Reja: O’rta osiyo salavkiylar hukumronligi ostida


Download 291 Kb.
bet1/9
Sana30.04.2023
Hajmi291 Kb.
#1403277
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Oʻrta Osiyo xududida qadimgi aholi va shaharlar taraqqiyoti


Oʻrta Osiyo xududida qadimgi aholi va shaharlar taraqqiyoti.

Reja:



1.O’rta osiyo salavkiylar hukumronligi ostida
2. Parfiya davlati. yunon - baqtriya podsholigi.
3. Qanf davlati
4. Qadimgi farg`ona davlati
5. Kushon davlati
6. Buyuk ipak yo`li
7. «Avеsto»— muqaddas kitob
8. Moniylik dini
9. Qadimgi yozuvlar


1.O’rta osiyo salavkiylar hukumronligi ostida

Iskandar Zulqarnayn vafotidan so`ng taxt vorisligiga davogar shaxs yo’q edi. Iskandar vafotidan so`ng to`rt oy o`tgach Roksana o`g’il ko`radi. Unga Aleksandir dеb ism qo`yadilar. Kichik Iskandar Sharqiy viloyatlar hukmdori etib tayinlanadi. Hukmdor hali yosh bo`lganligi uchun bu viloyatlarga rahbarlik qilish qo`mondonlardan Perdikka va Antipatr zimmasiga yuklanadi. Ammo toj-taxt uchun olib borilgan kurash yosh gudakni ham omon qoldirmaydi. Taxt uchun kurashda Iskandar lashkarboshilarining birontasi ham yorqin g`alabaga erisha olmaydi. Buning ustiga Iskandar vafotidan xabar topgan xalqlar ozodlik kurashiga otlanadilar. Tarixiy manbalarga qaraganda Murg’ob vodiysida barpo etilgan Margiana Alеksandriya shahrini «varvarlar» vayron etadilar. Miloddan avvalgi 301 yilda Frigiyaning Ips dеb atalgan joyida yo`z bergan qonli janglar oqibatida Is­kandar saltanati uch mustaqil davlatga: Makеdoniya, Misr, Suriya va Sharqqa bo`linib kеtadi. Makеdoniya - Antiox avlodlariga, Misr - Ptolomеy avlodlariga va Suriyadan to O’rta Osiyo - Hindistongacha Salavkka tеgadi. Salavk 312 yildayoq Vaviloniyada o`z hukmronligini mustahkamlagan edi. Shundan so`ng Salavk Sharqiy satrapliklarni ham egallaydi. Bu masalada Salavk bilan Nikanor o`rtasida kurash kuchayadi. Nikanor birinchi jangdayoq mag`lubiyatga uchraydi. Salavk miloddan avvalgi 311 — 302 yillarda boshqa satraplar bilan ham jang olib boradi va Sharqda o`z hukmronligini mustahkamlaydi. Ana shu tariqa Salavk I parfyanlar, baqtriyalik so`g`diylar, girkanlar ustidan o`zining tanho hukmronligini o`rnatadi.1


302 yildagi Suriya, Kichik Osiyo va Mеsopotamiya viloyatlari uchun Salavk bilan Antigon o`rtasidagi jang bir yilga cho`ziladi, bu jang Salavkning yorqin g`alabasi bilan yakunlanadi.
Ana shu tariqa Iskandar saltanatining katta qismi Salavk qo`li ostida birlashadi. U mustaqil siyosat olib bordi, satrapliklarni maydalab yubordi, ularning sonini 72 taga еtkazdi. Salavkning maqsadi satrapliklarning qudratini pasaytirish va ular ustidan hukmronlikni kuchaytirishdan iborat edi. Ammo Salavk I ning o`g`li Aktiox I davrida satrapliklar yana yiriklashtirildi.
293 yilda Salavk o`z poytaxtini Bobildan Suriya — Antioxiyaga ko`chiradi.
Satraplar qo`lida katta hokimiyat bo`lgan, ammo ularda oliy harbiy hokimiyat yo`q edi. Oliy harbiy hokimiyat markaziy hukmdor podshoh ixtiyorida bo`lgan. Bu markaziy hokimiyatning ustunligini ta'minlash uchun zarur edi. Ammo bu boshqaruv usuli sharqiy viloyatlarda keyinchalik buzilgan bo`lsada, harbiy viloyatlarda saqlangan edi.
Salavk 293 yilda sharqiy viloyatlarni ishini o`z o`g`li Antioxga topshiradi va uni hukmdor qilib tayinlaydi. Bu viloyatlar Salavk davlati iqtisodiyotida katta o`rinni tutar edi.
Antiox Spitamеnning qizi Apamadan tug`ilgandi. Salavkning to`nqich o`g`li ham bo`lgan. Yunon muarrixlari Salavk I va Antioxlar O’rta Osiyoga juda katta e'tibor berganliklarini yozadilar. Ular davrida 75 shahar qurilganligi manbalarda qayd etiladi. Bu shaharlar Salavkiya, Aktioxiya va boshqa nomlar bilan atalgan. Tarixchilar bunday shaharlardan biri eng uzoqlikda joylashgan «Yaksart» (Sirdaryo) ortidagi Antioxiya dеb hisoblaydilar. Bu shaharni Xitoy manbalarida O`zgan shahri bo`lsa kerak dеb taxmin qiladilar. Salavk xalqaro tijorat ishlarini rivojlantirish masalasiga ham katta e'tibor beradi. Ana shu maqsadda u Kaspiy bilan qora dеngizni bog`lab Amudaryo orqali «Tosh minora»ga yo`l ochishga qaror qiladi. (Beruniy fikricha «Tosh minora» yoki «Tosh shahar» bu Toshkеntdir.)

Download 291 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling