Reja: Shartnoma va uning turlari Shartnomani qanday “ishonchli” qilish mumkin? Shartnoma tuzishning asosiy bosqichlari Shartnoma va uning turlari


Download 48 Kb.
bet1/3
Sana11.03.2023
Hajmi48 Kb.
#1261242
  1   2   3
Bog'liq
8 mavzu


Beznes shartnomalari va ularning turlari
Reja:


1. Shartnoma va uning turlari
2. Shartnomani qanday “ishonchli” qilish mumkin?
3.Shartnoma tuzishning asosiy bosqichlari


1. Shartnoma va uning turlari
Tadbirkorlar faoliyatini munosabatlar, bitimlarni amalga oshirish va shartnomalar tuzishsiz tasavvur qilish qiyin. Shartnoma o‘zaro foyda olish maqsadida tomonlarning o‘zaro roziligi natijasidir.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan “Xo‘jalik subyektlari faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi qonunda xo‘jalik shartnomasi deb, bir tomon belgilangan muddatda tovarlarni berishi, tadbirkorlik faoliyati sohasida ishlarni bajarishi yoki xizmatlar ko‘rsatishi, ikkinchi tomon esa, bu tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilishi va ularning haqini to‘lashi to‘g‘risidagi bitim xo‘jalik shartnomasi deyiladi.
Shunday qilib, shartnoma – bu ikki yoki ko‘p tomonli bitim hisoblanadi. Chunki, qonunchilikka muvofiq har qanday fuqarolik-xuquqiy bitim fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik xuquqlari va majburiyatlarini belgilaydi, o‘zgartiradi yoki to‘xtatadi.
Shunga muvofiq, xo‘jalik shartnomalarining subyektlari yoki tomonlari bo‘lib, yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs bo‘lmay tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar hisoblanishi mumkin.
Bitimlar ham og‘zaki, ham yozma shaklda amalga oshirilishi mumkin. Oddiy yozma shaklda, ya’ni bitim mohiyati va uni amalga oshirish shartlari aks ettirilgan, shuningdek, bitimni amalga oshirayotgan shaxslar yoki ularning vakolatli shaxslari imzolagan hujjatni tuzish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- Bitimlar yuridik shaxslar o‘rtasida o‘zaro va fuqarolar bilan tuziladi;
- Bitimlar fuqarolar o‘rtasida minimal ish haqining 10 barobari va undan ortiq bo‘lgan miqdorda tuziladi.
Shartnomaning quyidagi turlari ajratiladi:
Aralash: shartnomaga har xil turdagi shartnomalar elementlari kiritiladi (masalan, shartnoma bir vaqtning o‘zida savdo-sotiq, marketing xizmatlarini ko‘rsatish, qurilish ishlari ko‘zda tutilishi mumkin). Tegishli tarzda, bunday shartnomani tuzishda shartnoma bo‘yicha har bir ish turlarini bajarish shartlarigina emas, balki har bir majburiyat bajarilishi uchun mukofotlash mexanizmi ham aniq belgilab olinishi zarur. amalda esa, turli kelishmovchiliklar va nizolardan qochish maqsadida bunday shartnomalarni tuzmay, balki har bir ish turlari bo‘yicha bir necha xildagi shartnomalarni tayyorlash tavsiya etiladi.
Oldindan ( uni yana «niyatlar bayonnomasi” deb ham ataydilar – tadbirkorlar o‘rtasida tuziladigan, juda ommaviy bitim turi): unda tomonlar keyinchalik asosiy shartnoma mazmuniga kiritiladigan shartlarda ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki mulkni sotish bo‘yicha kelgusida asosiy shartnomani tuzish majburiyatini oladilar.
Uchinchi shaxs foydasiga shartnoma – tomonlar,tomonlardan biri (qarzdor) majburiyatlarini bajarishi mazkur shartnoma bo‘yicha kontragentga (kreditorga) emas, qarzdordan o‘z foydasiga majburiyatlarni bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘lgan uchinchi shaxsga berilishini belgilab qo‘yadigan shartnomalar.
Birlashtirish shartnomasi – shartlarni tomonlardan biri belgilab qo‘ygan hamda ikkinchi tomondan taklif etilgan shartnomaga to‘liq qo‘shilish yo‘li bilangina qabul qilinishi mumkin bo‘lgan shartnomadir. YA’ni, bunday shartnoma uni qabul qilgan tomondan shartnoma mazmuniga yangi, uning nuqtai nazaridan oqilona bo‘lgan biror-bir shartlarni kiritishni istisno qiladi.
Ommaviy shartnoma – tijorat tashkiloti tomonidan tuzilgan va uning tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir majburiyatlarini belgilovchi shartnoma. Bu tashkilot unga murojaat qilgan har bir shaxsga bu ishlarni bajarishi kerak (masalan, bu chakana savdo, aloqa xizmatlari, mehmonxona va tibbiy xizmatlar bo‘lishi mumkin). Bunday shartnomaning asosiy qismlari – barcha iste’molchilar uchun tovarlar, ishlar va xizmatlar, shuningdek shartnomaning boshqa shartlarining narxlari teng bo‘lishidir.
2. Shartnomani qanday “ishonchli” qilish mumkin?
Shubhasiz, har bir bitim tuzayotgan tomon shartnomani o‘zi uchun ishonchli va foydali qilishga harakat qiladi. Shunga muvofiq, shartnomani quyidagi hollarda “ishonchli” deyish mumkin:
Bu birinchi navbatda Sizning manfaatlaringizni ko‘zlab tuzilgan shartnoma.
Unda Sizning manfaatlaringiz yuridik jihatdan ishonchli himoyalangan.
Shartnomani tuzishda to‘rtta asosiy qoidaga rioya qilish kerak.Ular bizning fikrimizcha, o‘z ishini boshlayotgan tadbirkorlar bilan bir qatorda, faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar uchun ham foydalidir.
1-qoida. Agarda siz shartnoma imzolamoqchi ekansiz, uning tarkibiy qismlaridan tashqari bitimning asosiy mohiyatini oxirigacha tushunib olmas ekansiz, muvaffaqiyatga erishingizda sizga hech kim va hech qachon yordam bermaydi. Shu sababli harakatlarning butun zanjiri va bitimning barcha alohida bosqichlarini o‘ylab chiqish, siz ularning qanday amalga oshirishingizni tushunish va tasavvur qilishga harakat qilishingiz kerak. Shundagina siz o‘z tijorat loyihangizni amalga oshirish jarayonida vaziyatni nazorat qilishingiz mumkin.
2-qoida. Albatta. bu shartnomani siz shaxsan tayyorlashingiz kerak, degani emas. Negaki bu bilan mutaxassislar shug‘ullanishi kerak, lekin baribir shartnoma loyihasining muallifi sizning tomoningiz bo‘lgani ma’qul. Sababi Agarda siz bu tashabbusni shartnoma bo‘yicha kontragentingizga beradigan bo‘lsangiz, shubha qilmasangiz bo‘ladiki, u shartnomani o‘z foydasiga hal qilib, o‘z manfaatlarini imkon qadar hisobga oladi va sizning manfaatlaringiz to‘g‘risida uncha qayg‘urmaydi. Shu sababli siz shartnoma loyihasini o‘z foydangizga to‘g‘irlashingizga to‘g‘ri keladi, ya’ni siz unga moslashib ishlaysiz, bu esa istalgan holdir. Bunday ishni shubhasiz, hatto eng yaxshi va vijdonli sherigingizga ham ravo ko‘rish kerak emas.
3-qoida. Bu sizning asosiy qoidalaringizdan biri bo‘lishi kerak. Uni o‘z mohiyatiga ko‘ra «biznesmenning oltin qoidasi” deb atash mumkin. har qanday shartnoma – bu yuridik hujjat. Shu sababli uni albatta yuristingiz bilan muhokama qilib olishingiz kerak. U sizga shartnomaning yuridik jihatlari va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan «suv osti to‘siqlari»ni tushuntirib, malakali maslahatlar va tavsiyalarni beradi. Bundan tashqari “xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati sohasida tuziladigan barcha xo‘jalik shartnomalari korxona yuridik xizmatining huquqiy ekspertizasidan o‘tishi kerak. Bu holda, agarda shartnoma summasi 200 ta minimal ish haqi miqdoridan oshmasa, ekspertizadan so‘ng yurist shartnomani faqat imzolashi lozim. Agarda shartnoma summasi yuqorida qayd etilgan miqdordan oshsa, mazmuni qonunchilik bilan belgilanadigan maxsus yuridik xulosa zarur bo‘ladi.
4-qoida. Shartnomaning ayrim bandlari va moddalarini tayyorlashda fikringizni aniq va sodda bayon qiling, aniq bo‘lmagan va yuzaki jumlalar va shartlarga yo‘l qo‘ymang. Shartnomada har bir so‘z, har bir tinish belgi ahamiyatga ega. Agarda biror bir atama sizga tushunarsiz bo‘lsa, mutaxassislarga masalani oydinlashtirib olish uchun murojaat qilishga uyalmang. Shuni esda tutingki, sizning kontragentlaringiz nizolar kelganda har bir noaniq jumlani o‘z foydasiga hal qilishga harakat qiladi.

Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling