Reja: Ikki palatali parlament tizimining shakllanishi Parlamentning muhim funktsiyalaridan biri hukumat faoliyatini nazorat qilishdir. Deputatlar Kongressining asosiy funktsiyasi Ikki palatali parlament tizimining shakllanishi
Download 27.57 Kb.
|
1540968721 72743
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki palatali parlament tizimining shakllanishi
Ikki palatali parlament tizimining shakllanishi jahon тajribasi Reja: Ikki palatali parlament tizimining shakllanishi Parlamentning muhim funktsiyalaridan biri - hukumat faoliyatini nazorat qilishdir. Deputatlar Kongressining asosiy funktsiyasi Ikki palatali parlament tizimining shakllanishi Ikki palatali parlamentlarning jamiyatdagi barcha ijtimoiy tabaqalar manfaatlarini va siyosiy irodalarini ifodalashga qobilligini ilk bor nazariy jihatlardan buyuk frantsuz ma’rifatparvari SHarl Lui Monteske tadqiq etgan edi. U ikki palatali parlamentni ham ijroiya, ham qonun chiqaruvchi hokimiyatlarni “jilovlab turuvchi unumli vosita” sifatida asoslab bergan edi. Monteskening fikricha, qonun chiqaruvchi hokimiyatning aristokratik qatlami, ya’ni yuqori palatasi qaror qabul qilish xuquqi asosida emas, balki bekor qilish huquqi asosida qurilishi lozim. Mutafakkir “erkinlikni ta’minlovchi” hokimiyatni quyidagi qoida asosida ko`rsatgan edi: “Bunda qonun chiqaruvchi majlis bir-birini o`zlariga tegishli bo`lgan bekor qilish huquqi asosida o`zaro jilovlab turuvchi ikki qismdan iborat bo`lib, ularning har ikkalasi ham o`z o`rnida ijroiya xokimiyat bilan bog`lanadilar, qaysiki, u ham o`z navbatida qonun chiqaruvchi xokimiyat bilan bog`liq bo`ladi”. Mutafakkirning bu g`oyalari AQSH davlatchiligi asoschilari falsafasining asosi bo`ldi. Tomas Jefferson AQSHda ilk davlat asoslari endigina qurilayotgan davrdagi ikki palatali parlament to`g`risida (1785 yilda) «Virjiniya shtati haqida qaydlar» asarida shunday deb yozgan edi: «Senat o`z tuzilishiga binoan deputatlar palatasi bilan bir xildir. Modomiki, bir xil saylovchilar bir vaqtning o`zida bir xil nomzodlar ichidan saylar ekanlar, albatta bu tanlashlar bir xil sifatlarga ega bo`lgan kishilar ustiga tushadi. Turli qonun chiqarish palatalarini tuzishdan maqsad – turlicha manfaatlar yoki turlicha printsiplar ta’sirini ta’minlashdir. SHunday deyishadiki, Buyuk Britaniyada Konstitutsiya jamoalar palatasinining odilligiga va lordlar palatasining donishmandligiga tayanadi. Agar odillikni pulga sotib olish mumkin bo`lsa, donishmandlikni esa meros qilib qoldirish imkoni bo`lsa, bu albatta mantiqan to`g`ri bo`lardi. Bir qancha Amerika shtatlarida delegatlar (quyi palata deputatlari demoqchi; SH.Q..) vasenatorlarni shunday tarzda saylaydilarki, birinchisi insonlarni, ikkinchisi esa mulkni ifodalaydi va himoya qiladi. Lekin bizda boylik ham, donishmandlik ham har ikkala palataga o`tish uchun teng imkoniyatlarga egadirlar. SHuning uchun ham biz legislaturamizning1 ikki palataga bo`linishidan, shuningdek, biz ularning printsiplarni etarlicha uyg`unlashtirishga qodirligidan shunday foyda olamizki, qaysiki, ulardan bittasi o`zaro kelishmovchiliklardan kelib chiqqan yovuzlikni bartaraf etib, uning o`rnini to`ldirishi mumkin». AQSHda ikki palatali parlament tuzish g`oyasi avvalo shtatlar tajribasidan kelib chiqqan bo`lsa, qolaversa, shtatlarni bir davlat federatsiyasi sifatida uyg`unlashtirish maqsadi ham bu g`oyani amalga oshirishni taqozo etar edi. 1788 yildayoq J.Medison ikki palatali tizimning birlashtiruvchilik tamoyilini “aholi mutanosib vakilligi (vakillar palatasi) va alohida shtatlar teng vakilligi (senat) printsiplarini «qorishtirish»dir”, deb ta’riflagan edi. AQSH davlatchiligi asoschi-otalarining fikricha, parlamentning ikki palatali qilib qurilishi, birinchidan, hokimiyat tepasida turganlarning saylovchilar oldidagi majburiyatlarini unutishdan himoya qiladi. Bu model puxta o`ylanmagan, samarasiz qarorlarining qabul qilinishi yo`lida to`siq bo`lib xizmat qiladi. Uchinchidan, qonunchilik printsiplari va vazifalari bilan etarlicha tanish bo`lmagan holda saylanayotgan vakillarning yo`l qo`yadigan kamchiliklarini to`g`rilaydi. Va nixoyat, vakillar palatasining tez-tez almashib turishi sharoitlarida parlament faoliyatidagi vorisiylik, izchillikni saqlab turishga yordam beradi. SHuningdek, ikki palatali parlamentni ingliz olimi I.Bentam ham chuqur tahlil etgan edi. Uning fikricha, ikki palatali parlamentning ustunliklari shundaki, u o`rnatilgan qoida, nizom, tartibotlarni to`laligicha saqlanishiga kafolat beradi. Uning fikricha, ikki palatali tizimning yana bir ustun tomoni shundan iboratki, u manfaatlar, qarashlar va odatlarning turli-tumanligidan kelib chiqib, masalani har tomonlama ko`rib chiqish zaruriyatini e’tiborga oladi. Ikki palatali parlament tizimining afzalliklari haqidagi fikrlarni Gegel asarlarida ham uchratish mumkin: “Ba’zan bir palatali tizim foydasiga qaror qabul qiladilar, go`yoki, bir palata jamiyat tuzilishini demokratik elementini o`zida ifodalashda vazifasini yaxshi bajaradi. Agar kata majlisdagi muhokamalar qanday kechishi, undagi o`z chiqishlari bilan hurmatga erishishga urinishlar, tez va o`ylanmagan qarorlar qabul qilish kabilar eslansa, bir palatalik tizimning kamchiliklari osongina ko`zga tashlanadi». XX asr ilg`or mamlakatlarda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etilishi bilan xarakterlandi. Bunday jamiyat qurishda qonun chiqaruvchi hokimiyatni isloh etish va yanada takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etdi. Jumladan, hokimiyatni demokratlashtirishning muhim omili, jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalarning iroda va manfaatlarini kengroq va chuqurroq ifodalash vositasi bo`lgan ikki palatali parlamentlar demokratlashtirish va fuqarolik jamiyati qurishning muhim belgilaridan biriga aylandi. XX asrning so`nggi uch o`n yilligida ikki palatali parlamentlar 45 tadan 67 taga ko`paydi. SHuningdek yana ko`plab davlatlar ikki palatali tizimga o`tmoqdalar. Bir palatali parlamentlarning deyarli 70 foizi asosan rivojlanayotgan davlatlar hissasiga to`g`ri kelmoqda: agar bugun jahonda 87 ta bir palatali parlamentlar ishlayotgan bo`lsa, ularning 62 tasi 60-yillarda mustaqillikka erishgan uchinchi dunyo mamlakatlariga tegishlidir. Jahon tajribasida ikki palatali parlament tizimining shakllanishi masalasini ko`rib chiqishda, davlatlarni tuzilishiga ko`ra, ya’ni ularning unitar yoxud federativ ekanligiga e’tibor qaratish lozim bo`ladi. CHunki unitar hamda federativ davlatlardagi parlamentlarning faoliyatida o`xshashlik bilan bir qatorda, farqlar ham mavjud. Tan olish kerak, bir vaqtlar «ikki palatali parlamentlar faqat federativ davlatlarga xos», degan qarash mavjud edi. Bunda ikkinchi palataning federatsiya sub’ektlari manfaatlarini ifodalashiga urg`u berilar edi. Biroq hozirgi kunda bikameralizm federativ tuzilishga ega davlatlarning barchasida, ya’ni 24 davlatda mavjud bo`lsa, qirqqa yaqin unitar davlatlarda ham ikki palatali parlamentlar amal qiladi. Ayni paytda, Mustaќil Davlatlar ²amdo`stligiga a’zo bo`lgan 12 mamlakatning oltitasida - Ukraina, Turkmaniston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Moldovada bir palatali parlament amal qiladi. Rossiya Federatsiyasi, qozog`iston, Belarus va Tojikistonda esa ikki palatali parlament faoliyat ko`rsatmoqda. (Bugungi kunda qirg`izistonda ikki palatali parlament tizimidan bir palatali tizimga o`tish bo`yicha islohot olib borilmoqda. Bunga mamlakat hududining kichikligi, davlat muassasalari harajatlarini kamaytirishga doir islohotlar sabab bo`lgan). Bu hol parlament darajasida federatsiyalar bilan unitar davlatlar o`rtasida farqning yo`qolayotganiga ishora qiladi. Demak, O`zbekistonning unitar davlat ekanligi mamlakatimizda ikki palatali parlamentni shakllantirishga g`ov bo`lmaydi. Zero, ikki palatali parlament mamlakatning mintaqalari, kichik tuzilmalari, olisroq joylashgan qismlari manfaatlariga rioya etilishiga olib keladi. Ikkinchi palata qonunlar chiqarish jarayonida uchraydigan populizm, tor doiradagi manfaatlarga qarshi turuvchi qo`shimcha filtr sifatida ish tutadi. Ikki palatali tizim ijroiya hokimiyati bilan bir palatali parlament o`rtasidagi ortiqcha tortishuvlarning oldini oladi hamda parlament va hukumat vakolatlarining aralashib ketishiga yo`l qo`ymaydi. Ma’lumki, ikki palatali parlament ijtimoiy tabaqalar manfaatlarini ifodalash, mintaqalar an’analari va hududiy manfaatlarini ifodalash, o`zaro ziddiyatlarga kirishish asosida manfaatlar silsilasini muvozanatlash, shu asoslarda bu manfaatlarni o`zaro kelishtirish ehtiyojlari asosida tug`ilgan edi. Ikki palatali parlamentning klassik namunasini Frantsiya misolida kuzatish mumkin. Bugungi kunda Frantsiya parlamenti ikki palatadan (Milliy majlis - quyi palata va Senat - yuqori palata) iborat bo`lib, quyi palata umummilliy vakillik organidir. U umumiy, teng, to`g`ridan-to`g`ri va yashirin ovoz berish yo`li bilan saylanadi. Senat esa bilvosita yo`l bilan saylanadi. Uning a’zolari departamentlar bo`yicha maxsus saylovchilar jamoasi tomonidan saylanadi. Konstitutsiyaga binoan, qonun har ikkala palata tomonidan qo`llab- quvvatlanganidan keyingina qabul qilingan hisoblanadi. Agar bu jarayonlarda o`zaro kelishmovchilik ro`y bersa, loyiha rad etilgan hisoblanadi. Bunday holatlarda hukumat Senatni chetlab o`tib, Milliy majlisdan uzil - kesil qonunni qabul qilishni so`rashi mumkin. SHuningdek, byudjetni uzil-kesil tasdiqlash ham Milliy majlis huquqiga kiradi. Palatalardan faqat Milliy majlis hukumatga ishonch bildirishi yoki unga tanbeh bildirishi mumkin. Demak, quyi palata parlament faoliyatini amalga oshirishda ustuvor rol o`ynaydi. CHunki demokratik qadriyatlarga binoan ham quyi palata umummilliy manfaatlarni ifodalaydi. Quyi palataga nisbatan muvozanatni ta’minlovchi Senat to`qqiz yil muddatga saylanadi. Har uch yilda bir marta uning uchdan bir qism a’zolari yangilanib boradi. Ularning saylanish shart - sharoitlari ham deputalikka nomzodlar bilan bir xil bo`lib, undan faqat yosh tsenzi jihatidan farq qiladi. Senator bo`lish uchun nomzod 30 yoshga to`lgan bo`lishi lozim. Senatorlar maxsus saylovchilar jamoalari tomonidan departamentlar bo`yicha saylanadi. Bunday jamoa tarkibini mazkur departamentdan saylangan deputatlar, general maslahatchilar (ya’ni, General kengash a’zolari-departamentlar saylov organlari), mazkur departamentdagi kommunalar munitsipal kengashlari vakillari tashkil etadi. Har bir departamentga beriladigan mandatlar soni uning aholisiga qarab belgilanadi. Senatorlarning umumiy soni 320 kishi atrofidadir. To`rtta va undan kam senatorlar saylanadigan departamentlarda saylovlarning majoritar tizimi qo`llanilib, u ikki turda o`tkaziladi. Birinchi turda saylanish uchun saylovchilarning mutlaq ko`pchiligi ovoz bergan bo`lishi lozim. Lekin bu miqdor saylovchilarning kamida to`rtdan birini tashkil etishi lozim. Ikkinchi turda esa nisbiy ko`p ovoz olish kifoyadir1. Besh va undan ortiq senatorlar saylanadigan departamentlarda esa saylovning proportsional tizimi qo`llaniladi. Oltita senator xorijda yashayotgan frantsuzlar oliy kengashi tavsiyasiga binoan Senat tomonidan tayinlanadi. Senat shtatlar manfaatlarini ifoda etuvchi va davlat hokimiyatining merosiyligini ta’minlash organidir. SHuning uchun ham senatning tarkibi birdaniga emas, balki har ikki yilda uchdan bir qismi yangilanib boradi. Prezidentlik saylovlarida nomzodlar saylanish uchun tegishli ovozlarni olishga erisha olmasalar, u holda nomzodlar vakillar palatasi a’zolari tomonidan saylanishga havola etiladi va unda ko`pchilik ovoz olgan nomzodlardan biri respublika prezidenti etib saylanadi. Kongressning qonun chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlarga bo`linadi: qonun loyihasini kiritish, uni muhokama etish va qabul qilish. AQSH konstitutsiyasiga binoan qonun chiqarish tashabbusi huquqiga faqat kongressning ikki palatasi egadir. SHuningdek, Frantsiya parlamentidan farqli ravishda qonun loyihalari bir vaqtning o`zida har ikkala palata tomonidan kiritiladi. Amalda kongress a’zolarining qonun chiqarish tashabbusi ko`pincha respublika prezidentining murojaati tomonidan belgilanib, unda qanday qonunlar qabul qilish lozimligi ko`rsatiladi. Har bir palatadagi qonun loyihalarini muhokama etish uch o`qishda davom etadi. Kongress palatalaridagi birinchi o`qish rasmiy shakldadir: vakillar palatasi klerki va senat kotibi qonun loyihasini ro`yxatga oladi, bu haqda deputatlar va senatorlarga xabar beradi, so`ngra uni palatalarning doimiy qo`mitalariga yuboradi. SHundan keyin qo`mita raisi yoki qo`mita nomidan chiquvchi ma’ruzachi mazkur qonun loyihasi bo`yicha ishlab chiqilgan tavsiyani bayon etadi. Muhokamalardan keyin qonun loyihasi yana doimiy qo`mitaga qayta ishlash uchun yuboriladi. Bu o`qishda qonun loyihasi kiritilgan o`zgarishlar asosida palatalarda muhokama etiladi. Uchinchi o`qishda deputatlar va senatorlar qonun loyihasiga faqat tahririy tuzatishlar kiritishi mumkin. SHundan so`ng qonun loyihasi ovozga qo`yiladi. Kongress amaliyotida ovoz berishning turli usullari qo`llaniladi: ovoz chiqarish yo`li bilan, o`rnidan turish bilan, nomma-nom elektron mashinalar vositasida. Odatda qonunlar mutlaq ko`pchilik asosida qabul qilinadi. Konstitutsion tuzatishlar kiritish uchun har palatada kongress a’zolarining 2/3 ovozini olish lozim. Qonunning bir xil matni har ikkala palatada qabul qilinganidan keyin, u tasdiqlash uchun prezidentga yuboriladi. Agar palatalar o`rtasida qonun loyihasiga doir o`zaro kelishmovchiliklar paydo bo`lsa, u holda kelishuv komissiyasi tuziladi. Bu komissiya tomonidan qo`llab - quvvatlangan qonun loyihasi matnini palatalar o`zgartirishi mumkin emas. Mabodo ikkinchi marta shunday holat paydo bo`lsa, yangi kelishilgan komissiya tuziladi yoki qonun loyihasi rad qilingan hisoblanadi. Germaniya Federativ Respublikasi parlamentining yuqori palatasi Bundesrat 16 ta federal davlatlarning vakilligi hisoblanib, u federatsiya miqyosidagi qonun chiqaruvchi va ijroiya faoliyati bilan shug`ullanadi. AQSH yoki SHveytsariya federativ davlatlarining senatlik tizimidan farqli o`laroq, Bundesrat saylangan xalq vakillaridan iborat emas. Bu palataga federal davlat a’zolari yoki ularning vakillari a’zo bo`lib kiradi. Aholisining soniga qarab Bundesrat a’zoligiga o`lkalardan uchtadan to oltitagacha joy ajratilgan1. Bundesrat a’zolarining har bir o`lkadan yuborilgan vakillari palata majlislarida deyarli yagona fikr manfaatlar asosida ishtirok etishlari talab etiladi. CHunki Bundesrat a’zolari o`zlari vakillik qilayotgan o`lka manfaatlarining ifodachisidirlar. Germaniyada qabul qilinayotgan qonunlarning deyarli yarmi o`lkalar fuqarolari manfaatlari va irodalari bilan bog`liq. SHu sababdan ham barcha qabul qilinayotgan qonunlarning yarmidan ko`prog`i (ya’ni, o`lkalar manfaatlari bilan bog`liq bo`lgan qonunlar) Bundesrat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi qoidaga kirgan. Qolaversa, qabul qilinayotgan qonunlar loyihasi o`lkalarning manfaatlariga va suverenitetiga yoki ijroiya hokimiyatining moliyaviy holatiga tajovuz qilmasligi uchun ham ular Bundesrat tomonidan ko`rib chiqilib, qo`llab-quvvatlanishi qoidasi kiritilgan. Har qanday sharoitda ham Konstitutsiyaga o`zgartirish kiritish uchun Bundesrat a’zolarining ko`pchilik qismi - uchdan ikki qismi roziligini olish talab etiladi. Qonunlar qabul qilishning barcha qolgan holatlarida Bundesrat faqat rad qilish huquqiga ega, xolos. Bunday rad etish holatlarida qonunlar loyihalarini Bundestag a’zolari qayta ko`rib chiqib, ko`pchilik ovoz bilan (uchdan ikki qismi) qaytadan qabul qilishlari mumkin. Agar Bundestag bilan Bundesrat kelisha olmasalar u holda ikkala palata a’zolaridan kelishuv qo`mitasii tuziladi. Tajribadan ma’lumki, ko`p holatlarda qo`mitada murosali echim ishlab chiqiladi. Bundesratda erlarning manfaatlari partiya manfaatidan yuqori qo`yiladi. SHuning uchun ba’zida ovoz berishlar shunday natijalarga olib keladiki, u siyosiy partiyalar kuchlarining majoritar mutanosibligiga javob bermay qoladi. Bu faoliyatdagi federalizmdan dalolat beradi. Mamlakat markaziy hukumati har doim hamma sohalarda, xuddi shu partiyalardan tuzilgan joylardagi erlarning davlat hokimiyatlari o`zining izidan borishiga ishona olmaydi. Har bir er o`zining asosiy manfaatlarini himoya qiladi hamda xuddi shu maqsadlarni ko`zlagan boshqa erlarni ham, xokimiyat tepasida qaysi partiya bo`lishidan qat’iy nazar o`zlariga ittifoqchi qilib olishga xarakat qiladilar. Bu shunga olib keladiki, Bundesratda ko`pincha o`zgarishlar bo`lib turishi mumkin. Agar federal hukumat a’zolari mansub bo`lgan partiyalar vakillari Bundesratda ko`pchilikni tashkil etmasa, har doim o`zaro yon berib turishga to`g`ri keladi. Bir yillik muddat o`tishi bilan doimo almashinib turish printsipi asosida Bundesrat a’zolari o`lkalar bosh vazirlaridan birini palata raisi etib saylaydi. GFR prezidenti o`zining ishlash qobiliyatini yo`qotib qo`ysa, u holda Bundesrat raisi federal prezident vakolatini ham bajaradi3 (Asosiy Qonunning 57-moddasi). XX asrning o`rtalaridagi tarixiy voqelik YAponiyada ham parlamentning ikki palatali bo`lishini taqozo etdi. YAponiya Konstitutsiyasining 41- moddasiga binoan parlament «davlat xokimiyatining oliy organi va davlatning yagona qonun chiqaruvchi organi» hisoblanadi. Parlament vakillar palatasi va maslahatchilar palatasidan iborat. Har ikkala palata ham umumiy saylov huquqi asosida shakllanadi. Nomzod vakillar palatasiga saylanishi uchun 25 yoshga, Maslahatchilar palatasiga saylanishi uchun 32 yosh bo`lishi kerak. Vakillar palatasi deputatligiga nomzodlar 3 mln.ien xajmida saylov garovi to`lashlari lozim. Agar nomzod saylov okrugidagi ovozlarning beshdan bir qismini olishga erisha olmasa, garov puli qaytarilmayli. YUqori palata a’zoligiga nomzodlar esa 2 mln ien garov berishlari lozim; agar nomzod ro`yxat bo`yicha saylanishi kerak bo`lsa bu mablag`ning ikki marta ko`p bo`lishi talab etiladi. Vakillar palatasi besh yuzta deputatdan iborat bo`lib, ular to`rt yil muddatga saylanadilar. Vakillar palatasini saylash uchun YAponiya mamlakati 129 saylov okruglariga bo`lingan. Har bir okrugdan 3 - 5 deputat saylanadi; faqat bitta okrug bir mandatli xisoblanadi. Har bir saylovchi o`z okrugida faqat bitta nomzod uchun ovoz berishi mumkin. Nisbatan ko`p ovoz olgan nomzodlar deputatlik mandatiga erishadilar. Lekin qoidaga ko`ra bunday ovozlarning soni okrugda ularga ajratilgan joylar uchun bo`lingan va ajratilgan ovozlar kvotasining kamida to`rtdan biriga etishi talab qilinadi. Vakillar palatasi xukumat talabiga binoan muddatidan ilgari tarqatib yuborilishi mumkin. YUqori palata Maslahatchilar palatasi 252 deputatdan iborat bo`lib, ular olti yil muddatga saylanadilar. Lekin ular tarkibining yarmi har uch yilda yangilanib turadi. 152 ta maslahatchi profekturalar va poytaxtdagi okruglar bazasida saylanib, bunda quyi palata saylangan saylov tizimiga amal qilinadi. Lekin bundagi farq shundaki, deputatlik joyini egallash uchun nomzod shu okrugdagi ajratilgan joy uchun haqiqiy hisoblanishi uchun ajratilgan ovozlarga teng yoki undan ko`proq ovoz olishiga erishishi talab etiladi. Qolgan 100 ta maslahatchi esa umummilliy saylov okruglarida partiya ro`yxatlari bo`yicha proportsional vakillik tizimiga binoan saylanadilar. Har bir palata - Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi deputatlari bir-birlaridan mustaqil ravishda o`z raislari va palatalarning ma’muriy mansabdorlarini saylaydi, shuningdek, har bir palata o`zining majlislar o`tkazish, ish tartiblari va ichki intizomi qoidalarini o`zlari belgilaydilar. Parlament to`g`risidagi qonunga binoan parlament vakolati davri mobaynida har ikkala palata raislari, vitse-raislari, vaqtinchalik raislari, uning qo`mitalari raislari va palatalarning bosh kotiblari parlamentning saylangan davridagi rahbariyat tarkibiga kiradilar. Ularning ichidan faqat bosh kotibgina deputat bo`lmaganlar orasidan saylanadi. An’analarga ko`ra palatalar raislari o`rinbosarlari lavozimiga muxolifat partiyalardan saylangan deputatlardan qo`yiladi. YApon parlamentining bosh funktsiyasi qonunlar va davlat byudjetini qabul qilishdir. Qonunlar har ikkala palata qarorlari asosida qabul qilinadi. YAponiyadagi qonun chiqarish jarayonlarida quyi palata ko`proq ustivorlikka ega. Agar Maslahatchilar palatasi quyi palata qabul qilgan qonun loyihasini qaytarsa, unda kamida deputatlarning uchdan ikki qismi qatnashgan vakillar palatasining ko`pchilik ovoz bilan qabul qilishi natijasida mazkur loyiha qonunga aylanadi. Bunday sharoitlarda vakillar palatasi har ikkala palataning qo`shma majlisi o`tkazilishini yoki kelishuv qo`mitasi chaqirilishini talab etishi mumkin. Byudjetga doir va moliyaviy qonun loyihalariga nisbatan qonun chiqarish tashabbusini faqat quyi palata amalga oshiradi. Qonunlarni muhokama qilish bosh vazir va barcha cabinet a’zolari ishtirokida o`tadi. Ispaniya Qirolligida parlament General Kortes deb atalib, uning quyi palatasi deputatlar kongressi, yuqori palatasi esa Senat deb ataladi. Download 27.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling