Reja: Tabiiy immunitet
Download 1.65 Mb.
|
Immunitet
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Tabiiy va sun’iy immunitet Reja: Tabiiy immunitet. Sun'iy immunitet. Vaksinalar, tayyorlash va talablar Tabiiy immunitet. Tabiiy faol immunitet kasallik bilan og'rib o'tgandan keyin yuzaga keladi (u postinfeksiya deyiladi). Ko'pgina hollarda u uzoq vaqt saqlanadi, qizamiq, suvchechak, toun va boshqa kasalliklardan so'ng yuzaga keladi. Shuningdek, ayrim kasalliklarda immunitetning muddati 1 yildan oshmaydi (gripp, dizenteriya va boshqalar). Ayrim hollarda tabiiy faol immunitet kasallik yuzaga chiqmasidan ilgari hosil bo'ladi. U yashirin (latent) infeksiya yoki qo'zg'atuvchining kichik dozada qayta-qayta yuqtirish natijasida hosil bo'ladi (maishiy, turmish immunizatsiyasi). Sun'iy immunitet (faol immunitet) odamda immunizatsiya (emlash) natijasida orttiriladi. Immunitetning bu turi organizmga kuchsizlantirilgan yoki turli usulda o'ldirilgan bakteriya, ularning zaharlari, viruslar yuborilgaridan so'ng hosil bo'ladi. Masalan, ko'kyo'tal, bo'g'ma,chechak kasalliklariga qarshi immunitet shular jumlasidan. Bunda organizmda faol qayta qurilish yuzaga keladi. Qo’zg’atuvchi va toksinlarga o'ldiruvchi ta'sir ko'rsatuvchi modda (antitelo) hosil bo'ladi. Shuningdek, hujayra xossasining o'zgarishi mikroorganizmiar va ular ishiab chiqaradigan moddalarga ta'sir ko'rsatadi. Sun'iy faol immunitet sekin-asta, 3—4 hafta ichida hosil bo'ladi va 1 yildan 3 oygacha saqlanadi Vaksinalar ma’lum bir talablarga javob berishlari kerak Vaksinalar maxsus tanlab olingan mikroorganizmlarni shtamlaridan tayyorlanadi, bunday shtamlardan avirulentligi va yuqori darajada immunogenligi bilan farq qiladi. Vaksinalar (lot. vaccina — sigirga oid), emlashda ishlatiladigan moddalar —infeksion kasalliklarning oldini olish yoki davolash maqsadida qoʻllaniladigan preparatlar. Mikroorganizmlar, shuningdek ularning zararsizlantirilgan toksinlaridan tayyorlanadi, organizmga yuborilganda tegishli yuqumli kasalliklarga nisbatan sunʼiy orttirilgan faol immunitet vujudga keladi. Vaksinalar, tayyorlash va talablar Autovaksinalar Bular kasal organizmdan ajratib olingan mikroorganizmlardan tayyorlanadi, faqat shu bemor uchun davolash maqsadida ishlatiladi. Autovaksinalar ko‘pincha surunkali kasalliklardan davolashda foydalaniladi. Adabiyotlar:
Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling