Reja: Issiqlik almashish apparatlari


Download 158.5 Kb.
bet1/5
Sana23.03.2023
Hajmi158.5 Kb.
#1289137
  1   2   3   4   5

issiqlik almawinish jarayonlari

Reja:


  1. Issiqlik almashish apparatlari

  2. Rekuperativ,regenerativ va aralashtirgich apparatlar

  3. Issiqlik almashish apparatlarining issiqlik xisoblash asoslari.

  4. Issiqlik almashish apparatlarda tо’g’ri, qarama-qarshi va ayqash oqimlar.



Issiqlik almashish apparatlari deb bir muxitdan boshqa muxitga issiqlikni о‘tkazuvchi qurilmalarga aytiladi.
Ishlash usuliga qarab issiqlik almashish apparatlari rekuperativ, regenerativ va aralashtirgich apparatlarga bо‘linadi. Ichki issiqlik manbalari xisobidan issiqlik tashuvchini qizdiruvchi qurilmalar xam issiqlik almashtirgichlarga kiradi.
Rekuperativ issiqlik almashtirgichlarda bir issiqlik tashuvchidan ikkinchi issiqlik tashuvchiga, ularni ajratuvchi devor orqali issiqlik uzatish amalga oshiriladi. Bunday apparatlarga bug‘ generatorlari, qizdirgichlar, kondensatorlar, ekonomayzerlar, bug‘lantiruvchi apparatlar misol bо‘ladi.
Regenerativ issiqlik almashtirgichlarda davriy ravishda navbat bilan issiq va sovuq issiqlik tashuvchilar bir xil issiqlik almashish sirtni aylanib oqib о‘tadi. Avval issiqlik almashish sirti (sopol, metalli о‘rnatma) issiq issiqlik tashuvchi bilan qizdiriladi, sо‘ngra qizdirilgan sirt sovuq tashuvchini qizdiradi. Regenerativ apparatlarga turli xil issiqlik akkumulyatorlari, marten va domna pechlardagi xavo qizdirgichlar misol bо‘ladi.
Aralashtiruvchi apparatlarda bir issiqlik tashuvchidan ikkinchi issiqlik tashuvchiga issiqlik uzatish ularni bevosita aralashtirish bilan amalga oshiriladi. Gradirnyalar aralashtiruvchi apparatlarga misol bо‘ladi.
Ichki energiya manbalariga ega bо‘lgan issiqlik almashtirgichlarda issiqlik tashuvchi apparat о‘zida ajralgan issiqlik xisobidan qizdiriladi. Bunday apparatlarga issiqlik generatorlari, qozon qurilmalari, yadro reaktorlari misol bо‘ladi.
Issiqlik almashtirgichlarda issiqlik tashguvchilar sifatida suv, suv bug‘i, yoqilg‘i yonish maxsulotlari, suyuqliklarni aralashmalari, tuzlarni eritmalari, yog‘lar, suyuq metallar ishlatiladi.

Download 158.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling