Reja: Foyda solig’ini mohiyati, obyekti va solik to'lovchilar


Download 30.62 Kb.
bet1/3
Sana14.02.2023
Hajmi30.62 Kb.
#1196953
  1   2   3
Bog'liq
hasanov abbos (3)125


YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH TARTIBI.
REJA:

  1. Foyda solig’ini mohiyati, obyekti va solik to'lovchilar.

  2. Yuridik shaxslarni jami daromadini aniklash tartibi, solik imtiyozlari va stavkasi.

  3. Foyda solig’ini aniklash boskichlari, xisobot topshirish va to'lov muddati.

  4. Foydalanilgan adabiyotlar .

1. Foyda solig’ini mohiyati, obyekti va solik to'lovchilar.
Soliq solishning aloxida tartibi belgilangan yuridik shaxslarning ayrim toifalariga va xorijiy yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi.Bunda, agar soliq solishning aloxida tartibi belgilangan yuridik shaxslar asosiy faoliyat turi bilan bir katorda faoliyatning boshka turlari bilan shug'ullansalar, ular ushbu faoliyat bo'yicha aloxida xisob yuritishlari va byudjetga belgilangan tartibda foyda dan olinadigan solikni to'lashlari lozim. Qat’iy soliq to'lanishi belgilangan tadbirkorlik faoliyati turlarinigina amalga oshiradigan yuridik shaxslarga;
Xorijiy yuridik shaxslarga tatbik etilmaydi.
Soliq to'lovchilar moliya yilida solik solinadigan foyda ga ega bo'lgan yuridik shaxslar foyda solig’i to'lovchilar xisoblanadi.Soliq solish maksadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo'jalik yuritishi yoki tezkor boshkaruvida mol-mulki bo'lgan va o'z majburiyatlari bo'yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustakil balansga va xisob-kitob varag'iga ega bo'lgan aloxida bo'linmalar xam tushuniladi.Yuridik shaxslar - O'zbekiston Respublikasi rezidentlariga O'zbekiston Respublikasida hamda undan tashkarida ularning faoliyat manbalaridan olingan daromadlar (foyda) bo'yicha solik solinadi.
O'zbekistonda taxsis etilgan yoki ro'yxatga olingan, shuningdek O'zbekiston Respublikasidan tashkarida ro'yxatga olingan, bosh korxonasi O'zbekistonda joylashgan yuridik shaxs O'zbekiston Respublikasining rezidenti xisoblanadi. Byudjet bilan foyda solig’i bo'yicha xisob-kitoblarni yuridik shaxslar mustakil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoklar yuridik shaxslarining birlashmalari byudjet bilan xisob-kitoblarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karoriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin. Jami daromad tarkibiga yuklab jo'natilgan tovar, bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar va boshka operatsiyalar uchun yuridik shaxs olishi lozim bo'lgan (olgan) yoki tekinga olgan pud yoxud boshka mablag'lar kiradi.
Bunday daromadlarga quyidagilar kiritiladi:
a) maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan keladigan tushum.
Maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan keladigan tushum deganda:yuklab jo'natilgan maxsulot uchun takdim etilgan xisob-kitob hujjatlarida ko'rsatilgan summalar; buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan bajarilgan ishlar dalolatnomalarida ko'rsatilgan summalar; xizmatlar ko'rsatilishi faktini tasdiklaydigan hujjatlarda ko'rsatilgan summalar tushuniladi. Vositachilik faoliyatidan daromad oladigan (komission xaklar, foizlar sifatida) korxonalar uchun tushum deganda soliq solinadigan davrda amalga oshirilgan barcha bitimlar bo'yicha olingan komission xaklar (foizlar) summasi tushuniladi.
b) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kimmatli kog'ozlar, intellektual mulk obyektlari, materiallar va boshqa aktivlarni sotishdan keladigan daromad.
Korxonaning asosiy fondlari va boshka mol-mulkini sotishdan keladigan daromadni belgilash chog'ida soliq solish maksadi uchun ushbu fondlar va mol-mulkning sotilish va qoldik kiymatlari o'rtasidagi farq (oshib ketish) xisobga olinadi. Bunda mol-mulkning qoldik kiymati asosiy fondlar, moddiy aktivlar, arzon va tez eskiruvchan buyumlarga nisbatan ko'llaniladi.
Agar aktivlarning fakat bir qismi sotilsa, sotish sanasidagi aktivlar qiymati qolgan va sotilgan qismlar o'rtasida tasdiqlanadi.
Aktivlar bepul asosda yoki pasaytirilgan qiymat bo'yicha topshirilganda topshiruvchi shaxs aktivlarining qiymati shakllangan xarajatlardan kelib chiqib, olayotgan shaxs daromadlari esa - kirim qilingan baxolash qiymati bo'yicha, lekin topshirilayotgan aktivlar tannarxidan past bo'lmagan tarzda, belgilanadi.
v) foizlar ko'rinishidagi daromadlar;
g) dividendlar;
d) bepul olingan mol-mulk.
Agar mablag'larni bepul topshirish tizim ichida korxonalar o'rtasida yuz bersa, bunda tizim deganda vazirlik, kontsern,trest va xokazolar tushuniladi va bu mablag'lar taksimlash balansi bo'yicha, yukori tashkilot buyrug'iga ko'ra olingan bo'lsa, ular qolik solish obyekti xisoblanadi.
e) mol-mulkni ijara (lizing)ga berishdan olingan daromad;
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, agar ijaraga beruvchi amortizatsiyalanadigan asosiy vositalarni lizing shartnomasi bo'yicha ijaraga topshirsa, operatsiya soliq solish maksadida ijarachi tomonidan mol-mulk xarid kilinishi sifatida karalishi kerak.
Agar u kuyidagi shartlardan biriga javob bersa, amortizatsiyalanadigan asosiy vositalarning ijarasi lizing xisoblanadi: ijara muddati asosiy vositalar xizmat muddatining sakson foizidan oshib ketsa; ijarachi asosiy vositalarni Qat’iy narxda yoki ijara tugaganidan keyin belgilanadigan narxda sotib olish huquqiga ega bo'lsa;  ijaraga olinadigan asosiy vositalarning qoldik qiymati ijara tugaganidan keyin ijara boshidagi ular kiymatining yigirma foizidan kamni tashkil etsa; to'lovlarning joriy summasi butun ijara davri uchun ijaraga olinadigan vositalar kiymatining to'kson foizidan oshsa.
Mazkur kichik band ikkinchi kismining koidalari lizing shartnomasini uzaytirish hukuki amalga oshirilishi mumkin bo'lgan davrga tatbiq etiladi.
j) royalti;
z) tekin moliyaviy yordam (davlat byudjetidan subsidiyalar bundan mustasno);
i) dahvo muddati o'tib ketgan kreditorlik va deponentlik karzlarini xisobdan chikarishdan olingan daromadlar.
Da’vo muddati - shaxs o'zining buzilgan hukukini da’vo taqdim etish yo'li bilan ximoya qila olishi mumkin bo'lgan muddat. Da’voning umumiy muddati - uch yil.
k) ilgari chegirilgan xarajatlar, zararlar yoki gumonli qarzlarni qoplash ko'rinishida olingan daromadlar;
l) valyuta xisobvaraklari bo'yicha kursdagi musbat farq.
m) favqulodda daromadlar.
n) boshqa daromadlar.
O'zbekiston Respublikasining Solik kodeksiga va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 5 fevraldagi "Maxsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida"gi nizomga muvofik jami daromad bilan chegirmalar o'rtasidagi farq sifatida xisoblab chiqarilgan, ko'rsatilgan Nizomga ilovalarda belgilangan xarajatlar summasiga tuzatishlar kiritilgan foyda soliq solig'i obyekti xisoblanadi.
Banklar va sug'urta tashkilotlari bo'yicha bayon etilgan tartibda belgilangan chegirmalardan tashqari quyidagilar xam jami daromaddan chegirilishi kerak;
a) banklar bo'yicha: kredit resurslari uchun to'lovlar; operatsion xarajatlar;
pul mablag'lari va boyliklarini tashish va saqlash xarajatlari; mijozlar xisobvaraklari, shu jumladan - jismoniy shaxslarning omonatlari bo'yicha xisoblab yozilgan va to'langan foizlar; tavakkallik operasiyalari bo'yicha zaxira xisobiga xisobdan chikarilgan umidsiz ssudalar summalari.
b) sug'urta tashkilotlari bo'yicha: kayta sug'urtalash shartnomalari bo'yicha topshirilgan to'lovlar summalari; amal qilishi xisobot yilining oxirida tugamagan sug'urtalash va qayta sug'urtalash shartnomalari bo'yicha to'lovlar summalari; sug'urtalash va qayta sug'urtalash majburiyatlari bo'yicha amalga oshirilgan va xisoblab yozilgan to'lovlar summalari; o'tgan yillarning sug'urta xodisalari bo'yicha tugallanmagan to'lovlar summalari, shu jumladan da’vo muddati doirasidagi majburiyatlar; sug'urta xodisasi boshlangani ma’lum qilingan, lekin zarar xajmi taqdim etilmagan shartnomalar bo'yicha sug'urta summalari; sug'urta tashkiloti tomonidan sug'urta xodisalari boshlanishining oldini olish va ogoxlantirish chora-tadbirlarini moliyalashga yo'naltiriladigan mablag'lar summalari; sug'urta tashkilotlarining zaxira fondlariga ushbu fondlar mikdorlari sug'urta tashkilotlari ustav fondining yigirma besh foiziga etguniga kadar ushbu tashkilotlar daromadlarining yigirma foiziga qadar mikdorda ajratmalar.
Soliq to'lovchilar (bundan banklar va sug'urta tashkilotlari mustasno) da’vo muddati tugagach daromadlari ilgari jami daromadga kiritilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog'liq umidsiz qarzlar bo'yicha chegirma qilish huquqiga egadirlar.
Yuridik shaxslarning daromadlari va ular bo'yicha tegishli chegirmalar soliqlarni xisoblab chiqarish uchun ular taalluqli bo'lgan xisobot davrida, to'lash vaqti va pulning kelib tushish sanasidan qatiy nazar, buxgalteriya xisobi to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aks ettiriladi.
Agar qilingan xarajat xarajatlarning bir necha toifasiga kiritilgan bo'lsa, u jami daromaddan faqat bir marotaba chegirilishi mumkin.
Uzoq muddatli kontraktlarga taallukli daromad va chegirmalar moliya yili davomida ularni xaqiqatda bos qichma-bosqich bajarish qismida xisobga olinadi.
Uzoq muddatli kontraktni xaqiqatda bajarish moliya yili oxirigacha qilingan xarajatlarni mazkur kontrakt bo'yicha jami daromadlar bilan taqqoslash vositasida belgilanadi.




  1. Download 30.62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling