Reja: Fanning maqsadi va vazifasi
Download 78.14 Kb.
|
Q2.1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Mavzu-2.1 Yul kurilish mashina detallarining umumiy tasnifi Reja: Fanning maqsadi va vazifasi Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlari Qurilish va transport mashinasozlik zavodlarining turlari Texnologiya so‘zining lug‘atiy ma’nosi ketma‑ketlikdir. Mashinasozlik texnologiyasi bo‘yicha A.I.Kashirin avtotraktor sanoatining tajribalarini umumlashtirib texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari kitobini 1933 yilda yozadi. 1935 yilda esa professor V.M.Kovan Avtomobilsozlik texnologiyasi kitobini yozdi. 1940 yilda esa prof. B.L.Balashkin o‘lcham zanjiri nazariyasini yaratdi. Bu nazariyasini mashinasozlikda qo‘llanilganida avtomobillarni tayyorlash aniqligi ancha ortdi. Shunday qilib avtomobilsozlik texnologiyasi fani konstruktortlik g‘oyalarini materiallashtiruvchi fan bo‘lib, berilgan miqdor va sifatdagi avtomobillarni tayyorlashni kafolatlabgina qolmasdan balki texnologik yo‘llar bilan murakkab foydalanish sharoitida ishlash resursini oshirish va foydalanish sifatlarini yaxshilashni ham o‘z ichiga oladi, avtomobilsozlik texnologiyasining ilmiy asoslari zagatovka tanlab olish, bazalash yuqori sifat va aniqlikni ta’minlab kesib ishlov berish va yuqori mahsuldor moslamalarni loyixalash usullarini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayoni deb ishlar va mehnat qurollarining birgalikdagi te’siri natijasida xomashyo yoki yarimfabrikatning tayyor mahsulotga aylanish jarayoniga aytiladi. Ishlab chiqarish jarayoni ishlab chiqarish vositalarini tayyorlash, ish joylariga xizmat ko‘rsatish material va yarimfabrikatlarini olish va ularni saqlash avtomobil detallarini tayyorlashning barcha jarayonlarini yig‘ish, birliklarni yig‘ish, materiallarni zagatovkalarni, detallarni transportirovka qilish, texnik nazorat, tayyor mahsulotni upakovka qilish va saqlash omillarini o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoni quyidagi jarayonlardan tashkil topadi. Buyum (mahsulot) deb donabay yoki nusxabay o‘lchamdagi mazkur korxonaning ishlab chiqarish jarayonining oxirgi bosqichida olingan sanoat mahsulotidir. (Avtomobilsozlik zavodida oxirgi bosqichida avtomobil chiqadi). Korbyurator zavodining mahsuloti karbyuratordir. Buyumlar vazifasiga ko‘ra asosiy va yordamchi bo‘lishi mumkin. Asosiy buyum realizatsiya uchun (sotish) tayyorlanadi, yordamchi buyum esa korxonaning ehtiyojlari uchun tayyorlanadi. Buyum turlari detal yig‘ma birlik, agregat, uzel, mashina. Detal deb, yig‘ish amallarini qo‘llamasdan bir xil materialdan (nomli va markasi bo‘yicha) tayyorlangan buyumga aytiladi. Yig‘ish birligi bu mahsulotning tarkibiy yig‘ish amallarini qo‘llanib (payvandlash, parchinlov, parchinlash, presslash, burash va boshqa omillar) tayyorlangan mahsulotdir. Masalan: avtomobil dastgoh samolyot va kamativ va boshqalar. Yarimfabrikat bu yetkazib beruvchi korxonaning mahsuloti bo‘lib qo‘shimcha ishlov va yig‘ish ishlarini talab qiladi. Komplekslovchi buyumlar bu yetkazib beruvchi korxonaning mahsuloti bo‘lib, asosiy ishlab chiqaruvchi korxona uchun tarkibiy qism bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, avtotraktor sanoatida dvigatel, uzatmalar qutisi, oldingi va ketingi ko‘priklar, podshipniklar qotirish detallari komplektlovchi mahsulot bo‘lib sanaladi. Mashinasozlikda zagatovka va dastlabki zagatovka turlari mavjud. Zagatovka bu ishlab chiqarish predmeti bo‘lib undan yuza g‘adir‑budirligi, shakli o‘lchami va material xususiyatlarini o‘zgartirib detal tayyorlanadi. Dastlabki zagatovka esa bu birinchi texnologik avvalgi zagatovkadir. Texnologik jarayon bu ishlab chiqarish bir bo‘lagi bo‘lib, xomashyoning asta‑sekin o‘zgarib borishi va bu jarayonning amalga oshishda ishchining hamma harakatlarini qamrab oladi. Texnologik jarayonlarning bajarish vositasi bo‘lib texnologik uskunalar va maxsus qurilmalar xizmat qiladi. Texnologik jihoz deb ishlab chiqarish quroli bo‘lib, texnologik jarayonning ma’lum qismini bajarish uchun zagatovka va materiallarni joylashtirish va ularga ta’sir qilish vositalari zarur bo‘lganda energiya manbalariga aytiladi. Texnololgik jihozlarga dastgohlar sinash qurilmalari, pechlar kiradi. Texnologik uskuna bu texnologik jarayonini bajarish uchun texnologik jihozga qo‘shimcha ishlab chiqarish vositasidir. Masalan, turli tuman o‘lchash asboblari moslamalar, press‑formalar va boshqalar. Sozlash (naladka) texnologik jixoz va uskunalarni ma’lum texnologik jarayonlarini bajarishga tayyorlashdir. Masalan, zagatovkani dastgohga o‘rnatish, dastgohni yurgizish va ishlov berilgandan so‘ng dastgohni to‘xtatish va detalni dastgohdan yechib olish kabi ishlarni o‘z ichiga oladi. Texnologik jarayon ham ishlab chiqarish jarayoni kabi katta jarayon bo‘lib bu texnologik amallardan tashkil topadi. Amal deb, bir ish joyida bajarilgan jarayonlarning tugallangan bir qismiga aytiladi. Ish joyi bu ishlab chiqarish maydonining bir bo‘lagi bo‘lib unda ishchi texnologik jihozning, uskunaning yoki konveyerning bir qismida xizmat qiladi. Masalan, kesib ishlov berish amalida dastgohni boshqarishdagi hamma harakatlari kiradi, bitta teshikni 8 yoki 9 kvalitetdagi oralig‘ida ishlov berish bir yoki ikki amalda bajarilishi mumkin. Agar bitta amalda bajarilganda hamma ishlar bir dastgohning o‘zida ya’ni avval teshik ochiladi so‘ngra razvedkalanadi. Agar ikki amalda bajariladigan bo‘lsa, teshik bir dastgohda razvetkalash esa ikkinchi dastgohda amalga oshiriladi. O‘zgarmas jihoz ishtirokida ma’lum detal ustida bajarilgan amalning bir bo‘lagiga texnologik o‘tish (perexod) deyiladi. Masalan, detalda aniq teshik ochishda ketma‑ket uchta uskuna blian ishlaydi, parmalar, zenkerlar va razvetkalar, ya’ni uchta o‘tishda. Har bir o‘tishdan so‘ng esa ma’lum sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan yuza hosil bo‘ladi. Demak, har bir texnologik o‘tish o‘zining ishchi yo‘liga ega bo‘lib o‘tishning tugallangan bir bo‘lagini tashkil qiladi va u ishlov berilayotgan zagatovkaga nisbatan uskunaning bir marta yurgan yo‘li bo‘lib unda maki o‘zgarish, o‘lcham o‘zgarish, yuza g‘adir budurligining o‘zgarishi yoki material xossasining o‘zgarishi kuzatiladi. Kesib ishlov berishda asosiy va yordamchi yo‘llar mavjud. Yordamchi o‘tish bu texnologik amalning tugallangan bir bo‘lagi bo‘lib, u ishlovchi yoki jihozning harakatidan iborat bo‘lib unda detalning shakl, o‘lcham o‘zgarishlari kuzatilmaydi. Masalan, jihozni almashtirish yoki zagatovkani o‘rnatish yoki qotirish. Yordamchi ishchi yo‘l texnologik amalning tugallangan bir bo‘lagi zagatovkada shakl, o‘lcham yoki yuza g‘adir budirligining o‘zgarishi sodir bo‘lmaydi. Avtomobilsozlik zavodlari o‘zining ishlab chiqarish ko‘lamiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi. Yakkalab ishlab chiqaruvchi Seriyalab ishlab chiqaruvchi Yalpi ishlab chiqaruvchi. Yakkalab ishlab chiqarishda yiliga 10 tagacha avtomobil ishlab chiqariladi. (o‘rtacha 1 oyda 1 ta avtomobil). Bunday ishlab chiqarish o‘zining universalligi bilan xarakterlanadi. Bu ishlab chiqarishda dastgohlar guruhlar bo‘yicha o‘rnatiladi (tokarlik, frezerlik, jilvirlash dastgohlari) alohida guruh bilan o‘rnatiladi. Bunda ishchilarning malakasi juda yuqori bo‘lishi talab qilinadi. Ish unumdorligi past. Mahsulot tannarxi juda qimmat. Bunday zavodlarga Angliyaning Rols Roys, Yaguar kompaniyalarining zavodlari misol bo‘la oladi. Bu zavodlar faqat yakka tartibdagi buyumlar bo‘yicha avtomobillar tayyorlaydi. Seriyalab ishlab chiqarish o‘z navbatida kichik seriyali (10...200ta gacha) o‘rta seriyali (200...500) va katta seriyali (500...5000 ta gacha) ishlab chiqarishga bo‘linadi. Bu bo‘linish shartli bo‘linishdir. Seriyali ishlab chiqarish yakkalab ishlab chiqarish va yalpi ishlab chiqarish orasidagi ishlab chiqarishdir. Seriyali ishlab chiqarish quyidagilar bilan xarakterlanadi, Detallarga guruxlab (partiyalab) ishlov beriladi. Bir paytning o‘zida ham universal, ham maxsus jihozlar talab qilinadi. Jihozlar guruhlab va texnologik belgilariga ko‘ra o‘rnatiladi. Ya’ni bir gurux tokarlik, frezerlik dastgohlari o‘rnatilsa, ikkinchi bir sexida 4...5 ta tokarlik dastgohi 3...4 ta frezerlik va 2...3 ta jilvirlash dastgohlari o‘rnatiladi. Seriyalab ishlabi chiqarishga SamAvto qo‘shma korxonasini misol qilish mumkin. Yalpi ishlab chiqarishda yiliga 5000 dan ortiq mahsulot ishlab chiqariladi. (GM Uzbekistan korxonasi). Yalpi ishlab chiqarish quyidagilar bilan xarakterlanadi, Bir xil mahsulotni uzoq vaqt ko‘plab ishlab chiqarish, Jihozlar uskunalar, moslamalardan yuqori unum bilan foydalanish, Avtomat qatorlarning qo‘llash imkoniyati borligi, Jihozlar faqat texnologik belgilariga ko‘ra o‘rnatiladi, Ishchilar malakasining past bo‘lishi va buning natijasida mahsulot tannarxining kam bo‘lishiga. Yalpi ishlab chiqarish o‘zining oqim qatorlari bilan xarakterlanadi. Bunda texnologik jarayonning har bir jihozga biriktirilgan bo‘ladi. Jihozlar esa texnologik jarayon ketma‑ketligi bo‘yicha o‘rnatiladi. Ishchilar uzoq vaqt bir amalni bajaradi, bunda brak ehtimoli kamayib ish unumdorligi ancha yuqori bo‘ladi. Nazorat savollari: Ishlab chiqarish va texnologik jarayon Ishlab chiqarish turlari Qurilish va kommunal xo‘jalik mashinasozlik rivojlanish bosqichlari Download 78.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling