Reja: plastifikatorlarto’ldiruvchilar va qotirgichlar g’ovak beton turlari


Download 50.81 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi50.81 Kb.
#1633057
  1   2
Bog'liq
G’OVAK XOSIL QILISH STRUKTURASI.


G’OVAK XOSIL QILISH STRUKTURASI.
REJA:

  1. PLASTIFIKATORLARTO’LDIRUVCHILAR VA QOTIRGICHLAR G’OVAK BETON TURLARI

  2. ISSIQLIK IZOLATSIYA G‘OVAK BETONLARI

  3. GO‘VAK BETONLARNING FIZIK-MEXANIK XUSUSIYATLARI



PLASTIFIKATORLARTO’LDIRUVCHILAR VA QOTIRGICHLAR G’OVAK BETON TURLARI
PLASTIFIKATORLAR yun(. plastos — plastik va lot. facio — qilaman) — polimerlarning plastiklik va elastiklik holatini yaxshilovchi organik birikmalar. Plastifikatorlar polimerlarning sovuqqa chidamliligini oshiradi va ishlov berilishini yaxshilaydi. Plastifikatorlar kimyoviy jihatdan barqaror, suvda erimaydigan, issiq va nurga bardoshli hamda zaharsiz boʻlishi kerak. Kimyoviy tuzilishiga qarab quyidagi asosiy turlarga boʻlinadi: ftalatlar — ortoftalat kislotaning efirlari. Polimerlarning sovuqqa chidamliligini oshiradi va dielektriklik xossasini yaxshilaydi. Fosfatlar — fosfat kislotaning murakkab efirlari. Fosfatlar polimerlarni oʻtga chidamli kiladi. Adipinatlar va sebatsinatlar — adi-pin va sebatsin kislotalarning efirlari.
Polimerlarni oʻtga chidamli kiladi va past t-ralarda elastikligini oshiradi. Epoksidlangan Plastifikatorlar — epoksidlangan tabiiy moy va epoksidlangan toʻyinmagan kislotalarning efirlari. Bular ham stabilizatorlik xizmatini oʻtaydi. Poliefir Plastifikatorlar — yuqori molekulali murakkab geterozan-jirli poliefirlar. Ular moyda, ben-zinda erimaydi, issiqqa chidamli, uchmaydi. Plastifikatorlarda muhim ahamiyatga ega (ishlab chiqariladigan Plastifikatorlarning 70%i polivinilxlorid ishlashga ketadi). Rezina va lok-boʻyoq materiallari i. ch. da ham keng qoʻllanadi.
ISSIQLIK IZOLATSIYA G‘OVAK BETONLARI
G‘ovak beton turlari
G'ovak betonlar — bu qotib qolgan bog'lovchi moddadan tash­kil topgan sun’iy tosh material bo'lib, unda havo g'ovaklari tekis taqsimlangan bo'ladi (13-rasm).

G'ovak betonning g'ovak olish usullari, bog'lovchi modda tur-lari, qotish sharoiti va boshqa xususiyatlari bo'yicha o'zaro farq- lanuvchi ko'pgina turlari mavjud. G'ovak hosil bo'lish usullari bo'yicha g'ovak betonlar gaz va ko'pik-betonlarga bo'linadi. Ayrim hollarda g'ovak betonlar g'ovakligiga katta miqdordagi suvning bug'lanishi hisobiga erishiladi.
Bog'lovchi modda turi bo'yicha g'ovak betonlaming quyidagi
turlarini olish mumkin:
— sementli - gaz-beton va ko'pik-beton;
— ohak bog'lovchili — gaz-silikat, ko'pik-silikat;
— magnezial bog'lovchili — gaz-magnezit va ko'pik-magnezit;
— gipsli (yuqori mustahkami) — gaz-gips va ko‘pik-gips.
G'ovak betonlar oddiy g'ovak betonlar va yengil g'ovak be­
tonlar bo'lishi mumkin. Oddiy g'ovak betonlarda g'ovaklar havo
bilan to'ldiriladi Yengil-g'ovak betonlar vermikulit, keramzit, perlit yoki boshqa ko'pchitilgan materiallar ko'rinishidagi, 20—30% miqdorda havo
kiritilgan yirik to'ldiruvchilarga ega.
Qotish usuli boyicha g‘ovak betonlar tabiiy va sun’iy qotish usuliga ega. Birinchisi usulda ular atmosfera sharoitida, ikkinchisi- da esa ulami suv bug‘i bilan issiqlik va namlik sharoitida qayta ishlahda qotadi. Bug* bosimiga ko'ra, bunday betonlar avtoklav (1 atm dan oshiq bug‘ bosimida bug‘langan) va noavtoklavlarga (atmosfera bosimi- da bug'langan) bo'linadi.
G'ovak betonlarni qo'llash sohasiga ko'ra, ular oddiy issiqlik izolatsion va konstruktiv-issiqlik izolatsion betonlarga (ko‘tarma qurilish konstruksiyalari uchun ishlatiladi) bo‘linadi. Bunday be­tonlar yuqori mustahkamlikka ega bo'ladi.Issiqlik izolatsiya g'ovak betonlarni qurilishda monolit ko'ri- nishda ham, mahsulot ko'rinishda ham ishlatish mumkin. G'ovak betonlarni mahsulot ko'rinishida qo'llash samaraliroqdir. Go‘vak betonlarning fizik-mexanik xususiyatlari g'ovak betonlarning fizik-mexanik xususiyatlari g'ovak hosil qilish usullari, g'ovak o'lchamlari, bog'lovchi moddalar turlari, qotish sharoiti va boshqa texnologik omillarga bog'liq. G'ovak betonlardagi ayrim xususiyat ko'rsatkichlari umumiy qonuniyat- ga bo'ysunadi.
Masalan, issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti bog'lovchi modda turi va beton tayyorlash usulidan qat’iy nazar, g'ovak betonlar hajmiy og'irligining funksiyasi hisoblanadi. Hajmiy og'irlik va issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti o'rtasidagi bog'liqlik g'ovak hosil qiluvchi material devorlari bir xil yoki o‘z tarkibi bo'yicha bir-biriga juda yaqinligi bilan tushuntiriladi. G‘ovak betonlarning g'ovakligi g'ovaklaming ko'pligi bilan xa rakterlanadi. Bunday tuzilish g'ovaklaming bir jinsligi va ulaming materialda bir tekis taqsimlanganligi bilan farqlanadi. Ammo, g'ovak betonlarning alohida turlari boshqacha g'ovaklikka ega bo'lishi ham mumkin. Masalan, gaz-beton ko'pchish jarayonida hajmi tepaga qarab kengayadi, shuning uchun g'ovaklaming bir qismi sferik emas, balki shu yo'nalishda cho'zilgan shaklga ega bo'ladi. Bu gaz-beton mustahkamligiga ta’sir ko'rsatadi, bunda turli yo'nalishlarda mustahkamlikning tebranishi 20% gacha yeti- shi mumkin. Gaz-beton ochiq va yopiq, ya’ni tutashgan g'ovak- larga, ko'pik-beton esa ko'pincha yopiq g'ovaklarga ega bo'ladi. G'ovak betonlaming barcha turlarida alohida g'ovak o'lcham- lari taxminan bir xil; g'ovaklar o'rtacha o'lchamlari 0,6—0,8 dan 2—2,2 mm gacha ni tashkil qiladi. G'ovak massalami qayta ish- lashning ayrim texnologik usullarini, masalan, gaz-betonni teb- ratishni qo'llab, g'ovaklar kattaligini boshqarish mumkin. Issiqlik izolatsion g'ovak betonlarda umumiy hajmiy g'ovaklik 75—90% ni, issiqlik izolatsion-konstruktiv betonlarda esa 50— 60% ni tashkil qiladi.
G'ovak betonlaming hajmiy og‘irligi keng chegaralarda: 300 dan 1200 kg/m3 gacha bo'lishi mumkin. Qurilish me’yorlari va qoidalari bo'yicha issiqlik izolatsion be tonlarga hajmiy og'irligi 500 kg/m3 gacha bo'lgan va 300, 350, 400, 450 va 500 markaga ega g'ovak betonlar kiradi. Issiqlik izolatsion-konstruktiv g'ovak betonlar oddiy issiqlik izolatsion g'ovak betonlardan hajmiy og'irligining qiymati bilan farq- lanadi. Ularning hajmiy og'irligi 600 dan 1200 kg/m2 gacha bo'ladi.G'ovak betonlar mustahkamligi uning hajmiy og'irligi bilan xarakterlanadi. Ammo, bir xil hajmiy og'irlikka ega g'ovak beton­larda, masalan gaz-betonlar, ularning mustahkamligi farqlanishi mumkin. Buning asosiy sabablari quyidagilardir: a) gaz-beton qorishmasi komponentlarining turlicha maydaligi va bu komponentlarda yangi kimyoviy faol yuzalaming hosil bo'lish darajasi;
b) material tuzilishidagi va uning g'ovaklik xarakteridagi farqlar.


Download 50.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling