8-sinf qoidalar huquq
Shaxs deganda o‘ziga xos xususiyatlar, xohish-istaklar, orzu va
intilishlar, bilim, ko‘nikma, malakalarga ega, ma’naviy dunyosi boy bo‘lgan
inson tushuniladi.
Jamiyat – muayyan hududda yashovchi, o‘z ehtiyoj va man fa
at lariga ko‘ra birlashgan kishilardan iborat jamoa.
Jamiyat – arabcha so‘z bo‘lib, jamoa, jamlangan, birlash gan
de gan ma’nolarni bildiradi.
Davlat – majbur qilish kuchiga, ya’ni hokimiyatga ega bo‘lgan,
o‘z fuqarolari, shuningdek, hududida istiqomat qiluvchi barcha
insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan, boshqa davlatlar bilan
siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarni amalga oshiradigan mustaqil
siyosiy tashkilotdir
Davlatning funksiyalari – davlat faoliyatining asosiy yo‘na
lish lari bo‘lib, ularda davlatning ijtimoiy jihatlari ro‘yobga chiqariladi
Davlat shakllari deyilganda, davlatning bosh qaruv, hududiy
tuzi lishi va siyosiy tartibi jihatidan qanday shakllarga bo‘linishi tushu
niladi.
Boshqaruv shakli deganda, davlat hokimiyati, uning idoralarining
aho li bilan o‘zaro munosabatlari, aholining ushbu idoralarni shakl lan
ti rishda ishtirok etish darajasi tushuniladi.
Monarxiya – yunoncha so‘z bo‘lib, yakka hokimlik ma’nosi ni
bildiradi.
Respublika” so‘zi yunoncha “umumiy ish” ma’nosini bildiradi.
Davlatning tuzilish shakli uning ma’muriy-hududiy tashkil
etili shidir.
Federativ davlat — bir necha davlatlarning birlashuvidan ho
sil bo‘l gan murakkab, ittifoqdosh davlat.
Konfederatsiya (lotincha – ittifoq, uyushma) – suvereniteti va
mustaqilligini saqlab qolgan holda biror-bir maqsadga erishish uchun
birlashgan davlatlar ittifoqi.
Hokimiyat ustida turgan siyosiy kuchlarning davlatni bosh qa rish
dagi qo‘llaydigan usullari va uslublarining yaxlit tizimi siyosiy tar tibot
deb ataladi.
Demokratiya” – yunoncha so‘z bo‘lib, “xalq hokimiyati” degan
ma’noni anglatadi.
Insonning siyosiy va fuqarolik huquqlari e’tirof etilib, hurmat
qili nadigan, davlat boshqaruvi ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi ta
mo yili asosida amalga oshiriladigan va ozchilikning manfaatlari hi mo
ya qilinadigan siyosiy tartibot – demokratik siyosiy tartibot deb ataladi.
Demokratiyaga zid tartibot – nodemokratik tartibot deb ataladi.
Davlat organi – qonunga muvofifi q ravishda o‘z tizimiga, ijtimoiy
hayot ning muayyan sohasini boshqarish bo‘yicha aniq belgilangan
vako latiga ega bo‘lgan davlat idorasi yoki muassasasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |