Reja: Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlaka ma`muriy-boshqaruv siyosati


Download 34.33 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi34.33 Kb.
#1018644
  1   2   3
Bog'liq
rossiya-imperiyasining-o-rta-osiyoda-olib-borgan-mustamlakachilik-siyosati


"


Reja:
1. Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlaka ma`muriy-boshqaruv siyosati.
2. Rossiya imperiyasi tomonidan Turkistonni xom-ashyo bazasiga aylantirishi.
3. Rossiya imperiyasining o‘rta osiyoda olib brogan mustamlakachilik siyosati


1. Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlaka ma`muriy-boshqaruv siyosati.
Rossiya saltanati jahonning qudratli davlatlari Angliya, Fransiya, Germaniya imperiyalari qatorи ulkan mustamlakachi davlat edi. Rossiya o`z mustamlakalari hududi jihatidan Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyani orqada qoldirib ketgandi. Angliya mustamlakalari 13 million kvadrat kilometr, Fransiyaniki 11 million kvadrat kilometrni tashkil qilsa, Rossiyaning birgina Sibir' mustamlakasi hududi 13 million kvadrat kilometrni tashkil qilardi. Rossiyaning Turkiston general-gubernatorligi hududi esa kengligi jihatidan Fransiya, Germaniya va Avtro-Vengriya imperiyalari maydoniga teng bo`lgan.
Toshkent shahri qo`lga olinganidan (1865) keyin, mustamlaka sharoitidan kelib chiqqan holda, Sirdaryo hududi hamda 1864 va 1865-yillarda bosib olingan yerlar hisobiga, Orenburg general-gubernatoriga bo`ysundirilgan Turkiston viloyati tashkil etildi. Turkiston viloyatini boshqariш uchun 1865-yil 6-avgustda “Muvaqqat nizom” e`lon qilindi. Uning asosiy maqsadi, ruslarning yangi bosib olingan yerlarda, boshqaruvning umumiy asoslarini belgilash orqali, tinchlik va xavfsiizlikni ta`minlash bo`lgan. Joylarda butun hokimiyat harbiy boshliqning ho`lida bo`lgan, ma`muriy organlarga esa mahalliy xalq ustidan nazoratni o`rnatish vazifasi yuklatilgan.
1865-yidda imperator Aleksandr II ning azmi qaroriga ko`ra, Orenburg va G’arbiy Sibir general-gubernatorligi hamda Turkiston viloyati aholisining turmushi va umumiy ahvolini o`rganish uchun “Dasht komissiyasi” tuziladi. Dasht hay`ati tomonidan ishlab chiqilgan “Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarini boshqarish haqidagi qoidalar loyihasi” bo`yicha Vazirlar mahkamasi qabul qilgan qarorda quyidagilar qayd etiladi:
1. Loyihada ko`rsatilgan hududlarda Yettisuv va Sirdaryo viloyatlari tarkibida Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilsin.
2. General-gubernatorga o`lkani boshqarish uchun loyihada nazarda tutilgan shtatlardan kelib chiqqan holda, boshqarish uchun amaldorlar olishga imkoniyat berilsin.
3. General-gubernatorga loyihada ko`rsatilgan yerlarda, o`lkadagi mahalliy sharoit, tuzem xalqlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda, so`nggi marta qonuniy tartibda ko`rib chiqish va qabul qilish uchun uning qismlari bo`yicha va yaxlit holda o`zining xulosasini berish topshirilsin. Ungacha, loyihada ko`rsatilgan holatlarni asos sifatida qabul qilib, o`lka tuzilishi uchun favqulodda muhim va foydali deb hisoblangan hamma choralarni ko`rish topshirilsin.
Rossiya imperiyasining O`rta Osiyodagi mustamlakachilik siyosati va amaliyoti uning bu o`lkada o`z davlatchiligini joriy etish orqali olib borildi. Butun bir boshliq mustaqil Qo`qon xonligi davlati yo`q qilinib bir viloyatga aylantirildi, Turkistonda milliy davlatchilikka barham berildi. Podshohlik Rossiyasi o`zining boshqaruv tizimini joriy etdi. Ammo imperiyaning bu o`lkada o`rnatgan ma`muriyati uning tasarrufidagi boshqa o`lkalar boshqaruvidan o`zining keskin harbiy-mirshablik ruhi bilan ajralib turgan. Turkiston ma`muriyati imperiyaning boshqa o`lkalari boshqaruvidan o`zining keskin harbiylashgani bilan alohida ajralib turadi. Rossiya hukumatining Turkiston uchun 1865 – 1916-yillar davomida ishlab chiqqan va amalga tatbiq etilgan o’nta qonun loyihasi (1865, 1867, 1871, 1873, 1882, 1884, 1886, 1908, 1912, 1916)ga va uning moddalariga adliya, moliya, harbiy, ichki ishlar va boshqa vazirliklar kiritgan o`zgartirishlarda ana shu holat o`z aksini topgan. Turkistonda imperiyachilik boshqaruvining mustamlakachilik xarakteri birinchi general-gubernator Konstantin fon-Kaufman tomonidan ifodalangan. U 1868-yil 22-yanvarda Toshkent shahar aholisi bilan bo`lgan uchrashuvdagi nutqida ruslarni O`rta Osiyo xalqlarining katta og’asi deb atagan, Turkistonda rus hokimiyatining mustahkam va doimiy o`rnashganligini alohida uqtirib o`tgan edi. Kaufman 1868 – 1876-yillarda o`lkadagi harbiy yurishlarga bosh-qosh bo`ldi va bu yurishlar uning nomini Turkiston o`lkasining omadli zobiti va istilochisi sifatida mashhur qildi.
Kaufmanning hukmronligi davrida Turkiston general-gubernatorlik boshqaruvi uning shaxsiy istibdodi asosida amalga oshirilgan. Mahfiy maslahatchi F.Girs qayd etganidek, general-guburnatorning hokimiyati, qonun bo`yicha ish ko`rilishini taqoza etgan bo`lsa-da, amalda o`zi hohlagancha amalga oshirildi. General-gubernator o`lkadagi hokimiyatning yagona boshqaruvchisiga aylangan edi. Hokimiyatni bunday tartibda markazlashtirish oqibatida ishlar qonun asosida emas, aksincha, general-gubernatorning ko`rsatmasi asosida amalga oshirila boshladi.
1865-yilda Toshkent shahri qo`lga olinganidan keyin, mustamlaka sharoitidan kelib chiqqan holda, Sirdaryo hududi hamda 1864 va 1865-yillarda yangidan qo`lga olingan yerlar hisobiga Orenburg general-gubernatoriga buysundirilgan Turkiston viloyati tashkil etilgan edi.
1867-yil 14-iyulda imperator Aleksandr II Turkiston harbiy okrugini ta`sis etdi va O`rta Osiyoda bosib olingan va saltanat tarkibiga kiritilgan xududlar hisobidan Turkiston general-gubernatorligini tashkil qilish to`g’risida farmon e`lon qildi. General K.P.Kaufman Turkiston okrugi qo`mondoni va general-guburnatori qilib tayinlandi. Unga podsho juda katta vakolatlar berdi. Imperatordan olgan "Oltin yorliq"qa muvofiq fon Kaufman biror davlatga qarshi urush e`lon qilishi, diplomatik aloqalar olib borishi yohud sulh tuzishi mumkin edi. Ayni vaqtda Kaufman moliyaviy hamda iqtisodiy masalalarda ham mustaqil hukmdorlardek keng huquqlarga ega bo`lib, faqat podshogagina hisob berardi. Ko`p o`tmay harbiy ma`muriyatdan tashqari fuqarolik, ma`muriy ishlar ham unga to`la bo`ysundirildi. Shu bois ham fon Kaufmanni mahalliy xalq “yarim podsho” deb atardi.
Viloyatlarning harbiy gubernatorlari va uyezd boshliqlari ham o`z ixtiyorlaridagi harbiy qismlarning qo`mondonlari bo`lishgan. Shu tariqa, “Harbiy xalq boshqaruvi”dagi harbiy hokimiyat chor zobitlari va generallari qo`lida jamlangan edi. “Xalq boshqaruvi” - volost' boshqaruvlari, yuzboshi-oqsoqollar, “xalq sud'yalari” - qozilar aholi tomonidan nomigagina saylanar, aslida ular general-gubernator tomonidan tayinlanar edi.
General-gubernatorlik markaziy o`lka boshqaruvida Turkistonda mutlaq hokim bo`lgan. Markaziy o`lka boshqaruvi general-gubernator hamda uning Kengashi va mahkamasidan iborat edi. Turkiston general-gubernatori o`z qo`lida harbiy va fuqaro hokimiyatini birlashtirgan. Bir vaqtning o`zida u podshо noibi, harbiy okrug qo`shinlari qo`mondoni, Yettisuv kazak qo`shinlari qo`mondoni, bosh mirshab, boш prokuror vazifalarini ham o`tagan. Unga Buxoro amiri va Xiva xoni ham buysungan.
Bosh boshqarmaning ijroiya organi bo`lgan general-gubernator mahkamasi dastlab to`rt bo`limdaн iborat edi. Birinchi bo`lim ma`muriy va nazorat ishlarini boshqargan. Ikkinchisi bosh boshqarmaninг moliyaviy-xo`jalik ishlariga qaragan. Uchinchi bo`lim soliqlar, shaharlar mablag’lari hamda boshqaruvga doir nizomlar loyihalarini tayyorlash bilan shug’ullangan.To`rtinchi bo`lim esa maxsus bo`lim hisoblanib, uning faoliyat doirasi g’oyat keng va serqirra bo`lgan. 1886-yilgacha mustaqil ish ko`rgan bu bo`lim harbiy va adliya vazirlari ko`rsatmalaridan mustasno ravishda sud qarorlarini ham qayta ko`rish huquqiga ega bo`lgan.
Turkiston o`lkasi markaziy bosh boshqarmasi tarkibida general-gubernatorga bo`ysunmaydigan markaz vakillari - adliya, moliya va davlat mulklari vazirliklari ham bo`lgan.
Turkiston general-gubernatorligi 1890-yillarga kelib besh viloyatga (Sirdaryo, Farg’ona, Samarqand, Yettisuv va Kaspiyorti) bo`lindi. Viloyatlar uyezdlarga, uyezdlar bo’lislarga, bo’lislar uchastkalarga bo’linib boshqariladigan bo’ldi.
Turkistonning barcha viloyatlarida xarbiy gubernatorlik boshqarmalari ta`sis etildi. Harbiy gubernatorlar bevosita podsho tomonidan tayinlanadigan bo’ldi. Viloyat boshliqlari esa doimo xarbiy gubernatorlarning nazorati ostida bo’ldi.
O’lkada mustamlakachilik tartiblari o’rnatilishiga qadar xakamlik vazifasini bajarib kelgan qozilar maxalliy axoli o’rtasidagi xuquqiy muammolarni shariat va odat normalariga tayanib xal qiluvchi organ sifatida saqlanib qolindi. Bu, albatta, maxalliy xalq ommasining noroziligini kuchaytirmaslik maqsadida ko’rilgan tadbirlar edi. Ular general-gubernator tomonidan tasdiqlanib, uyezd boshliqlari nazorati ostida ish olib bordi.
Turkiston general-gubernatorligining markazi – Toshkentni boshqaruv 1870-yilgi shahar boshqaruvi qoidasiga ko’ra to’lig’i bilan podsho ma`muriyati qo’liga o’tdi. 1877-yilgacha eski shahar va yangi shahar aloxida boshqarilsa-da, lekin eski shaharda xokimiyat general Geyns qo’lida edi. Usha yili shahar Davlat dumasiga saylovlar bo’ldi. Saylangan 71 deputatning atigi 21 nafari maxalliy axoli vakillari edi.
Turkiston general-gubernatori etib tayinlangan general-leytenant M.G.Chernyaev (1882 – 1884) taklifi bilan 1882-yil 8-mayda imperatorning Turkiston general-gubernatorligini taftish qilish to`g’risidaги farmoni e`lon qilindi. Taftish ishlarini olib borishga rahbar etib Ichki ishlar vazirligi kengashi a`zosi, Dasht komissiyasining sobiq raisi, maxfiy maslahatchi F.K.Girs tayinlandi. Girs 1883-yilda taftish ishlarini tugallab, imperatorga general-gubernatorlik va unga qarashli tashkilotlarning ahvoli to`g’risidagi hisobotni, “O`lkani boshqarish to`g’risidagi nizom loyihasi”ni tushuntirish xati bilan birga taqdim etdi. 1884-yil 21-yanvarda imperator Aleksandr III ning ko`rsatmasi bilan Davlat Kengashi a`zosi, general-ad`yutant, graf N.Ignat'ev raisligida “Turkiston o`lkasini boshqarish to`g’risida”gi nizomning qayta ishlangan so`nggi loyihasini ishlab chiqish" bo`yicha komissiya tashkil etildi.
Graf Ignat'ev komissiyasi tarkibiga Girs boshchiligidagi hay`at a`zolari, 1881-yilgi loyihani tuzganlar, Osiyo departamenta maxfiy maslahatchisi Kobeko, Bosh shtabning Osiyo bo`limi boshlig’i polkovnik Ivanov, general-mayor A.N. Kuropatkin (bo`lajak harbiy vazir) va boshqa yuqori martabali shaxslar a`zo bo`ldilar. Komissiya kengashida general-leytenant Chernyaev o`rniga tayinlangan Turkiston general-gubernatori, general-ad`yutant N.O. Rozenbax (1884 – 1889) ham ishtirok etadi.
Rossiya imperiyasining oliy doiralari tomonidan tuzilgan komissiyaning asosiy vazifasi “O`lkani Rossiyaga qat`iy qaram qilib qo’yish maqsadlari va uni boshqarishda xarajatlarni kamaytirish, daromadlarni esa oshirishga, shuning bilan birga, fuqarolarni boshqarish talablariga va joylarning shart-sharoitlarigа to`g’ri keladigan nizom” tuzilishini amalga oshirishdan iborat edi.
Komissiya o`z ishiga Girs tomonidan ishlab chiqilgan Turkiston o`lkasini boshqarish to`g’risidagi vа general-leytenant Kolpakovskiy rahbarligidagi Toshkent komissiyasiga taqdim etilgan 1881-yilgi nizom loyihasini hamda Turkiston ma`muriyatining oldingi barcha loyihalarining xulosalarini asos sifatida qabul qiladi. Graf Ignat'ev komissiyasining “Turkiston o`lkasini boshqarish to`g’risidagi nizom loyihasi” o`lkani boshqarish bo`yicha tuzilgan oltinchi loyiha edi.
Imperator tomonidan “Turkiston o`lkasini boshqarish to`g’risidagi Nizom” 1886-yil 12-iyunda tasdiqlangandan keyin ham ma`muriy qurilish bo`yicha e`tirozlar davom etdi. Ammo imperator Turkiston o`lkasida sobiq general-gubernatorlik boshqaruvining asosiy tamoyillarini saqlab qolgan holda unga ba`zi o`zgartishlar kiritdi.
General - gubernator mahkamasi bo`limlari:
1. Ma`muriy va nazorat ishlari.
2. Moliyaviy - xo`jalik ishlari.
3. Soliqlar, boshqaruvga doir loihalar tayyorlash.
4. Maxsus bo`lim.
Viloyat va tumanlar
Sirdaryo: Toshkent, Avliyoota, Kazolinsk, Perovsk, CHimkent. Amudaryo tumani ham shu viloyatgа bo`ysungan.
Farg’ona: Marg’ilon, Andijon, Qo`qon, Namangan, O`sh.
Samarqand: Jizzax, Kattaqo`rg’on, Xo`jand, Samarqand.
Yettisuv: Verniy, Jarkent, Kopal, Lepsinek, Pishpak, Prjeval'sk.
Kaspiyorti: Ashxobod, Krasnovodsk, Mang’ishloq, Marv, Tajan.
Sudlar
Rus sudlaridan tashqari o`troq aholining shariat, ko`chmanchilarning adat, turkmanlarning “xalq” sudlari. Duxovskiy: “Islom o`z qiyofasida nufuzli bir kuchdirki, u bilan biz uzoq davrlargacha muqarrar ravishda hisoblashib turishga majburmiz” degan edi.

Download 34.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling