Reja: Umumiy qoidalar Ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlari


Download 113.5 Kb.
bet1/11
Sana27.03.2023
Hajmi113.5 Kb.
#1299303
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
EKSTRIRIZM




MAVZU: Ekstremizmga qarshi kurash tо‘g‘risidagi qonun.


REJA:
1. Umumiy qoidalar
2. Ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlari
3. Ekstremizmga qarshi kurashish subyektlari
4. Ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarlik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
EKSTREMIZMGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 12-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 28-iyunda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik
Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Shanxay konvensiyasi (2001-yil 15-iyun, Shanxay)
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ekstremizm — ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, hokimiyatni zo‘rlik ishlatib egallashga va uning vakolatlarini o‘zlashtirib olishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishga qaratilgan harakatlarning ashaddiy shakllari ifodasi;

Download 113.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling