Reja: Qo'shma gap haqida ma'lumot


Download 35.73 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi35.73 Kb.
#1789840
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili mustaqil ish

Mavzu:Qo'shma gap turlari.Bog'langan qo'shma gap


Reja:
1.Qo'shma gap haqida ma'lumot.
2.Bog'langan qo'shma gap turlari.
3.Bog'langan qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vositalar.

Ikki yoki undan ortiq sodda gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan tuzilgan gap qo‘shma gap deyiladi: Eshik sekin ochildi-yu, Qalandarovning yuzi ko‘rindi.


Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi ishtirok etsa, qo‘shma gap tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi qatnashadi. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro bog‘lovchilar, yuklamalar, ko‘makchilar va fe’l shakllari hamda ohang orqali bog‘lanadi.
Mazmun munosabati va bog‘lovchi vositalarining qo‘llanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar 3 xil bo‘ladi: bog‘langan qo‘shma gaplar, ergash gapli qo‘shma gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
Mazmun munosabati va bog‘lovchi vositalarining qo‘llanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar 3 xil bo‘ladi: bog‘langan qo‘shma gaplar, ergash gapli qo‘shma gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
Ayrim darsliklarda qo‘shma gaplar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) Teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 2) Ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
3) Bog‘lovchi-yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
4) Nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 5) Faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
Ergash va bosh gaplar haqida ma’lumot
Birdan ortiq sodda gaplarning mazmun jihatdan tobe-hokim munosabati asosai, ya’ni birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo‘shma gap ergash gapli qo‘shma gap deyiladi: Ildiz oziq bersa, novda ko‘karar. Ergashgan gapda bosh gap va ergash gap bo‘ladi.
Mazmuni izohlanadigan gap bosh gap hisoblanadi. Bosh gapga ergashib, uning mazmunini izohlab kelgan gap ergash gap deyiladi: Hamma yig‘ilgach, majlis boshlandi. Bu gapda Hamma yig‘ilgachgapi ergash gap bo‘lib, Majlis boshlandi degan gap bosh gap orqali ifodalangan voqea-hodisaning bajarilish paytini izohlab kelgan.
Ergash gap bosh gapni butunicha yoki uning biror bo‘lagini izohlaydi: Rais kirgach, hamma tinchlandi gapida ergash gap bosh gapni butunicha izohlayapti. Siz shuni unutmangki, kurashchilar yolg‘iz emas gapida esa ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchini (shuni) izohlayapti. Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi: O‘qituvchi, qo‘ng‘iroq chalingach, sinfga kirdi. Bu gapda ergash gap bosh gap ichida qolgan.
Ergash gap bosh gapni butunicha yoki uning biror bo‘lagini izohlaydi: Rais kirgach, hamma tinchlandi gapida ergash gap bosh gapni butunicha izohlayapti. Siz shuni unutmangki, kurashchilar yolg‘iz emas gapida esa ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchini (shuni) izohlayapti. Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi: O‘qituvchi, qo‘ng‘iroq chalingach, sinfga kirdi. Bu gapda ergash gap bosh gap ichida qolgan.
Ergash gaplar bosh gaplarga chunki, shuning uchun, -ki, agar, garchi, mabodo, go‘yo(ki) (ayrim darsliklarda go‘yo bog‘lovchisi bog‘lovchi vazifasidagi so‘z deb atalgan) kabi ergashtiruvchi bog‘lovchilar, fe’lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllari, shuningdek, yuklama, ko‘makchilar, ko‘makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli), turli vazifadagi ko‘rsatish olmoshlari, kim – u, qanday – shunday, qancha – shuncha, qaysi – o‘sha, qayerda – u yerda kabi bir-biriga ishora ma’nosini bildiradigan so‘roq olmoshlari va ko‘rsatish olmoshlaridan iborat nisbiy so‘zlar, sababli, tufayli, deb so‘zlari orqali bog‘lanadi: 1) Biz kitobni sevamiz, chunki u bilim manbaidir. 2) Hosil to‘kin bo‘lsa, to‘ylar to‘xtamas.
Teng munosabatdagi sodda gaplarning o‘zaro teng bog‘lovchilar yordamida bog‘lanishidan tuzilgan qo‘shma gap bog‘langan qo‘shma gap deyiladi: Kechasi qalin qor yog‘di, lekin havo sovimadi.
Tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro mazmun-munosabatiga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar: Bunday bog‘langan qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro va, hamda bog‘lovchilari, ham, -u(-yu), -da yuklamalari yordamida bog‘lanadi va bir paytda yoki ketma-ket ro‘y bergan voqea-hodisalarni ifodalaydi: Mashg‘ulotlar tugadi va hamma o‘z uyiga tarqaldi. Odam qo‘li tegdi-yu, tashlandiq yerlar obod bo‘ldi. Qattiq izg‘irin ko‘tarildi-da, hech kim uydan chiqmay qo‘ydi.
2) Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar va ularda tinish belgilarining ishlatilishi.Bunday gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari, -u(-yu) yordamida bog‘lanadi: Yurtimizning bu kuni chiroyli, lekin ertasi, indini yanada chiroyliroq, baxtliroq bo‘ladi. Havo ochildi-yu, harorat sezilmadi. Ba’zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun zidlov bog‘lovchisi va bu vazifada qo‘llangan -u(-yu)yuklamasi birga ishlatiladi: Kechasi qor yog‘di-yu, lekin havo unchalik sovimadi. Yozuvda zidlov bog‘lovchilaridan oldin, yuklamalardan keyin vergul qo‘yiladi.
2) Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar va ularda tinish belgilarining ishlatilishi.Bunday gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari, -u(-yu) yordamida bog‘lanadi: Yurtimizning bu kuni chiroyli, lekin ertasi, indini yanada chiroyliroq, baxtliroq bo‘ladi. Havo ochildi-yu, harorat sezilmadi. Ba’zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun zidlov bog‘lovchisi va bu vazifada qo‘llangan -u(-yu)yuklamasi birga ishlatiladi: Kechasi qor yog‘di-yu, lekin havo unchalik sovimadi. Yozuvda zidlov bog‘lovchilaridan oldin, yuklamalardan keyin vergul qo‘yiladi.
3) Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar va ularda vergulning ishlatilishi. Bunday ishlardagi sodda gaplar o‘zaro ayiruv bog‘lovchilari – goh…goh, yoki…yoki, ba’zan…ba’zan, dam…dam, yohud…yohud yordamida bog‘lanadi. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar voqea-hodisalarning galma-gal bo‘lishini yoki ulardan biri bo‘lishini ifodalaydi: Goh osmonni tutib ashula yangrar, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitilib qolar edi. Takrorlanib qo‘llangan ayiruv bog‘lovchilarining ikkinchisidan oldin vergul qo‘yiladi, ayiruv bog‘lovchilar yakka qo‘llansa, tinish belgisi qo‘yilmaydi.
4) Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplar qismlari o‘zaro na inkor yuklamasi orqali bog‘lanadi va orasiga vergul qo‘yiladi: Na suv bor, na biron yemish qolibdi.
4) Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplar qismlari o‘zaro na inkor yuklamasi orqali bog‘lanadi va orasiga vergul qo‘yiladi: Na suv bor, na biron yemish qolibdi.
5) Bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplarda qiyoslash va zidlash munosabatlari mavjud bo‘ladi: Otabek sukutda, O‘zbek oyim bo‘lsa boshi bilan “shundog’” ishorasini berar edi. (A.Qodiriy.)
Bog‘langan qo‘shma gaptarkibidagi gaplar bir-biriga biriktiruv, chog‘ishtiruv, ayiruv, zidlov munosabatlarini ifodalovchi teng bog‘lovchilar; bo’lsa, esa so’zlari; bog‘lovchi vazifasida keluvchi -da, -u (-yu) yuklamalari orqali birikadi.Bog‘langan qo‘shma gaptarkibidagi gaplar bir-biriga biriktiruv, chog‘ishtiruv, ayiruv, zidlov munosabatlarini ifodalovchi teng bog‘lovchilar; bo’lsa, esa so’zlari; bog‘lovchi vazifasida keluvchi -da, -u (-yu) yuklamalari orqali birikadi.Sh. Rahmatullayevning “Hozirgi adabiy o‘zbek tili”darsligida bog’langan qo’shma gaplar teng qismli qo’shma gapshakllarlar deb berilgan va ular haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan:Bog‘langan qo‘shma gap bilan ergash gapli qo‘shma gaplar orasida grammatik, intonatsion farqlar mavjud. Ular quyidagilardan iborat:Bog‘langan qo‘shma gap bilan ergash gapli qo‘shma gaplar orasida grammatik, intonatsion farqlar mavjud.
Biriktiruv munosabatli bog`langan qo`shma gaplar Bunday qo`shma gap komponentlari orasida voqea-hodisaning bir vaqtda yoki ketma-ket yuzaga kelganligi ifodalanadi. Biriktiruv munosabatli qo`shma gap qismlari bir-biri bilan va, ham(da)bog`lovchilari va shu bog`lovchilar vazifasida qo`llanadigan–u(yu), -da yuklamalari orqali birikadi. Va bog`lovchisi ikki yoki undan ortiq predikativ birlikni bir-biriga biriktirganda payt, chog`ishtirish, ba`zan sabab ma`nosini ifodalaydi.Va bog`lovchisi ikki yoki undan ortiq predikativ birlikni bir-biriga biriktirganda payt, chog`ishtirish, ba`zan sabab ma`nosini ifodalaydi.Hambog`lovchisi ba`zan bog`langan qo`shma gap komponentlarini bir-biriga bog`lab keladi va o`xshash voqea-hodisalar bir vaqtda yoki turli vaqtda yuzaga keladi. - dayuklamasi biriktiruv bog`lovchisi vazifasinibajarib, ikki yoki undan ortiq sodda gaplarni bog`laydi. Harakatning odatdagidan ko`ra tezroq bajarilishiifodalanadi. - u (-yu)yuklamasi ikki sodda gaplarni bog`lab kelganda, vabog`lovchisiga yaqin vazifani bajaradi. Bog`langan qo`shma gapda ifodalangan birdan ortiq voqea-hodisalarning bajarilish paytini, sababini ko`rsatib keladi. Shu payt oftob yana bulut ostiga kirdi-yu, uyni shom qorong`ilig`i bosdi. (A.Q.).u (-yu)yuklamasi yordami bilan tuzilgan bog`langan qo`shma gapda, voqeaning to`satdan, kutilmaganda yuzaga kelganligi ham anglashiladi: Darvoza sharaqlab ochildi-yu, qushdek uchib Raisa kirdi.Zidlov munosabatli bog`langan qo`shma gap komponentlarini o`zaro bog`lashda ammo, lekin, biroqkabi bog`lovchilar va shu bog`lovchilar vazifasidagi–u(-yu), -dayuklamalari ishlatiladi.Zidlov munosabatli bog`langan qo`shma gap komponentlarini o`zaro bog`lashda ammo, lekin, biroqkabi bog`lovchilar va shu bog`lovchilar vazifasidagi–u(-yu), -dayuklamalari ishlatiladi.Zidlov bog`lovchili bog`langan qo`shma gaplardagi mazmun to`siqsiz ergash gapli qo`shma gapdagi mazmunga yaqin bo`ladi. Ammo bog`lovchisi bilan birikkan qo`shma gaplarda komponentlardagi mazmun bir-biriga qarama-qarshi qo’yiladi: Tiniq osmonda yulduzlar charaqlagan, ammo oy ko`rinmasdi. (O.Yoqubov).Lekin bog`lovchisi ham mazmunan bir-biriga zid ikki sodda gapni bog`laydi. Biroq bog`lovchisi ammo, lekin bog`lovchilari kabi birdan ortiq voqea-hodisa yoki harakatning bir-biriga qarama-qarshi qo`yilganiniva, shunga qaramay, ulardan birining yuzaga kelishini ko`rsatish uchun qo`llanadi. Ayiruv munosabatli bog`langan qo`shma gaplar. Ayiruv munosabatli bog`langan qo`shma gaplar ketma-ket yuzaga keladigan yoki bir-biri bilan almashinib turadigan, navbatma-navbat yuzaga keladigan birdan ortiq voqea-hodisa yoki harakatni ifodalaydi. Bunday qo`shma gap komponentlarining kesimi fe`l bilan ifodalangan bo`lsa, ular zamon jihatidan ham deyarli bir xil shaklga ega bo`ladi. Ayiruv munosabatli bog`langan qo`shma gaplar. Ayiruv munosabatli bog`langan qo`shma gaplar ketma-ket yuzaga keladigan yoki bir-biri bilan almashinib turadigan, navbatma-navbat yuzaga keladigan birdan ortiq voqea-hodisa yoki harakatni ifodalaydi. Bunday qo`shma gap komponentlarining kesimi fe`l bilan ifodalangan bo`lsa, ular zamon jihatidan ham deyarli bir xil shaklga ega bo`ladi. Goh... goh...; ba`zan..., ba`zan...; dam..., dam...; yo..., yo...; xoh... , xoh... ; bir..., bir... kabi ayiruv bog`lovchilari qo`shma gapdagi komponentlarni ayirib, ta`kidlab ko`rsatish uchun qo`llanadi. Bu bog`lovchilar deyarli har bir predikativ qismning boshida takrorlanib keladi: Dam shamol o`kirar, dam osmonning bir burchida chaqmoq charaqlab ketardi Bo‘lsa, esaso‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplarda qiyoslash va zidlash munosabatlari mavjud bo‘ladi: Otabek sukutda, O‘zbek oyim bo‘lsaboshi bilan “shundog‘” ishorasini berar edi.(A.Qod.)Bo‘lsa, esaso‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplarda qiyoslash va zidlash munosabatlari mavjud bo‘ladi: Otabek sukutda, O‘zbek oyim bo‘lsaboshi bilan “shundog‘” ishorasini berar edi.(A.Qod.)Bog'langan qo'shma gapda tinish belgilarining islilatilishiBog'langan qo'shma gapda tinish belgilarining islilatilishi1. Agar bog'langa qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar biriktiruvchi bog'lovchilar (va, ham, hamda) yordamida bog'lansa,ular orasida vergul qo'yilmaydi.Tashqarida chaqmoq yaltirar va bahor yomg'iri salovatli shovillardi. Agar zidlovchi bog'lovchilar (ammo, lekin, biroq) yordamida biriksa, bu bog'lovchilardan oldin vergul qo'yiladi. Odam hamg'o'zaga o'xshab oftobga intiladi, lekin uning oftobi-odamdan ko'radigan mehr-oqibati. Agar yuklamalar, bo'lsa, esa so'zlari yordamida bog'lansa bog'langan qo'shma gapdagi sodda gaplar orasiga vergul qo'yiladi:Yomg'ir tindi-yu, quyosh charaqlab chiqdi.Bog'langan qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar o'zaro ayiruvchi bog'lovchilar yordamida biriksa, ular orasiga vergul qo'yiladi.O'ktam goh daraxtning rnevalariga, goh oftobda qordek chaqnagan uyum-uyum pillalarga qiziqib qaraydi.(O.)
Mavzu yuzasidan savollar
1. Qo‘shma gaplar qaysi belgisiga ko‘ra turlarga bo‘linadi?
2. Qismlari teng bog‘lovchilar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar qanday qo‘shma gap sanaladi?
3. Qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar qanday qo‘shma gap hisoblanadi?
4. Qismlari ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar qanday qo‘shma gap sanaladi?
5. Biriktiruv bog‘lovchilari qanday munosabatda bo‘lgan qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi?
6. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lab kelgan va bog‘lovchisi o‘rnida qaysi hollarda -u (-yu), -da yuklamalarini qo‘llash mumkinligini aniqlang.
7.Zidlov bog‘lovchilari qanday munosabatda bo‘lgan qo‘shma gap qismlarini bog‘lab keladi?
8. Zidlov bog‘lovchilari o‘rnida -u (-yu), -da yuklamalarini qo‘llab ko‘ring.
Mavzu yuzasidan test
1.Qaysi juftliklarning har ikkalasi qo‘shma gap sanaladi?
A) Mingboshi yaxshi biladiki, Miryoqubdan boshqa chin ko‘ngildan kuyadigan odam yo‘q. Mingboshi Miryoqubdan boshqa chin ko‘ngildan kuyadigan odam yo‘qligini yaxshi biladi.
B) Azimboy shunday zulm o‘tkazdiki, oqibatda xalqning sabr kosasi to‘ldi. Azimboy xalqning sabr kosasini to‘ldiradigan zulm o‘tkazdi.
C) Sinf rahbarimiz ishonardiki, bizning guruh musobaqalarda g‘olib chiqadi. Sinf rahbarimiz bizning guruhimizning musobaqalarda g‘olib chiqishiga ishonadilar.
D) U shunday yalinib gapirdiki, ra’yini qaytarishning sira iloji qolmagan edi. U yalinib gapirdi, shuning uchun ra’yini qaytarishning sira iloji qolmadi.
2.Bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Og‘ir eshik unsiz ochildi-da, qop-qorong‘i zalga nur yopirilib kirdi.
B) Keyin bir lahza ko‘zlarini yumdi-da, yuziga kaftini bosdi.
C) Zuhra oynavand eshikni ochdi-da, ichkariga kirib ketdi.
D) U g‘azab bilan baqirdi-da, mashinasini keskin burdi.
3.Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Lolalar uchun oftob yaxshidir, Bolalar uchun odob yaxshidir.
B) Ko‘m-ko‘k tog‘li yaylovlarda o‘tov oqarib, er-u ko‘kni podalarning shovqin-suroni tutdi.
C) O‘ziga berilgan aqlsiz tentak bo‘lsa, o‘zini bezagan xushro‘y satangdir. D) Chor atrofda esardi ellar, Va bog‘larda qushlar chiyillar.
4.Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap berilgan javobni toping.
A) Boshqalarni bilmayman-u, suyak sho‘rva Kulala ikkovimizga zo‘rlik qildi. B) Sen berahm bo‘lsang ham, ammo Men dushmanlik qilmasman aslo.
C) Har qanday qonunga ham chap berish mumkin, lekin uyatga chap berib bo‘lmaydi, chunki qonun odamdan tashqarida, uyat esa odamning ko‘ksida bo‘ladi.
D) Hozirgi zamonda sichqon tutmaydigan mushuk ham odamning ko‘ziga xunuk ko‘rinadi.
5.Biriktiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar o‘rtasida qanday munosabat ifodalanadi?
A) payt munosabati B) Gap mazmuniga ko'ra C) zidlik munosabat D) sabab yoki natija munosabati
6. Qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar qanday qo‘shma gap hisoblanadi?
A. Bog‘langan qo‘shma gap
B. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap
D. Ergashgan qo‘shma gap
E. A va B javoblar
7. Qismlari ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar qo‘shma gaplarning qaysi turiga kiradi?
A. Bog‘langan qo‘shma gaplarga
B. Ergashgan qo‘shma gaplarga
D. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga
E. A va B javoblar
8. Dunyoda yagona tilagim shuki: Yaxshi nomingizga g‘ubor tushmasin (Mirtemir) gapining qismlari qanday bog‘lovchi vosita bilan bog‘langan?
A. Teng bog‘lovchi yordamida
B. Ergashtiruvchi bog‘lovchi yordamida
D. Yuklama yordamida
E. Shart mayli qo‘shimchasi yordamida
9. Muallif gapi va ko‘chirma gapdan tashkil topgan qo‘shma gaplar qo‘shma gaplarning qaysi turiga kiradi?
A. Bog‘langan qo‘shma gaplarga
B. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarga
D. Ergashgan qo‘shma gaplarga
E. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarga
10. Olim bo‘lsang, olam seniki gapining qismlari qanday bog‘lovchi vosita bilan bog‘langan?
A.Teng bog‘lovchi yordamida
B. Ergashtiruvchi bog‘lovchi yordamida
D. Yuklama yordamidao‘ra turli munosabat ifodalanishi mumkin.
Mashqlar.
1-mashq
Berilgan gaplardagi bog‘lovchi vositalarni aniqlang.
1. Sarbon shundog‘ dedi-da, quchog‘ini ochib Abu Bakr tomon kela boshladi. 2. Òo‘lagan ro‘molchasini cho‘ntagidan oldi va boshqatdan qatladida, yana cho‘ntagiga solib qo‘ydi. 3. Uzun bir yog‘och topdi-da, asta olmani o‘ziga tomon «hayday» boshladi, ammo olma quvlik qilib yigitni aldar,yog‘och uchi tegishi bilanoq suvga bir sho‘ng‘ib yana «qochib» qolardi.4. Yo‘q, faqat meni bilishmaydi, lekin boshqalarni, jumladan, seni ham,yaxshi bilishadi. 5. Hujrasiga qaytdi-yu, o‘ylay boshladi. 6. Asalxon e’tibor bilan tingladi-yu, javob berish o‘rniga indamay yo‘lida keta berdi.(Muhammad Ali)
2-mashq.Qo‘shma gaplar orasiga qavs ichida berilgan vositalardan mosini qo‘yib,ko‘chiring.
1. Dushman nasihatiga qarab ish tutmoq xato, (yo, ammo, va) nima deganini bilib qo‘ymoq ravo. (Abdulla Qodiriy) 2. Har bir narsa aqlga muhtoj, (lekin, yoxud, esa) aql tajribaga muhtojdir. 3. Tong cho‘qqidan oshdi (biroq, va, lekin) qishloq uzra quyildi. (T. Sodiqova) 4. Biz shahar havosidan qochib, tabiatda jon asragimiz keladi (-yu, biroq, ammo) sho‘rlik tabiatning o‘zi bizdan bezillaydigan bo‘lib qolibdi. (O‘. Hoshimov) 5. Paxta terish bilan bandman, (-u, ammo, yoki) butun diqqatim Muattarda.
(U. Nazarov)
3-mashq.Quyida berilgan sodda gaplarni davom ettirib, bog‘langan qo‘shma gaplar hosil qiling.
1. Pomir tog‘larining cho‘qqilarida doim qor bo‘ladi... 2. Salima dam olish kuni teatrga bormoqchi edi... 3. Cho‘l tabiati bahorda juda chiroyli bo‘ladi...4. T. Malikning «Alvido, bolalik!» asarini o‘qib chiqdim... 5. Yigit kishiga qirq hunar oz deyishadi...

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abdurahmonov G‘. Qo‘shm agap sintaksisi asoslari. T., fan, 1958 yil.
2.O‘zbek tili grammatikasi. II tom Sintaksis. T.,1976 yil.
3.Abdurahmonov G‘. Sulaymonov H. Holiyorov X. J.Omonturdiyev Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. 1976 yil.
4.G‘ulomov A.G‘. Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., 1987 yil.
Internet saytlar:
www.ziyonet.uz
www.slayd.arxiv.uz
Download 35.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling