Режа: Кириш. Банк ва банк иши билан танишиш. Ресепцш иши билан танишиш ва ўрганиш


Download 30.86 Kb.
Sana13.07.2023
Hajmi30.86 Kb.
#1660087
Bog'liq
hisobot


РЕЖА:
1.Кириш.
2.Банк ва банк иши билан танишиш.
3.Ресепцш иши билан танишиш ва ўрганиш.
4.Кредит бўлимида иш ўрганиш.
5.Хулоса.
6.Фойдаланилган адабиётлар

Кириш


Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A. Karimov o‘zining «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» asarida «Kuchli ijtimoiy siyosat, avvalo sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag‘bat va imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yo‘l tanlash va faoliyat ko‘rsatish erkinligiga bo‘lgan kafolatli huquqni qaror topdirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham iboratdir», - deb ta’kidlagan edi.


Nazariy va amaliy nuqtai nazardan ishlab chiqarish egalari bo‘lgan mehnatkashlar manfaatlari eng muhim manfaat ekanligi, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtiruvchi qudratli harakatlantiruvchi kuch ekanligi shubhasizdir. Bundan boshqaruvni isloh qilishning strategik g‘oyasi mehnatkash kishining obro‘sini ko‘tarishdan iborat, chunki iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishning asosi bo‘lib vijdonan va ma’suliyat bilan mehnat qilish hisoblanadi; ishchining mehnatdan manfaatdorligini keskin oshirish, o‘z qobiliyatini to‘liq sarf etish, uni jamiyatni harakatlantiruvchi kuchlarning umumiy tizimiga qo‘yishdan iborat. Bunga faqat ishchi ishlab chiqarishning haqiqiy egasi sifatida mehnat qilgan holdagina erishish mumkin. Bu juda murakkab masala, chunki inson faqat ijtimoiy shaxs - ya’ni jamiyatga bog‘liq va uning ta’siri ostida bo‘lib qolmay, tabiiy mavjudot hamdir. Xuddi shunga bog‘liq holda uning shaxsiy manfaatlari (unga bog‘liq holda xulqi, harakatlari) har doim ham ijtimoiy manfaatlar bilangina emas, balki o‘z idroki manfaatlari bilan ham mos kelmaydi. Kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar aks etuvchi manfaatlar ularning maqsadlari, mehnat intizomi, faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi va ularning xarakatlarini tartibga soladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti orqali biz ishlab chiqarish muhitiga kasbiy mutahasislik fanlari bilan o’rgangan bilimlarimizni amalda birlashtirgan holda qo’llashdan iboratdir. Shu jumladan reja bo’yicha:

  1. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” yo'nalishi o'quv jarayonida olgan nazariy-kasbiy bilimlari va ko'nikmalarini amaliy kasb faoliyatida chuqurlashtirish;

  2. Amaliyot bo'yicha bilim, tashkiliy ko'nikmalarini hosil qilib dastur rejasiga amal etish;

  3. Talabalarning amaliyotdagi ish sifatini doimiy takomillashtirib mutaхassislikka ega bo'lish;

  4. “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” mutaхassisligi kasb etikasi tartiblari manfaatlaridan kelib chiqqan holda muammoli masalalar va vaziyatlarni echishni o'rganish;

  5. Tanishuv amaliyoti bo'yicha zaruriy ma'lumotlarni, hujjatlarni yig'ish va qayta ishlash;

  6. Talabalar tanishuv amaliyoti bo'yicha hisobot yozishda, ilmiy-tadqiqot ishlaridan foydalanishi mumkin bo'lgan tekshiruv tahliliy materiallari yuzasidan o'z fikrlarini berish;

  7. Amaliyot davomida olgan bilimlarini nazariy bilimlari bilan solishtirib, amaliyot ob'ekti iqtisodiyotini takomillashtirish bo'yicha mustaqil ravishda takliflar berish;

  8. Foydalanilgan va qo'llanilgan adabiyotlar ro'yхatini tuzish;

  9. Amaliyotni o'tagan ob'ekt tomonidan tayinlangan rahbar va ilmiy rahbaridan taqriz va tavsifnomalar olish;

  10. Tanishuv amaliyoti bo'yicha dastlabki ma'lumotlarni jamlash, fikrlash va хulosalar yozishdan iboratdir.

Ushbu kabilarni o’rganish amalyotchi talabaning vazifasidir.
Iqtisodiyot ta'lim yo'nalishi talabalari tanishuv amaliyoti o'quv rejaga asosan 2 kurs 2-semestrida bo'lib, haftasiga 5 kun, har bir kunda 3 soatdan amaliyot .Ishlab chiqarish amaliyoti boshlanish sanasi 2023-yil 22-maydan 2023-yil 1-iyul sanasigacha deb belgilangan.
Men amaliyot o’tash obyekti sifatida O’zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Samarqand shahar “Sanoat Qurilish Bank “ATB mintaqaviy filialiga bordim.

Xulosa
Ishlab chiqarish amaliyot haqida xulosam shuki, o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda sinamasdan biror kasb egasi bo‘lish qiyin. Bunday tajriba oshirish uchun yillar davomida harakat qilinar ekan. Buning uchun esa 4 yil o‘qishning o‘zi kamlik qiladi. Bolajak bank xodim uchun eng kerakli narsa o’quv jarayonida o’qib amaliyot o’tashni ko’paytirish orqali xaqiqiy kasbimning yetuk mutahasisi bo’lib yetishish mumkinligini tushunib yetdim. Bunda bizga eng kerakli xislatlar mutaxassislik fanlarimizning barchasi hamda psixologiya, nutq madaniyati, bugungi kunda yangi soxa bo’lgan IT va Chet tili kabi fanlarni mukammal bilishni taqazo etadi.
Mening fikrimcha, Oliy ta’limni 2`-kursni tugatgan talabalar uchun amaliyot kunlari kamlik qiladi. Biz o’z ustimizda amaliy ko’nikmalarni oshirishimiz kerak. Amalyotda bo’lgan juda ko’p nuqsonlarimizni tuzatishimiz kerak ekan. Masalan hujjat yuritish , muomila madaniyati kabi bir qancha joylarda bilim yetishmasligi amaliyotda bilindi. Men bugun ushbu kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilaman. Bank bo’yicha bilimlarimni amaliyotda qo’llash qanchalik murakkab ekanligi, tizimni sinchkovlik bilan o’rganish va bilimlarni chuqurlashtirish haqida xulosalar oldim.


Foydalanilgan adabiyotlar:


    1. O'zbekiston Respublikasining «Bank ishi to’g’risida»gi qonuni.

    2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvining qarori.

    3. Bank ishini yuritish bo’yicha qarorlar.

    4. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/21-sonli qaroriga.

    5. Internet

Download 30.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling