Reja: Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining umumiy qoidalari
Download 100 Kb.
|
Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligi xususiyatlari
Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligi xususiyatlari Reja: Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining umumiy qoidalari Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo`lanadigan jazo tizimi va turlari Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlash Insonparvarlik va odillik prinsiplaridan kelib chiqib, O`zbekiston Respuplikasi Jinoyat kodeksi oltinchi bo`limi XV-XVIboblarida “Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari»ni belgilangan. Bu boblarda voyaga yetmaganlarga nisbatan tayingilanadigan jazo tizimi, jazo tayilash qoidalari, javobgarlikdan, jazodan ozod qilish hollari aks ettirilgan. Bizga ma`lumki, sobiq Ittifoq davrida voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldindani olish va unga qarshi kurashishga yetarli darajada (ba`zi kamchiliklarini e`tiborga olmagan holda) e`tibor berilgan bo`lsa ham, ammo Jinoyat qonunidagi bunday jinoyatchilikning oldindani olishga qaratilgan normalar shu vaqtgacha biror marta ham tizimlashtirilgan holda, hozirgi kodeksimizdagidek, alohida bir bo`limda berilmagan edi. Unda ko`rsatilgan normalar jinoiy javobgarlikning umumiy qoidalarini o`z ichiga olishi bilan birga, voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilganda ularga nisbatan jazo turlarining ancha takomillashganligi, sud ularga jazo tayinlashda o`smirning ruhiy rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog`ligini, sodir etgan jinoyatining sabablarini, katta yoshdagi kishilar va vaziyatning jinoyat sodir etilishidagi o`rnini e`tiborga olib, javobgarlik yoki jazodan ozod qilishda unga nisbatan davlatimiz tomonidan beriladigan bir qancha yengilliklarda ifodalanishi ko`rsatilganki, bunday holatlar kodeksning 7-moddasida ko`rsatilgan insonparvarlik prinsipining amalda qo`llanilayotganligiga misol bo`ladi. Voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir qilinganida, davlat tomonidan ularning bu qilmishiga beriladigan jazoning kattalarga beriladigan jazoga nisbatan ancha yumshoqligi qadimgi quldorlik davlatlariga ham xos bo`lganligini Rim davlatining “XII jadval qonunlari”da ham uchratamiz. 1[152] Amaliyot xodimlari va olimlar o`rtasida ko`p yillardan beri voyaga yetmaganlarning javobgarligini qonunda alohida ajratib ko`rsatilishi zarurligi to`g`risida turli fikrlar mavjud bo`lib, bu masala 1994-yil qabul qilingan Jinoyat kodeksida o`z aksini topdi. Voyaga yetmaganlarning javobgarligi xususida jinoyat huquqi fanida turli fikrlar bildirilgan bo`lib, aybdor shaxsning ahamiyati sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavfliligi darajasidan kam emasligi ta`kidlanadi. Jinoyat kodeksi 17-moddasi, 5-qismiga muvofiq o`n sakkiz yoshga to`lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga asosan va Jinoyat kodesining oltinchi bo`limida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi 163 ta normasida voyaga yetmaganlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Download 100 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling