Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 269 Kb.
Sana08.09.2023
Hajmi269 Kb.
#1674018
Bog'liq
AXBOROT XATI o\'zb

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

«GʼAYBULLA SALOMOV VA OʼZBEK TARJIMA MAKTABI» MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANI


AXBOROT XATI



Toshkent - 2022



2022-yil 10 dekabr kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetida «GʼAYBULLA SALOMOV VA OʼZBEK TARJIMA MAKTABI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.


Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida qatnashishga xorijiy davlatlar va respublikamiz professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, ilmiy xodim va izlanuvchilari hamda iqtidorli talabalari va magistrantlari taklif etiladi. Dastur va materiallar to‘plami anjumandan so’ng chop etiladi.


Anjumanda muhokama qilinadigan yo‘nalishlar:



1. Sho‘ba: O‘zbek tarjima maktabining shakllanishida G.T.Salomov taʼlimoti
2. Sho‘ba: O‘zbek badiiy tarjimasi jahon tarjima adabiyoti kontekstida
3. Sho‘ba: Tarjimada til va tafakkurning milliy o‘ziga xosliklarini aks ettirish
4. Sho‘ba: Badiiy tarjimaning lingvistik jihatlari
5. Sho‘ba: Tarjima nazariyasi va amaliyotini o‘qitish metodikasi
6. Sho‘ba: Tarjima tanqidining hozirgi holati

Anjumanda ishtirok etish uchun materiallar 2022-yilning 6-dekabr kuniga qadar qabul qilinadi.




Taqdim etiladigan anjuman materiallariga qo‘yiladigan talablar:


Tezislar elektron pochta orqali yuborilishi lozim (Word formatida fayl–birinchi muallifning familiyasi, masalan: «nabiev.doc»). Anjuman qatnashchisining talabnomasi (zayavka)ni taqdim etish majburiy hisoblanadi. Tezis va talabnoma ikkita fayl qilinib, bitta xatda yuborilishi kerak.
Taqdim etilayotgan material Times New Roman tahririda 14-shriftda 3-5-bet bo‘lgan xajmda A4 formatda rasmiylashtiriladi. Qog‘ozning xoshiyalaridagi o‘lchamlari: chapdan – 2,5 sm, o‘ngdan - 2,0 sm, yuqoridan – 2,5 sm va pastdan – 2 sm. Satr boshi uchun 1,0 sm qoldiriladi. Matn eni bo‘yicha tekislangan bo‘lishi kerak. Qatorlar orasida 1,5 interval.
Maqolaning nomi markazga qoraytirilgan shrift bilan yoziladi. Keyingi qator o‘tkazib yuboriladi. Keyingi satrdan muallifning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni yoziladi. Ularning ostiga qator qoldirmasdan kichik harflarda tashkilotning to‘liq nomi, shahri, davlati yoziladi. Keyingi qator o‘tkazib yuboriladi va navbatdagi qatordan maqolaning matni yoziladi.
Manbalarga havolalar asosiy matn ichida [1] ko‘rinishda bo‘lishi lozim (namunaga qarang).
Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz.
Tashkiliy qo‘mita tomonidan materialni olgandan so‘ng, uch kun ichida muallifning elektron pochtasiga tasdiqlovchi xat yuboriladi.

N A M U N A TEZISNING NOMI


Muallifning familiya, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni

tashkilot nomi, shahar


    1. Kirish

    2. Asosiy matn [1].

    3. Xulosa

    4. Adabiyotlar ro‘yxati

1. Muallif. Manba nomi. Nashr qilingan joyi, nashr qilingan yili


Anjuman qatnashchisining talabnomasi (zayavka)ning namunasi:





  1. Familiya, ism, sharifi (to‘liq)

  2. Ilmiy darajasi va unvoni

  3. Ish joyi, lavozimi

  4. Anjuman yo‘nalishi (seksiya) raqami

  5. Tezisning nomi

  6. Telefon

  7. @mail

DIQQAT!


Xalqaro anjumanida ishtirok etish uchun tezis va talabnomalar 2022-yilning 6-dekabr kuni yakuniga qadar qabul qilinadi.
Tashkiliy qo‘mita ilmiy materiallarni tanlab olish huquqiga ega.
Faqat tahririyat a’zolari tomonidan nashrga tavsiya etilgan mualliflarning tezislari chop etiladi.
Talablarga javob bermaydigan tezislar qabul qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Tezislarning xar bir beti uchun 15 000 so’mdan to’lov mavjud. Tezislar mazmuni uchun mualliflar ma’suldirlar. Plastik karta raqami: 8600 1309 3809 0513


Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet shaxarchasi 4. Anjuman o‘tkazish uchun mas’ullar: Mirzo Ulug’bek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti hamda Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik kafedralari mudirlari, f.f.n. I.K.O’sarov, f.f.d.,dos.N.A.Sadullayeva va kafedralarning azolari


Telefon: +998 (90) 1474603; +998 (90) 2693721

Maqolalarni quyidagi elektron manzilga hamda telegram orqali yuborishingiz mumkin.


@mail: nargizay510@gmail

Telegram: +998(90) 2693721


Download 269 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling