Reja I. Kirish II. Asosiy qism


Download 374.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana07.03.2023
Hajmi374.97 Kb.
#1245274
  1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'rta osiyodagi qadimgi davlatlar




Reja 
I. Kirish 
II. Asosiy qism 
1. O‘rta Osiyodagi eng qadimgi davlatlar paydo bo’lishiga omillar 
2. Baqtriya, Parfiya va qator qadimgi davlatlar vujudga kelishi 
3. O’zbekiston hududidagi qadimgi davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari 
III. Xulosa 
IV. Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish 
Mustaqillik biz o‘tmishimizni to‘la va haqqoniy yoritib berish imkonini 
yaratib berdi. O‘zbekiston tarixining ko‘plab sahifalari biz uchun “ochilmagan 
quriqdir”. Shu nuqtai-nazardan vatanimiz tarixining turli davrlardagi ahvoli, uning 
sohalarida erishilgan muvafaqqiyatlar va muammolarini o‘rganib, keng 
jamoatchillik e’tiboriga havola qilish bugungi kunning dolzarb vazifasiga 
aylanmoqda. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi” PF-4947-sonli Farmoni 
va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirish kun tartibidagi muhim masalalardan 
biri ekanligini ta’kidlash lozim
1

Mustaqillik tufayli O‘zbekiston tarixini ixtisoslashish jarayoniga keng yo‘l 
ochildi. Xususan, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy soha tarixlari alohida-
alohida tadqiq etilib, mazkur tarmoqlar faoliyati maxsus yoritilgan tarixiy asarlar 
ko‘paymoqda. Jumladan, birgina iqtisodiy soha tarixining o‘zi bir qator 
yo‘nalishlarga ega. Masalan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, yer egaligi, soliq tizimi tarixi 
bo‘limlarining har biri o‘z xususiyatlariga ega. Har qanday soha qanchalik chuqur 
ixtisoslashib borsa, uni o‘rganish shunchalik takomillanib boradi. Tarixda o‘tgan 
davlatlarda boshqaruv tizimi va yer egaligi munosabatlarini o‘rganish, o‘sha davlat 
ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida yaqqol tassavvur hosil qilishga imkon yaratadi. 
O‘zbekiston tarixida uch xonlik davri muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. O‘zbek 
davlatchiligimiz tarixidagi salbiy omillardan biri-bu yagona davlatning bir necha 
mustaqil siyosiy bo‘laklarga bo‘linib ketishidir. Bu bo‘linish sabablarini eng avvalo 
bizda 
“davlatni milliylik belgisiga qarab tashkil etish an’analari”
shakllanmaganidan, qolaversa shaybonilar hukmronligi yillaridagi qo‘sh 
hokimmiyatchilik holatidan, XVII-XIX asrlarida kuchayib borgan urug‘-
aymoqchilik, mahalliychilik kabi illatlardan qidirish kerak. O‘rta Osiyo xonliklarida 
davlat mansablari, yer egaligi, soliq va majburiyatlarida ko‘p jihatlarida o‘xshashlik 
bilan birga jiddiy farqlar ham mavjud edi.
Har uchala xonlikda markaziy boshqaruv to‘laligicha oliy hukumdor amir 
yoki xon qo‘lida to‘plangan. Bosh vazir o‘rnida qabul qilinadigan qo‘shbegi 
mamlakat boshqaruvi, moliya, soliq, xazina, poytaxtagi ahvol bilan bog‘liq eng 
muhim masalalarni nazorat qilgan. Barcha viloyatlar unga bo‘ysungan. Shuningdek,
barcha xonliklarning jamiyat boshqaruvida otalik, inoq, mehtar, shayxulislom, qozi 
kalon muhim o‘rinni egallagan. Masalan, shayxulislom mamlakatdagi mafkuraviy 
munosabatlarda eng oliy daraja hisoblanib, jamiyat ma’naviy hayotida, hukmdor 
xonadoni va oliy hukumdor turish-turmushiga ta’siri jihatidan nihoyatda katta 
mavqega ega bo‘lgan. Bu davrda siyosiy munosabatlar bashqaruv tartiblari 
1
Mirziyoyev SH. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik 
qoidasi bо‘lishi kerak. Toshkent - “О‘zbekiston” - 2017. 



qanchalik murakkab bo‘lishidan qat’iy nazar, yer egaligi va soliq hamda 
majburiyatga e’tibor susaymagan. Chunki mamlakat iqtisodiy rivoji ko‘p jihatdan 
mazkur masalalarga ham bog‘liq bo‘lgan. Shu jihatdan, O‘rta Osiyo xonliklari 
hukmronligi yillarida davlat boshqaruvi, yer egaligi munosabatlari, soliq tizimi va 
majburiyatlar muammosini o‘rganish dolzarb masaladir. O‘rta Osiyo xalqlarining 
kelib chiqishi va ularning tarixi haqida turli qarashlar, konsepsiyalar, hatto 
g‘ayrilmiy talqinlar mavjud. Ularning kelib chiqishi haqida mavjud ilmiy asarlar 
hamda chet el manbashunosligida bayon qilingan ob‘ektiv ma‘lumotlarga tayanib, 
haqiqatni yuzaga chiqarish hozirgi kunning dolzarb vazifasidir.
Ma'lumki sobiq SSSR parchalanib, uning o'rnida vujudga kelgan mustaqil 
milliy respublikalar o'zlarining yangi tarixini yozib, chop qildira boshladilar. Ba'zi-
bir milliy respublikalar rahbarlari, tarixchi olimlari tomonidan chop qilingan 
kitoblarida o'z millatni ulug'lash, O'rta Osiyoda yashavchi boshqa xalqlardan ustun 
qo'yish, tarixiy jarayonlarni soxtalashtirish hollari ko'zga tashlanmoqda. Masalan, 
sobiq Turkmanboshi Safarmurod Niyozovning “Ruxnoma” asarida turkmanlar O'rta 
Osiyoning eng qadimiy va eng madaniy xalqi sifatida talqin qilinib, go‘yo ular 
mintaqada dastlabki davlatchilikka asos solganligini aytib o‘tgan. Tarixda 
“Xorazmshohlar - anushteginlar davlati” deb atalgan davlatni “Ko’hna Urganch 
Turkman davlati” deb atab tarixiy haqiqatni soxtalashtiradi. “Ruxnoma”da 
o'zbeklar, o'zbek xalqi umuman tilga ham olinmagan.
Fanga ma'lumki, O'rta Osiyo hududlarida istiqomat qilayotgan eng qadimgi 
xalqlar - bu baktriyaliklar, so'g'diylar, parfyanlar, xorazmiylar va turli sak 
kabilalaridir. Bular haqida mil. avv. VI-V asrlarga doir yozma manbalarda, 
ahamoniy podsholarning epigrafik yozuvlarida ma'lumotlar mavjud. 




Download 374.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling