Reja. Reja turlari


Download 377.24 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi377.24 Kb.
#1743232
Bog'liq
4-MAVZU TOPSHIRIQLAR



AKADEMIK
YOZUV


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


AWR1112


4-MAVZU

REJA. REJA TURLARI


AMALIY
KO‘NIKMA



1-topshiriq. Matnni o‘qing, mazmunini tiklang va xatboshilarni aniqlang .
Nihoyat koʻngil orom olib, qalb taskin topganday boʻladi. Shundagina adabiyotning kuchini, uning zaruratini chuqur his qilamiz. Amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy izchil islohotlar jarayonida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shuning uchun har doim kitob oʻqishga ehtiyojimiz bor.Baʼzan odam moddiy manfaatlar, zamon yangiliklari, internet tizimi ichra kuni va tuni qanday oʻtganini ham bilmay qoladi. Bunday yashash tarzidan zerikadi. Nimanidir sogʻinganday, izlab topa olmayotganday boʻlaveradi. Yuragi siqilib, goʻyoki oʻziga sigʻmaydi. Koʻngil bir ogʻiz shirin soʻz, bir taskin, malham istaydi. Shunday paytda biz, albatta, kitob varaqlashga tushamiz. Koʻnglimizga yoqqan sheʼrmi, hikoyami – xoh u qatra boʻlsin yoki salmoqli qissa va romanmi – tuyqus oʻqiy boshlaymiz, oʻqiyveramiz. Soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan kitob mutolaasi muhimligi, yoshlar, rahbarlar orasida bu fazilatni targʻib qilish haqida koʻp bora taʼkidlanmoqda. Nafaqat oʻqiymiz, balki asardagi voqealar rivojiga kirib ketamiz va oʻsha yerda yashaymiz... Zero, yaxshi kitob insonning koʻngil koʻzgusini poklaydi, shirin xayollar surishga, eng asosiysi, odamlarni tushunishga, kechirishga, ezgulik sari intilib yashashga undaydi. Kitoblar qalbimizni ilitadi, koʻnglimizni yoritadi, baxtli va saodatli, nurli kunlarga boshlaydi. Dunyoni faqatgina a ilm bilan zabt etish mumkin ekanligi haqidagi asl haqiqat bugun hech kimga sir emas. Ilmni mustahkam egallashning yoʻli esa bitta, yaʼni – kitob oʻqish. Aslida ham, kitob va kitobxonlik insonlar ong-tafakkurini teranlashtirib, qalbiga eng goʻzal ezgu niyatlarni joylaydigan, ularni yaxshiliklar olamiga yetaklaydigan maʼnaviyat sarchashmasidir.

2-topshiriq. Yuqoridagi matnga murakkab reja tuzing.
3-topshiriq. Venn diagrammasidan foydalanib sodda va murakkab rejalarni o‘xshash va farqlarini taqqoslang.


Mavzu yuzasidan test savollari
1. “Reja” so‘zi qaysi tildan olingan va uning ma’nosi nima?
a) lotin tilidan olingan bo‘lib “sayyora”, “plankton” ya’ni “adashgan” (fikrlar) degan ma’noni anglatadi
b) arab tilidan olingan bo‘lib “sayyora”, “fikrlar” degan ma’noni anglatadi
c) tojik tilidan olingan bo‘lib “qism” ya’ni “adashgan” degan ma’noni anglatadi
d) lotin tilidan olingan bo‘lib “holat”, “muammo” degan ma’noni anglatadi
2. …. bu berilgan matnda ko‘rib chiqilayotgan asosiy fikrlar, holatlarni ma’lum bir ketma-ketlikda sanab o‘tish.
a) kirish so‘zlar b) reja
c) annotatsiya d) xulosalovchi so‘zlar
3. Rejaga berilgan ta’riflardan qaysi biri noto‘g‘ri?
a) asar qurilishini ochib beradi
b) muallif fikrining ketma-ketligini kuzatish imkonini beradi
c) reja tuzish jarayonida o‘quvchi asar mazmuniga chuqur kirib borolmaydi
d) reja e’tiborni jamlaydi, xotirada o‘qilganlarni tiklashga yordam beradi
4. Rejaning xususiyatlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
a) javoblarning aniqligi b) aniqlik
c) qisqalik d) maqsadga yo‘naltirilganlik
5. Reja ustida ishlashning ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
a) matnning ma’noli qismlariga sarlavhalar berish, o‘qilganlarni ma’noli qismlarga ajratish, har bir ma’noli qismlarda kalit so‘zlarni ajratish, matnni o‘qish
b) matnni o‘qish, matnning ma’noli qismlariga sarlavhalar berish, har bir ma’noli qismlarda kalit so‘zlarni ajratish, o‘qilganlarni ma’noli qismlarga ajratish
c) bosh, o‘rta va xulosa qismlar ketma-ketligida reja tuzish
d) matnni o‘qish, har bir ma’noli qismlarda kalit so‘zlarni ajratish, o‘qilganlarni ma’noli qismlarga ajratish
6. Nutq bo‘yicha reja turlari to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
a) savolli, tematik, tezisli b) savolli, atov, tezisli
c) matnli, savolli, atov d) erkin, tezisli, matnli
7. Atov rejaga berilgan ta’riflardan qaysi biri noto‘g‘ri?
a) atov gaplar shaklida tuziladi
b) matnda berilayotgan asosiy muammolar sanab o‘tiladi
c) har bir axborot markaziga mantiqiy savollar ko‘rinishida bo‘ladi
d) yoritish kerak bo‘lgan asosiy masalalarga e’tibor qaratish uchun nutq so‘zlashga tayyorgarlikda qo‘llaniladi
8. … reja har bir axborot markaziga mantiqiy savollar ko‘rinishida tuziladi.
a) atov b) savolli c) tezisli d) matnli
9. Qaysi reja turi dinamikligi va axborotga boyligi bilan ajralib turdi.
a) matnli b) savolli c) tezisli d) atov
10. Tuzilish bo‘yicha reja turlari necha turga bo‘linadi?
a) 2 b) 3 c) 5 d) 4






Download 377.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling