Reja: Turkistonda jadidchilik ma’rifiy ijtimoiy harakatining vujudga kelishi


Download 65.44 Kb.
bet1/2
Sana07.08.2023
Hajmi65.44 Kb.
#1665705
  1   2

10-mavzu. Jadidchilik harakati namoyondalarining ma’rifatparvarlik go’yalari.
Reja:

  1. Turkistonda jadidchilik ma’rifiy – ijtimoiy harakatining vujudga kelishi.

  2. Jadidchilikning harakatining maqsad va vazifalari. Jadidchilik harakatida ma’rifat masalalari.

  3. Bexbudiy faoliyatida ma’rifat va tarbiya masalalari. A. Fitratning ma’rifat va tarbiya oid qarashlari. A.Avloniyning pedagogik qarashlari.

1.Jamiyatni ma’naviy-ma’rifiy yangilashdan ko’zlangan bosh maqsad - yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik, diniy bag’rikenglik kabi ko’pdan-ko’p muhim masalalardan iborat. Bizga ma’lumki, tarixda ko’plab davlatlar va sulolalar hukm surgan. Ular ma’lum tarzda o’zlarini ma’rifiy-ma’naviy merosini qoldirgan. Xususan, O’rta Osiyoni Chor Rossiyasi istilo qilganidan keyin yerlik aholining moddiy va ma’naviy madaniyatiga zarba bera boshladilar. Millat ma’naviyati va madaniyatini saqlab qolish va uni yanada yuksaltirish uchun jadidchilar olib borgan faoliyatni o’rganish manbalar, hujjatlar asosida xolisona ob’ektiv tahlil etilgandagina oydinlik kiritish mumkin. Shu o’rinda Islom Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o’tish joiz: «...biz davlatimiz kelajagini o’z qobig’imizga o’ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o’zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish, inson xuquq va erkinliklarini, fikrlar rang-barangligini o’z hayotimizga yanada kengroq joriy qilishda ko’ramiz. Biz butun ma’rifatli dunyo, xalqaro hamjamiyat bilan tinch-totuv, erkin va farovon hayot kechirish, o’zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz.»1


Oliy ta’limning sifati va samaradorligini asosiy omillardan biri fan va ta’lim uyg’unligidir. Fan va ta’lim uyg’unligi ham asosan yuqori ko’rib chiqqanimizdek uch yo’nalishda amalga oshishi samara beradi.
Jumladan, «Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi» mavzusini tashkil etish va boshqarishning o’zi ma’lum bir ilmiy yo’nalishni tashkil etishi maqsadga muvofiqdir. Ta’limni tashkil etishning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi va qulayligi saviya, sifat va samara talablarning amalga oshishini ta’minlovchi birinchi va asosiy qadamlardan biridir. Ta’limning sifatini oshiruvchi, o’qituvchining saviyasini belgilab beruvchi asosiy jihatlardan yana biri sifatida o’tilayotgan mavzu yuzasidan ilmiy yangiliklardan fan o’qituvchisining doimiy xabardorligidir. O’qituvchi «O’zbekiston tarixi» fani bo’yicha yaratilayotgan yangi ilmiy adabiyotlar, ilmiy jurnallarda e’lon qilingan maqolalar va boshqa ilmiy nashrlar bilan doimiy tanishib borishi zarur. Shuningdek, o’tiladigan mavzuga oid ilmiyommabop nashrlar, tarixiy-badiiy nashrlar va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinayotgan materiallar bilan ham tanishib borishi talab etiladi. Bu talablar tug’iladigan ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlardagi tarixiy voqyealar talqini bo’yicha uchraydigan farqlar haqida yetarli izohlarga ega bo’lish o’qituvchining raqobatbordoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, fan va ta’lim uyg’unligi zamonaviy taraqqiyotning muhim omili sifatida O’zbekiston tarixidagi har bir mavzuni o’rganish, o’qititish va targ’ib qilishda ham eng asosiy talablardan biridir.
Mustaqillik Vatanimiz tarixida buyuk tarixiy voqyea hisoblanib, ushbu tarixiy jarayon xalqimizning uzoq davom etgan qaramlik va mustamlakachilikdan xalos etdi. Birinchi Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlaganidek «Chor mustamlakasi davrida ma’rifat g’oyasini baland ko’tarib chiqqan jadid bobolarimizning faoliyati bunga yana bir misol bo’la oladi. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori, Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Is’hoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab ma’rifatparvarlar, fidoyi insonlarning o’z manfaati, huzur-halofatidan kechib, yurtimizni taraqqiy toptirish maqsadida amalga oshirgan ezgu ishlari avlodlar xotirasidan aslo o’chmaydi2”. Mustaqillikka erishish xalqimizning azaliy orzularidan biri bo’lib, bugungi kunda uni avaylash va abadiy bo’lishini ta’minlab berish barcha fuqarolarning burchi va vazifalaridan hisoblanadi.
Mustaqillikni mustahkamlashning omillari va vositalari turli shakllarda, ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Mustaqillikni abadiy bo’lishini ta’minlab beradigan asosiy omillardan biri ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani yanada chuqurroq
takomillashtirishdan iboratdir. Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya munosabatlari doimo, har qanday davlat, mintaqa tarixida katta rol o’ynab kelgan. Ma’naviy-ma’rifiy munosabatlarni to’g’ri tashkil etish jarayonida olib borilgan oqilona siyosat katta ahamiyatga egadir.
XIX asr oxiri-XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jixatdan inqiroz xolatiga tushib qolgan, mustamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo’lgan o’lkada Turkiston ziyolilari chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmidan qutulish, o’z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga yo’l ochish, xalqqa ziyo tarqatish choralarini ko’rdi. Bu borada jadidchilik xarakati katta rol o’ynadi. Jadidchilik rus mustamlaka siyosatiga qarshi milliy demokratik xarakat bo’lib, u o’sha davr Turkistondagi qoloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda yashayotgan xalqlarni ma’rifatlashtirish, jamiyat xayotida ijtimoiy va madaniy isloxotlar o’tkazish, pirovardida milliy mustaqillik g’oyalarini xayotga tadbiq etish maqsadini o’z oldiga qo’ygan edi. Jadidchilik avvaliga madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan. Bu oqim vakillari taraqqiyot uchun kurashish,turkiy tillarnirivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni o’rganish, fan yutuqlaridan foydalanish, hamda ayollar va erkaklar tengligi uchun kurashishga chaqirishgan. Keyinchalik jadidchilarpanturkizmg’oyalarini targ’ib qilishgan. Jadidchilik mohiyatan, avvalo, siyosiy harakat edi. Turkiston mintaqasida jadidchilik xarakati, tarqalish joyi va yo’nalishiga ko’ra uchga bo’linadi; Turkiston, Buxoro, Xorazm jadidchiligi. Turkiston jadidlari bilan Buxoro va Xiva jadidlari o’rtasida bir muncha tafovut bor. Turkiston o’lkasidagi jadidchilikning ijtimoiy asosini ziyolilar tashkil qildi. Ular chor Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi kurashning oldingi saflarida turib, chorizmning xom ashyo manbaiga aylanayotgan Turkistonning dastlab muxtor, so’ng mustaqil davlat bo’lishini yoqlab chiqdilar. Turkistonda jadidchilik g’oyalari XIX asrning 90yillaridan yoyila boshladi. Bu xarakat XX asrning 30-yillari oxirlarigacha o’lka ijtimoiy-siyosiy xayotida muxim rol o’ynadi. Bugungi kunda respublikamiz tarixchi olimlari jadidchilik xarakatida quyidagi uchta bosqichni farqlashmoqda:

    1. XIX asr oxirlaridan 1915 yilgacha - ma’rifatchilik;

    2. 1915 yildan 1918 yil fevraligacha - muxtoriyatchilik;

    3. 1918 yil fevralidan 20 yillar oxirlarigacha - sovetlar davridagi faoliyati.

Jadidchilik Rossiyaga qaram bo’lgan musulmon xalqlari orasida dastlab Qrimda XIX asrning 80-yillarida paydo bo’ldi. Uning asoschisi diniy-dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan Ismoilbek Gaspirali (1851-1914) bo’ldi. Ismoilbek 1884 yilda jadid maktabi tashkil etib, 40 kunda 12 bolaning savodini chiqaradi. Uning o’qitish usuli «usuli savtiya», ya’ni «tovush usuli» nomi bilan shuxrat qozondi. «Jadid» arabcha so’z bo’lib, «yangi» degan ma’noni bildiradi. Ismoilbek g’oyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari «jadidlar», uning g’oyalari esa «jadidchilik» nomini oldi. Ismoilbek Gaspirali darslik yaratadi, o’zining «Tarjimon» (1883-1914) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida keng targ’ib qiladi. Bu gazeta
Toshkent va boshqa shaxarlarga xam yoyiladi.
I. Gaspirali 1893 yilda Markaziy Osiyoda bo’ldi. Buxoroda amir Abdulaxadni jadid maktabi ochishga ko’ndiradi. Bu maktabga «Muzaffariya» nomi beriladi. 1898 yilda
To’qmoqda (Qirg’iziston) xam shunday maktab ochildi. 1899 yilda Andijonda
Shamsuddin domla, 1901 yilda Qo’qonda Saloxiddin domla, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov va Samarqandda Abduqodir Shakuriylar birinchi bo’lib jadid maktablarini ochadilar. Jadidchilik xarakatining yirik namoyandalari jadid maktablari uchun darsliklar xam yaratganlar. Xususan, Saidrasul Aziziyning
«Ustodi avval» (1903), Munavvarqorining «Adibi avval» (1907), Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» (1912) darsliklari alohida e’tiborga molikdir.
Jadidlarning xalq ma’rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo’nalishdan iborat bo’lgan:

  1. Yangi usul maktablari tarmog’ini kengaytirish.

  2. Umidli, iqtidorli yoshlarni chet elga o’qishga yuborish.

Turli ma’rifiy jamiyatlar tuzish, xamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalarni chop etish.


  1. Jadidchilikning harakatining maqsad va vazifalari. Jadidchilik harakatida ma’rifat masalalari.

Jadidchilik, ma’rifatchilik millatni ma’rifatli qilish, ma’naviyatini yuksaltirish maqsadlarida yuzaga kelgan buyuk tarixiy harakat hisoblanadi. Jadidlar aholini savodli qilmoqchi bo‘lgan oddiy ma’rifatchilar emas. Ular mustamlakachilik davrida Turkistonda hukmron bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatni, xalqning ma’naviy holati darajasini yaxshi bilganlar, bu jarayonlarning sabablarini chuqur tahlil eta olgan ziyoli kishilardir. Ular Turkistonning mustaqilligini ta’minlash, mahalliy millatlarni ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyot yo‘liga olib chiqish uchun birinchi navbatda xalqning umumiy madaniy-ma’naviy, ma’rifiy saviyasini davr talablari va imkoniyatlariga asoslanib rivojlantirish lozimligini anglab yetgandirlar. Ularning xalq maorifini rivojlantirish, milliy madaniy-ma’naviy merosni tiklash, Yevropa xalqlarining madaniyati, tajribasini o‘rganishga chaqirish borasidagi faoliyati ham pirovard natijada mustaqillikka erishish maqsadlari bilan bog‘langanlar. Jadidlar bilimli, madaniyatli, ma’rifatli, ma’naviyatli millatgina katta tarixiy vazifalarni hal etishga qodir bo‘la olishi mumkinligini chuqur anglab yetganlar. Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga, bir tarixiy davrdan ikkinchi bir tarixiy davrga o‘tishi ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning eng yetuk, ongli, oq-qorani tanigan, fidoiy, elim, yurtim deb yashovchi, uzoqni ko‘zlovchi ma’naviyatli kishilari ma’rifatparvarlik bilan shug‘ullanganlar. Ma’rifat ma’naviy qaramlik, qo‘rquv va hadikni bartaraf etadi, insonga beqiyos ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat baxsh etishi tabiiy hol, shubhasiz. Shuning uchun ozodlik uchun kurashchilar mamlakat, millat ozodligini xalqning ma’rifiy uyg‘oqligida deb biladilar va ma’rifat uchun kurashadilar. Bizning xalqimiz azal-azaldan ma’rifatga intilib yashagandir. Bu o‘lkadan dunyo ilmi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalar yetishib chiqdilar. Ular ham dunyoviy, ham diniy ilmlar sohasida dunyo ilmi ahlini hayratga soldilar. Turkiston ma’rifatchilik maktabi boy o‘tmish va ulkan merosga egadir. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li, Abdulqodir Shakuriy, Ashurali Zohiriy, Saidrasul Saidaziziy, Ishoqxon Ibrat va Ahmad Donishlar XIX asr oxirlarida faoliyat boshlab, mamlakatni, xalqni milliy zulm va qoloqlikdan xalos etishning yagona yo‘li ma’rifatda deb bilganlar. Bu fidoiy zotlar mustabid tuzum va jaholatga, ma’naviy qullik va zulm-zo‘ravonlikka qarshi bor kuchlari bilan kurash olib bordilar. Mustabid sovet tuzumi sharoitida jadidchilik harakatiga to‘g‘ri baho berish va uni munosib taqdirlash imkoniyatiga ega emasdik. Aksincha, jadidchilik harakatining vakillari millatchilik g‘oyasini targ‘ib qiluvchi panturkizm va panislomizm mafkurasi tarafdori deb e’lon qilindi. Ularga “millatchi” degan tamg‘a bosilib qatag‘on qilindilar27. Turkistonni о‘rta asrlarga xos qoloqlik, diniy xurofotdan ozod qilish, shariatni isloh qilish, xalqqa marifat tarqatish Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsion monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini o‘rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qo‘shin tuzishdir. Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi28. Turkistonda jadidchilik milliy ozodlik kurashi jarayonida yuzaga kelgan, o‘zbek xalqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat bo‘lganligi bilan ajralib turadi. Ularning dunyoqarashida vatanparvarlik, millatparvarlik, ma’rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik kabi g‘oyalar yetakchilikni o‘z qo‘liga oladi. О‘lkani mustamlaka zulmidan ozod qilishni jadidlar hamma narsadan ustun qо`yganlar. Jadidlar erk, istiqlolga erishish uchun milliy ongni о`stirish zarurligini anglab yetdilar. Shu orqali milliy uyg‘onish yasamoqchi bо`ldilar ham. Buni esa ta`lim va tarbiyada, ma’rifatda deb bilganlar. Mana shuning uchun ham jadidlar yangicha ta’lim va tarbiya tizimini qaror toptirish yо‘lida hormay tolmay faoliyat olib bordilar. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bu harakatning tarixiy ahamiyati nihoyatda katta bо‘lgan edi. Bu davrda jamiyatning ma’naviy inqirozi chuqurlashgan bоְ‘lib, milliy madaniyatni kо‘tarmay, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo‘lmay ma’rifat, tarbiyaviy ishlarni keng yо`lga qо‘ygan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotga imkoniyat yaratib bo‘lmasdi. Jadidlar, ya’ni ma’rifatchilar millatning ma’naviy kamoloti yо‘lida о‘zining butun kuchi va iste`dodini safarbar etishga tayyor bo‘lgan fidoiylar edilar. Jadidlar millatni qoloqlik, xurofot botqog‘idan olib chiqish uchun harakat qilar ekanlar, bunda shariatga qat’iy rioya qilish orqali maktab va madrasalarda ta’lim berish tizimini dunyoviy ilmlarni berish asosida isloh qilish g‘oyasini ilgari surganlar va bu borada o‘zlari amaliy harakat namunasini ko‘rsatganlar ham, albatta. Hozirgi mustaqillik sharoitida ham birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek “...ma’naviyat, ma’rifatni targ‘ib qilish har bir ziyolining vijdon ishidir. Ma’rifatchi fidoyi bo‘lmog‘i, o‘zidan kechmog‘i kerak”. Jadidchilik harakatidagi ma’naviylik quyidagilarda yaqqol namoyon bo‘lib, ko‘zga tashlanadi:
Birinchidan, ular ozodlikka, mustaqillikka qon to‘kishlarga olib keluvchi turli to‘polon, qirg‘in-barot urushlar bilan emas, balki aholining savodini chiqarish, ularning ma’rifatini, madaniyatini ko‘tarish orqali qaramlikning kelib chiqishi,uning millat taqdiridagi salbiy oqibatlarini tushunib yetish darajasiga ko‘tarish orqali erishishni;
Ikkinchidan, milliy ongni rivojlantirish milliy birlikni ta’minlashning asosiy omili ekanligini, milliy birlikning vujudga kelishi esa uni taraqqiyotga olib boruvchi asosiy omili ekanligi g‘oyasida;
Uchinchidan, jadidchilik harakati namoyondalari faqat o‘z g‘oyalarini ilgari surish, uni tashviqot qilish doirasida cheklanib qolmasdan, ular aholining umumiy savodxonligini ko‘tarish borasida ko‘pgina amaliy ishlarni ham olib borganlar. О`zlarining mablag‘lari hisobiga maktab ochdilar, gazeta, kitoblarni bosmadan chiqardilar29 Tarixning ko‘rsatishicha, jadidchilik harakatida orqaga yo‘l yo‘q edi: u ma’rifatchilik va tor doiradagi madaniylashtirishdan ish boshlab, siyosiy harakatga aylandi, o‘z oldiga jamiyat va uni boshqarishni qayta qurishdek vazifalarni qo‘ygandi. Shunday qilib, jadidchilik fenomeni (noyobligi) shundaki, keyingi uch asr ichida bu oqim birinchi bo‘lib, milliy davlatchilik qurishga urundi, yagona mustaqil Turkiston uchun kurashdi va u milliy mustaqillik g‘oyasiga asos solganlar, uyqudagi Sharqni uyg‘onishga va harakatlanishga, ozodlik, milliy g‘urur, o‘z buyuk ajdodlari, boy madaniyati va umuman, mustamlaka tuzumning tazyiqi ostida unutilgan barcha qadriyatlarni xotirlashga undaydi, albatta.
XIX asr oxiri-XX asr boshlariga kelib, Turkistonda millat taqdiriga tahdid soluvchi o‘ta qaltis va og‘ir ichki tarixiy muhit paydo bo‘lgan edi. Bir tomondan, Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi siyosiy jihatdan mustahkamlanib bordi. Mustamalka va zo‘ravonlikka mukkasidan ketgan rus bosqinchilari esa, endi o‘z mafkurasini singdirish orqali ma’naviy ustunlikka ham ega bo‘lishi uchun mahalliy xalqni ruslashtirish, uning g‘ururini sindirish, o‘zligini yo‘qotishdek, o‘ta razil shovinistik siyosatni kuchaytirib bordilar. Ikkinchi tomondan esa, millat va xalqimiz o‘z siyosiy, ma’naviy huquqlari, erki va hohish-irodasini yo‘qotgan edi. Uchinchidan, umuman musulmon mutaassibligi (konservatizm va bid’at) kuchaygandi. Millatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli hamda ma’naviyati tubanlashdi ham. Buning ustiga ustak, din peshvolari orasidagi mutaassiblarda yangilikka, dunyoviy ma’rifat va taraqqiyotga qarshilik ham avj olishda davom etardi. Bu esa, Islom dini hamda shariatiga mutlaqo zid ravishda avj oldi30.
Mutaassiblar bid’at botqog‘iga botgan holatda, ijtimoiy majhul (noaniq)likdagi g‘aflat uyqusiga mast bo‘lib, aql va fahm-farosatlari ojizligi evaziga, o‘zlari sezmagan holda mustamlakachilar manfaati (mafkurasi)ga xizmat qila boshlaganlarlar. Millat va xalqimiz mana shunday ikki tomonlama o‘ta ayanchli va havfli ijtimoiy-siyosiy muhit hamda vaziyatga duch kelgan bir paytda musulmon ziyolilar din homiylari orasidan yangi bir taraqqiyparvar guruhning harakati paydo bo‘ldi31. Ular “jadid” (yangi) degan ulug‘ nomga muyassar bo‘lgan holda, Millat va Vatan, musulmon xalqlari uchun ma’naviy qalqon bo‘lib, kurash maydoniga otilgan edilar. Jadidlar millatni bo‘yin egishi va tanama-taqdir qilish havfidan qutqarishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘li avval tarbiya va ma’rifat, so‘ng islohot ekanligini juda to‘g‘ri anglab yetganlar. Shuning uchun ham jadidlar millat va xalqni g‘alayon va qo‘zg‘olonga, inqilobiy buzg‘unchilik kabi yovvoyilikka da’vat etmadi. Aksincha, ularni diniy-dunyoviy ma’rifat, ilm-fan, madaniyat va yangiliklar bilan qurollantirib tarbiyalash, o‘zligini anglatish, ijtimoiy-ma’anviy g‘aflat uyqusidan uyg‘otib, turmush tarzi, tafakkuri, ma’naviyati, madaniyati, adabiyoti va maorifini o‘zgartirishga bel bog‘ladilar32.
Abdulla Avloniyning ushbu hikmati jadidlar uchun asosiy e’tiqod va amaliy faoliyat dasturi bo‘lib qoldi: “Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo najot, yo halokat – yo saodat, yo falokat masalasidir”33. Darhaqiqat, bu paytda millatni halokat va falokatdan asrab, saodatga olib chiquvchi jadidlar tarbiyasi bilan millatni ma’nan tobe qilib, halokat va falokatga duchor etuvchi mustamlakachilar “tarbiya”si qarama-qarshiligi paydo bo‘lishga ulgurgandi. Jadidchilik harakati ba’zi-bir tarixga oid adabiyotlarda aytilganidek, “oldin madaniy-ma’rifiy harakat bo‘lib, keyin ijtimoiy-siyosiy harakatga o‘sib o‘tgani” yo‘qdir. U o‘z tabiati maqsad va mohiyatiga ko‘ra, dastlabki kundanoq, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy va islohotchilik harakat hisoblanadi. Ammo Vatanni ozod va obod qilish, millat va xalqni hurriyatga olib chiqish, to‘q va farovon, madaniyatli qilish uchun jadidlar asosiy e’tiborni dastlab madaniy-ma’rifiy ishlarga qaratganlar. Mustamlakachilarining asosiy maqsadi, xalqni mutlaq tobe va qaram qilish, Turkistonda siyosiy erksizlikni qaror toptirib, milliy o‘limni amalga oshirish bo‘lganligga sharqshunos olim N.N.Veselovskiy (1848-1918) quyidagicha guvohlik beradi: “Biz Turkistonga madaniyat olib keldik deb o‘ylaymiz. Bo‘ysundirilgan osiyoliklarga tinchlik va osoyishtalik berdik deb o‘zimizni ovutamiz. Ammo bularda bir oliy tuyg‘u borki, bu millat va uning milliy iftixoridir.Musulmonlar ahvolini tushunishimiz kerak. Siyosiy o‘lim (milliy davlatni yo‘qotib, siyosiy xalq-huquqdan ayrilish-muxarrir) og‘ir, milliy o‘lim esa undan ham og‘irroqdir. Bizning hukmronligimizda ular (turkistonliklar) xuddi shunday ahvolga tushdilar. Shunday milliy manfaatlar borki, ular xalq och yoki to‘qligidan qat’i nazar, bir kunmas bir kun o‘zini namoyon etajak”34.
Turkistonda ruslashtirish siyosatini amalga oshirish bilan ma’lum missionerlar guruhi muntazam ravishda ish olib boradilar. N.Ostroumov, M.Miropiev, V.P.Nalivkin va boshqa ashaddiy shovinistlar mana shu guruhning eng ko‘zga ko‘ringanlaridan edi. N.Ostroumov o‘z missionerlik vazifasiga ko‘ra, Turkistonda general-gubernatordan ham yuqori mavqega ega bo‘lgan edi. V.P.Nalivkin esa “Yarim yovvoyi osiyoliklarni hamisha qo‘rquv va vahima ichida qaltirab turishga majburlash kerak” degan “dasturilamal” ishlab chiqib, uni mustamlakachi ma’muriyatga ijro uchun taqdim etadi.
XX asr boshiga kelib millatni milliy o‘limdan saqlab qolish va istiqlolga olib chiqish uchun ma’rifat, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy tarbiya asosiy omil, eng muhim ma’naviy qurol darajasiga ko‘tarilgan edi. Buni esa jadidlar Vatan ozodligi yo‘lidagi kurash harakatining asosi deb bilganlar. Ular musulmon mutaassibligiga qarama-qarshi ravishda diniy va dunyoviy ma’rifatparvarlik g‘oyalarini olg‘a surdilar. Shariat qoidalari, “Qur’oni karim”ni yaxshi bilganlari uchun ham din peshvolari orasidagi qoloqlikka, “Taraqqiyot islomga zid” degan aqida va tushunchalarga qarshi kurashdilar. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, jadidchilikning paydo bo‘lishiga avvalo islomdagi diniy-dunyoviylikning, taraqqiyotparvarlik va ilm-fan, shariat amallarining o‘rni katta bo‘ldi.Jadidchilik islomdagi taraqqiyotparvarlik, ilm-fanga rag‘bat va dunyoviylikning yangi davrdagi ko‘rinishi sifatida paydo bo‘ldi. Jadidlar islomni har xil mutassiblik bidatlardan asrab rivojlantirdi. Ikkinchidan, jadidchilikni paydo bo‘lishi va rivojlanishiga Sharq va G‘arb mamlakatlarida rivojlangan quyidagi demokratik, milliy-ozodlik, islohotchilik harakatlarining ta’siri ham kuchli bo‘ldi.
XX asrning boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy hamda demokratik harakat jarayoni asosan ikki yo‘nalishda rivojlanib borgan. Birinchi yo‘nalish chor Rossiyasiga qarshi kurashni turlicha g‘oya va yo‘nalishlarda olib borish maqsadida Rossiyaning o‘zida vujudga kelgan sotsial-demokratik kadetlar, eserlar va boshqa siyosiy partiyalarning vakillari edilar36.Hali bu guruhlar vakillari hatto oktabr to‘ntarilishiga qadar ham o‘lkada siyosiy partiya o‘laroq uyushib shakllanmagan edilar. Chunki ular oz sonli va asosan kelgindi rusiy zabon millatlarning vakillaridan iborat bo‘lganlar. Mahalliy xalq bu siyosiy guruhlarning birortasiga ham ommaviy sur’atda ergashmagan, ularni qo‘llab-quvvatlamagan, bu guruhlarga a’zo bo‘lib kirmaganlar. Chunki, mahalliy xalq tili boshqa, dini, urf-odati boshqa bo‘lgan rusiyzabon millatlarga yotsirab, begonasirab, ularni g‘ayridin-kofirlar deb, bosqinchi-mustamlakachilar deb qaraganlar. Bu siyosiy guruhlarning dastur maqsadlari, taktik kurash usullari mahalliy xalq g‘oyasi va saviyasidan yiroq bo‘lgan, ular bu dastur maqsadlar mohiyatini chuqur tushunib yetmaganlar va ularni qabul qilmaganlar. Hali oktabr to‘ntarishi yuz bermagan 1917-yil yozidayoq bir guruh andijonlik jadidlar bolsheviklar, mensheviklar, eserlarga xat yo‘llab, ularning g‘oya va dasturlarini Turkiston musulmon xalqi o‘zlariga singdira olmasliklarini bayon qilgan edilar. “Sizning va bizning hayot tarzimiz bir-biriga sira to‘g‘ri kelmaydi, - deyiladi o‘sha xatda. Shuning uchun kelgusi davlatchilik hayotini birdaniga umum bir qolipga solish kerak emas. Umum qolip andozani bu yerda qo‘llab bo‘lmaydi... Bizda sizning sof ruscha ma’nodagi dehqonlar yo‘q. G‘arbiy Yevropacha ma’nodagi fermerlar va ijarachilar yo‘q. Bizda erkin dehqon yashaydi. Ular hech qachon, hech qanday sharoitda krepostnoy qarolgina emas va balki ijarachi fermer ham bo‘lmagan, erkin mulkdor bo‘lib kelgan. Muqaddas islom bizni hech qanday tabaqalarga va sinflarga bo‘lmagan. Shuning uchun ham bizda sinfiy kurash uchun asos yo‘qdir. Zotan, barcha musulmonlar, ular xoh fuqaro, xoh mulkdor bo‘lishidan qat’iy nazar teng huquqlidirlar”37.Jadidchilik shakllanib kelayotgan milliy burjuaziya muhitida vujudga kelgan.Jadidchilik harakati namoyandalari ko‘pincha o‘zlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy – ma’rifiy yo‘nalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi. U o‘sha davrda Turkistondagi milliy ozodlik harakatining mafkurasi Turkiston milliy mustaqillik mafkurasi vazifasini bajardi. Jadidchilik o‘z tarixida ikki bosqichni o‘tgan. Birinchisi – ma’rifatchilik bosqichi va ikkinchisi-siyosiy bosqich. Ammo jadidlarinig davlatchilik masalasiga nisbatan qarashlari birinchi davrdanoq shakllangan edi. Bu g‘oya va maqsadlar 1917 – 1920 yillarda “Turkiston muxtoriyati”, Buxoro va Xorazm xalq respublikalari davrida, qisqa muddatda va qisman bo‘lsada amalga oshirildi. Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltirishda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shukuriy (Shakuriy),Saidahmad Siddiqiy – Ajziy (Samarqand), Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullaxo‘jaev (Ubaydulla Xo‘jaev), Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov, Tavallo (Toshkent), Fitrat, Fayzulla Xo‘jaev, Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jaev, Abdulvohid Burhonov, Sadriddin Ayniy, Abdulqodir Muhiddinov (Buxoro), Obidjon Mahmudov, Is’hoqxon to‘ra Ibrat, Hamza, Cho‘lpon, Muqammadsharif So‘fizoda, Ashurali Zohiriy (Farg‘ona vodiysi), Polvonniyoz Hoji Yusupov, Bobooxun Salimov (Xorazm) muhim rol o‘ynadi. Ushbu siymolarning sa’y – harakati bilan jadidchilik harakati taraqqiy etdi.
3. Turkistonda jadidchilik harakati asoschisi, atoqli jamoat arbobi, buyuk 
islomshunos, ulug’ pedagog va axloqshunos, yuksak didli jurnalist Mahmudxo’ja Behbudiy 1875-yil 19 yanvarda Samarqandning Baxshitepa qishlog’ida 
ruhoniy oilasida tavallud topdi. Mahmudxo’ja 6-7 yoshlarida o’qib xat-savod chiqargach, otasiuni qori qilish maqsadida Qur'onni yodlata boshladi. Mahmudxo’ja Qur'onni yod olgach, qorilik bilan qanoatlanmay 15 yoshlaridan tog’asi mufti mulla Odil huzurida dars olishga kirishdi. Bu erda u «Kofiya», «Shahri mullo», mantiqdan «Shamsiya», «Muxtasar al-viqoya», «Hoshiya» va hisob ilmini o’rganadi. Mahmudxo’ja o’quvchilar orasida ibratlisi hisoblangan, o’tkir zehnli va o’qishga havasi balandlardan edi. 
Mahmudxo’ja Behbudiy otasi vafot etganidan so’ng o’qishni tark etishga 
majbur boladi. Samarqand muzofotida endigina qozi bolgan tog’asi
Muhammad Siddiq huzurida mirzalik xizmatida ishlaydi. Bu yerdagi ikki 
yillik xizmat chog’ida qozixona ishlari bilan keng tanishadi. Ish yuritish, 
huquqqa xos hamda muftilikka tegishli barcha yumushlardan xabardor boladi.U ikki yildan so’ng Kobud bo’lisiga o’tib mirzalik qiladi va tez orada
muftillikka ko’tariladi. 1916-yilgacha shu erda ishlaydi... 
Sharq xalqlarining ma'naviy hayotida, maktab-aorifida chinakam to’ntarish 
yasagan, turkiy qavmlarning chinakam iftixori bo’lgan Ismoilbek G’aspiralining «usuli jadid» metodi tarixda katta o’rin tutgani singari, Behbudiyning faoliyati ham Turkiston maktab-maorifida keng o’rin egallaydi. U birinchi
bo’lib olkada bu yangicha usuldagi maktablarni tashkil etish targ’ibotchilaridanhamda amaliyotchilaridan hisoblanadi. Bu sohada Behbudiy Ismoilbek G’aspiralidan ko’p yangi tomonlarni o’rgandi. «Tarjumon» gazetasi Behbudiy uchunvaziyatni anglashda zaruriy vosita boidi. Gazetaning dastlabki sonlarida: «Bir bechora faqirni ko’rsak, achinamiz. o’layotgan bechorani ko’rsak, yuragimiziztirobdan og’rinadi. 
Hatto biror hayvonning qiynalishi rahmimizni keltiradi. Lekin bir emas, minglabkishilarning, butun bir xalqning jaholatdan mislsiz qiynalayotganini 
ko'rmaymiz», deb yozilgan satrlar bor. Keyin «Tarjumon» sahifalarida yangi
maktablar tashkil etish, ilg’or va yangi fikrlarni berish keng o’rin egalladi. 
Behbudiy musuli jadid maktabining zarurligi, uning qonun-qoidalari,
maktabda o’tiladigan darslar, qanday imtihonlar olinishi, maktabning qay tarzdatuzilish, unga qanday asbob-uskunalar kerakligi, muallimlarning vazifalari,
ularning ta'minoti masalalari va boshqa ko’p jihatlarni G’aspiralidan o’rgan-di. Shular asosida Turkistonda «usuli jadid» maktablarini tashkil etish uchun bor kuchini sarfladi. U shu maktablarni kitoblar bilan ta'minlashda ham jonbozlik ko’rsatdi. U Samarqandning eski shahar qismida bepul kutubxona, qiroatxona, o’z hovlisida maktab ochdi. Mashhur pedagog Abduqodir Shakuriyning yangi usuldagi maktabini o’z hovlisiga ko’chirib keldi. 
1918-yili Samarqandda «Musulmon ishchi va dehqon sho'rasi» tuzilganda 
Behbudiy maorif komissari etib tayinlanadi. Shunda u yangi maktablar tarmog’ini 
yanada kengaytiradi. o’quv rejalari tuzish, yangi darsliklar yaratish, o’qituvchilar tayyorlaydigan kurslar ochish kabi ishlarni rivojlantiradi. Mahmudxo’ja
Behbudiy «usuli jadid» maktablari uchun bir qancha darsliklar yozadi. «Muxtasari tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi»), «Madxali jo’g’rofiya 
umroniy» («Aholi jo’g’rofiyasiga kirish»), «Muxtasari jo’g’rofi rusiy» 
(«Rossiyaning qisqacha jo'g’rofiyasi»), «Amaliyoti islom» kabi kitoblari darslik sifatida o’qitilgandi. 
«Usuli jadid» maktablarida hamma o’qish huquqiga ega bo’lgan. Chor 
amaldorlari bu paytda Turkistondagi yangi usul maktablarni biron ayb topib
darhol bekittirib quyar edi. Chunki podsho hukumati «begona xalq»ning qismanbo’lsa ham ilm-ma'rifatli bo’lishini, dunyoviy bilimlarni o’rganishini
istamasdi. Yangi usul maktablarini faqat podsho hukumati emas, balki mahal-
liy ruhoniylar, eski maktab 
domlalari ham yoqtirmas edilar. Ular yangi usul maktablari «islom diniga rahna 
soladi», «bu maktablarning muallimlari«kofir», deb tashviqot yuritar edilar. Bunday 
qarash va to’siqlarga qaramasdan Behbudiy va uning maslakdoshlari «usuli jadid» 
maktablarida Turkiston farzandlarini o’qitish ishlarini jadal sur'atda olib borardilar. 
Maxmudxo’ja Behbudiyning «usuli jadid» maktabidagi o’qitish ishlari quyidagi 
tartibda olib borilardi: 
Maktab ikki bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqich -ibtidoiy qism, deb 
nomlangan. Buning tahsil muddati to’rt yil. Birinchi yili: forscha va arabcha yozuv 
hamda o’qish o’rganilgan. Suralar yod olingan. Hisob darsi o’rgatilgan. Umuman bir 
yil davomida yozmoq va o’qimoqni to’liq o’rganganlar. Ikkinchi yili xaftiyak, imon 
va e'tiqoddan dars, fors, turkiy va arab tilida she'rlar, qasidalar o’qitilgan. Uchinchi 
yili Qur'oni Karim, islom ibodati, tajvid, Sa'diydan nasihatlar, fors va turkiy til 
puxta o’rgatilib, undan insholar yozdirilardi. Hisobdan turli taqsimot va ish yuritish 
kabi zaruriy jihatlar o’qitilgan. To’rtinchi yili esa, Kalomu Sharif, mufassal tajvid, 
forsiy va turkiy nazm va nasr, axloq darsi, turkiy va forsiy til, bisob, tarix, 
jo’g’rofiya o’qitilgan. Bu to’rt sinfni tamomlagan bolalarni muallimlarning o’zi 
taqsimlagan. Xohlasa, ikkinchi bosqichga qoldirar, ularning o’zlashtirishlariga qarab 
madrasaga yuborar, bolaning o’zi xohlasa, Yevropa maktablariga yuborar yoki 
tirikchilik uchun ishlashga yo’llanma berardilar. 
Maktabning ikkinchi bosqichi - rushdiya bo’lib, bunga to’rt sinf -ibtidoiy qismni 
tamomlaganlar o’tkazilar edi. Bu bosqichda o’qitiladigan dars va ilmlarning 
mundarijasi quyidagicha: birinchi yili arab tili, jo’g’rofiya, shafaqiya, fors tili, 
tarjima jumla muxtasar, tarixi anbiyo va islom tarixi, Sa'diyning «Guliston» asari, 
turkiy til o’qitilgan; ikkinchi yil - arab tili, shifoxiya, tarix, islom, axloq, turk tili, 
hisob, fors yozuvi va hokazolar; uchinchi yil - arab tili, hisob, xat yozuvi, tarix, turkiy 
til, rus tili ham o’qitilgan; to’rtinchi yil - arab tili, rus qozixona xatlari, 
bolistnoyxona xatlari, turk tili va adabiyoti, salomatlik, maktab va hayot, ishq va 
muhabbatsiz axloq va boshqa ko’pgina hayotiy darslar o’qitilgan. 
Behbudiy maktabida har yilning oxirida tantanali imtixonlar o tkazilgan. 
Imtihonlarga, albatta, ota-onalar va boshqa mehmonlar taklif qilinardi. Bu birinchidan: 
«usuli jadid» maktablarini ko’proq targ’ib qilish va uning o’qish tartiblarini 
ko’rsatish bo’lsa; ikkinchidan: maktabni hayotiyroq qilish, ya'ni oila va maktab 
birligini amalga oshirish edi. 
Sakkiz sinf, ya'ni ikki bosqichni tamomlagan shogird arabcha, forscha va 

118 
turkchada bemalol so’zlab, yozardi. Ruschani ham o’qib, bemalol gaplasha olardi. 


Turkistonning boshqarma mahkamalarining barchasida ishlashga qurbi etardi. Bu 
shogird maktabda muallimlik ham qila olar, tijorat bilan ham shug’ullanar, hatto 
muharrirlik ham qolidan kelardi. Har yilgi imtihonlarga barcha joydagi vakillarga 
xat yuborilib taklif etilardi. Lekin ko’pchilik maktabning yutuqlarini ko’ra 
olmaganidan kelmasdi. Behbudiy aytar ediki: «Kelib ko’rsunlar, durust bo’lsa, rivoj 
bersunlar, nodurust bo’lsa, dalil ila isbot qilsunlar... maqsadimizda xizmatdan va 
millatdan boshqa narsa yo'qdur». 
«Usuli jadid» maktabini yo’lga qo’yish oson kechmadi. Behbudiy va Shakuriy 
buning uchun barcha taraqqiy etgan musulmon shaharlaridagi maktablarni o’rgandi. 
Bunday mustamlakachilik davrida Turkistonning istiqboli uchun o’z hovlisida ilm-
ma'rifat o’chog’ini ochgani uchun Behbudiyning boshida necha-necha tayoqlar sindi. 
Shunga qaramasdan jafokash muallim «usuli jadid» maktabini qattiq turib himoya 
qildi. Uning maktabiga chor rus inspektorlari kelib taftish o’tkazishganida 
jo’g’rofiya, tarix va hisob kitoblarini otxonaning oxuri tagiga yashirib qo’ygan. 
Behbudiy butun vujudi bilan muallim edi. Uning o’zi ham yuqori sinf talabalariga 
jo’g’rofiya va tarixdan saboq berar, Misr, Turkiya, Qozon va boshqa joylardan olib 
kelgan turli yangi-yangi kitoblarini yuqori sinf o’quvchilariga, engyaxshi 
o’qiganlarga hamda muallimlarga tortiq qilardi. U ne qilsa ulug’ Turkiston uchun va 
uning kelajagi bo’lgan yoshlar uchun qilardi. 
Behbudiy axloq va tarbiyaning asosi - maktab, barcha ilmning boshi va ibtidosi 
maktab. Saodatning, fozil insonning ma'naviy chashmasi -maktab degan aqidaga 
amal qilardi. Bu borada «Turkiston viloyatining gazeti», «Taraqqip>, «Xurshid», 
«Shuhrat», «Osiyo», «Turon», «Hurriyat», «Oyina», «Samarqand», «Mehnatkashlar 
tovushi», «Ulug’ Turkiston», «Najot», «Tirik so'z», «Tarjumon», «Vaqt», 
«Sho'ro» kabi matbuot sahifalarida yuzlab maqolalar bilan chiqishlar qildi. Ushbu 
maqolalar asosan tahsil va ta'Iimning taraqqiyotiga bag’ishlanardi. Masalan: «Tahsil 
oyi», «Ehtiyoji millat», «Samarqand usuli jadid maktabi xususida», «Majlis - imtihon», 
«Tarix va jo'g’rofiya», «Samarqand isloh rusum majlisi», «Buxoroda usuli jadida» 
kabi maqolalarida yangi usul maktablari, uning ahamiyati, yangi maorif va 
madaniyatni rivojlantirish, dunyoviy fanlarning nafi, ma'rifatga rag’bat, komil 
insonning tarbiyasi haqidagi muhim ma'rifiy fikrlarni o’qish mumkin edi. 
Behbudiy ta'lim va tarbiya, uning muammolari to’g’risida boy publisistik 
meros qoldirdi. Jumladan, «Imon va islom», «Ixtiyoji millat», «Buxoroda usuli 
jadida», «Hurriyat - ozodlik - erkinlik», «Tahsil oyi», «Ikki emas, to’rt til lozim», 
«Turkiston», «Millatni kim isloh etar», «Yoshlarga murojaat», «Bizni kemiruvchi 
odatlar», «Buxoro xonligiga sayohat», «Ibtidoiy maktablarimizning tartibsizligi 
yoxud taraqqiyning yo'li», «Bizga isloh kerak», «Haq olinur, berilmas», «Samarqandda 
milliy ishlar haqinda» va boshqalar. 
1917-yilning 16-23 aprelida Toshkentda bo’lib o’tgan Turkiston mu-
sulmonlarining Qurultoyida millatni o’zaro ixtiloflardan voz kechishga, buyuk 
maqsad yo’lida birlashishga, ittifoq bolishga chaqiradi. Ammo u o’z orzulariga erisha 
olmadi. Behbudiy 1919-yil 25 martda ana shu g’oyalari uchun jadid sifatida ayblanib, 
Shahrisabzda qamoqqa olinadi va Qarshi shahrida qatl etiladi. U o’limi oldidan qilgan 
vasiyatida: «Biz o’z qismati-mizni bilamiz. Agar bizning hayotimiz hurriyat va 

119 
xalqning baxt-saodati uchun qurbonlik sifatida kerak bo’lsa, biz o’limni ham 


xursandchilik bilan kutib olamiz...» 
Mahmudxo’ja Behbudiyning yangi maktablar uchun yozgan asarlari katta hodisa 
bo’ldi. Ayni davrda bu darsliklar nazariy, ilmiy va amaliy jihatdan keng qo’llanildi. 
Bu kitoblarning bugungi kunda ham qadri yo’qolganicha yo’q. «Kitobat ul-atfol» 
(«Bolalar maktubi») asari o’z davrida bir necha marta nashr etilgandi, Bu kitobga 
qirqtaga yaqin forsiy va turkiy insholardan namunalar kiritilgan. Shahodatnoma va 
boshqa ish yuritishga doir hujjatlar yozishni o’rganishdan ta'lim berilgan hamda 
namunalar keltirilgan. Volostnoyxona, qozixonada yoziladigan hujjatlar ham mana 
shu kitob orqali o’rgatilgan. Yosh va kattalarga mo’ljallangan 36 sahifalik bu kitob 
bugun ham nazariy-ma'rifiygina emas, balki amaliy ahamiyatga ham egadir. o’zbek 
tilida ish yuritishimizda bu kitob juda qo'1 keladi. 
Behbudiy o’sha davrdagi madrasalar ahvolini o’zining 1907-yili yozgan «Faryod 
Turkiston» maqolasida shunday ta'riflaydi: 
«Bir madrasaga 20 talaba gapi ila bir noaql mudarris saylanur, bir volostda 40 
nafar el boshlarindan 21 nafarni sadosi ila bir johil qozi saylanur». Behbudiy bu 
mudarris, mufti va qozilarning sakson foizi qariyalardir. Ular yoshlarga qanday bilim 
va tarbiya bera oladilar, deydi. 
Behbudiy Turkistonning kelajagini uning yangi kadrlarida, muta-xassislarida va 
o’qimishli yoshlarida, deb bilardi. Shuning uchun ham u har bir yozgan maqolasida 
taraqqiyotga javob beradigan kadr tarbiyalab yetishtirish masalasini qo’yardi. Savdo-
sotiq ishlarini keng rivojlantirish, kassa ochib milliy daromadni ko’paytirish zarurligi 
haqida tushuntirishlar olib borardi: «Imorat qilmoqchi bo’lsak reja loyihasi 
lozimki, muhandislarga muhtoj bo’lurmiz. Ammo, biz hanuz muhandis ilmini 
bilmaymiz. Kontur va rasmiy daftar tutib, kassa tuzib tijorat etmoq lozim». 
Behbudiy ijodiy faoliyatidagi bosh masala - Turkistonda maorif taraqqiyotidir. U 
«Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir. Zamona ilm fanidan bebahra 
millat boshqa millatlarga paymol bo'lur» -degan shiorga sodiq harakat qildi. 
Mustamlaka Turkistonni ilmsizlik jaholatidan qutqarish uchun eski maktabni 
isloh qilish zarurligini isbotlab, usuli jadidiyaga asos soldi. 
Behbudiyning g’oyalari milliy pedagogika tarixiga qo’shilgan ulkan hissadir. 
Uningpedagogik fikrlari faqat u yashagan davr uchungina emas, balki hozirgi yoshlar 
tarbiyasida ham samarali xizmat qiladi.
Abdurauf Fitratning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari. Abdurauf Fitrat zullisonayn yozuvchi sifatida Alisher Navoiy an’analarini davom ettirib, o‘zbek va fors-tojik tillarida mukammal asarlar yarata oldi.
Fitratning «Rahbari najot» asari to'la ravishda ta’lim-tarbiya masalalariga bag’ishlanadi. Ayniqsa, asarning uchinchi bobi oila, bola tarbiyasi, axloq-odob mavzulari haqida bo’lib, bu masalalar hozirgi davrda ham kata ahamiyatga egadir. Fitrat qarashlarida ota-onaning o‘z bolalarini yetuk kishilar qilib tarbiyalashlari uchun: 1) jismoniy tarbiya-salomatlik; 2) aqliy tarbiya-sog'lom fikrlilik; 3) axloqiy tarbiya axloqi sano, ya’ni axloqiy poklikka e’tibor berish kerakligi ta’kidlanadi. Asarning «Bola tarbiyasi» masalalari bobida quyidagilar ko'rsatib o'tiladi.
«Oila vazifalaridan biri avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Yosh avlodni tarbiyalash hayotiy vazifalardan hisoblanadi. Ma’lumki, dunyo kurashning bumumiy maydoniga o'xshaydi va bu maydonning pahlavonlari insonlardir. Har bir kishi barkamollik yoshiga yetgach, u o'z saodatini ta'minlashi uchun shu maydonga kirmasdan iloji yo'qdir. Bu kurashda g'olib chiqish uchun uch xil ov quroliga ega bo’lish kerak: 1) salomatlik; 2) soglom fikr (nuqsonsiz fikr, ya’ni yuqori iste’dod); 3) axloqi sano (oliy darajali axloq, ya’ni axloqiy poklik). Fitrat «Har bir kishi shu uch quroldan birisiz maydonga kirsa, albatta, mag’lub bo’lishi tabiiydir», deb aytib, bu bilan uch tarbiyani doimo qo'shib olib boorish kerakligini, agar bularning birontasi kam bo’lsa, yetuk kishi tarbiylab bo'lmasligini ko'rsatmoqchi bo'ladi. Farzandingizni jismoniy, aqliy, ruhiy tomondan barkamollikka yetkazing va jamiyatning qobil a’zosiga aylanishi uchun g‘amxo’rlik qiling»,deydi. Bundan tashqari bola tarbiyasi faqat oiladagina olib borilmasdan, bu ish bilan keng jamoatchilik, davlat ham shug'ullanishi kerakligini, chunki davlatning kelajagi mana shu yoshlar qo‘lida bo‘lishini ta’kidlab o'tadi: «Bolalarni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun uning tarbiyasiga faqat oilagina javobgar bo'lmasdan, butun qavm a’zolari javobgardirlar, chunki yoshlar har tomonlama barkamol inson bo’lib tarbiyalansa, qavmning kelgusi taraqqiyotida kata ahamiyatga ega bo'ladi»,-deb uqtiradi.
Fitrat jismoniy tarbiyaga, kishining salomat va baquvvat bo'lib, tarbiyalanishiga alohida e’tibor beradi: «Badan tarbiyasiga qadim zamonlardan boshlab kata ahamiyat berilgan. Insonning butun a’zosi salomat va quvvatga ega bo’lmasa, unda inson uzoq yashamaydi. Agar insonning tanasidagi a’zolaridan biriga xalal tegsa, u kishi ishdan qo’lini tortib, boshqalarning muhtojiga aylanadi. Bizning farzandlarimiz ilm olishlari bilan birga, ularning badan tarbiyasiga ahamiyat berishimiz lozimdir».
Fitrat bolalaming toza, ozoda bo’lishlari, tabiat go’zalliklaridan estetik zavq ola olislilariga ahamiyat beradi va deydi: «Havo inson uchun ovqatdan ham muhimdir. Besh-olti soat ovqatsiz turish mumkin, bir daqiqa havosiz turish mumkin emas. Shuning uchun go'daklani hamma vaqt sof havoga, bog'-chorbog’larga olib chiqish lozimdir. Farangdagi shaharlarning har taraflarida bolalar uchun chorbog’lar, havo maydonchalari yaratilgan. Bulardan tashqari, ularning maktablarida bolalar tanaffus vaqtlarida maxsus maydonchalarda turli o'yinlar o'ynaydilar. Fitrat bolalarning jismoniy tarbiyasida turli harakatli o'yinlar kata o‘rin tutishini ham aytib o‘tadi. Ota-onalariga o‘z bolalarining shunday o'yinlar bilan mashg'ul bo’lishlarini maslahat beradi, harakat har bir kishi uchun, ayniqsa, bolalar uchun zarurdir; shuning uchun bolalarni jismoniy chiniqtirishda ularni ayrim o'yinlar bilan mashg'ul qilish foydalidir; bolalarni o'yindan man etishning foydasi yoq’dir; ularning doimo bir joyda o'tirishlari, harakat qilmasliklari ularning badanlari zaif bo'lishlariga olib keladi. Ota-onalar doim o'z bolalarini oyinga tashviq va targ'ib qilishlari lozimdir. Ammo bolalarning о’yinlari odob va axloq doirasidan tashqari chiqmasligi kerak. Fitrat bu harakatli o'yinlar bolaning aqli, farosati, ilmi rivojlanishiga va to'g'ri axloqiy tarbiya topishiga yordam berishi kerak, deb hisoblaydi. U bu o’yinlar orqali bolaga hayotni o’rgatish, aqliy va axloqiy tarbiya ham berish mumkin, asosiysi, bolani jismonan chiniqtiradi, deb biladi.
Fitrat yana bolalarning sog’lom, jismonan yetuk bo’lishlari uchun tozalikning ahamiyati juda kattaligini tushuntirib o‘tadi: «Nazofat (tozalik) va pokizalik kattalar uchun qanchalik lozim bo’lsa, kichik bolalarga ulardan ko'ra o‘n baravar zarurdir. Uning zarurligining ikki jihati bor. Avvalo, bolalar kattalarga nisbatan oldinroq xastalik qobiliyatiga ega. Shuning uchun ifloslik har qanday bemorlikni keltirib chiqaradigan manba bo'lib, ifloslik kattalarga nisbatan bolalarga o‘n barobar ziyon yetkazadi. Ikkinchidan, ular yoshlikdan pokizalikka o‘rgatilsa, pokizalik bora-bora ularning odatiga aylanadi. Aksincha, yoshlikdan ifloslikka o‘rgatilsa kata bo’lganda bam shunday odatga o'rganadilarki, bu kishilarning nafratiga sazovor bo’ladi». Murabbiy bolalarga shaxsiy gigiena qoidalarini o'rgatishni alohida ta’kidlab o’tadi: «Ota-onalar va muallimlar bolalarni har kuni yuzlarini sovunlab yuvdirsinlar, og‘iz va tishlarini tozalab yuvdirsinlar, doimo liboslarini nazorat qilsinlar, mumkin qadar bolalarni chivin va pashshalar bo’lmagan joylarga o’tkazsinlar, chunki bu hasharotlar turli kasalliklarni tarqatuvchidirlar».
Abdurauf Fitrat tarbiya haqida shunday deydi: “Tarbiyasi go’zal farzand yaratganning ne’matidir. Yaxshi tarbiya insonning baxtu-iqboli omilidir. Ba’zi fe'lu atvor tug’ma bo’lsa-da, yaxshi xulq ko’pincha shakllantiriladi”. Keyinroq Fitrat fikr-aql tarbiyasi to'g'risida, ya’ni aql rivojlanishida muhokamaning o'rni haqida mulohaza yuritadi. Fikr va aql insonni kamolotga yetkazadi va o‘qish, o‘rganish qobiliyati uni saodatmand qiladi. Insonning komil aqli yaxshilik muhokamasidir. Muhokama nima? Muhokama ikki qismga bo’linadi: birinchisi ma’lum bo'lgan hukm, voqea va hodisalar; ikkinchisi, noma’lum voqea va hodisalardan xulosa chiqarilishidir. Masalan, «Vatan xizmati vojibdir»(shartdir). Bu hukm noma’lumdir. Bu hukmga yana boshqa ikki ma’lum hukm lozimdir, ya’ni: «Vatan bizning valine'matimizdir» (saxovatmandimiz, ne’matlar bilan ta’minlovchimizdir). «Har bir valine’mat (oliyhimmat inson)ning Vatan uchun xizmati vojibdir», bas, «Vatan xizmati vojibdir», degan hukm yuqoridagi ikki mal’um vaziyatlar bilan ochiladi. Demak, muhokama uch qismdan tashkil topib, avvalgi hukm noma’lum bo’lib, qolgan ikki qismi avvalgisini to’ldiradi va vaziyati ma’lum deb, ataladi. Iinson muhokama orqali kamolotga yetadi. Muhokamaning aniq va ravshan bo’lishi uchun uch narsa zarur bo’lib hisoblanadi: 1. Isobot. 2. Istiqomat. 3. Sur’at. Isobot ma’lum vaziyati hukmning to‘griligiga, bexatoligiga aytiladi. Istiqomat ma’lum voqea-hodisalaming, hukmning barqarorligi, sur’ati esa to'xtovsiz, tezlik bilan tartib berilishi, demakdir. Avvalo, bolalarni isobot sohibi bo'lishlarida, bir voqea va hodisa ustidan fikr yuritganlarida ularga to'g'ri, bexato ma’lumotlar beraylik. Chunki fikr, ularni xatolarga, xatarli yo’llarga olib borishi tabiiydir. Asossiz muhokama bolalar tarbiyasiga kata ziyon yetkazadi. Keyin bolalarni istiqomat sohibi qilib fikr yuritishlariga ahamiyat berishimiz kerak, ularni ma’lum vaziyatlarni noma’lum vaziyatlardan to‘g‘ri, aniq ajrata oladigan holatda tarbiyalash lozim, ya’ni har bir masala sohasidagi ma’lumotlarni tushunmasliklari uchun bolalarni muhokama qilishga odatlantirish kerak, yomonning yomonligini, yaxshining yaxshiligini muhokama orqali tushuntiring, doimo shunga diqqat qilingki, bolalar hech narsani ko’r-ko‘rona taqlid sifatida qabul qilmasinlar. Fitrat bu fikrlari bilan bolaga to’liq aqliy ta’lim berish uchun mana shu yuqoridagi ijtimoiy, ilmiy, dunyoviy fanlarni maktab dasturlariga kiritish kerak, degan xulosaga keladi. Va jadidlar bilan ochgan yangi usul maktablarida iloji boricha shu fanlarni ham bolalarga o‘rgatadi.
Fitrat maktablarda bolalarga nisbatan qo’llaniladigan tan jazolarini butunlay qoralaydi, unga qarshi chiqadi. Bolani tayoq zarbi bilan yaxshi inson qilib tarbiyalab bo‘lmasligini tushuntirib beradi. Fitrat o'quvchi shaxsini hurmat qilish zarurligini, unga nisbatan insoniy munosabatda bo’lish, qilgan gunohlarini o‘ziga to‘g‘ri, yaxshi so‘z bilan tushuntirish kerakligini, shunda u ham o'qituvchini hurmat qilishini uqtiradi. Fitrat yana bolaga beriladigan bilim uning Yoshi va bilish darajasiga mos bo’lishi, bolaga qiyinlik qilmasligini, agar beriladigan bilim bolaga juda oson yo juda qiyinlik qilsa u bilim olishdan bezib qolishini uqtiradi.
Fitrat o‘sha vaqtdagi Samarqanddagi ibtidoiy maktablar ishiga yaxshi baho beradi, ayniqsa Shakuriy maktabiga: «Samarqandliklar ikki-uch ibtidoiy maktabga ega, ularning eng yaxshisi Shakuriy maktabi. Garchi bu maktab unchalik taraqqiy etgan bo’lmasa-da, har holda mudir va muallimlarning olijanob himmatlari soyasida qisqa vaqt ichida rivoj topib, kamolotga yetishiga umid bog’lasa bo’ladi». Fitrat inson kamolotga erishishi uchun doimo intilishi, harakat qilishi lozimligi, doimo oldiga maqsadlar qo'yishi va unga yetishish uchun kurashish kerakligini, hech bir baxt yoki boylik inson intilmasa o'z-o’zidan kelmasligini uqtirib o'tadi. Fitralt bilim va iqtidor inson uchun zarur ekanligini, u mana shu bilimi va aqli bilan dunyodagi barcha maxluqlardan ham ustun turishini, shuning uchun inson doimo bilim olishga va o'z bilimini oshirib borishga intilishi kerak. Fitrat pedagog olim sifatida maktablar, oliy o'quv yurtlari uchun bir qancha darslik va amaliy o'quv qo'llanmalari yozadi, adabiyot nazariyasiga, o'zbek adabiyoti va san’at tarixiga juda kata hissa qo'shdi. U yaratgan ilmiy ishlar: «Qutadg'u bilig», «Adabiyot qoidalari», «Ahmad Yassaviy hikmatlari», «Ahmad Yassaviy maktabi shoirlari to'g'risida tekshirishlar», «XVI asrdan so'nggi o'zbek adabiyotiga umumiy bir qarash», «Muhammad Solih», «Aruz haqida», «Abulqosim Firdavsiy», «Ertaklar va haqiqatlar», «O’zbek shoiri Turdi». «Tilimiz», «O'zbek tili saboqlari», «O‘zbek musiqasi to'g'risida», «O‘zbek mumtoz musiqasi va uning tarixi», «Sharqda shaxmat» va boshqalar. Alisher Navoiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Muhammad Solih, Turdi, Bedil, Mashrab kabi ijodkorlarning badiiy meroslariga oid ilmiy ishlar. Bu ishlarning nomidanoq ko'rinib turibdiki, adabiyotimiz, san’atimizning bugungi kunda biz tadqiq etishga kirishmoqchi bo'lib yurgan muammolarini Fitrat bundan 70-80 yil ilgari hal qilib bergan. U yana fors-tojik shoirlari Firdavsiy, Umar Hayyom ijodi haqida ham tadqiqotlar olib boradi. Uning bu ilmiy ishlari hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.
Fitrat axloqiy tarbiyani bolalar eng avvalo o‘zi yashayotgann atrof-muhit, ko'chadagi bolalardan olishlarini ta’kidlab o'tadi. Olim ijtimoiy mihitning bola tarbiyasidagi ahamiyati juda kata ekanligini ko'rsatib, bolalarni suvga o'xsbatib: «Suv qaysi rangdagi idishda bo’lsa, o'sha rangda tovlangani kabi, bolalar ham qanday muhitda bo’lsalar, o‘sha muhitda har qanday odat va axloqmi qabul qiladilar. Axloqiy tarbiyaning eng buyuk sharti shundan iboratki, bolalar ko‘proq yaxshi va yomon ahvolni oilalaridan, ko'chadagi o‘rtoqlaridan, maktabdagi o'quvchilardan qabul qiladilar». Bu fikrlar bilan Fitrat yana bola tarbiyasi bilan faqat maktab emas, balki avvalo oila va jamoatchilik shug'ullanishi kerakligini ko’rsatadi. Ayniqsa, axloq tarbiyasida oilaning, ota-onaning o’rni juda kata ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Fitrat bolaning axloqiy tarbiyasida maktabdagi boshqa bolalaning kata ta’siri borligini ko'rsatib, maktabdagi axloqi yomon bolalarni tezda tuzatish choralarini toppish lozimligini «mакtablardagi badaxloqlikda mashhur bo’lgan bolalarni agar ularni tuzatish iloji bo’lmasa, maktabdan chetlashtirish maqsadga muvofliqiigini ta’kidlab o‘tadi. Chunki u bola o'zining yomon axlo­qiy sifatlarini boshqa bolalarga ham o'tkazmasligi uchun shunday chorani ko’rish lozim», deb hisoblaydi Fitrat. U axloqi buzuq kishilarni maktabda muallimlik vazifasigagina emas, balki maktab qorovulligiga ham yaqinlashtirmasliklarini juda to’g’ri harakat, deb biladi. Yana u bolalar axloqiga zararli bo'lgan, yoshiga mos kelmaydigan kitoblarni bolalarning o'qishlariga ruxsat bermaslik kerak,- deydi Fitrat o‘z asarlarida vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ozodalik, maqsad sari intilish, insonlarga mehr-shafqatli bo’lish, o'z manfaatidan xalq manfaatini yuqori qo’yish g'oyalarini ulug’laydi. Vijdonsizlik, poraxo’rlik, ikkiyuzlamachilik, boshqalarni ezish evaziga boylik to'plash, xalqqa zulm o‘tkazish kabi jihatlar esa qoralanadi. Abdurauf Fitrat o'zining butun hayotidavomida milliy mustaqillikka erishish va mustamlakachilikka qarshi kurash, Ovrupo ilmi, texnikasi, madanyatidan o'rganish muammolarini tinimsiz targ‘ib qilgan siymolardan biri sifatida barcha kishilarga, eng awalo, yoshlarga ibratdir. U 1905-1906-yillari jadidchilikoqimining ko’zga ko'ringan tarafdori sifatida, so‘ngra o'zining «Hind sayyohi», «Rahbari najot» singari asarlari orqali ma’rifatparvar va yozuvchi sifatida musulmonlarni, eng avval, yoshlarni g'aflat uyqusidan uyg'otishga, eng muhimi, o'zligini tanishga, fan-texnikani rivojlantirish uchun g‘avrat bilan o'qish-o'rganishga undaydi.U yoshlarn yangi jamiyat qurishga da’vat etadi. El-yurtning baxti, saodati, istiqloli uchun kurashishga chorlaydi. «Xalq baxti uchun kurashmgan yoshlarni bo'shang, jasoratsiz», deb tushunadi. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmida yashab ijod biri Ishoqxon Ibratdir. U ma’rifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o‘zbek matbaachilaridan biri, sayyox, kalligraf, naqqosh, otashin publisist va ilg‘or pedagogdir. Ibratning asli ismi Ishoqxon, otasining ismi Junaydulladir. Ibrat uning adabiy taxallusi. Ishoqxonning o‘ziga “Ibrat” taxallusini olishning boisi shundaki, u ijodining dastlabki yillaridan boshlab ma’rifatparvar shoir, olim sifatida nom chiqardi va kishilarni zamon ilmidan, ilg‘or madaniyatdan, ta’lim-tarbiyadan o‘rnak olishga chaqirdi. Shuning uchun ham o‘ziga “Ibrat” taxallusini tanladi. Ishoqxon 1279 hijriy (1862 milodiy) yilda Namangan yaqinidagi To‘rqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ildi. Uning otasi Junaydullaxo‘ja Sunnatillaxo‘ja o‘g‘li ancha bilimli sohibkor bog‘bonlardan edi. U adabiyotga, she’riyatga ancha ixlos qo‘ygan va “Xodim” taxallusi bilan birmuncha she’rlar bitgan kishi bo‘lgan. Onasi Huribibi, o‘z davrining o‘qimishli, oqila ayollaridan bo‘lib, o‘z uyida qishloq qizlarini o‘qitardi. Huribibi ham adabiyot ixlosmandi bo‘lib, u ham she’r yozgan. Lutfiy, Alisher Navoiy, Jomiy, Bedil, Mashrab kabi buyuk shoirlarning asarlarini mutolaa qilish bu xonadon uchun sevimli mashg‘ulot hisoblanardi. Oiladagi bunday hayotiy vaziyat Ishoqxonda adabiyotga muhabbatning erta paydo bo‘lishi uchun asosiy omil bo‘ldi. Ishoqxon Sharq mamlakatlari bo‘ylab sayohatni davo ettirdi va Yevropaning Istambul, Sofiya, Afina hamda Rim singari markaziy shaharlarida bo‘ldi. Ancha vaqt Afg‘onistonning Qobul, Arabistonning Jidda kabi yirik shaharlarida istiqomat qildi. Arabistonning Makka shahridan Qizil va Hind dengizlari orqali Hindistonga keldi. 1892—1896 yillarda Hindistonning eng katta port shaharlari Bombey va Kalkuttada yashadi. Ishoqxon Ibrat u yerlarda ko‘p ishlatiladigan arbail lisonni, ya’ni to‘rt tilni: arab, fors, hind-urdu va ingliz tillarini mukammal o‘rgandi. U chet ellarda o‘sha yerlik xalq hayotini, madaniyati va san’atini o‘rgandi. Sharq mamlakatlariga yevropaliklar orqali kirib kelgan Yevropa madaniyati, san’ati bilan yaqindan tanishdi. “Lug‘ati sitta-al-sina”, “Jome’ xutut”, “Tarixi Farg‘ona” kabi ilmiy asarlari uchun materiallar to‘pladi. U bu davrda Sharq xalqlari tillari bilan bir qatorda G‘arb xalqlari tillarini ham bilish zarur, deb hisobladi va Arabistonda fransuz tilini, Hindistonda ingliz tilini, shu bilan birga, eng qadimiy finikiya, yahudiy, suriya, yunon yozuvlarini o‘rgandi. Rus tili bilan bir qatorda yaqin sharq va g‘arb tillarini ancha mukammal bilgan Ishoqxon Ibrat bu muhim masalada ham o‘z xalqiga yordam qo‘lini cho‘zdi. U olti tildagi: arabcha, forscha, hindcha, turkcha, sartcha (o‘zbekcha) va ruscha so‘zlarni o‘z ichiga olgan “Lug‘ati sitta-al-sina” nomli mukammal lug‘at kitobini yaratdi. Muallif ruscha yozuv tizimini bilmaydiganlarga ham qulay bo‘lsin uchun rus so‘zlarini arab yozuvi bilan beradi. Ma’lumki, rus va Yevropa so‘zlarini arab yozuvida ifodalash ancha murakkab ish, lekin Ishoqxon Ibrat bu murakkab ishni muvaffaqiyatli hal qildi. Ishoqxon Ibratning mazkur “Lug‘ati sitta-an-sina” asari bir necha yillik sarguzashtlardan so‘ng 1901 yilda Toshkentda nashrdan chiqdi. Mazkur lug‘at ilg‘or pedagoglar tomonidan ochilgan usuli savtiya o‘rganishda birdan-bir darslik qo‘llanma sifatida foydalanib kelindi. Tilshunoslik fanining bu murakkab sohasida Ishoqxon Ibrat ancha mukammal “Jome’ul xutut” (“Yozuvlar majmuasi”) nomli ilmiy asar yaratdi. Bu asarda muallif yozuvlarning eng ibtidoiysi piktografik yozuvlardan, to so‘nggi davr eng mukammal yozuvlarigacha bosib o‘tilgan tarixiy taraqqiyotni yoritib berishga harakat qildi. Olimning mazkur asari anchagina katta hajmda- 132 betdan iborat bo‘lib, 1912 yilda o‘zining bosmaxonasi “Matbaai Ishoqiya”da nashr qilindi. Ishoqxon Ibratning jahon xalqlari tarixiga bag‘ishlangan mazkur “Jome’ul xutut” asarining nashr etilishi, o‘zbek matbaachiligi madaniyati tarixida, yozuvlar tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U o‘zining “Tarixi madaniyat” asarida xabar berishicha, keyingi 20 yil ichida 14 ta ilmiy tarixiy, lingvistik, pedagogik asarlar va 30 yillik poetik ijodining majmui bo‘lmish “Devoni Ibrat” she’rlar to‘plamini yaratdi. Ishoqxonning tilshunoslikka oid “Lug‘ati sitta-al-sina”, “Jome’ul xutut” asarlaridan tashqari tarixshunoslikka oid “Tarixi Farg‘ona”, “Tarixi madaniyat” va “Mezonul zamon” ilmiy asarlari bizgacha yetib kelgan. Ishoqxon Ibrat “Tarixi Farg‘ona”, “Tarixi madaniyat”, “Mezonul zamon” asarlarida ham o‘zinin pedagogik-ma’rifatparvarlik qarashlarini ilgari surdi. Ishoqxon o‘zining chet el sayohatida texnika va madaniyat rivojlangan ulkan shaharlarda bo‘ldi. U Turkiston shaharlari ham vaqti shahar qatoridan o‘rin olishiga ishondi. Buni amalga oshirishning birdan-bir yo‘li ilm-fandan, o‘qish-o‘rganishdan deb bildi. Ishoqxon Ibrat 1886 yilda eski maktablarga nisbatan birmuncha ilg‘or bo‘lgan maktabni ochdi. 1907 yilda esa ikkinchi marta qishloq bolalari uchun eski maktablardan butunlay farq qiluvchi bepul yangi usuli savtiya maktabi ochdi. Bu maktabda o‘z farzandlari Abbosxon, Vaqqosxon, Fayozxonlarni ham 25 nafar qishloq bolalarini o‘qitdi. Maktab o‘z uyida, yorug‘ derazali xonaga joylashgan bo‘lib, u yangicha o‘quv qurollari — parta, stol, stul, yangi kitoblar, darsliklar, daftar, doska kabilar bilan jihozlangandi, o‘qish-o‘qitish ishlarini bo‘lsa, u o‘zi tuzgan dasturi asosida olib bordi. Ishoqxon o‘z maktabida o‘zining “Lug‘ati-sita-al-sina”, “San’ati Ibrat qalami Mirrajab Bandiy” asarlaridan, Turkistonda rus-tuzem maktablarining asoschisi va bunday maktablar darsliklarining birinchi avtori S.M.Gramenisskiy uch qismdan iborat “Kniga dlya chteniya” (O‘qish kitobi), rus-tuzem maktablarining birinchi o‘zbek o‘qituvchisi va bu maktablar uchun o‘zbek tilida darslik yaratgan Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval”, Ali Asqar ibn Bayramali Kalininning “Ta’limus soniy”, Namangan rus-tuzem maktabining o‘qituvchisi M.M.Oraqulovning 1887 yilda nashr qilingan “Samouchitel” russkogo yazo‘ka shkol” kabi darslik va qo‘llanmalaridan foydalandi. Ishoqxon yangicha ta’lim-tarbiya tizimining nihoyatda katta afzalliklarini isbotlashda ko‘proq o‘zi erishgan yutuqlarga, o‘zi amaliyotga tatbiq qilgan yangi metodlariga tayanadi. Ishoqxon o‘z maktabiga haftalik dars jadvalini joriy qildi. Ishoqxon ilg‘or o‘qituvchi sifatida bolalarni maktabdan bezdiruvchi, ularda o‘qituvchiga nisbata nafrat uyg‘otuvchi tan jazosiga birinchilardan bo‘lib barham berdi. Ishoqxon faqat maktabda emas. Oilada ham bolani kaltaklab tarbiyalash o‘ta noto‘g‘ri usul ekanligini alohida ta’kidlaydi.Ishoqxon Ibrat ilg‘or pedagoglar orasida birinchi “qaldirg‘ochlardan” bo‘lib, 1914 yilda To‘raqo‘rg‘onda rus maktabi ochdi va uni “Uchitel” nomi bilan atadi. Bu maktabda 1916 yilgacha To‘raqo‘rg‘on va qo‘shni qishloqlardan 30 nafar o‘quvchi tehsil ko‘rdi. Ibrat bu maktabiga rus o‘qituvchilarni ham jalb qildi, o‘zi ham o‘qituvchilik qildi. Maktab 1916 yilda yopildi. Ishoqxonning husnixatga, xat-savod chiqarishga bag‘ishlangan “San’ati Ibrat”, “Qalami Mirrajab Bandiy” risolasi, “Ilmi Ibrat” nomli she’rlar to‘plami, yozuvlar tarixiga bag‘ishlangan “Jome’ul xutut” kabi ma’rifatparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan risola va kitoblari o‘zi tashkil qilgan matbaada nashr etildi. Namangan matbaasi mahsulotining kun sayin ortib borishi shahar va qishloqlarda kitob do‘konlari va kitob bozorlarining birmuncha ko‘payishiga sabab bo‘ladi. 1910 yildan boshlab Namangan shahrida 13 ta, Chustda 2 ta, Popda 2 ta, Yangiqo‘rg‘onda 1 ta kitob do‘koni ochildi. Bu do‘konlarda asosan “Matbaai Ishoqiya”da nashr qilingan kitoblar juda arzon narxlarda sotilar edi. Ma’rifatparvar Ishoqxon xalqning bilim saviyasini yanada oshirish niyatida kutubxona tashkil qilishga kirishadi, u yana tashabbusni o‘z qo‘liga olib o‘z uyida anchagina boy kutubxona tashkil qildi va uni “Kutubxonai Ishoqiya” deb ataydi. Ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanuvchi Yusuf Xos Hojibga tegishli “Qutadg‘u bilig” asarining Namangan nusxasi, deb nom olgan nodir qo‘lyozmasi “Kutubxonai Ishoqiya”ga mansubdir. Ibratning ma’rifatparvarlikka oid faoliyatining tub mohiyati shundaki, uning xoh ilm-ma’rifatga chorlovchi she’rlarida, xoh publisistik, xoh ilmiy asarlarida, xoh amaliy faoliyatida bo‘lsin, birinchi o‘ringa olib chiqiladi. U o‘z ijodida xalqning iqtisodiy-madaniy hayotiga xizmat qiluvchi ilm-fanni, texnikani kuylaydi. Shu nuqtai nazardan uning “Tarixi chofxona”, “Madaniyat haqida masnaviy”, “Turkiston ahliga xitob”, “Gazeta xususida”, “Tabrik Namangandin”, “Qalam”, “Tarixi manzumai vagon Ibratdin yodgor”, “Muhammasi Ibrat” kabi she’rlari ayniqsa diqqatga sazovordir. Shoir bu she’rlarida ilg‘or fan-texnika, madaniyatning otashin kuychisi sifatida maydonga chiqib, mamlakatni, xalqni qoloqlikka yetaklovchi amaldagi qonun-qoidalarni keskin fosh qiladi. Ishoqxon xotin-qizlar ozodligi, ularning erkaklar bilan bir qatorda ilm olishlari, mehnat qilishlari uchun kurash olib bordi. 1919 yilda uning tashabbusi bilan Namanganda o‘zbek ayollari uchun birinchi marta yangi maktab ochildi va Ishoqxonning taklifi bilan Husain Makayevning o‘zbek ayollariga dars bera boshladi. Ishoqxon Ibrat ayollar, yoshlar o‘rtasida maktabning ahamiyati, ilm-fan yutuqlari haqida suhbatlar, ma’ruzalar uyushtirib turdi. Ishoqxon Ibrat bu davrda ijodiy ish bilan bir qatorda jamoat ishlari ham olib bordi. U qishloqni obodonlashtirish, maorif, madaniyat, ta’lim-tarbiya ishlarini tubdan yaxshilashda faol qatnashdi. Maktablar ochish, malakali o‘qituvchi kadrlar tarbiyalab yetishtirish, yoppasiga savodsizlikni tugatish, xalq farzandlarini maktablarga tortish ishlarida faol ishtirok etdi. Ishoqxon Ibrat 1937 yilda 75 yoshida vafot etdi. Ijodkor xalqimiz fan, texnika, madaniyat, hamda pedagogikamiz taraqqiyoti tarixidagi ulkan xizmatlari uchun To‘raqo‘rg‘on tumani markazidagi 44-o‘rta maktabni uning nomi bilan atashga qaror qildi. Ma’rifat darg‘asi, otashin shoir, olim va mohir o‘qituvchi, shubhasiz, ana shunday tahsinga loyiqdir, albatta. U ta’lim-tarbiya sohasida ziyoli pedagoglar ishlashini xohlagan. Bunga o‘zi ham amal qilib, ilg‘or pedagogika yutuqlariga suyanadi. Ibrat maqolalarining yana birida millatni jaholatga sudrayotgan illatlarni, ya’ni ilmsizlikni qattiq qoralaydi. Beilm, befikr, beparvolik va madaniyatsizlik kishilarni, mamlakatni halokatga olib kelishini izohlaydi. Behuda sarf-xarajatlar, isrofgarchilik ta’lim-tarbiyaning, ilmning yo‘qligidan paydo bo‘layotganini tushuntiradi. Ilmsiz kishi asossiz devor ekanligi, asossiz devor g‘oyatda bee’tibor ekanini ta’kidlaydi. Ma’rifatparvar pedagog Is’hoqxon Ibrat gazeta nashr qilishga muvaffaq bo‘la olmadi, ammo o‘z uyida ancha boy kutubxona tashkil qildi va uni «Kutubxonai Is’hoqiya» deb atadi. Kutubxonada turk, tatar, o‘zbek tillarida adabiyot kitoblari mavjud bo‘lgan. Kitoblardan qishloq aholisi unumli foydalangan. Ibrat asarlarida inson kitob mutolaasi tufayli dunyoqarashi o‘sishi, ma’naviy jihatdan yuksalishi alohida ta’kidlangan. Yoshlarning kitob o‘qishlarini Is’hoqxonning o‘zi nazorat qilib borgan. Adabiyotshunos olim Ulug‘bek Dolimov ma’lumotiga ko‘ra, O‘zFA ShI Qo‘lyozmalar fondida saqlanuvchi Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarining Namangan nusxasi deb nom olgan nodir qo‘lyozmasi “Kutubxonai Is’hoqiya”ga mansub bo‘lgan. “Kutubxonai Is’hoqiya”dagi kitoblar sonini ortib borishida “Matbaai Is’hoqiya”ning o‘rni katta edi. Bu matbaada chop etilgan kitoblarning deyarli hammasidan bir necha nusxa “Kutubxonai Is’hoqiya”ga topshirilar edi. Kutubxonada o‘sha davrda chop etiladigan turli gazeta va jurnallar ham bo‘lgan. Afsuski, bu kutubxonadagi ko‘plab nodir kitoblar 1918-1920 yillar hamda 1937 yildagi qatag‘on davrida yo‘q qilingan. Olimning “Lug‘ati sitta al-sina” (Olti tilli lug‘at) asari 53 sahifadan iborat. Lug‘atda mingdan ortiq faol so‘zlar joy olgan. Ibratning bu asari o‘z davrida katta ahamiyat kasb etgan. Asar eski o‘zbek yozuvida yaratilgan bo‘lib, o‘sha davr keng xalq ommasiga tushunarli tarzda yozilgan. Lug‘atda o‘zbekcha so‘zlarning qarshisida arabcha, forscha, turkcha, hindcha va ruscha so‘zlarning tarjimalari berilgan.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, har bir millatning o‘ziga xos bo‘lgan ma’naviy qadriyatlari umuminsoniy qadriyatlarning bir qismi sanaladi. Hozirgi kunda xalqimiz tarixida yoshlarni tarbiyalash va ularni bilim olish, jamiyatda o‘z kasbining mahoratli egasi bo‘lib, mamlakat rivoji uchun hissa qo‘sha oladigan ruhda tarbiyalash qonuniyatlari, qoidalari va usullarni o‘rganuvchi pedagogika, tarbiya fanining ravnaq topishi yo‘lida namunali xizmat qilgan olimlarimiz, jadid pedagoglarining hayoti va pedagogik faoliyatlarini o‘rganish muhim vazifalardan biri sanaladi. Mana shu jihatdan olib qaralganda, Is’hoqxon Ibrat yoshlarni ilm-ma’rifat egallab, ezgu nom qoldirishga chorlagan avlodimizning buyuk vakilidir. Demak, Is’hoqxon Ibratdek fan fidoyisi, zahmatkash pedagog haqida uning salohiyatli mehnatlari yuzasidan ma’lumotlarga ko‘proq ega bo‘lish uchun Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida barpo etilgan Is’hoqxon Ibrat majmuasi tarkibidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab hamda Is’hoqxon Ibrat muzeyiga tashrif buyursalar, ziyoli vatandoshimizning ruhini shod qilgan bo‘ladilar. Umuman olganda, Ibrat bobomizning asarlarini nashrga tayyorlab, kitobxonlarimizga taqdim etish bugungi adabiyotshunosligimiz oldidagi dolzarb vazifalardan biri bo‘lib turibdi. Ma’rifatparvar, fidoyi shoir Is’hoqxon Ibratning barchamizga ibrat bo‘la oladigan umr yo‘llari xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish va boyitishda muhim ahamiyatga ega.

Download 65.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling