Reja: Payvandlash turlari


Download 20.61 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi20.61 Kb.
#1351191
  1   2   3
Bog'liq
Пайвандлаш ишларининг физик, химиявий асослари uz-assistant.uz



Payvandlash ishlarining fizik, ximiyaviy asoslari
Reja:
1. Payvandlash turlari.
2. Payvandlashdagi fizik - ximyaviy jarayonlar.
3. Metallar va kotishmalarining payvandlanuvchanligi.

1. Payvandlanadigan detallarning biror yerini kizdirib yoki plastik deformatsiyalab, yoxud xar ikki usulni birga kullab, ular urtasida atomlararo boglanishni vujudga keltirish vositasida kattik materiallarning ajralmaydigan birikmalarini xosil kilish jarayoni payvandlash deb ataladi.


Payvandlash jarayonlarini klassifikatsiyalashda uchta asosiy fizik belgi ajratib kursatiladi: kiritilayotgan ( berilayotgan ) energiya turi bosim mavjudligi va asbob – energiya eltuvchining turi Buyumga kiritilayotgan energiya turiga kura payvandlash protsesslari ( payvandlash, kavsharlash, va kesish) uchta sinfga bulingan.
Termik – issiklik energiyasidan foydalanib eritish yuli bilan amalga oshiriladigan payvandlash turlari: yey yordamida gaz termit alangasida , elektr shlak usulida plazma elektronnur, lazer yordamida payvandlash turlariga;
Termomexanik – issiklik energiyasi va bosimdan foydalanib bajariladigan:kantaktli, diffuzion, gazpress yordamida payvandlash turlariga;
Mexanik – mexanik energiya va bosimdan foydalanib amalga oshiriladigan: ultratovush yordamida, ishkalanish vositasida,sovuklayin payvandlash turlariga bulinadi.
Yoy yordamida payvandlash eritib payvandlashga kiradi . Payvandlashning bu turida asosiy va kushimcha metallni elektrod xamda payvandlanayotgan metall orasida yonayotgan elektr yoyi eritadi.Erigan asosiy va kushimcha metall (elektrod, sim yoki lenta) payvandlash vannasini tashkil kiladi, bu vannadagi metallning kristallanishi natijasida payvandchak xosil buladi.
Gaz alangasida payvandlash payvandlanadigan va kushimcha metallarni yukori temperaturali gaz-kislarod alangasida erishiga asoslangan. Kislarodda yonishi uchun yonilgi sifatida atsetillen, vodorod,pranok, butan aralashmasi, kerasin, benzin buglari, tabiiy yorituvchi gazlar,neft, kaks gazlari va boshka gazlar ishlatiladi.

Download 20.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling