdan o‘sib chiqqan. Dastlab undan 5-7 kollegiya ajralib chiqib muhim muassasalarni boshqara boshlagan, keyinchalik qirolning hukumatiga aylangan. Bular dastlab Qirolning maslahatchilari hisoblangan, lekin Qirol Georg I (I714-1727) davrida hukumat, birinchi marta parlament saylovlarida g‘alaba qilgan partiya vakillaridan tuzilgan. Shundan keyin Angliyada "Qirol parlament saylovlarida, g‘alaba qilgan partiyaning rahbariga hukumatni tuzishni topshiradi" degan konstitutsiyaviy odat paydo bo‘ldi. Parlament kabinetga borgan sari ko‘proq ta’sir qilishi natijasida "kabinetni umum palata oldidagi mas’ulligi" prinsipi vujudga keladi (mas’ul hukumat). Gannover sulolasidan bo‘lgan qirol Georg, ingliz tilini bilmaganligi uchun kabinet majlisiga qatnashmaydi, bu esa "kabinet qirolsiz kengashadi" degan pretsedentni (huquqiy odatni) vujudga keltiradi.

XVIII asrning oxirida Buyuk Britaniyada 3-ta mustaqil ministrlik; ichki ishlar, tashqi ishlar va harbiy ministrliklar bor edi. Shu davrlarga kelib Angliyada sanoatning to‘la rivojlanishi natijasida Angliya yirik sanoat ishlab chiqarishi rivojlangan davlatga aylanib jamiyatning ikki asosiy ijtimoiy toifalari hisoblangan burjuaziya va ishchilar tabaqalarining tashkil topishi to‘la rasmiylashib, sanoat burjuaziyasi parlamentda ko‘p ovoz olish uchun kurash olib bordi. Halq ommasi davlat hayotida islohotlar o‘tkazishni talab qildi. Natijada 1832 yilning 7 iyulida saylov islohoti (parl­ament reformasi) qirol tomonidan tasdiq etilib bu "halq vakillari to‘g‘risidagi akt" yoki Birinchi parlament islohoti deb ataldi.

Unga ko‘ra, saylov tizimiga o‘zgartirish kiritilib o‘z ahamiyatini yo‘qotgan saylov okruglari bekor qilindi, ularning o‘rnida yangi paydo bo‘lgan sanoat markazlarida saylov okruglari tashkil qi­lindi. Bu islohot parlamentda sanoat burjuaziyasining ustunligini ta’minlar edi, unga ko‘ra saylov huquqidan: a) kambag‘allar uchun soliq to‘laganlar; b) bir yilda 10 funt sterling daromad keltiruvchi ko‘zg‘almas mulkka ega bo‘lgan kishilar 21 yoshga yetgan bo‘lsalar foydalanishlari mumkin bo‘ldi. Bu islohotdan keyin Angliyada siyosiy partiyalar qaytadan tuzilib ilgarigi Vigi partiyasi - Liberal demokratik partiyaga (uning asosiy dasturi - shaxs erkinligi hamda savdo erkinligini amalga oshirishdan iborat edi). Ilgarigi Tori partiyasi esa konservatorlar (bu partiya eski tartiblar tarafdorlari bo‘lib yer egalarining manfaatlarini himoya qilgan) partiyasi deb nomlanadi.

1867 yilda ham saylov islohoti o‘tkazilib bunda 12 funt ster­ling daromad oluvchi yer egalari va 10 funt sterling bir yilda kvar­tira uchun ijara haqi to‘lovchi shaharliklar ham saylovda qatnashish huquqini oldi. Bu islohotdan keyin Angliyaning shahar aholisi va ishchi aristokratiyasi ham saylov huquqiga ega bo‘ldi. Saylovchilar soni esa ikki marta oshdi.

1 Графский В.Г. Всеобщая история права и государства., Учебник. - М.: Норма-Инфра, 2001. - 399 с.

1 Айбдорни судга олиб келиш ҳақидаги суд талабининг инглизча формуласи.

Show more...

https://minergate.com/a/a4d69de4f50ce55addf56b22
Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling