Reja: Kirish Havotirlanish haqida tushuncha


Download 27.08 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi27.08 Kb.
#1469381
Bog'liq
Mavzu Havotirl-WPS Office



Mavzu: Havotirlanish va uning intervensiyasi
Reja:
1.Kirish
2. Havotirlanish haqida tushuncha
3. Havotirlanish va uning intervensiyasi
4. Xorij olimlarining havotirlanish haqida tushunchalari
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Psixik xolat sifatidagi havotirlanish tushunchasi ko’p qirralidir. Shu sababli turli tadqiqotchilar havotirlik tushunchasini turli ma’noda qo’llaydilar.Ko’pincha havotir termini nohush, ichki emosional tusdagi holatdir. Bu holat zo’riqish, bezovtalik g’amginlikni xis qilish kabi fiziologik jihatdan avtonom nerv sistemasining faollashuvi sifatida tavsiflanadi. Havotirlanish holati inson muayyan qo’zg’atuvchini xavf, taziyk, ziyon elementlari mavjudligi sifatida idrok qilish natijasida kelib chiqadi. Insonda havotirlik holatini vujudga keltirish mumkin bo’lgan stress darajasi o’z intensivligi bo’yicha o’zgarib boradi. Shaxs hislati sifatidagi shaxsiy havotirlanish qanchalik tez-tez va intensiv tarzda yuzaga kelishiga qarab aniqlanishi mumkin. Havotirlanish holati yorqin ifodalangan shaxs atrofimizni o’rab turgan dunyoni xavf-xatar, qo’rqinch taxlika tariqasida idrok qilishga moyil bo’ladi. Aksariyat chet ellik psixolog olimlar havotirlanishga shaxs xolati sifatida qaraganlar va shu mazmunda bir qator nazariyalarni yaratganlar.

Хаvоtirlаnish – bu оdаmning dоimо o’zini tаshvishli his etish, turli vаziyatlаrni хаtаrli hоlаt sifаtidа idrоk etishgа mоyilligidir. Хаvоtirlаnishning bоshdаn kеchirishi hаm individuаl хususiyat bo’lib, bundаy his nоаniq birоr хаvf оldidаn pаydо bo’lаdi. Хаvоtirlаnish ruy bеrishi mumkin bo’lgаn yoki ehtimоl tushilgаn nохushliklаr, оdаt vа vаziyatdаgi o’zgаrishlаrni kеltirib chiqаrаdi. U tаshvishli hаrаkаtlаrdа, hоlаtning kеskinligidа vа hоkаzоlаrdа nаmоyon bo’lаdi. Хаvоtirlаnishning yuqоri dаrаjаdа bo’lishi оdаtdа fаоliyatning sаmаrаdоrligini pаsаytirаdi, shахsning hаr хil ziddiyatli хulq – аtvоri bilаn birgа kеchаdi. Оdаtdа хаvоtirlаnishning shахs хususiyati sifаtidаgi vаziyat bilаn bоg’liq ikki turi fаrqlаnаdi. SHахs хususiyati sifаtidаgi хаvоtirlаnish аsаb tizimining хususiyatlаri vа uzоq dаvоm etаdigаn nохush mulоqоt bilаn bоg’liq хаvоtirlаnish yoki rеаktiv хаvоtirlаnishlаr аniq vаziyat bilаn bоg’liq bo’lgаn vа undаn tаshqаridа nаmоyon bo’lmаydigаn tаshvishli hоlаtdir.


CH.Spilbеrgеr хаvоtirni jаrаyon sifаtidа ko’rib chiqаr ekаn uni kоgnitiv, аffеktiv vа hаrаkаt rеаksiyalаrini bоsilishi sifаtidа tаsаvvur qilаdi. Оdаmgа strеssning turli shаkllаrini tа’siri nаtijаsidа fаоllаshаdi, ulаr quyidаgi vаqt tаrkibiy qismlаri zаnjiri ko’rinishidа bo’lаdi. Strеss хаtаrni qаbul qilish-kоgnitiv qаytа bаhоlаsh-psiхоlоgik himоya yoki chеtlаshni yashirish mехаnizmi. Ko’rinib turibdiki, bu еrdа strеss tаnglik sifаtidа emаs fаktоr (strеssоr) sifаtidа nаmоyon bo’lаdi. SHu tаriqа хаvоtirlаnishni tushunishdа psiхоlоgiyadа quyidаgi nuqtаi nаzаrlаr yuzаgа kеlаdi: 1.Хаvоtirlаnish-bu
-ichki хаvоtirni psiхik hоlаti хаvоtirni his qilishdаgi tаnglik;
-yomоn hislаr, хаtаrni kutishni sub’еktiv his qilish;
-emоsiоnаl diskоmfоrtni his qilish;
-nеvrоtik rеаksiya (аvtоnоm nеrv tizimini fаоlligini оshishi bilаn kеchuvchi emоsiоnаl rеаksiya);
-sаlbiy emоsiyalаr: qo’rquv, jаhl vа g’аmginlik kоmplеksi (bа’zilаr bungа qiziqishni hаm kiritаdi);
-murаkkаb psiхik hоlаt, kоgnitiv emоsiоnаl vа оpеrаsiоnаl tаrkibiy qismlаrni o’z ichigа оlаdi, emоsiоnаlni dоminаntligidа;
-shахs tuzilishidа dеfеktlаrni pаydо bo’lishi ulаr turli kаsаlliklаrning kеlib chiqishidir;
-shахs fаоl hаrаkаtini tаbiiy vа mаjburiy хususiyati shахsni o’zini o’zi mukаmmаllаshtiruvchi stimul sifаtidа.
1.Хаvоtirlаnish-bu murаkkаb psiхik hоlаt, mа’lum vаziyatgа rеаksiya sifаtidа, o’zigа kоgnitiv, emоsiоnаl, hаrаkаt, fiziоlоgik kоmpоnеntlаrni birlаshtirgаn; emоsiоnаl diskоmfоrtni his qiluvchi individ sоg’lig’i vа hаrаkаtigа zаrаr kеltirishi mumkin. Хuddi shundаy emоsiоnаl jаbhаdа hаm fаоliyatgа yo’nаltirilgаn ichki kuch vа sаmаrаdоrlikni stimullаshtiruvchi.
2.Хаvоtirli hоlаt-bu jаrаyondir:
-аffеktiv fеnоmеnlаr bir-birlаrini аlmаshtirib turuvchi kеtmа-kеtlik;
-bоsqichlаrni аlmаshishi nаtijаsidа kеlib chiqishidаn bаrtаrаf etish mехаnizmlаrigаchа;
-ko’pаyish intеnsivligini o’zgаrishi bo’yichа sustidаn оrtiqchа qo’rquvgаchа.
3.Хаvоtirlаnish shахsiy хususiyat sifаtidа-bu ko’p qаytаrilаdigаn yoki hаddаn ziyod intеnsiv hоlаt nаtijаsidа situаtiv хаvоtirlаnishni sаqlаnib qоlishi, u o’z nаvbаtidа mа’lum vаziyatdа rеаksiya хаrаktеrigа tа’sir etаdi. Kеyinchаlik, tаdqiqоtlаr tаhlilidа stimullаshtiruvchi fаktоrlаr хаvоtirni kеltirib chiqаruvchilаrni biz хаvоtir mаnbаi sifаtidа tаhlil qilаmiz.
Filips, Marlin va Mayers o’z tadqiqotlari natijasida havotirlanish stressning turli shakllari natijasida hosil bo’lishi mumkin degan fikrga keldilar. Filips va uning hamfikirlarining takidlashlaricha, emosional holatga o’qituvchi xavotirlanish bilan shaxsning nisbatan barqaror hislati sifatidagi havotirlanish o’rtasidagi konseptual farq mavjud. Bunday fikrni Kettel va Shreyer xam o’z tadqiqotlarida aniqlab bergan edilar. Xozirgi davrgacha muammoning ushbu tomoniga yanada ko’proq e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu muammo I.G.Serazan ishlarida ham markaziy o’rinlaridan birini egallaydi. Olimning fikricha bilimlarni nazorat qilish jarayonida namoyon bo’ladigan havotirlanish bunday vaziyatda shaxsning havotirini his qilish moyilligi kabi individual farqda o’z aksini topadi. Havotirni holat va hususiyatga ajratish Bekning stressga nisbatan sezgirlik kabi shaxs hislati psixosomatik simptomlarining rivojlanishida muhim omil ekanligi haqidagi taxminida ham kuzatiladi. Bekning ta’kidlashicha havotirlanish holati psixofiziologik buzilishlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.Demak, ko’pchilik tadqiqotchilar aynan stress havotirlanish holatini yuzaga keltiradi deb hisoblaydilar. Bundan tashqari havotir va boshqa emosional holatlarining faollashuvi kognitiv omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Ba’zi tadqiqotchilar havotirlanish turli tuman tarkibiy qismlardan tuzilgan murakkab jarayon deb qaraydilar.
Vujudga kelgan havotirlanish stres vaziyatlarini ortiqcha baholash jarayoni bilan kechadi. Vaziyatni ortiqcha baholash esa stres kechimalarini yumshatish imkonini beruvchi muayan mexanizmlarni tanlashga yordam beradi. Shuningde, u havotirlanishni hosil qiluvchi shaxsni vaziyat chegarasidan tashqariga chiqish, undan qochish mexanizmlarini faolashtiradi.
Agar stresdan qochish yoki uni bartaraf etish imkoni mavjud bo’lmasa havotirlanishni kamaytirish vazifasi bajaruvchi psixalogiya himoya mexanizmlari ishga tushadi. Bu mexanzmning tarkibiy qismining yengish, inkor etish proyeksiya va shu kabilar havotirni keltirib chiqaruvchi idrok etishni buzub ko’rsatadi.
Z. Freyd bo’yicha obyektiv havotir shunchasi o’z ichiga tashqi dunyadagi havfning rial vazifasini qamrab oladi. Bu vaziyat shaxs tomonidan taxlika xavf xatardek idrok etiladi. Xavfni idrok etish esa, emosional reaksiya hosil qiladi. Nevrotik havotir xavf-xatar manbai, tashqi dunyoda emas, balki shaxsning o’zida uning ichki dunyosida mavjud bo’lishi bilan obyektiv farq qiladi.
V.V. Davidov, Yu.L. Xamil takidlashicha havotirlik holati terminini muayan vaziyatda, obyektiv havf mavjud yoki mavjud emasligidan qatiy nazar insonda vaziyani havfli, taxlikalidek idrok qilish natijasida yuzaga keluvchi imotsional holatlar yoki muayan reaktsialar majmuyini aks etirish uchun qo’lanilishi kerak. Agar inson vaziyatni havflidek baholasa, unda u havotir holatining kuchayib borayotganini his qiladi. Bu holat esa negativ imotsionalholat bo’lib zo’riqish havfsirash, notinchlik hislarini o’z ichiga oladi hamda nerv sistemasining faoliyatini oshishi bilan birga kechadi havtirlanish holatini uning tashkil etuvchi reaksiyalar hususiyatlari asosida to’laqonlik batafsil aniqlanishi mumkun.
Havotirlanish holati ko’proq mexnatning u yoki bu turlariga insoning yaroqliligini muayan taraflarida ko’rinadigan bir omil hisoblanadi va uning qurshagan atrof voqeliklari tez o’zgaruvchan sharoitlarga moslashishda katta ro’l o’ynaydi.K. K. Platonov havotir havotirlanish namoyon bo’lishini turli havfga imotsional tasirining bir shakli sifatida yozadi. G. Shumkov hali Yapon-Rus urushi vaqtida havotirlanish kutilishi va qo’rqinch tshunchalarini ajratgan edi. Havotir deb ko’rsatadi u bu ham kutish ammo bizni qiziqtiradigan o’zining ohirida bu yoqimlimi yoki yoqimsiz bo’ladimi, biz uchun malum bo’lmagan, qo’zg’atadigan hayajonlantiradigan hodisani kuzatilishi sifatida ko’rsatiladi. Havotirlanish tshunchasining har hil izoxlanishiga qaramasdan barcha mualiflar bu shaxsning zamonaviy psixalogiyasida murakkab muamolaridan biri va buni o’rganishda zarurligida diqatni qaratadi.Havotirlanish holatini o’rganayotib bizning fikrimizcha shaxsning ekstroversiya- intraversiya va kuch – asab tiziminig holsizligi singari shaxsning inteegral tavsifnomsi simtomlariga diqatni qaratish kerak.Yuqorida keltirilganlardan, shunday hulosa chiqarish mumkunki, havotirlanish holatini tadqiq etish shaxni o’rganishda ham muhim jixat hisoblanadi.
Tadqiqotchilar tomonidan “Havotirlanish tushunchasini eng ko’p umumiy o’rganiladigan jabhasi uni nevrotik va nevrotik oldi tuzilishi sifatida ko’rib chiqishdir (B.I.Kochubi, E.V.Rodjers, K.Xorni va boshqalar)”. Bu holatni aniqlashtirish jarayonida havotirlanish tushunchasini fikr va mushoxadalarida ziddiyat yuzaga keladi. Avvalo havotirlanish ichki notinchlik kechinma, qo’rquv kabi psixologik holat (A.M.Prixojan, N.D.Livetov), sub’yektiv xissiy taranglik salbiy havotirlarni oldindan sezish (I.Spelberger, O.M.Gadyuk, A.M.Prixojan) emosional noqulaylikni xis qilish (A.M.Prixojan), no’malum hatarni oldindan sezish (F.B.Berezin) sifatida ko’riladi. Shunga ko’ra ko’pchilik tadqiqotchilar spesefik kechinmalarida havotirlanish holatini tavsiflovchi faqat emosional tarkib aks sub’ektiv tarzda yoqimsiz his qilinadigan noqulaylik xatarnigina ajratadilar (M.S.Merlin, O.M.Gadyuk,A.M.Prixojan, D.Lyuis, K.Izard). K.Izard havotirlanishni salbiy emosiyalar sifatida aniqlaydi: qo’rquv, jaxl va g’amginlik. Havotirlanishga yoqimsiz emosional fon shaxs tuzilishidagi defektlarni boshqaruvchi va turli kasalliklarni rivojlantiruvchi sifatida qaraladi. (Yu.A.Edipov 1994; Ya. Reykovskiy 1979; D.I.Isayev 1988; J.Atkinson 1974; N.D.Levitov).
T.L.Shabanoba L.I,Bojovichga yondashib havotirlanish ko’rinishlarini klassifikasiyasini keltiradi, tashqi ta’sirlarga adekvatligini bog’lagan holda:
- sub’ekt real nosog’lomligida, adekvat havotirlanishni his qiladi;
- agar sub’ekt holati adekvat yaxshi bo’lsa, Bojovich bunday havotirlanishni noadekvat deb baholaganlar;
- real nosog’lomlikni sezmaslik “noadekvat xotirjamlik” deb ataladi, lekin biz Xorni fikriga yondashamiz, unga ko’ra har qanday havotirlanish adekvatdir, chunki u ob’ektiv emas, sub’ektiv sabablarga ko’ra inobatga olinmasligi mumkin, u tashqaridan ko’rinmas, ammo sub’ekt uchun muhim bo’lishi mumkin.
Me’yoriy R.Mey havotirlanishni 2 asosiy turga bo’lgan: me’yoriy va nevrotik.
Me’yoriy havotirlanish 3 asosiy jihat bilan tavsiflanadi:

  1. Havotirlanishni namoyish etish kelib chiqqan vaziyatdagi ob’yektiv xatarni mumkinligini ko’rsatadi.

  2. Me’yoriy havotirlanish tushkunlikka olib kelmaydi;

  3. Bunday havotirlanishni ijodiy qo’llash mumkin- agar ularni keltirib chiqaruvchi faktorlarni identifikasiyalab va ularga qarshi turlicha xarakat qilinsa.

Nevrotik havotirlanish tavsifnomalari ulardan farqlanadi- bu xatarga adekvat reaksiya emas. Bunday havotirlanish tushkunlikka olib keladi va u buzg’unchidir, konstruktiv emas. Nevrotik havotirlanishga bog’liq bo’lgan tushkunlik va anglashni bloklash odamlarni muhim axborotga kira olishidan mahrum qiladi, ular yordamida xatarlarni identifikasiyalash va bartaraf etish mumkin.
Reaksiyani 2 turini “destruktiv havotirlanish” deb atash mumkin.
Yuqorida keltirilgan vaziyatlarda biz insonni turli ko’pincha ijtimoiy psixologik stressorlarga (negative bahoni kutish yoki agressiv reaksiya, o’ziga nisbatan negativ munosabatni qabul qilish, o’zini obro’si, xurmatiga nisbatan xatarni sezish) ta’sirini 2 turini ajratdik: konstruktiv va destruktiv vaziyatli havotirlanish.Biroq har bir insonda o’z “Men”iga nisbatan hatarni turli vaziyatlarda qabul qilish va bu vaziyatga vaziyatli havotirlanishi oshgan holda reaksiya ko’rsatish (yoki konstruktiv yoki destruktiv) mavjud.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda, shaxsdagi havotirlanish va qo’rquv xolatlari orqali insonda turli hil hissiy kechinmalar namoyon bo’lishi mumkin, hamda bu holat shaxs psixik salomatligi va kamolotiga ta’sir etishi mumkin. Bu boradagi g’oyalar sharq allomalari tomonidan ham ilgari surilgan bo’lib, shaxsning his-kechinmalari, havotirlanish va qo’rquv kabi tuyg’ularning namoyon bo’lishi holatlari haqidagi fikrlarini o’z asarlarida bayon etganlar.
Havotirlanish shaxs xususiyati va holati sifatida fikrlash uni jarayon sifatida tushunishni talab qiladi. Ushbu yondashuvga binoan havotirlanish kognitiv effektiv va xulq atvor reaksiyalarini izchilligi bo’lib, ular stresning turli shakillari tasiri natijasida faolashadi dep qaraladi havfni kognetiv baholash havotirlanish holatini vujudga kelishiga olib keladi yoki bu holat intensivligini darajasini oshirib yuboradi.Shunday qilib havotirlanish holati umumiy havotirlanish jarayoni tarkibiga kiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  • "Klinik psixologiya" o'quv majmuasi

  • Internet tarmoqlari: Google

  • Wekipendiya



Download 27.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling