Режа: Кобилият ва иктидорга бэриладиган психологик тариф 2


Download 45.52 Kb.
bet1/3
Sana02.05.2023
Hajmi45.52 Kb.
#1420529
  1   2   3
Bog'liq
2-MAVZU.I.Q


2-MAVZU:Qobiliyatning psixalagik tarifi.Iqtidorning psixalagik tafsifi.
Режа:
1.Кобилият ва иктидорга бэриладиган психологик тариф
2.Иқтидорли болалар тараққиёти динамикасини тадқиқ қилиш методлари
3.Iqtidorli bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
4. Iqtidorli bolalar psixologiyasi fanining shakllanish tarixi

1 Iqtidor-bu hayot davomida psixikani rivojlanish tizimidir. Bunda iqtidor u yoki bu faoliyatni muvofaqqiyatli bajarishda kuzatiladi.


Iqtidor – qobiliyatlar rivojlanishining keyingi darajasi hisoblanadi. Iqtidor deb shaxsga u yoki bu faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish imkonini beruvchi qobiliyatlarning o‘ziga xos muvofiqligiga aytiladi. Iqtidorga faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish emas, balki faqatgina bunday muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi bog‘liq (A.G.Maklakov).
1. Iqtidorli bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
2. Iqtidorli bolalar psixologiyasi fanining shakllanish tarixi
3. Iqtidorli bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
4. Iqtidorli bolalar psixologiyasi fanining tadqiqot metodlari
Mavzu yuzasidan tayanch so’z va iboralar:
Iqtidor – qobiliyatlar rivojlanishining keyingi darajasi hisoblanadi. Iqtidor deb shaxsga u yoki bu faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish imkonini beruvchi qobiliyatlarning o‘ziga xos muvofiqligiga aytiladi. Iqtidorga faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish emas, balki faqatgina bunday muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi bog‘liq (A.G.Maklakov).

-Umumiy qobiliyatlar shaxs imkoniyatini, uning faoliyatini o‘ziga xos jihatlarini rivojlantirishni ta’minlaydi;


- Qobiliyatlarning layoqatini, tabiiy asoslarini xarakterini aks ettiradi;
- Faoliyatdagi muvofaqqiyatni namoyon qiluvchi ichki sharoitdan biri talantdir. Iqtidorli bola-bu u yoki bu faoliyatda yorqin. Ba’zida uzluksiz muvofaqqiyatlari bilan ajralib turuvchi boladir.
Bugungi kunda ko‘pgina psixologlar iqtidorning rivojlanishi-bu nasl (irsiy layoqat) va ijtimoiy muhit (o‘yin, o‘qish, mehnat jarayonlari) ning o‘zaro murakkab ta’siri natijasida ekanini tan olmoqdalar. Lekin shu individual iqtidorni shakllanishi asosida yotuvchi bilan birga shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalashning psixologik mexanizmlarini rolini inkor etib bo‘lmaydi.
Ko‘pgina psixologlar kreativlikni (ijodiy potensial) iqtidorning muhim va mustaqil omil deb hisoblaydilar. Amerikalik psixolog G. Torrens kreativlikni noaniq va informatsiya tanqisligida zo‘riqishning bartaraf etishga bo‘lgan kuchli ehtiyojni natijasida yuzaga keladigan jarayon deb izoh beradi. Bu jarayon o‘zida muammoni aniqlashtirish, farazni tekshirish kabi holatlarni mujassamlashtiradi. Bunda ko‘tilmagan yechimlarni topishgp yordam beruvchidiverint tafakkur, ijodiy samaradorligini ta’minlash uchun o‘zida shaxsning o‘rtadan yuqori intelektual darajasini mujassamlashtirgan kreativlik muhim ahamiyat kasb etadi qolaversa, iqtidorli bolalarning ijodiy potensiallarini namoyon qilishlarida ularning motivasion shaxsiy xususiyatlari va ijtimoiy muhit ham xal qiluvchi rol uynashi ko‘pgina tadqiqotlarda isbotlangan. Dj. Renzulli konsepsiyasiga muvofiq iqtidor 3 elementining o‘zaro ta’siri natijasida rivojlanadi: o‘rtadan yuqori darajadagi intellekt kreativlik va masalalarga jalb bo‘lganlik.
Iqtidorli bolalar muammosiga oid munozarali mavzulardan biri bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishi chastotasidir. 2 ta nuqtai nazar bor: “iqtidorli” bolalar kamdan-kam uchraydi. Ko‘rsatilgan alternativlar quyidagi pozisiyalar doirasida o‘z yechimini topadi: turli faoliyat ko‘rinishiga munosabatda iqtidorlik potensiali ko‘pgina bolalarda uchraydi lekin yaqqol iqtidori namoyon bo‘ladigan bolalar sanoqlidir.
U yoki bola ko‘pgina faoliyat sohalarida aytarli muvofaqiyatga erishishi mumkin. Qolaversa, muayyan bir faoliyat ko‘rinishida ko‘pgina bolalar o‘zlarining layoqatlaridan kelib chiqib keng qamrovda yondashishlari mumkin. Bolaning psixologik imkoniyatlari va yosh davrlari xususiyatlariga ko‘ra turlicha iqtidor ko‘rinishlari mavjud.
Iqtidorni namoyon bo‘lishiga xalaqit beruvchi omillardan biri zaruriybilim kunikma, malakalarni yetishmasligidir. Agar bolda zaruriy bilimlarni o‘zlashtirsa uning iqtidori namoyon bo‘la boshlaydi.
Ba’zi hollarda esa bola taraqqiyotidagi qiyinchiliklar ham uning iqtidorini niqoblab qo‘yadi. Masalan, xavotir, qurquv, nizolar uning iqtidorini susaytirishi mumkin.
Shunday qilib, turli bolalarda iqtidor turlicha namoyon bo‘ladi. Bola xulqini taxlil qilgan xolda ota-onalar, psixologlar pedagoglar bola iqtidorini “ochishga” yordam berishlari lozim.
Boshqa tomondan, iqtidorni namoyon qilish oilaning ta’minlanganligiga ham bog‘liq. Bizga ayonki moddiy ta’minlangan bolalarda xar tomonlanma imkoniyatlar keng bo‘ladi, shuning uchun iqtidorni namoyon qilish uning o‘ziga bog‘liq kam ta’minlangan oila farzandlarida iqtidorni namoyon qilishga hohish bo‘lgan bilan ayrim vaziyatlarda “qo‘l kaltalik” kaltalik.
Iqtidorli bolalarning o‘ziga xos jihatlari bizning hayotimizni rang-barangligini ta’minlaydi va jamiyat uchun foydalidir.
Birinchidan, iqtidorlilarda xamma narsaga ta’sirchanlik kuzatilib adolatparvarlik xissi kuchli rivojlangan; ular ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritishga o‘zgartirishga qobiliyatli bo‘ladilar.
Ikkinchi xususiyat, bilimni faolligini va intelektning yuqori darajadagi taraqqiyoti atrof muhit haqida yangi ma’lumot olish imkonini beradi. Ijodiy qobiliyatlar ularga yangi konsepsiyalar yondashuvlarni yaratish imkonini beradi.
Iqtidorli bolalardagi intuntiv diskursiv (ijodiy) tafakkurning o‘zaro muvofiqligi yangi bilimlar egallash jarayoni samarali bo‘lib qoladi.
Uchinchi xususiyat, ko‘pgina iqtidorli bolalarga omma hayotida qiziqarli va muhim loyixalarni amalga oshirishga imkon beruvchi ijodiy qobiliyatlar va muhim bilimlarni egallashdagi yuqori energiya maqsadga intiluvchanlik va qat’iyatlilik xislatlari xosdir.
2 Har bir shaxs, ayniqsa o‘qituvchi iqtidorli bola haqida tushunchaga egadir bu tasavvurlarni shakllanishiga bizning turli bolalar bilan muloqotda bo‘lishimiz, ularni kuzatishimiz va o‘zaro qiyoslashimiz asos bo‘lib xizmat qiladi. Lekin, bu tasavvurlar sub’ektivlikdan yiroq emas. Qolaversa, iqtidorlilik haqidagi tasavvurlar jamiyat ehtiyojiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Turli tarixiy davrlarda iqtidorlilikning turli ko‘rinishlari bo‘lgan: qadimda jangovor qobiliyatlar qadrlangan. O‘rta asrlarda g‘arb falsafasida mantiqiy fikrlovchi e’zozlangan bo‘lsa, bizning davrimizda muammoni hal qilishda yangilikka, noan’anaviylikka intilish hayotiy chigalliklarni yecha olish qobiliyati tushuniladi.
Agar biz 4 yoshli bolani mustaqil kitob o‘qiyotganini, 5 yoshli bolani mashinkada o‘zining hikoyalarini terayotganini, 9 yoshli bolani oliy matematika tenglamalarini yechayotganini ko‘rsak, ularning iqtidorliligiga shubha qilmaymiz.
Shunday ekan diagnostika nima uchun kerak? Axir, hayratlarni isbotlash uchun emas-ku. Unutmaslik kerakki, boladagi iqtidorning namoyon bo‘lishi uchun muayyan sharoit kerak va ular borasida eng muhimi – iqtidorni baholay oladigan, ko‘ra oladigan, uni namoyon qilishga yordam beradigan insondir. Bu ilk bolalik davridan muhim o‘ringa egadir. Agar bola erta o‘z tilida gapira boshlasa (gu-gu, ga-gu), qiziquvchan bo‘lsa, muhitni faol o‘rgansa, lekin bu intilishlar kengaymasa, to‘xtab qolsa, bu odatda erta namoyon bo‘lgan iqtidorning rivojlanmayotganidan dalolat beradi. Bunday hollar maktab yoshida ham kechishi mumkin.
Demak, bola iqtidori haqida gapirganda faqatgina faoliyat natijalariga u yoki bu sohadagi yutuqlariga qaramaslik kerak, chunki iqtidorli bolalarning o‘z qobiliyatini namoyon qilish uchun imkon bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham iqtidorli bolalarni izlash, ularning individual yosh, shaxsiy xususiyatlarini psixodiagnostika qilish zarur.
Har qanday soha kabi psixodiagnostika ham yuqori malakani talab qiladi. Hozirda psixodiagnostika maktab amaliyotiga keng kirib borayotganligi bois uning metod va yo‘l-yo‘riqlari bilan o‘qituvchilar, ota-onalarni tanishtirib borish zarur. Psixodiagnostika lotina so‘zdan olingan bo‘lib, shaxs individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish va o‘lchash metodlarini ishlab chiquvchi sohasidir.
Bunday metodlar qatoriga testlarni kiritish mumkin. dastlabki testlar bundan bir necha ming yillar ilgari qadimgi madaniyatda mashhur bo‘lgan. Harbiy, zobit, devonbegi bo‘lishga talabgor bo‘lgan barcha testdan o‘tkazilgan.
Masalan, qadimgi indeyslarda katta ayiq yulduzidan “ikkitalik yulduzni” ko‘ra olgan kishi ovchilik bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan (ko‘z o‘tkirligiga test). Qadimgi Xitoyda oliy davlat lavozimlarida ishlashga imtixon topshirayotganlarning har biri she’r yozishni bilishi lozim bo‘lgan (ijodiy qobiliyatlar testi).
Turli sinovlar yordamida munosibini tanlash xalq ertaklarida ham o‘z aksini topgan. Masalan K.Gotssining mashhur ertagida malika Turandot o‘ziga munosib qalliq tanlash uchun 3 ta topishmoq beradi. Biroq, psixodiagnostika mustaqil fan sifatida xorijda X1X-XX asrlarda tan olindi.
“Tafakkur operatsiyalarini miqdor jihatdan aniqlash”ga (F.Galton) urinishlarning boshlanishi psixodiagnostikada intellekt testlari bilan bir qatorda shaxsning boshqa psixologik xususiyatlari, shaxslararo munosabatlarini o‘rganuvchi testlar kirib keldi. Parallel ravishda psixodiagnostikaning statistik apparati ishlab chiqildi: korreksion, faktorli, dispersion tahlillar va boshqalar XX asr o‘rtalariga kelib hozirgi zamon testlari yaratildi.
Kuzatish metodi.
Iqtidorli bolalarga yondoshishida ularning individual xususiyatlarini kuzatishimiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Kuzatish metodining yutug‘i shundaki u tabiiy sharoitlarda olib boriladi. Ob’ektni uni o‘ziga bildirmasdan kuzatish mumkin.
Ushbu metodning yuzaga kelishida M.Ya.Basovning xizmatlari katta. U kuzatish ob’ektiga nisbatan munosabatga ko‘ra kuzatuvning 3 tip ustanovkasini ajratgan: 1 tip ustanovka – kuzatuv jiddiy maqsad asosida amalga oshirilib, faqatgina zarur sifatlargina inobatga olinib, qolganlariga e’tibor qaratilmaydi. 2 tip ustanovka – kuzatuvchi avvaldan qabul qilingan (-)i nazardan holi bo‘lib, kuzatiluvchi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lish. 3 tip ustanovka – qandaydir tayyorgarlik bo‘lmaganda va ob’ekt diqqat markaziga kelish bilan kuzatuv boshlanadi. Keyin esa olingan natijalar asosida iqtidorli bolalarning dastlabki tavsifnomalari tuziladi.
A.F.Lazurskiy ishlarida tavsifnomalarni rasmiylashtirishning 2 uslubini uchratish mumkin: ma’lum ketma-ketlik asosida ma’lumotlar tekshiruvi tuziladi, tavsifnoma oxirida – rezyume beriladi, tadqiqotchi avval keltirilgan sifatlarni emas, ayni vaziyatlarda yaqqol ko‘ringan xislatlarni faktlar asosida isbotlab, ilgari surishi kerak.

Download 45.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling