Республикаси Олий ва Ўрта


Download 81.58 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi81.58 Kb.
#1490959
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Кasbiy psixologiya 7-ma\'ruza (1)


7 - Ma’ruza: Tafakkur. Intellekt. Nutq. Kasbga yo’naltirish omillari
etuvchi omillar
Reja:
7. 1. Tafakkur. Tafakkur shakllari va turlari
7. 2. Tafakkur operatsiyalari. Tafakkur va nutq.
7. 3. Tafakkurning individual xususiyatlari
7. 4. Tafakkurning individual xususiyatlari
7.5. Kasbga yo'llash va kasb tanlash yo'nalishlari


Adabiyotlar: 9, 13, 17, 31, 34, 38.
Tayanch iboralar: tafakkur, tushuncha, hukm, tafakkur jarayonlari, operatsiyalar: analiz, sintez, taqqoslash, xulosa, tafakkurning mustaqilligi va ixchamligi, mustaqil fikrlash;
7. 1. Tafakkur. Tafakkur shakllari va turlari
Tafakkur – faqat insongagina xos bo’lgan bilishning oliy jarayonidir.
Tafakkur – buyum va hodisalarning umumiy xususiyatlarini, ular o’rtasida mavjud bo’lgan bog’lanishlar va munosabatlarni bilish jarayonidir. Hamma narsaning mohiyatiga yetish, uni bilish, anglab yetish – tafakkur bo’ladi. Tafakkur – ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bog’liq, muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir. Tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish uni bevosita va umumlashtirib aks ettirishdan iborat jarayondir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilishdan paydo bo’ladi va hissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi.
Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan bog’lanadi va keyin tafakkurga o’tib ketishi mumkin. Biroq tafakkur, hatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha hissiy bilish bilan, ya’ni sezgilar, idrok va tasavvurlar bilan bog’langan bo’ladi. Tafakkur faqat sezgilar va idrok orqaligina tashqi muhit bilan bog’lanadi va shu tariqa tashqi olamni aks ettiradi. Ammo sezgilar va idrok kabi hissiy bilish jarayonlari olamning turli xildagi aloqalarini, ular orasidagi bog’lanishlarni, paydo bo’ladigan turli muammolarni hal qilish imkonini bermaydi.
Tafakkur qilish davomida tashqi olamni bilish chuqurroq amalga oshiriladi. Buning natijasida narsalar, hodisalar va boshqa shuning kabilar o’rtasidagi murakkab o’zaro bog’lanishlarni ajratish, yechish mumkin bo’ladi. Zarur hollarda turli vositalar qo’llaniladi. Quyidagi uch xil hodisalarni o’rganish davomida vositalar qo’llaniladi:
Hozirgi paytda bevosita idrok qilishning imkoni bo’lmagan hodisalarni o’rganish uchun. Bunga tarixiy voqealar, kelajak rejalar, gipotezalar, umuman yoki o’tmishda ro’y bergan yoki kelajakda ro’y berishi mumkin bo’lgan hodisalarni o’rganish davomida;
Qachon tafakkur faoliyati boshlanadi? Biz doimo fikrlaymiz. Agar vaziyat bizga tushunarli bo’lsa, yetarli hamma ma’lumot va vositalarga ega bo’lsak, biz «o’ylamaymiz». Tafakkur jarayoni muammo paydo bo’lsa, muammoli vaziyatda paydo bo’ladi. Muammoli vaziyat – biror masalani yechish uchun zarur bilimlar, vosita yoki ma’lumot, malakalarning yetishmasligi bilan bog’liq bo’ladi. Muammoli vaziyatda bizning avvalgi vosita va usullarimiz yetishmay qoladi. Shu sababli oddiy, tushunarli, o’zida yangilikni aks ettirmaydigan ma’lumotni eshitayotgan talaba va o’quvchi fikrlamaydi. Ularni fikrlashga undash uchun muammoli vaziyat yaratish kerak. Kelib chiqish va rivojlanish bo’yicha tafakkur ijtimoiy tabiatga ega. Chunki bilishning barcha vositalari, usullari va manbalari inson tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar bilan bog’liqdir. Odamning aqliy taraqqiyoti insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida to’plangan bilimlarni o’zlashtrish jarayonida amalga oshadi.
Psixologiya fani mantiq fani bilan birgalikda tafakkurning mantiqiy shakllarini o’rgandi. Tafakkurning mantiqiy shakllari–tushuncha, hukm va xulosa chiqarishlardir.

Download 81.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling