Reja Nazariy mexanika fani, maqsadi va vazifalari
Download 342 Kb.
|
Qattiq jism statikasi Nazariy mexanika fani
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statika aksio
Mavzu: Qattiq jism statikasi:Nazariy mexanika fani, maqsadi va vazifalari. Statikaning asosiy masalalari. Reja Nazariy mexanika fani, maqsadi va vazifalari. Qattiq jism statikasi. Kinematika. Dinamika. Statika aksio Fanni o’qitishdan maqsad – bo’lajak mehnat ta`limi o’qituvchilarida nazariy mexanika fanining statika, kinematika, dinamika bo’limlari va ularga mos turli masalalarning echimlariga oid bilim, ko’nikma va malaka shakillantirishdir. Fanning vazifasi – statikaning asosiy aksiomalari bir nuqtada kesishuvchi kuchlar sistemasi, kuch momenti, juft kuchlar nazariyasi, fazoda ixtiyoriy joylashgan kuch sistemasi ishqalanish, nuqta kinematikasi, qattiq jismning tekis parallel harakati, nuqtaning murakkab harakati, qattiq jismninng murakkab harakati. Dinamikanining asosiy qonunlari, moddiy nuqtaning differentsial tenglamalari va ularni echimi, moddiy nuqtaninng nisbiy harakati dinamikasi, mexanik sistema dinamikasi, massalar geometriyasi, dinamikaning umumiy teoremalari, dalamber printsipi, zarba nazariyasi xaqida talabalarga bilim berishdir. Kirish Nazariy mexanika fani moddiy jismlarinng bir-biriga ko’rsatadigan ta`siri va mexanik harakatining umumiy qonunlari xaqilagi fandir. Nazariy mexanika fani, mexanik masalalarning qanday nuqtai nazaridan qo’yilishiga qarab uch qismga: statika, kinematika, dinamikaga bo’linadi. Moddiy jismlarning muvozanati ularga qo’yilgan kuchlarin qo’yish, ayirish va kuchlarni ta`sir jixatidan teng bo’lgan ekvivalent kuchlar sistemasi bilan almashtirish masalalari nazariy mexanikaning statika bo’limida tekshiriladi. Jismlarining harakatini ularning massasi va ularga ta`sir etuvchi kuchlarga bog`lanmay, faqat geometrik nuqtai nazaridan tekshirish masalasi kinematika qismiga kiradi. Dinamikada esa moddiy jismlarni harakati shu harakatni vujudga keltiruvchi kuch bilan birgalikda tekshiriladi. Download 342 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling