Reja: Reja: Sud toksikologiyasi fanining farmatsiya fanlari bilan bog‘liqligi


Download 147.14 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi147.14 Kb.
#149223
Bog'liq
slayt.

TOSHKENT FARMATSEFTIKA INSTITUTI FARMATSIYA YO’NALISHI IV-KURS 406 B GURUH TALABASI SULAYMONOVA KAMOLANING MUSTAQIL ISHI Toshkent2020

Mavzu: Sud kimyosi ekspertiza amaliyotida foydalaniladigan me’yoriy hujjatlar

Reja:

Reja:

  • 1. Sud toksikologiyasi fanining farmatsiya fanlari bilan bog‘liqligi
  • 2.  SUD TOKSIKOLOGIYASI FANINING RIVOJLANISHIGA XISSA QO‘SHGAN O‘ZBEK OLIMLARI
  • 3. SUD-KIMYO EKSPERTIZASI VA UNING VAZIFALARI.
  • 4. ASHYOVIY DALILLAR VA BIOLOGIK OB’EKTLARNING TURLARI

Kimyo fanlaridan mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan sud toksikologiyasi (sud kimyosi) turli biologik ob’ektlardan iborat ashyoviy dalillar tarkibida uchrashi mumkin bo‘lgan zaharli moddalarni ajratib olish va ularni kimyoviy usullar yordamida tahlil qilish va olingan natijalar yordamida turli jinoyat yoki o‘lim sabablarini aniqlashni o‘rgatadi.

  • Kimyo fanlaridan mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan sud toksikologiyasi (sud kimyosi) turli biologik ob’ektlardan iborat ashyoviy dalillar tarkibida uchrashi mumkin bo‘lgan zaharli moddalarni ajratib olish va ularni kimyoviy usullar yordamida tahlil qilish va olingan natijalar yordamida turli jinoyat yoki o‘lim sabablarini aniqlashni o‘rgatadi.
  • Sud toksikologiyasi fani bundan taxminan 200 yil ilgari vujudga kelgan. Bu vaqtlarda umumiy kimyo fani kuchli taraqqiyot davrida bo‘lib, biologik ob’ekt tarkibidagi ba’zi yot zaharli moddalarni ajratish va aniqlash imkoniyati tug‘ildi. Eng muhimi, zaharlanish tufayli ro‘y bergan o‘lim hollarini tekshirishda sud tibbiyoti kimyo fanisiz ojizlik qilib qoldi. Ayni sabablarga ko‘ra sud kimyo fani ham rivojlantirib borildi. Sud organlariga o‘z usullari bilan yordam beradigan sud tibbiyoti va sud kimyo fani, janjalli masalalarni echishda ashyoviy dalillarni kimyoviy tahliliga asoslanadigan bo‘lib qoldi.

Ilgari odamning zaharlanganligini, o‘lim talvasasi vaqtida qilgan hatti-harakati va kasallik alomatlari kabi oddiy usullarda aniqlangan bo‘lsa, ilmga asoslangan sud kimyo ekspertizalari vujudga kelgandan so‘ng zaharli moddalar biologik ob’ekt tarkibidan ma’lum yo‘l bilan ajratib olinib, so‘ngra uni tegishli analitik reaksiyalar yordamida aniqlanadigan bo‘ldi. Masalani to‘liq va to‘g‘ri hal qilish uchun zaharni faqat chinligini aniqlash bilan chegaralanib qolmay, balki uning miqdor tahlili usullari ham tavsiya etila boshlandi.

  • Ilgari odamning zaharlanganligini, o‘lim talvasasi vaqtida qilgan hatti-harakati va kasallik alomatlari kabi oddiy usullarda aniqlangan bo‘lsa, ilmga asoslangan sud kimyo ekspertizalari vujudga kelgandan so‘ng zaharli moddalar biologik ob’ekt tarkibidan ma’lum yo‘l bilan ajratib olinib, so‘ngra uni tegishli analitik reaksiyalar yordamida aniqlanadigan bo‘ldi. Masalani to‘liq va to‘g‘ri hal qilish uchun zaharni faqat chinligini aniqlash bilan chegaralanib qolmay, balki uning miqdor tahlili usullari ham tavsiya etila boshlandi.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, sud kimyosi ekspertiza ob’ekt turlarining juda ko‘pligi va kimyogar oldiga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan savollarning xilma- xilligi ekspert-kimyogardan anorganik, analitik, organik, farmatsevtik, fizik va kolloid kimyo fanlaridan chuqur bilimga ega bo‘lishni talab qiladi. Zaharli moddalarni aniqlashda, ayniqsa, o‘simlik qismlarini tekshirishda farmakognoziya fanini yaxshi bilish ham lozim. Bu talablarga farmatsevtika institutida ta’lim olgan mutaxassislar to‘liq javob beradilar. Sud toksikologiyasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi Sud toksikologiyasi farmatsevtika institutlarining yuqori kurslarida, talabalar boshqa kimyo fanlari bilan tanishib bo‘lganlaridan co‘ng o‘qitiladi

  • Yuqorida aytib o‘tilganidek, sud kimyosi ekspertiza ob’ekt turlarining juda ko‘pligi va kimyogar oldiga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan savollarning xilma- xilligi ekspert-kimyogardan anorganik, analitik, organik, farmatsevtik, fizik va kolloid kimyo fanlaridan chuqur bilimga ega bo‘lishni talab qiladi. Zaharli moddalarni aniqlashda, ayniqsa, o‘simlik qismlarini tekshirishda farmakognoziya fanini yaxshi bilish ham lozim. Bu talablarga farmatsevtika institutida ta’lim olgan mutaxassislar to‘liq javob beradilar. Sud toksikologiyasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi Sud toksikologiyasi farmatsevtika institutlarining yuqori kurslarida, talabalar boshqa kimyo fanlari bilan tanishib bo‘lganlaridan co‘ng o‘qitiladi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining 1992 yil 21 oktyabrida chiqarilgan 551-sonli buyrug‘ida sud kimyogarlari etib faqat farmatsevtika instituti yoki tibbiyot institutlari farmatsiya fakultetini bitirgan mutaxassislar bo‘lishi va albatta, maxsus ixtisoslash kursni o‘tishliklari zarurligi ta’kidlanadi.

  • O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining 1992 yil 21 oktyabrida chiqarilgan 551-sonli buyrug‘ida sud kimyogarlari etib faqat farmatsevtika instituti yoki tibbiyot institutlari farmatsiya fakultetini bitirgan mutaxassislar bo‘lishi va albatta, maxsus ixtisoslash kursni o‘tishliklari zarurligi ta’kidlanadi.
  • Sud kimyo xodimlari ekspertizani olib borishda masalaga har doim ilmiy nuqtai nazardan yondoshishga majbur bo‘ladilar, bunga sabab ashyoviy dalillarning va echilishi kerak bo‘lgan masalalarning turli-tumanligidir. Shuning uchun marhum professor A.V. Stepanov bu haqda odilona shunday degan edi «Har bir sud kimyo tekshiruvi o‘z mohiyatiga ko‘ra alohida ilmiy ishdir va u katta hajmli ilmiy ishga nisbatan chiqariladigan xulosalarning ixchamligi (faqat bir sohaga oidligi) bilan farq qiladi, holos».

O‘zbekistonda 1950 yilgacha sud kimyosiga oid ko‘zga ko‘rinarli ilmiy-tadqiqot muassasalari bo‘lmaganligi sababli sud kimyo fani juda sekin rivojlandi.

  • O‘zbekistonda 1950 yilgacha sud kimyosiga oid ko‘zga ko‘rinarli ilmiy-tadqiqot muassasalari bo‘lmaganligi sababli sud kimyo fani juda sekin rivojlandi.
  • 1937 yilda Toshkent farmatsevtika instituti tashkil bo‘lgandan so‘ng, talabalarning ixtisoslik fanlardan biri - sud kimyo fani o‘qitila boshlandi. Institut qoshida sud kimyo kursi ochilib unga farmatsiya magistri V.I.Sheblikin rahbarlik qilar edi. U institut xodimi bo‘lishi bilan birga, bir vaqtning o‘zida respublika sud kimyo laboratoriyasining mudiri ham edi. Bu yillarda O‘zbekiston bo‘yicha sud kimyo sohasida biror ilmiy ish olib borilmagan. Nihoyat, 1951 yilda institut sud kimyo kursiga aspirantlik o‘rni beriladi va X.R.Raxmatov unga o‘qishga kiradi, hamda ilmiy rahbar etib V.I.Sheblikin tayinlanadi.
  •  

X.R.Raxmatovning nomzodlik dissertatsiya mavzusi “Atropinni sud kimyo ob’ektlari tarkibida ochish” deb atalgan edi. Ushbu dissertatsiya muallif tomonidan 1954 yilda muvaffaqiyat bilan Moskva shahrida himoya qilindi.

  • X.R.Raxmatovning nomzodlik dissertatsiya mavzusi “Atropinni sud kimyo ob’ektlari tarkibida ochish” deb atalgan edi. Ushbu dissertatsiya muallif tomonidan 1954 yilda muvaffaqiyat bilan Moskva shahrida himoya qilindi.
  • X.R. Raxmatovdan so‘ng 1955 yili Moskva farmatsevtika institutiga maqsadli aspirant qilib Toshkent farmatsevtika institutini bitirgan L.T.Ikromov yuboriladi, u prof. M.D. Shvaykova rahbarligida “Kobalt birikmalarini sud kimyo tahlillari yordamida biologik ob’ekt tarkibida aniqlash” mavzusida ish olib boradi va o‘z dissertatsiya ishini 1958 yilda muvaffaqqiyat bilan yoqlab, Toshkent farmatsevtika institutiga qaytadi va sud kimyo kursida avval assistent, so‘ng (1961 yil) dotsent lavozimida ishlaydi.

Sud kimyo fani bo‘yicha talabalarga moslangan o‘zbek tilida o‘quv adabiyotlari yo‘q bo‘lgani uchun u o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar yaratish ustida ish olib boradi va nihoyat 1964 yili uning “Sud kimyo praktikumi” nomli darsligi 3000 donada chop etiladi. 1966 yili esa L.T.Ikromovning “Sud kimyosi” darsligi (nazariy qism) yaratiladi va chop etiladi.

  • Sud kimyo fani bo‘yicha talabalarga moslangan o‘zbek tilida o‘quv adabiyotlari yo‘q bo‘lgani uchun u o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar yaratish ustida ish olib boradi va nihoyat 1964 yili uning “Sud kimyo praktikumi” nomli darsligi 3000 donada chop etiladi. 1966 yili esa L.T.Ikromovning “Sud kimyosi” darsligi (nazariy qism) yaratiladi va chop etiladi.
  • Yuqorida nomlari zikr etilgan darsliklar O‘zbekistonda kimyo fanlari bo‘yicha darsliklar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda qatnashib, birinchi o‘rinni oladi va D.I.Mendeleev nomidagi kimyo fanlari ilmiy jamiyatining Oliy darajali diplomiga sazovor bo‘ladi.

1966 yili L.T.Ikromov tashabbusi bilan Toshkent farmatsevtika institutining sud toksikologiyasikafedrasi qoshida sobiq Ittifoq sud kimyogarlarini tayyorlash kursi ochiladi va u 1991 yilgacha faoliyat ko‘rsatib, hamdo‘stlik mamlakatlar uchun 650 dan ortiq sud kimyogar mutaxassislar tayyorlab beriladi. SHu yili sud kimyo kursi mustaqil “Toksikologik kimyo” kafedrasiga aylantirildi va uning rahbari etib, tanlov asosida, dotsent L.T. Ikromov tayinlanadi. 1963 yildan boshlab L.T. Ikromov rahbarligida ilmiy ishlar olib borish uchun aspirantlar o‘qishga qabul qilinadi. Ularning nomzodlik dissertatsiya mavzulari asosida O‘zbekiston sharoitida tibbiyot va qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan zaharli moddalar hamda dorilarni sud kimyo ob’ektlarida aniqlashga bag‘ishlandi.

  • 1966 yili L.T.Ikromov tashabbusi bilan Toshkent farmatsevtika institutining sud toksikologiyasikafedrasi qoshida sobiq Ittifoq sud kimyogarlarini tayyorlash kursi ochiladi va u 1991 yilgacha faoliyat ko‘rsatib, hamdo‘stlik mamlakatlar uchun 650 dan ortiq sud kimyogar mutaxassislar tayyorlab beriladi. SHu yili sud kimyo kursi mustaqil “Toksikologik kimyo” kafedrasiga aylantirildi va uning rahbari etib, tanlov asosida, dotsent L.T. Ikromov tayinlanadi. 1963 yildan boshlab L.T. Ikromov rahbarligida ilmiy ishlar olib borish uchun aspirantlar o‘qishga qabul qilinadi. Ularning nomzodlik dissertatsiya mavzulari asosida O‘zbekiston sharoitida tibbiyot va qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan zaharli moddalar hamda dorilarni sud kimyo ob’ektlarida aniqlashga bag‘ishlandi.

Natijada sud toksikologiyasi kafedrasida yangi bir yo‘nalish vujudga keldi va bu soha bo‘yicha 20 dan ortiq ilmiy xodimlar tegishli izlanishlar olib bordilar.

  • Natijada sud toksikologiyasi kafedrasida yangi bir yo‘nalish vujudga keldi va bu soha bo‘yicha 20 dan ortiq ilmiy xodimlar tegishli izlanishlar olib bordilar.
  • Zaharli moddalarga mansub defoliantlardan butifos, magniy xlorat, butilkaptaks, insektitsidlardan fosfamid, metilmerkaptofos, sayfos, karbafos, metafos, metilnitrofos, bazudin, fozalon, ftalofos, antio, amifos, trikrezilfosfat, o‘simlik urug‘larini ekishdan avval ishlov beruvchi kimyoviy moddalardan tetrametiltiuramdisulfid, misning uch xlorli fenolyati, sintetik piretroidlar va boshqalar tanlab olindi.
  • Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan preparatlar faqatgina paxtachilikdagina emas, balki boshqa qishloq xo‘jalik o‘simliklarini parvarish qilishda ham respublikamizning barcha viloyatlarida keng qo‘llanila boshladi. Ulardan noto‘g‘ri foydalanish, konsentratlaridan ishchi eritmalar tayyorlashda sanitar-gigienik qoidalariga rioya qilmaslik, ba’zi hollarda baxtsiz hodisalariga olib keldi. Shunday hollarda kimyoviy tahlil yordamida tibbiyot mutaxassisi tomonidan qo‘yilgan tashhisni tasdiqlash katta ahamiyatga ega edi

Ayni kimyoviy moddalarni o‘rganish, ularning ba’zilarini biologik ob’ekt tarkibidan ajratib olishda bir nechta chunonchi: nordonlashtirilgan spirt, nordonlashtirilgan suv kabi usullardan foydalanish mumkinligini ko‘rsatdi. Ammo bu usullar ob’ekt tarkibidagi kimyoviy moddalarni juda oz miqdorda ajralib chiqishiga imkon beradi. Usullarni taqqoslab o‘rganish, bu pestitsidlarni organik erituvchilar yordamida ajratib olish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi. Pestitsidlarni organik erituvchilar yordamida ajratishda erituvchilarning tabiatidan tashqari yana ba’zi omillarning ham o‘rni alohida e’tiborga egaligi aniqlandi.

  • Ayni kimyoviy moddalarni o‘rganish, ularning ba’zilarini biologik ob’ekt tarkibidan ajratib olishda bir nechta chunonchi: nordonlashtirilgan spirt, nordonlashtirilgan suv kabi usullardan foydalanish mumkinligini ko‘rsatdi. Ammo bu usullar ob’ekt tarkibidagi kimyoviy moddalarni juda oz miqdorda ajralib chiqishiga imkon beradi. Usullarni taqqoslab o‘rganish, bu pestitsidlarni organik erituvchilar yordamida ajratib olish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi. Pestitsidlarni organik erituvchilar yordamida ajratishda erituvchilarning tabiatidan tashqari yana ba’zi omillarning ham o‘rni alohida e’tiborga egaligi aniqlandi.

CHunonchi, butifosni ob’ektdan ajratish vaqtida erituvchi sifatida efirdan foydalanish boshqa erituvchilarga nisbatan ijobiy hisoblanib, u ob’ekt sharoiti pH=7,0 bo‘lganda, undan 71% preparat ajralishiga olib keldi. Fosfamidni xloroform yordamida ob’ektning muhiti pH=4-5 bo‘lganda yaxshi ajratish natija beradi.

  • CHunonchi, butifosni ob’ektdan ajratish vaqtida erituvchi sifatida efirdan foydalanish boshqa erituvchilarga nisbatan ijobiy hisoblanib, u ob’ekt sharoiti pH=7,0 bo‘lganda, undan 71% preparat ajralishiga olib keldi. Fosfamidni xloroform yordamida ob’ektning muhiti pH=4-5 bo‘lganda yaxshi ajratish natija beradi.
  • Karbofos pestitsidini ob’ektdan pH=1 sharoitida, benzol yordamida ajratish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi. Ayni sharoitga rioya qilinganda, u ob’ektdan 26% ajralar ekan. Metafos va metilnitrofosni ob’ekt tarkibidan ajratish vaqtida esa o‘ziga xos sharoit bo‘lishi kerakligini aniqlandi. Xuddi shu kabi boshqa o‘rganilgan pestitsidlar ham bu qoidaga bo‘ysungan holda, ob’ektdan ajratilayotgan vaqtda sharoitni hisobga olinishi zarur.
  • .

Fosfororganik pestitsidlarni toksikologik kimyoviy nuqtai-nazardan o‘rganish borasida olib borilgan ilmiy tekshirishlar bir muncha chuqur bajarildi. Kafedrada bajarilgan ilmiy ishlar mualliflari ularni faqat biologik ob’ektdan ajratib olishdan tashqari, ularning chinligini va miqdor tahlili usullarini ham tavsiya etdilar. Preparatning chinligini aniqlash uchun yupqa qatlam xromatografiya, gaz-suyuqlik xromatografik, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi, UB-, IQ-, mass-spektral, usullari qo‘llanildi va sud-kimyosi ekspertizasini olib borish uchun tavsiya etildi

  • Fosfororganik pestitsidlarni toksikologik kimyoviy nuqtai-nazardan o‘rganish borasida olib borilgan ilmiy tekshirishlar bir muncha chuqur bajarildi. Kafedrada bajarilgan ilmiy ishlar mualliflari ularni faqat biologik ob’ektdan ajratib olishdan tashqari, ularning chinligini va miqdor tahlili usullarini ham tavsiya etdilar. Preparatning chinligini aniqlash uchun yupqa qatlam xromatografiya, gaz-suyuqlik xromatografik, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi, UB-, IQ-, mass-spektral, usullari qo‘llanildi va sud-kimyosi ekspertizasini olib borish uchun tavsiya etildi

Ayni preparatlarni o‘rganish borasida ularning biologik ob’ekt tarkibida qancha vaqt saqlanishiga oid izlanishlar o‘tkazildi va ob’ekt chirishi natijasida tez parchalanib ketishi tajribalar asosida tasdiqlandi.

  • Ayni preparatlarni o‘rganish borasida ularning biologik ob’ekt tarkibida qancha vaqt saqlanishiga oid izlanishlar o‘tkazildi va ob’ekt chirishi natijasida tez parchalanib ketishi tajribalar asosida tasdiqlandi.
  • Pestitsidlarni ob’ektda uzoq vaqt saqlanishini ta’minlash uchun tekshiriluvchi ob’ektni etil spirti yordamida konservatsiya qilish tavsiya etildi.
  • Respublika sud-kimyogarlari dorivor alkaloidlar va sintetik moddalarni biologik ob’ekt tarkibidan ajratib olishning maqbul usulini yaratish va ular kam miqdorda bo‘lgan hollarida chinligi, miqdor tahlili ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Shunday moddalardan bug‘doy va boshqa boshoqli o‘simliklar hamda makkajo‘xori zamburug‘ining (qora kuya sporasi) alkaloidlari ergometrin, ergotoksin, ergotamin, ayrim yovvoyi o‘simliklarning alkaloidlari trixodesmin, inkanin, likorin; sintetik moddalardan novokain, lidokain, atseklidin, vikasol, furosemid, oktadin, fenkarol kabi moddalar tanlab olindi.

  • Shunday moddalardan bug‘doy va boshqa boshoqli o‘simliklar hamda makkajo‘xori zamburug‘ining (qora kuya sporasi) alkaloidlari ergometrin, ergotoksin, ergotamin, ayrim yovvoyi o‘simliklarning alkaloidlari trixodesmin, inkanin, likorin; sintetik moddalardan novokain, lidokain, atseklidin, vikasol, furosemid, oktadin, fenkarol kabi moddalar tanlab olindi.
  • Yuqorida nomlari ko‘rsatilgan preparatlar o‘zlarining qo‘llanilish davrida zaharlanish hollarini keltirib chiqargan va ularni biologik ob’ektlarda aniqlash usullari bo‘lmaganligi tufayli sud-kimyo ekspertizalari olib borilgan emas yoki olib borilgan taqdirda ham u usullar yuqori sezgirlikka ega bo‘lmagan. SHuning uchun ham ayni moddalarni toksikologik kimyoviy jihatdan o‘rganishni respublika sud-kimyogarlari ma’qul topdilar va samarali ilmiy ishlar olib bordilar.

  • Ayni ishlar bilan shug‘ullangan Toshkent farmatsevtika institutining xodimlari (M.A.Tojiev, X.S.Zaynutdinov, Z.K.Sodiqov, Z.A.YUldashev, M.I.Alixodjaeva va boshqalar) o‘rganilgan preparatlar uchun ko‘p usullarning bir-biriga solishtirgan holda biologik ob’ektdan ajratib olish yo‘llarini o‘rgandilar va moddalarga xos yangi usullarni tavsiya etdilar.
  • Biologik ob’ektdan ajratib olingan ajralmalarni yot moddalardan tozalashda mualliflar yupqa qatlam xromatografiya, gel xromatografiya, elektroforez usullaridan foydalanganlar. Ajratib olingan va tozalangan preparatlarning kam miqdorlarini sifatini (chinligi) aniqlash uchun rangli, mikrokristalloskopik, UB-spektral, gaz suyuqlik va yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usullari keng ravishda qo‘llanilib ijobiy natijalar olindi.
  • Yangidan yaratilgan va tavsiya etilgan usullar respublikamizning sud-kimyo va narkologik laboratoriyalarida qo‘llanilmoqda. Bu usullar o‘z navbatida yana ayrim biofarmatsiya sohasida ish olib boradigan tadqiqotlar uchun ham xizmat qiladi.
  • Zaharlanishga aloqador bo‘lgan sud ishlarida huquqshunos zaharlanish sabablarini hal qilishda qiynaladi, ana shunday hollarda o‘lgan odamning ichki a’zolarida zaharli modda bor-yo‘qligini mutaxassis yordamida aniqlanadi. Bunday tekshirish ishlarini olib borishda sud kimyogarlari tomonidan biologik ob’ektlarda sinab ko‘rilgan alohida bilim va natijalarni qo‘llay bilishi sud kimyo ekpertizasi deb yuritiladi. Bu ish bilan bevosita shug‘ullanadigan xodim esa sud kimyogari yoki sud kimyogar -eksperti deb ataladi.

  • Sud kimyo ekspertizasi laboratoriyalari ashyoviy dalillar turiga qarab asosan ikkiga bo‘linadi: «Sud toksikologiyasi ekspertiza laboratoriyalari» va «Kimyoviy kriminalistika laboratoriyalari».
  • Sud toksikologiyasi ekspertiza laboratoriyalari odatda Sog‘liqni saqlash vazirligiga bo‘ysunadi va ularning tizimiga kiradi. Uning ob’ektlari murdani yorib olingan ichki a’zolar, bemor chiqindilari, dori moddalar, noma’lum ichimliklar va boshqa turli-tuman ashyoviy dalillardan iboratdir.
  • Kimyoviy kriminalistika laboratoriyalari esa Adliya vazirligiga itoat etib, ularda asosan hujjatlar, soxta pullar, yozuvlar, porox turlari, matolar toza kimyoviy birikmalar va hokazolar tekshiriladi.

Download 147.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling