Reja: «Mutaxassislikka kirish» fani haqida umumiy tushuncha


Download 19.74 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi19.74 Kb.
#1129086
Bog'liq
1MK-Mavzu


1- MAVZU: «Mutaxassislikka kirish» fanining maqsadi va vazifalari.
REJA:
1. «Mutaxassislikka kirish» fani haqida umumiy tushuncha.
2. Fanni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj sabablari.
3. Fanning maqsadi va amaldagi ahamiyati.
4. Studentlarda fan va o‘zlari tanlagan kasb haqida boshlang‘ich bilim va tasavvurlarni shakllantirish hamda ularni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar.
Fanning mintaqaviy-strukturaviy sxemasi.
Tayanch iboralar: Mutaxassislik, o‘qituvchi, bilim, malaka, ko‘nikma, student, kasb, mantiqiy, strukturaviy, sxema.
«Mutaxassislikka kirish» fani oliy o‘quv yurtlarining birinchi kurs studentlarini hozirgi xalqaro ahvol, davlatimizning ichki va tashqi siyosati, o‘quv yurtlarining qisqacha taraqqiyoti tarixi, ularning tuzilishi va vazifalari, o‘quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, o‘qitish jarayonining asosiy shakllari, o‘quv rejasining mazmuni, ilmiy-tadqiqot ishlari, studentlarning huquq va burchlari, studentlarning bo‘sh vaqtdan foydalanishlari, mustaqil ishlashni to‘g‘ri tashkil etish, kitob ustida ishlash, tabiat muhofazasi, bibliografiya texnikasi kabilar bilan tanishtiradi. Psixolog olim E.G‘oziev. Mazkur davr fuqarolik va psixolog ytuklikka erisha borish jarayonidir. Chunki bu davrda ytuk shaxsga doir ijtimoiy huquq va burchlarning butun tizimi egallab olinadi. O‘z-o‘zini anglab olishning rivojlanishi asosida yoshlarning kasb tanlash va uni egallashga oid shaxsiy hayot tarzi shakllana boradi. O‘spirinlik davrining tugallanishi uning boshlanishiga qaraganda birmuncha osoyishta kechadi. Zero, fiziologik jihatdan ytuklik psixologik va ijtimoiy ytuklikka o‘xshamaydi. Ijtimoiy ytuklik studentlarni ham aqliy qobiliyatiga, ham ijtimoiy hayotda bajariladigan turli faoliyatga: oila qurish, farzand tarbiyasi, ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishga tayyorlaydi. Bunda studentlar ijtimoiy hayotga oid ma’lumotga ega bo‘lishi, ytuk mutaxassislikka ega bo‘lishi, qonunlarga itoat etishi va uni bajarishda javobgarlikni his etishi, ota-onalik burchini his etishi, ma’lum ijtimoiy guruhga rahbarlik qila olishi, sport seksiyalari va ma’lum to‘garaklarda qatnashishga tayyor bo‘lishi zarur. Ijtimoiy ytuklikning boshlanishida ayniqsa qonunlarni, uning me’yorini bilish va unga bo‘ysunishni taqozo etadi. Agar shu davrda yoshlarda ijtimoiy ta’sir u yoki bu sabablarga ko‘ra susayib ketsa, yoshlar bu davrda ijtimoiy hayot me’yorlariga, ota-onaga zid hatti-harakat qilishlari mumkin natijasida yovuz g‘oyalar yoshlarimiz ongi va aqliga ta’sir etib, ularni har qanday usullar bilan o‘z tomonlariga og‘dirishga harakat qiladilar va ba’zi yoshlar e’tiqodi sustligi, qonun va uning talablarini bilmasligi tufayli yot ta’sirlarga berilib ham ketadi. Shuning uchun ham, ijtimoiy va psixologik ytuklik yoshlarda ma’suliyat va burch hissini anglab olishda muhim sanaladi. Lekin ijtimoiy ytuklik psixologik ytuklikdan kechroq shaqllanib, hamma yoshlarda ham 16-17 yoshda paydo bo‘lavermaydi. O‘z oilasidan chetga o‘qishga ketgan yosh yigit-qiz dastlab studentlik davrida paydo bo‘lgan murakkab vaziyatlar, mustaqil hayot oldida esankirab qolishi mumkin. Chunki, studentlikning dastlabki kunlaridagi kayfiyatning ko‘tarinkiligi, zavq-shavq tuyg‘usi yoshlarga ko‘tarinki ruh bersa, kundalik turmush urunishlari, o‘qish jarayonidagi muayyan qonunqoidalar, qiyinchiliklar ta’sir etib, ular ruhiyatida ba’zida tushkunlik yuz berishi mumkin. Natijada, ichki va tashqi omillar ta’sirida student ruhida ishonchsizlik, umidsizlik kabi histuyg‘ular paydo bo‘lib, biz yuqorida keltirayotgan yot ta’sirlarga berilib ketishga yoki noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketishga olib keladi. Masalan, 17-19 yoshda student hali o‘z xulqini hatti-harakatini boshqara olmaganligi tufayli hayotida ehtiyotsizlik holatlari yuz berishi mumkin. Shunga ko‘ra, ayrim studentlarda hayotiy tajriba etishmasligi tufayli ko‘p masalalarda hohish-istakka berilib, xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. Ularda o‘zini-o‘zi tahlil qilish, nazorat qilish, baholash, tekshirish kabi holatlar yetishmaydi. Shuning uchun ham ular faoliyatida ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar mavjud bo‘ladi. Lekin asta-sekin keyingi kurslarga o‘tgan sayin (II-III kurs) ularning ijodiy tafakkuri, his-tuyg‘ulari, axloqiy xislatlari o‘zini-o‘zi baholash asosida e’tiqodi ham shakllana boradi. Bu davrda psixologlarning (B.G.Ananev) fikriga ko‘ra ytuklik davri 18-20 yoshda fiziologik imkoniyatlar yuksak darajada rivojlanadi. Inson a’zolarining tashqi ta’sirga javobi, qon bosimining optimal darajasi ortadi, qon kislorod bilan to‘yinadi. Insonda uquvlilikning qulay imkoniyatlari paydo bo‘ladi. O‘quv axborotni qabul qilib, eslab qolish va xotirada psixologik funksiyalarning o‘sishi boshlanib, o’quvlilikning imkoniyatlari pasaymaydi. Demak, yoshlik davrida o‘spirinlikda tarkib topgan eng yaxshi xislatlar to‘liq shakllanadi. Bu, ayniqsa, kasb tanlashda namoyon bo‘ladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabida va oilada to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirilgan yoshlar institutda o‘z kasbining ytuk mutaxassisi bo‘lishi uchun harkat qiladi, o‘qib o‘rganadi. To‘g‘ri kasb tanlash oilaviy hayotni ham moddiy, ham ma’naviy tomonidan to‘g‘ri ta’minlashga yordam beradi. To‘g‘ri kasb tanlash insonning kelajagini belgilashda katta ahamiyatga ega. Har bir kasb, albatta, insonning qiziqishi va qobiliyati naqtai nazaridan tanlanadi. Agar kasb to‘g‘ri tanlansa, shu kasbning ytuk mutaxassisi bo‘lib etishadi. Agar kasb tanlashga yoshlar ota-onalar xohish istagi bilan o‘zi befarq qaragan holda yondashsa, bunda kelgusi hayotida katta fojialarga duch kelishi mumkin. Shuning uchun kasb tanlashda ota-ona bilan maslahat qilishi bilan birga o‘zining qobiliyati, kasbga loyiqligi, moddiy va ma’naviy jihat hisobga olinishi muhim. Aks hola noto‘g‘ri tanlangan kasb natijasida uni o‘zlashtirishga yoki yillab o‘zi sevmagan kasb bilan majburan shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi. Ana shunday sharoitda eng avvalo oila, farzandlar aziyat chekadi, oila moddiy va ma’naviy qiyinchiliklarga duch keladi. Oiladagi bu ma’naviy va moddiy zarar jamiyatga ham ta’sir etadi. Chunki har bir mutaxassisni tayyorlab etkazguncha davlat qanchadan-qancha mablag‘ sarflaydi, o‘sha tashlab ketilgan kasbning mohir sohibi bo‘ladigan inson esa bunga erisha olmay sarson-sargardon kezishi mumkin. Yoshlarning kasb tanlashida ularga kasbning mosligi katta ahamiyatga ega. Kasbga moslik mehnat faoliyati jarayonida shakllanib, uning xulqi ham tarkib topa boradi. Lekin ba’zi kasblarda alohida qobiliyat, kasbga moslik talab etilmasa-da, ba’zilarida mazkur kasbga moslik, layoqat talab etiladi. Masalan, uchuvchilik kasbi, jarrohlik, energiya tizimi operatorlari kabi kasblarda alohida qunt, qobiliyat, bilim va zukkolik talab etiladi. San’at bilan bog‘liq bo‘lgan kasblarda esa qobiliyat, ijodkorlik bo‘lmasa, san’atkor, rassom, aktyor yoki arxitektor bo‘la olmaydi. Ba’zi hollarda to‘g‘ri kasb tanlanadi. U yoshlarning qiziqishi va qobiliyatiga to‘g‘ri keladi. Ammo mehnat faoliyati jarayonida uning tanlagan kasbi to‘g‘ri kelmasligini tushunib etadi. Bunday hollarda o‘z irodasi va qobiliyatini ishga solib, qiyinchilik-larni engib o‘tish zarur. Demak, kasb tanlashda o‘z qiziqishlari, qobiliyati, imkoniyatlarini hisobga olish, o‘z xarakterini bilish, o‘z iroda kuchini anglab etishni baholay olish studentlik yilarida muhimdir. Lekin kasb tanlashni o‘smirlik davridan boshlab, studentlik yillarida esa yuqori darajali mutaxassisni tayyorlashda samaradorlikka erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Studentlar kun tartibi oiladagi o‘smir va o‘spirinlarning kun tartibidan farq qiladi. Studentlarning asosiy vaqti o‘qish mashg‘ulotlariga sarf bo‘ladi. Lekin asosiy maqsad, ana shu o‘quv mashg‘ulotlarida studentning faoliyatini oshirish, kun tartibini to‘g‘ri tashkil etishdir. Buning uchun student jismoniy tarbiya mashqlari, nonushta, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, sog‘lomlashtirish-sport ishlariga e’tiborini qaratmog‘i lozim. Agar student bolaligidan oilada, o‘z ota-onasi bag‘rida kun tartibiga qat’iy rioya etsa, u studentlik yillarida ham kun tartibini to‘g‘ri tuza oladi. Bunda asosan o‘qish mashg‘ulotlaridan ta’limga e’tibor beriladi. Lekin qolgan bo‘sh vaqtini taqsimlashda san’at, sport, kitobxonlik bilan shug‘ullanish, madaniy hordiq chiqarish (kinoteatrga borish, radio, televidenie eshitish va ko‘rish) bularning barchasi student kun tartibidan aniq o‘rin olishi muhimdir. Lekin talbalar orasida «Mustaqillik» natijasida mashg‘ulotlarga qatnashmay, faqat bema’ni vidiofilmlar ta’sirida kunni kech qilayotgan, tungi barlarda kunni tongga ulayotganlar ham mavjud. Shunindek, tug‘ilgan kun, bayramlar munosabati bilan hayotni faqat maishatdan iborat deb tushunayotgan yoshlar ham yo‘q emas. Shuning uchun ham birinchi kurs studentini qabul qilish bilan unga oliy o‘quv dargohida kun tartibini qanday tashkil etish yuzasidan maslahat uyushtirish va uni qat’iy nazorat qilish maqsadga muvofiq. Toki «erkin» hayot tarzi studentlarning kelgusi oilaviy hayot tarziga salbiy ta’sir etmasin yoki uning ravon ketayotgan hayotini izdan chiqarib yubormasin. Student hayot tarzining eng muhim qirralaridan biriga bo‘sh vaqtni tashkil etish shakllari ham kiradi. Vaqtdan to‘g‘ri foydalanish avvalo har bir yoshning, qolaversa, jamiyatning moddiy va ma’naviy boyligini oshirishning muhim mezonidir.
Vaqt ikkiga bo‘linadi:
mehnat faoliyati, ya’ni ish bilan bandlik va bo‘sh vaqt.
Bo‘sh vaqt studentning o‘quv mashg‘ulotlaridan ozod paytidir. Bo‘sh vaqt studentning madaniy, maishiy, ma’naviy ehtiyojlarini, qiziqishlarini istak va xohishlariga ko‘ra tashkil etadigan faoliyat jarayonidir. Bo‘sh vaqt studentning qobiliyati va iste’dodiga ko‘ra tashkil etiladigan asosiy faoliyatdan tashqari-dam olish, madaniy hordiq chiqarish, mutolaa bilan shug‘ullanish, aqliy va jismoniy qobiliyatni mustahkalash hamda uni qaytadan tiklashda o‘ta muhim sanaladi. Studentlar bo‘sh vaqtini tashkil etish hozirgi paytda ma’naviyat ishlari bo‘yicha rektor muovinlaridan tortib to guruh rahbarlarigacha, studentlar yotoqxonasi mutasaddilaridan tortib har bir studentning o‘zigacha katta mas’uliyat yuklaydi. Demak, bo‘sh vaqtni tashkil etish student kun tartibini tashkil etish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ular o‘zaro bir-birini to‘ldiradi. Qat’iy kun tartibning yo‘lga qo‘yilishi bekorchilikka yo‘l qo‘ymaydi.
Natijada turli bemanigarchiliklar kelib chiqmaydi. Binobarin, studentlar bo‘sh vaqtini tashkil qilishda nimalarga e’tibor berish mumkin:
1. Studentlarning kitobxonlik darajasini o‘stirish; uning uchun mustaqil mutolaa qilishga ahamiyat berish (ixtisoslikka oid, badiiy-texnik ijodkorlikka doir) vaqtli matbuot bilan tanishib borish, radio-televidenie eshittirishlari va ko‘rsatuvlarini ko‘rib borish;
2. Estetik madaniyatni rivojlantirish (kino, teatr, turli konsertlar, badiiy tasviriy ko‘rgazmalar, havaskorlik to‘garaklari, muzeylarga borish);
3. O‘lkashunoslikka oid tadbirlarni tashkil etish (o‘lka bo‘ylab sayohatlar, yurishlar, sayrlar tashkil etish);
4. Jismoniy chiniqishga doir tadbirlar (sport-sog‘lomlashtirishga doir musobaqalar, ko‘rik tanlovlar, spartakiada, universiada, olimpiada va boshqalar);
5. Aqliy kamolotni rivojlantirishga doir tadbirlar (fan to‘garaklari, fan olimpiadalari, birlashmalar, markazlar, ijodkorlar tanlovlari);
6. Milliy va madaniy-ma’rifiy qadriyatlar bilan bog‘liq tadbirlar (an’analar, udumlar, bayramlar, sayrlarda qatnashish, hunarmandchilik bilan shug‘ullanish va hokazolar); Studentlarning bo‘sh vaqtini tashkil etish ularning o‘qish faoliyati samaradorligini oshirishga ham yordam beradi.
Download 19.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling