Reja: Yoshlarni ma’naviy-intellektual ragbatlantirishning maksad va vazifalari


Download 50 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi50 Kb.
#1770957
Bog'liq
Yoshlarning ma’naviy intellektual sifatlarini aniqlash va rag’batlantirish


Yoshlarning ma’naviy-intellektual sifatlarini aniqlash va rag’batlantirish usullari
Reja:
1. Yoshlarni ma’naviy-intellektual ragbatlantirishning maksad va vazifalari.
2. Ma’naviy -intellektual sifatlarini zamonaviy usullarda aniklashning samaradorligi.
3. Oliy o‘kuv yurtlarida ragbatlantirishning o‘ziga xos usullari.
Yoshlarni mustakil bilim olishga o‘rgatish bugungi kunning eng muxim va dolzarb vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1X sessiyasida so‘zlagan nutkida: ”Fakatgina chinakam ma’rifatli odam inson kadrini, millat kadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustakil davlatimizning jaxon hamjamiyatida o‘ziga munosib, obro‘li o‘rin egallash uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin”, degan edi. Shu o‘rinda ta’kidlamok lozimki, bugungi kunda yoshlarni ma’naviy-intellektual ragbatlantirishning ahamiyati kattadir.
Yoshlarni tarbiyalash jarayonida ma’naviy -intellektual rivojlantirish sifatlarini aniklashning anik maksadi va vazifalari ishlab chikilgan.
Ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlarini zamonaviy usullarda aniklash tarbiyaviy jarayonga samarali o‘zgartishlar kiritadi. O‘kuvchi-yoshlarning, talabalarning ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlaridagi yutuk va kamchiliklarini ragbatlantirish, tuzatish tarbiya mazmuni, usullari va tashkiliy shakllarini yaxshilashga mos tuzatishlar kiritishi lozim.
O‘kuvchi va talabalarning bilimini, akliy kamolotlarini nazorat kilish va baxolash davlat mikyosidagi muxim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, nazorat va baxolash jarayoni o‘kuvchi bilimini boyitishga, ular shaxsini rivojlanishiga va tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bilimlarni nazorat kilishda ko‘yilgan ball va baxolar o‘kuvchi va talabada kanday taassurotlar koldirganini, ular o‘rtoklarining o‘kishdagi yutuk va kamchiliklariga kanday munosabatda bo‘lishlarini doim kuzatib borish lozim. O‘kuvchi va talabalar bilimini nazorat kilish va baxolash o‘kuv yili davomida har doim va muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy kilinib, ba’zan-ba’zan tasodifan tekshirishlarni oldini oladi va tartibli, doimiy baxolash uchun imkoniyatlar ochib beradi.
Pedagogika fani bilimlarni o‘z vaktida nazorat kilish va baxolashning uchta vazifasi borligini aloxida uktiradi.
1. O‘zlashtirishni nazorat kilish va baxolash natijalariga karab davlat ta’lim standartlari kanday bajarilayotganligini nazorat kilinadi va vazifalar belgilanadi.
2. Bilimlarni nazorat kilish va baxolash natijasida o‘kuvchi talabalarda bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan o‘kuv yurtlari oldida turgan ta’limiy maksad bajariladi.
3. Ta’lim soxasidagi yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ularda ko‘tarinki rux, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va kizikishlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘zlashtirishni nazorat kilish ta’lim tizimining ajralmas kismidir. Nazorat jarayonida uning yozma, ogzaki va amaliy usullaridan keng foydalanilmokda.
Bu jarayonda ogzaki so‘rash orkali o‘zlashtirishni nazorat kilish keng tarkalgan. Bu asosan savol -javoblar orkali olib boriladi. Bunda yakka so‘rash, frontal so‘rash kabi turlaridan foydalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat” va “O‘zbekistonning o‘z istiklol va tarakkiyot yo‘li”, “Istiklol va ma’naviyat” kabi asarlarida mustakil O‘zbekistonning ma’naviy xayotining kelajagi haqida asosli yo‘nalishlar belgilab berilgan. Jumladan mutaxassislar tayyorlashda ularni intellektual rivojlantirish zarurligi aloxida kayd kilingandi. Ko‘yilayotgan talablar bilan har tomonlama intellektual rivojlantirishning pedagogik sharoitlarining mufassal emasligi orasida tafovut yaratildi. Ayniksa, mutaxassis tayyorlashda maktabdan boshlab oliy o‘kuv yurtlarini bitirib chikkunlarigacha nazorat shaklining to‘lik bo‘lmaganligi ta’lim -tarbiya jarayonining asosiy muammolarini tashkil etadi. Masalaning muxim tomoni shundaki, mutaxassislar ommaviy tusda tayyorlanganda tarbiyachining har bir talaba bilan yetarli darajada yakkama-yakka mulokot kilishga vakti yetmaydi. Mulokot tezkor savol-javob tarzida o‘tsa, tabiatan bunday mulokot talabani ham, tarbiyachini ham kanoatlantirmaydi. Oliy o‘kuv yurtlaridagi sinov va imtixonlar juda ko‘p vaktni egallagan va talabaning iktidorini har tomonlama baxolashga arzimagan. Ushbu sabablarga ko‘ra nazorat jarayonini aktivlashtirish, kam vakt ichida ko‘p sonli talabalarni nazorat kilish uchun bir kancha ratsional uslublar, jumladan, texnik vositalardan foydalanish maksadga muvofikdir. Chet el tajribalari va ko‘plab tajribalarning natijasi o‘larok Reyting uslubi bugungi kunning nazorat mezoni deb kabul kilindi.
Reyting deganda – baxolash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta xodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baxolash tushuniladi. Reyting yordamida sotsial-psixologik ob’ektlarni, ular uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarning yorkin darajasiga karab ( ekspert baxolash) dastlabki klassifikatsiyalash amalga oshiriladi.
Shkalalash – anik jarayonlarni rakamlar sistemasi yordamida modellashtirish. Ularning turli uslublari, sifat, tavsiflari kay bir mikdoriy o‘zgaruvchilariga turlicha aylantirish uslublaridan iborat.
Reyting nazoratida Test ham samarali ko‘llaniladi.
Test deganda – anik vazifani takomillashganligi darajasini aniklashda sifat va mikdoriy o‘lchamlarda belgilash imkonini beradigan, faollikning biron shaklini kiziktiruvchi, biron anik topshirik shaklidagi sinov kuroli tushuniladi.
Testning afzalligini kuyidagicha belgilash mumkin:
- nazorat uchun kam vakt sarflanadi,
- nazariy va amaliy bilimlar darajasini ob’ektiv sharoitda aniklash imkonini beradi,
- ko‘p sonli talabalar bilan bir vaktning o‘zida nazorat olib borish mumkin,
- bilim natijalari o‘kituvchi tomonidan tezkorlik bilan tekshiriladi,
- barcha talabalarga bir xil kiyinchilikdagi savollar berilib, bir xil sharoitlar yaratiladi.
Xozirgi kunda uzluksiz ta’limning umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi va oliy ta’lim boskichlarida o‘kuvchi talabalar bilimi reyting tizimida baxolanadi. Baxolashning bunday shakli o‘kuvchi talabalarni butun o‘kish davomida o‘z bilimini oshirish uchun muntazam ishlashni hamda o‘z ijodiy faoliyatni takomillashtirishini ragbatlantirish goyasiga asoslanadi. Bilimlarni baxolashda reyting nazorat tizimiga o‘tish orkali kator vazifalar xal etiladi. Jumladan: o‘kuvchi-talaba bilimining sifat ko‘rsatkichlarini haqkoniy, anik va adolatli ballar bilan baxolash:
- o‘kuvchi, talabalarning o‘zlashtirishini doimiy nazoratga olish bilan ularning o‘z ustida butun o‘kuv yili davomida faol ishlashini jonlantirish;
- o‘kuvchi talabalar mustakil ishlarining samaradorligini oshirish;
- reyting nazoratida EXMli va EXMsiz testlardan foydalanish;
- ko‘plab kamchiliklarga ega bo‘lgan mavjud sinov, imtixon sessiyalardan voz kechish.
Reyting nazorat tizimining asosida o‘kuv rejasiga kiritilgan har bir fanning talaba o‘zlashtirishining sifat ko‘rsatkichlarini ballar bilan baxolash yotadi.
Har bir semestrdagi fanlardan to‘plangan ballar yigindisi talabaning semestr davomidagi, o‘kuv yili davomidagi fanlardan to‘plagan ballar yigindisi esa talabaning kurs reytingini tashkil etadi.
Har bir fan bo‘yicha o‘kuvchi, talabaning o‘zlashtirishini baxolash chorak va semestr davomida muntazam ravishda olib boriladi va kuyidagi nazorat turlari orkali baxolanadi:
- joriy nazorat
- oralik nazorat
- yakuniy nazorat.
Joriy nazorat – bu o‘rganilayotgan mavzularni o‘kuvchi, talabalar tomonidan kanday o‘zlashtirayotganini muntazam ravishda dars jarayonida nazorat kilishdan iborat. Bu nazorat o‘kituvchi tomonidan o‘tkazilib, talabaning bilim darajasini shu fanning har bir mavzusi bo‘yicha aniklab borish ko‘zda tutiladi. Bu esa o‘kuvchining uzluksiz bilim olishini va natijasini muttasil nazorat kilib borishni nazarda tutadi.
Oralik nazorat – bu mazkur fan bo‘yicha o‘tilgan bir necha mavzularni o‘z ichiga olgan bo‘lim yoki kism bo‘yicha talabaning bilimini aniklash demakdir. Oralik nazorat darsdan tashkari vaktda o‘tkaziladi va talabalarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini beradi.
Yakuniy nazorat- bu nazorat semestr uchun belgilangan mavzular to‘lik o‘kitib bo‘lingach, o‘tilgan mavzular bo‘yicha yozma, ogzaki, test shaklida o‘tkaziladi. Talabaning fan bo‘yicha semestrdagi reyting baxosi joriy, oralik va yakuniy nazoratlarda to‘plangan ballari bo‘yicha aniklanadi.
Har bir fan bo‘yicha maksimal reyting bali shu fan uchun o‘kuv rejasida ajratilgan umumiy dars soatlari mikdoriga teng deb hisoblanadi.
Maksimal balning 70% mikdori joriy va oralik nazorat jarayonida 30% mikdori yakuniy nazoratda to‘planishi tavsiya kilinadi.
Semestr davomida mazkur fan bo‘yicha to‘plangan ballarga nisbatan talaba bilimi kuyidagicha baxolanadi:
86-100 foiz “a’lo”,
71-85 foiz “yaxshi”,
56-70 foiz “konikarli”,
55 va undan kam foiz “konikarsiz”.
O‘kuv pedagogik, ishlab chikarish va diplom oldi amaliyotlari davrida olingan bilimlar ham reyting ballari bilan baxolanadi.

ADABIYOTLAR




1. Tursunov I.,Nishonaliyev U. Pedagogika kursi.T.1996.
2. Munavvarov A.K. Pedagogika. ”O‘kituvchi”. 1996.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. T. 1997.
4. Pedagogika. O‘kuv ko‘llanma. T. 1996.
5. www.ziyonet.uz
Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling