4.6. TEKISLIK
Reja:
1.Tekislikning berilishi.
2.Tekislikning bosh chiziqlari.
3.Proyeksiyalovchi tekisliklarning xossalari.
Tayanch iboralar va tushunchalar
Gorizontal proyeksiyalovchi tekislik, frontal proyeksiyalovchi tekislik, profil
proyeksyalovchi tekislik. Tekislikning gorizontali, tekislikning frontali, tekislikning
eng katta og'ma chizig’i.
Tekislikning berilishi
Tekislik
birinchi tartibli sirt hisoblanadi.
Umumiy holda tekislikning fazoviy vaziyatini bir to'g'ri chiziqqa tegishli
bo'lmagan uchta nuqta aniqlaydi. Haqiqatdan, 1-rasmdagi А, В va С nuqtalar
fazoda biror Q tekislikning vaziyatini aniqlaydi. Bu nuqtalardan har birining
fazoviy o'rni o'zgarishi bilan tekislikning vaziyati ham fazoda o'zgaradi.
Chizma geometriyada tekisliklar quyidagi hollar bilan beriladi:
• bir to'g'ri chiziqqa tegishli bo'lmagan uchta nuqta proyeksiyalari bilan (2 -a
rasm);
• bir to'g'ri chiziq va unga tegishli bo'lmagan nuqta proyeksiyalari bilan (
2-b rasm);
• ikki parallel to'g'ri chiziq proyeksiyalari bilan (2 – v rasm);
• ikki kesishuvchi to'g'ri chiziq proyeksiyalari bilan (2 – g rasm);
• tekis geometrik figuralarning ortogonal proyeksiyalari orqali berilishi ham
mumkin