Reja: Teng bog‘lovchilar


Download 24.61 Kb.
bet1/3
Sana02.12.2023
Hajmi24.61 Kb.
#1780742
  1   2   3
Bog'liq
Bog‘lovchilar va yuklamalar


Bog‘lovchilar va yuklamalar
Reja:


1. Teng bog‘lovchilar
2. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar

Bog‘lovchilar gapdagi uyushgan bo‘laklarini va qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog‘laydigan yordamchi so‘zlardir. Masalan: Haqiqat va to‘g‘rilikni sevuvchi odamlar doimo vijdon amriga bo‘ysunadilar.


Bog‘lovchilar qo‘llanishiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1) yakka bog‘lovchilar uyushgan bo’laklar va ayrim gaplar orasida yakka holda qo‘llanadi: va, hamda, ammo, lekin, biroq, balki, holbuki, vaholanki, yoki, yoxud, yo, gar, agar, agarda, basharti, chunki, garchi, go‘yo, go‘yoki, -ki, -kim; 2) takroriy bog’lovchilar bir gapda ikki yoki undan ortiq o‘rinda gap bo‘laklari bilan, shuningdek, qo‘shma gaplarda ayrim sodda gaplar bilan birga aynan takrorlanadi: dam..., dam, ba’zan..., ba’zan, ham..., ham, bir..., bir, yoki..., yoki, yo..., yo, goh..., goh, xoh...., xoh.
Takroriy bog’lovchilar takrorlangan gap bo‘lagi yoki ayrim gaplarning oldida qo‘llanadi. Takroriy bog‘lovchilarning bir qismi yakka holda ham qo‘llanishi mumkin. Masalan, yo, yoki bog‘lovchilari ana shunday bog‘lovchilardandir: Sen bu gaplardan xabaring yo‘q, yoki bilib bilmaslikka olayapsan.
Takroriy borlovchilarning ayrimlari faqat takrorlangandagina bog‘lovchi hisoblanadi, yakka qo‘llanganda esa o‘zi mansub bo‘lgan so‘z turkumiga taalluqli bo‘ladi. Masalan:bir.....bir bog‘lovchi, bir — son, ham... ham bog‘lovchi, ham — yuklama, ba’zan.... ba’zan bog‘lovchi, ba’zan — ravish kabi.
Bog‘lovchilar grammatik jihatdan o‘zgarmaydi va lug‘aviy ma’noga ham ega emas. Ular o‘zi bog‘lagan ayrim so‘zlar va sodda gaplarni o‘zaro qanday munosabatda ekanliklarini, shuningdek, shu munosabatlarning xilini ko‘rsatadi. Shunday vazifasiga ko‘ra bog‘lovchilar teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilarga bo‘linadi.
2-§.Teng bog‘lovchilar gap bo‘laklari va sodda gaplarni teng munosabatda bog‘laydi. Ular quyidagicha turlarga bo‘linadi: 1) biriktiruv; 2) zidlov; 3) ayiruv; 4) inkor bog‘lovchilar.

Download 24.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling