Respublika ta’lim markazi aniq fanlar blok moduli bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning


Download 424.5 Kb.
bet1/27
Sana17.06.2023
Hajmi424.5 Kb.
#1534822
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
5-11 SINF DASTURI-2020-2021dan DADA-2


LOYIHA
2020 yil 12 may BBD


RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
ANIQ FANLAR BLOK MODULI BO‘YICHA
UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING

O‘QUV DASTURI
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI


V-XI-SINF



Toshkent-2020

5-SINF
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
(haftasiga 1 soatdan, jami ­ 34 soat)
1-BOB, Axborotli jarayonlar (7 soat)
1-mavzu. Axborot xavfsizligi.
Axborot tushunchasi
Xavfsizlik tushunchasi;
Kompyuterdan foydalanishda xavfsizlik talablari, sanitariya­gigiyena talablari, ko‘z va tana uchun jismoniy mashqlar;
Axborot xavfsizligi qoidalari. Shaxsiy axborotlarni himoyalash.
2-mavzu. Informatika fani haqida: informatika fan sifatida; tarixiy
ma’lumotlar
Informatika fan sifatida shakllanishida kompyuterning ahamiyati; bilish jara­yoni bosqichlari haqidagi tarixiy ma’lumotlar.
3-mavzu. Axborotning ko‘rinishlari, xususiyatlari va qayta ishlash
atrofimizdagi axborot, Axborot tashuvchi vositalar; borliq va uning insonga bog‘liqligi haqidagi bilim va ularni inson tomonidan qa­bul qilini­shi uning amaliy tatbiqlari; axborot ko‘rinishlari: matnli, rasm, grafik, nur, tovush va boshqalar; axborotning qimmatlilik, to‘liqlik, ishonchlilik xususiyatlari; axborotni qayta ishlash tushunchasi.
4-mavzu. Axborotni kodlash haqida dastlabki tushunchalar. Amaliy mashg‘ulot
Kodlash, qayta tiklash, kod, dekod, kalit tushunchalari;
5-mavzu. Axborot o‘lchov birliklari
Kompyuterda saqlangan axborot hajmi, axborot hajmining ba’zi o‘lchov birliklari: bayt, Kbayt, Mbayt, Gbayt.
6-mavzu. Amaliy mashg‘ulot
Kodlashga, kompyuterda saqlangan axborot hajmiga, axborot hajmining ba’zi o‘lchov birliklarini hisoblashga oid amaliy mashqlar.

Download 424.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling