Reja: XIX asr birinchi yarmi Xiva xonligi tarixiga oid manbalar


Download 158 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi158 Kb.
#1402789
  1   2   3   4
Bog'liq
Reja XIX asr birinchi yarmi Xiva xonligi tarixiga oid manbalar


Mavzu: XIX asr birinchi yarmida Xiva xonligi tarixshunosligi
Reja:

  1. XIX asr birinchi yarmi Xiva xonligi tarixiga oid manbalar

  2. XIX asr birinchi yarmida Xiva xonligining siyosiy tarixi tarixshunosligi

  3. XIX asr birinchi yarmi Xiva xonligidagi ijtimoiy va iqtisodiy ahvol
XIX asr birinchi yarmiga oid Xiva xonligi tarixini yoritib beruvchi asarlarni va manbalarni shu davr Buxoro hamda Qo'qon xonliklari kabi manbalar darajasida deb bo'lmaydi. Garchi turli davrdagi oid Xiva xonligi tarixini o'rganuvchi manbalarni biz avvalgi ma'ruzalarimizda keltirib o'tgan bo'lsakda, XIX asr birinchi yarmi Xiva xonligi tarixshunoslik va manbashunoslik maktablari hali ilmiy darajada o'rganilmaganligini ta'kidlab o'tish joiz. Shunga qaramay, XIX asr Xiva xonligi tarixiga oib bir qancha manbalarni keltirib o'tishimiz mumkin. Bunday manbalar qatoriga mahalliy tarixchilar tomonidan yozilgan, Muhammad Yusuf Bayoniy qalamiga mansub «Shajarai Xorazmshohiy» saroy tarixchisi Munis (1778-1829) tomonidan boshlangan va shoir hamda tarixchi Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan davom ettirilgan (1809-1874) «Firdavs ul-iqbol» (Iqbolnoma) asarlarini keltirib o'tishimiz mumkin. Mahalliy tarixchilar bilan birga ayrim rus sayohatchilari va o'lkani mahsus o'rgangan rus tadqiqotchilari asarlari. Masalan: “Vse turkmeni proisxodyat iz Mangishl” kiradi. Xiva xonligining ko'rilayotgan davr yuzasidan qimmatli ma'lumotlarni ko'p jildli “Turkestanskiy sbornik” to'plamidan ham olishimiz mumkin. Yuqoridagilardan ko'rinadiki, Xiva xonligi tarixshunoslik maktabi va mahalliy tarixchilar asarlari o'rganilishi kerak bo'lgan dolzarb masalalardan biridir. 2-masala: XVIII asrning 60 yillaridan boshlab Xiva xonligida yuzaga kelgan siyosiy vaziyat hokimiyatni Xiva qo'ngirotlari tomonidan qo'lga olinishi uchun yo'l ochib berdi. Ko'p sonli qabila va uruglarning boshliqlari madadiga tayangan Muhammad Amin inoq 1770 yilda turkmanlar qo'zgolonlarini bostirib, xonlikda birmuncha osoyishtalik o'rnatishga erishdi. Shu davrdan boshlab Xiva xonligida hokimiyat amalda qo'ngirotlar qo'liga o'ta boshladi. Rasmiy hokimiyat esa chetdan chaqirilgan qozoq sultonlari qo'liga topshirib qo'yilgan va Muhammad Amin ham uning o'gli Avaz ham (1790-1804) inoq unvonida davlatni boshqarib kelgan edilar. Bu mavqe inoqlardan Eltuzargacha davom etdi va Muhammad Amin inoqning nabirasi bo'lgan Eltuzar 1804 yilda hokimiyatga erishgach, qozoq sultonlaridan bo'lgan soxta xon Abulgozini taxtdan tushirib, o'zi rasman xon unvonida Xiva hukmdori bo'lib qoldi (1804-1806). Shu tariqa 1804 yildan boshlab Xiva xonligi taxti rasman Xiva qo'ngirot qo'liga o'tdi. Eltuzarxon o'z hukmronligi yillarida Xiva xonligining barcha hududlarini birlashtirishga va siyosiy barqarorlikni mustahkamlashga harakat qildi. Biroq u 1806 yilda Buxoro amirligi qo'shinlari bilan bo'lgan janglardan birida halok bo'ldi. Taxtga Xiva qo'ngirotlarining yirik namoyondalaridan biri bo'lgan, Eltuzarxonning ukasi Muhammad Rahim I o'tirdi (1806-1805). Muhammad Rahimxon taxtga chiqishi bilan avvalgi soxta xon Abulgozi mavqeini tikladi va shu yo'l bilan o'z nufuzini oshirishga harakat qildi. Muhammad Rahimxon hukmronlik qilgan davr Xiva xonligida siyosiy keskinliklar bilan davom etdi. U shavqatsiz kurash olib borishi yo'li bilan Xiva xonligini birlashtirish va xonlik hududlarini kengaytirishga harakat qildi.
Davlat boshqaruvini mustahkamlash borasida ham ma'lum ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, ma'muriy tartibda devon joriy qildi, mamlakat iqtisodiy hayotini yo'lga qo'yish maqsadida soliq islohoti o'tkazdi, muntazam soliqlar yigib olish bilan davlat xazinasini boyitdi, iqtisodiy sohani yanada mustahkamlash maqsadida bojxona va zarbxona tashkil etdi va oltin hamda kumush zarb qildira boshladi. Markaziy hokimiyatni birmuncha mustahkamlashga erishgan Muhammad Rahimxon asta-sekin mayda bekliklarni ham bo'ysundirish siyosatini olib bordi. Qattiq kurashlardan so'ng 1811 yilda Orol bo'ylarida yashovchi uruglarni xonlikka bo'ysundirdi. Qo'ngirot shahri vayron qilindi va XIX asr boshlarida qoraqalpoqlar bo'ysundirildi.
Muhammad Rahimxon turkmanlarni itoatda tutib turish uchun turli siyosatlarni yuritardi, goh ularni Eron bilan urushga jalb qilib kuchsizlantirsa, goh o'zi harbiy yurishlar qilib ularni asirlarga olardi, gohida esa turli qabilalarga galla va boshqalar sotib olishdi imtiyozlar berardi. Muhammad Rahimxon Sirdaryo bo'ylarida yashovchi qozoqlarni ham o'ziga bo'ysundirishga harakat qildi, biroq ruslar bu vaqtda qozoqlarni o'z tobeliklarga olgan edilar. Eron va Afgoniston bilan munosabatlar bu davrda nisbatan mo''tadillashdi. Muhammad Rahimxon hukmronligi yillarida Rossiya imperiyasi Xiva xonligi bilan ayrim munosabatlarni o'rnatishga harakat qildi. 1819 yilda kapitan Muravev boshchiligidagi elchilar Kaspiy dengizi sohillarda qal'a qurish va Xiva karvonlarini Mangishloqqa emas, balki Krasnovodsk portiga yo'llash masalasida Xiva xonligiga keldi. Biroq Muhammad Rahimxon bunga ko'nmadi. Hukmronligining oxirgi davrlarida 1822 yilda Muhammad Rahimxon Marvni o'ziga bo'ysundirdi.
Muhammad Rahimxon vafotidan so'ng Xiva xonligi taxtiga uning o'gli Olloqulixon (1825-1842) chiqdi. Olloqulixon hukmronligi davri o'zaro urushlarga va to'qnashuvlarga boy va shiddatli bo'ldi. Xonlikning shimolida yashovchi yarim ko'chmanchi turkman qabilalaridan taka, sariq, salor va boshqalar kuchayib ketdi. Bu esa xonlikning ichki siyosiy ahvoli keskinlashuviga olib keldi. Bundan tashqari xon deyarli har yili Xurosonga yurishlar uyushtirdi, turli talonchiliklardan tashqari Olloqulixonning o'zi Xurosonga 5 marta yurish qilgan edi. Olloqulixondan so'ng taxtga o'tirgan Muhammad Aminxon (1845-1855) ham Xuroson va Marvga 10 martadan ko'p yurish qildi. Saraxsni qamal qilishda qatnashgan xonning o'zi ham shu jangda halok bo'lgan edi.
Xiva xonligi va Buxoro amirligi o'rtasida bu davrda ham o'zaro dushmanlik va raqobat kayfiyati saqlanib qolgan edi. Yuqoridagilardan ko'rinadiki, Muhammad Rahimxon hukmronligi yillarida birmuncha siyosiy va iqtisodiy jihatdan mavqei mustahkamlangan Xiva xonligi keyingi xonlar hukmronligi davrida ichki hamda tashqi urushlar va kurashlar girdobida qoldi. Bu esa o'z navbatida chor Rossiyasi bosqini arafasida xonlikning siyosiy va harbiy jihatdan zaiflashuviga olib kelgan edi. 3-masala: XIX asr birinchi yarmida Xiva xonligi aholisi 800 ming kishidan ortiq bo'lib, ularning 65 foizini o'zbeklar va 26 foizini turkmanlar tashkil qilardi. Aholining asosiy qismi o'troq turmush tarziga ega bo'lgan. Xonlik ma'muriy jihatdan 15 beklik va 2 noiblikka bo'lingan edi. Oliy hokimiyat xon tomonidan amalga oshirilgan. Xondan keyin turuvchi harbiy-ma'muriy amaldorlar pogonasini inoq, otaliq va biy boshqarar edi.
Ular xonlikdagi hokimiyatni amalga oshiruvchi alohida imtiyozlarga ega tabaqalar hisoblangan. Davlat boshqaruviga oid masalalarni hal etish maqsadida. Muhammad Rahimxon I ana shunday nufuzli amaldorlardan iborat devon, ya'ni davlat kengashi tashkil etgan edi. Xonlikdagi alohida imtiyozlarga ega bo'lgan tabaqalardan yana biri ruxoniylar-din peshvolari, ulamolar edi. Ular tomonidan xonlikdagi barcha diniy ishlar va sud ishlari amlga oshirilgan va ular o'z navbatida davlatning ichki va tashqi siyosatiga ham ta'sir o'tkazib turganlar. Xonlikdagi eng ko'p sonli va eng kam imtiyozlarga va huquqlarga ega bo'lgan aholi qatlami boshqa xonliklarda bo'lganidek, oddiy halq edi. Ular davlatning eng asosiy moddiy boyliklarini yaratuvchilar edi.
Xonlikda er egaligi uch shakldan iborat bo'lgan, erlar ikki qismga, ya'ni sugoriladigan (ax'ya) va sugorilmaydigan (adra) erlarga bo'linardi. Bu erlarning ko'p qismi xon va uning qarindoshlari qo'lida to'plangan edi. Bunday erlar ijaraga ishlovchilarni «yarimchilar» deb atashgan, sababi ular olgan hosillarning yarmini er egasiga topshirishlari lozim bo'lgan. Ariq qazish ishlari shaxslar tomonidan boshlab beriladigan ham bunga dalildir. XIX asr boshlarida Amudaryodan Davzan arigi chiqarildi va keyinchalik bu ariq erlarni sugorishni kengaytirish maqsadida katta kanalga aylantirildi. Davzan kanalida Parsu, Xo'jayli va Ko'xna Urganch erlari sugorilgan. 1815 yil qazilgan Qilich Niyozboy kanalidan esa Darelikning o'ng sohilidagi erlar sugorilgan. Ariqlar va kanallar qazish ishlari XIX asr oxirlarigacha davom etdi. Xonlikning asosiy iqtisodiyoti qishloq xo'jaligidan iborat bo'lgan va aholining asosiy qismi ham qishloq xo'jaligi bilan band bo'lgan aholidan undirib olinadigan soliqlar evaziga xonlik xazinasi to'ldirib turilgan.
Xonlikdagi asosiy soliq turi er soligi bo'lib, “salgut” deb atalgan. Bundan tashqari halq 20 ga yaqin turli xil soliqlar va to'lovlar to'langan. Soliqlar bilan bir qatorda halq begar, kazu, ichki va obxura kazu kabi majburiy mehnat va xashar ishlariga ham jalb etib turilgan. Urush payitlarida soliqlar miqdori va majburiy xashar ishlari miqdori oshib turgan. Xiva, Urganch, Qo'ngirot, Xo'jayli kabi shaharlar asosiy hunarmandchilik va savdo markazlari hisoblangan. Shuningdek xonlik Eron, Rossiya, Afgoniston hamda Buxoro va Qo'qon xonliklari bilan tashqi savdo munosabatlarini olib borgan.

Xonlikning aniq chegaralari haqida ma’lumotlar saqlanmagan. Chunki xonlik paydo bo‘lgan dastlabki davrlardan boshlab siyosiy vaziyat va harbiy harakatlarga qarab davlat chegaralari doimiy ravishda o‘zgarib turgan. XIX asrga kelib xonlik tarkibiga turkman, qozoq, qoraqalpoq va boshqa xalqlarning qo‘shilishi natijasida davlat sarhadlari ancha kengaydi. Manbalarga ko‘ra, Eltuzarxon (1804-1806 yy.) davrida xonlikning xududi uncha katta bo‘lmasdan, shimoliy chegarasi Orol-Qo‘ng‘irot hokimligi, janubiy chegarasi esa Darg‘onota bilan chegaradosh bo‘lgan. XIX asr o‘rtalariga oid rus manbalarida xonlikning g‘arbiy chegarasi Kaspiy dengizigacha, janubda esa Marv vodiysi orqali Eronga tutashib ketganligi, shimolda esa Ural daryosigacha cho‘zilganligi qayd etilgan.
Xiva xonligi ma’muriy jihatdan XVI-XVIII asrlarda viloyatlarga bo‘lingan bo‘lsa, XVIII asr oxiri – XIX asr boshlaridan boshlab davlatdagi asosiy ma’muriy hududlar beklik deb atalgan. Manbalarga ko‘ra, bu davrda xonlikda 16ta beklik va 2ta noiblik mavjud edi. Ular Xazorasp, Gurlan, Xonqa, Kuhna Urganch, Qo‘shko‘prik, Pitnak, Qiyot, Shobboz (Shohabboz), Shovot, Toshhovuz, Ambarmanak, Urganch, Xo‘jayli, Shumanay va Qo‘ng‘irot bekliklari hamda Beshariq va Qiyot-Qo‘ng‘irot noibliklaridir. Ularni xon tomonidan tayinlangan beklar va noiblar boshqarganlar. Xiva shahri boshqaruvi xon va bosh vazir ixtiyorida bo‘lgan. Xonlikning poytaxti turli davrlarda Vazir, Kat, Ko‘hna Urganch, Xiva shaharlari bo‘lgan.
Muhammadxon Rahimxon I (1806-1825 yy.) xonlikning ma’muriy boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartirdi. Bekliklarning markaziy hokimiyatga bo‘ysunmasligini hisobga olib, Muhammadxon Rahimxon I xonlik hududida kentlarga ajralishni bekor qildi va manbalarga ko‘ra, xonlikda avval 15ta hamda keyinroq yana 11ta hokimlik tashkil etdi. Bular quyidagilar edi: Xazorasp, Ostona, Urganch, Kat, Toshhovuz, Qo‘shko‘prik, Oqdarband, Gurlan, Ko‘k qashqa, Qo‘ng‘irot, Ko‘hna Urganch, Ilonli, Taxta, Xonqa, Shobboz, Manoq, G‘oziobod, Shayx, Mang‘it, Xo‘jayli, Shumanay, To‘rchi, Oqtepa, Qorag‘on, Xitoy. Hokimliklar o‘z navbatida masjid-qavmlarga bo‘lingan. Manbalar xonlikda jami 1537ta masjid-qavmlar bo‘lganligi haqida ma’lumot beradi. Viloyat hokimlari xon tomonidan, masjid-qavmlarning qozi va oqsoqollari esa viloyat hokimlari tomonidan tayinlangan.
Shunday qilib, Xiva xonligi ma’muriy jihatdan hozirgi Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qozog‘iston va Turkmaniston Respublikalarining bir qismini o‘z ichiga olgan davlat edi.
Xiva xonligining o‘troq dehqonchilik vohalarida asosan o‘zbeklar yashab, ular davlatdagi aholining katta ko‘pchiligini tashkil etganlar. Xonlikda shuningdek, turkmanlar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, kam miqdorda tojiklar, yahudiylar, hindlar, eroniylar, ruslar, armanlar, nemislar ham yashaganlar. Xiva xonligidagi aholining umumiy soni haqida ma’lumotlar deyarli yo‘q. Arxiv hujjatlari va rus sayyohlarining ma’lumotlari bu masalaga qisman aniqlik kiritadi. Xususan, XIX asrning birinchi choragiga oid ma’lumotlarda xonlik aholisi 300 ming, shu asrning 40-yillariga oid ma’lumotlarda 300 mingga yaqin, so‘nggi choragiga oid manbalarda 700 mingga yaqin deb berilsa, arxiv manbalarini chuqur o‘rgangan olim M. Yo‘ldoshev XIX asr o‘rtalarida xonlikda 800 mingga yaqin odam istoqomat qilganligi qilganligi haqida ma’lumot beradi.
XIX asrning o‘rtalariga kelib xonlikda shahar hayotining rivojlanishi natijasida shahar aholisining soni ko‘payib bordi. Xiva, Xazorasp, Xonqa, Urganch, Qo‘ng‘irot, Ko‘hna Urganch kabi shaharlarda rus sayyohlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2 mingdan 5 minggacha xonadon yashagan. Xonlik poytaxti Xiva shahrida 21 mingdan ortiq aholi yashagan.

Download 158 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling