Reja: I. Kirish. Yuksak fazilatlar sohibi.


Download 17.55 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi17.55 Kb.
#1110693
Bog'liq
Bobur


Bobur-dilbar shaxs
Reja:
I.Kirish. Yuksak fazilatlar sohibi.(Sohibi saltanat, sohibi qalam)
II.Asosiy qism:
1.Adolati osmon-u jasorati jahon Islom fotihi.
2.Bog’larida ilm-u urfon gullagan bog’bon.
3.
III.Xulosa. Ma’naviyat osmonida chaqnagan yulduz.
Shoh bo’lib, xalq haqqini ham, shoir bo’lib she’r haqqini ham ado etmoq va chin inson sifatida yordamga muhtoj yosh-u qarining ham hojatini ravo etmoq oson emas. Shu o’rinda so’z sehrbozi Abdulla Oripovning quyidagi misralari xayolotim ko’chalarida mehmon:
Siz-zobit, dastini cho’zgan dunyoga,
Siz- shoir mangu bir alanga yoqqan.
Nainki bandalar, sizning siymoga
Ne-ne saltanatlar kek bilan boqqan.
Darhaqiqat, Bobur hayotida uning tole taxtiga hasad ila boqqan va ishonch ustiga xiyonat ila javob qaytargan isnonlar bir emas, o’n emas, ko’p edi. U yengilmadi, sinmadi, qasos uchun kurashmadi, jasoratini g’azab uchun sarf etmadi. Uning orom bilmas qalbidagi eng yuksak istagi faqatgina buyuk Temur bobosi barpo etgan saltanatni saqlab qolmoq, g’anim askarlarining suyukli Vatanga changal solib, vayron etmoqliklariga qarshi tura olmoq edi. Bobur shu maqsad yo’lida yondi, fido bo’ldi, kurashdi, yengdi, yengildi, jondan aziz diyordan-da quvildi. Maishatga berilgan temuriy shahzodalar birlashib, Shayboniyxonni yengmoqqa azm etolmay turgan pallada u qanday qilib bo’lsa ham shu tuproq, shu xalq uchun jang qildi. Vatanni ko’z qorachig’iday emas, ko’z qorachig’idan-da a’loroq asramoq shu emasmidi? “Hubbul Vatani-minal iymon” degan hadisga amal etmoq shu emasmidi?Ha, biz bugun vatanparvarlik ne ekanin Bobur bobomizdan o’rganmog’imiz kerak. Xalqning ozgina molini o’margan askarini jazolagan, hind diyorida musulmon-u kofir-barchalarini izzat-ikrom etgan Boburdan adolatni o’rganmog’imiz kerak. Qishning izg’irinida birodarlarisiz g’orda o’tirmoqni istamagan sarkardadan himoyatni, jasoratni, sadoqatni o’rganmog’imiz kerak. Ibrat to’la bu hayot so’qmoqlari qalblarimizga tutash. Unutmoq mumkin emas, zeroki, bunday buyuk taqdir egalari abadiyatga daxldordirlar.
Bahodirlik ichra yor sizga Humoy,
Siz ulug’ zotlarning izin bosgan er.
Nazmiy sajdagohda sizga, hoynahoy,
Imomlikka o’tgay faqat Alisher.
Turkiy she’riyatning tongi bo’lgan hazrat Navoiy o’zbeklarga qanday suyukli bo’lsa, Bobur ham ana shunday qadrlidir. Mirzo Bir qo’lda qilich dasti, bir qo’lda qalam basti ila Hind diyorinigina emas, she’riyat diyorini-da zabt etgan edi. Goho hayot tashvishlari ila bo’lib, sevimli ishlarimizga vaqt ajratolmay qolamiz. Bu inson jang-u jadal ichra, xavf—u xatar ichra bo’lib ham, qalamini behojat qo’ymadi. O’qidi, izlandi, sa’y etdi va o’zi uchun ijod ufqlarini ochdi. Urush maydonida-da , she’r maydonida-da sher bo’ldi. Bobur tom ma’noda Bobur bo’ldi. Bil’aks bo’lgan taqdirda siz-u biz, O’zbekiston-u jahon sevib mutolaa etguvchi “Boburnoma” dunyoga kelmasdi, ko’ngillarga farax baxsh etguvchi maftunkor she’r-g’azallar qalblarga kirib bormasdi. Nafosatni, go’zallikni, ezgulikni, san’atni jondek suygan bobomizning o’tli asarlaridagi hayot zavqi, dil tovlanishlari, ruhiyat to’lg’onishlari besh asr o’tsa-da, zamonalar o’zgarsa-da yuraklarga ko’chib o’tgan. “Bobur-dilbar shaxs” deya atagan Javoharla’l Neru naqadar haq ekanligini hamisha his etganmiz.
Nebaxtkim, bugun saodatdan sarmast, surur to’la mustaqil zamonamizda tinchlik tarovatidan tantana qilayotgan ko’ngillar quvonchga to’la. Shu o’rinda so’zimni muxtasar qilar ekanman, bir narsani ta’kidlab o’tmoqqa izn bergaysiz. Biz Bobur mirzo haqlarida naqadar ko’p so’zlamaylik, naqadar ko’p yuksak fazilatlarini sanamoqqa sa’y etmaylik, barini aytib ado etmoq, yozib yakun etmoq imkonsiz. Ma.naviyatmiz osmonida bir yulduz misol charaqlab turgan bu zot yodi qalblarimizda mangu qolajak. Ularning go’zal ibrat to’la umr yo’llarin, otashin asarlarin o’qib ulg’aygan yoshlarimiz orasidan ham buyuk ajdodimizning vorislari yetishib chiqajak.
Download 17.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling