Rezina materiallar


Download 313.82 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi313.82 Kb.
#1635098
Bog'liq
MMT 4-mavzu rezina

Rezina materiallar

  • Rezina, rezinka [lot. resina — qatron (smola)], vulkan izat — kauchukni vulkanizatsiyalab olinadigan, elastik deformatsiyalanishi juda yuqori (100% gacha) boʻlgan mahsulot. Vulkanizatsiyalanadigan rezina aralashmasining asosiy komponentlari: tabiiy yoki sintetik kauchuk, vulkanizatsiyalanuvchi agentlar, vulkanizatsiya tezlatkichlari, vulkanizatsiya tezlatkichlari faollashtiruvchilari, toʻldirgichlar, dispergatorlar, yumshatkichlar, eskirtmaydigan, charchamaydigan moddalar, antiozonatlar, boʻyagichlar va boshqalar kiradi.

Rezina turlari

Rezina mahsulotlari

  • Rezinadan avtomobil, samolyot, velosiped shinalari, o‘tkazgich izolatsiyalari, akvalanglar kostumi, aerostat ballonlari, shlang, rezina qayiq, protivogaz, mashina va mexanizmlarning ko‘plab detallari, harakat o‘tkazuvchi vositalar, muhandislik moslamalari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va h. k. tayyorlanadi.

Kauchuk

  • Tabiiy kauchuk (hindu. kaochou – daraxt yig‘isi) – kauchukli daraxt po‘stlog‘ini tilganda, undan ajralib chiqadigan suyuqlik. Geveya daraxti tabiiy kauchukning asosiy manbayi bо‘lib, u doimiy yashil daraxtlar turkumiga mansub. Bu daraxt Braziliya va janubi-sharqiy Osiyo tropik о‘rmonlarida о‘sadi.

Kauchuk mahsulotlari

Tabiiy kauchuk

  • Hindular qadim zamonlardan oq yog‘och smolasi (kauchuk) dan foydalanib kelishgan. Demak, natural (tabiiy) kauchuk o‘zida kauchuk saqlovchi (hosil qiluvchi) o‘simlik (daraxt)lardan olinar ekan. Kauchuk efir, benzin va mineral moylarda yaxshi eriydi, suvda esa erimaydi. 90 o C gacha qizdirilganda yumshab, juda yopishqoq holatga keladi, 0 o C dan past haroratda esa qattiq va mo‘rt bo‘lib qoladi.

Sintetik kauchuk

  • Dastlabki sintetik kauchuk ilk bor 1932-yilda Rossiyada rus olimi S. V. Lebedev tomonidan sintezgan. Hozirgi paytda sintetik kauchuk ishlab chiqarish dunyo bo‘ylab keng rivojlangan

Yelimlovchi materiallar

  • Yelimlovchi yoki adgeziyalovchi polimerlarga – ikki yoki undan ortiq bir xil yoki har xil materiallarni birlashtiruvchi polimerlar kiradi.
  • Suvda eriydigan polimerlar. Bularga kazein (GOST 17626 – 81), suyak yelimi (GOST 2067 – 97), jelatin (GOST 11293 – 89), kraxmal va uning modifikatsiyalari(GOST 10163 – 76), sellulozaning oddiy efirlari, polivinil spirti (PVS), (GOST 10779 – 78), poliakrilamidlar (PAA) kiradi.

Kazein

  • Kazein fosforproteyinlardan bo‘lib, kimyoviy formulasi C17H274N44SPO55.
  • Kozein sutdan olinadi. Kazein suvda bo‘kadi, kuchli ishqoriy yoki kislotali muhitda yaxshi eriydi. Odatda, uni ishqoriy muhitda, 25% li ammiak eritmasidan qo‘shib eritadi. Ammiak sarfi, kazeinga nisbatan, 12–15 % tashkil etadi. 55–60oC temperaturada 30 minutda, sovuq holda 3 soatda eriydi.

Kazein xossalari

Kazeinning ustunlik tomonlari: – yuqori adgeziyalanishi; yaxshi plyonka hosil qilishi;

qoplamada pigment rangiga kam ta’siri. Kazein bilan qoplanganda plyonkasi tiniq, bog‘lanishi va oxorlanishi oson kechadi.

Kazeinning kamchiliklari: quruq va eritma holida beqror; – noxush hidli; eritmasi va suspenziyasi oson ko‘piklanadi. Qoplamasi mo‘rt, uni yumshatish uchun plastifikator qo‘shish lozim.

Suyak yelimi

  • Suyak yelimi va jelatinni, yog‘sizlangan hayvon suyaklaridan yoki mezdirdan olinadi. Suyak yelimi va jelatinni 50–60 oC suvda eritib tayyorlanadi. Suyak yelim hozirgi vaqtda ba’zi bir qog‘ozlarni yelimlashda (adgeziya) ishlatiladi. Texnik jelatin – foto qog‘oz asosida bog‘lovchi sifatida qo‘llaniladi.

Kraxmal va uning modifikatsiyasi

  • Kraxmal va uning modifikatsiyasi. Hozirgi vaqtda bu polimer qog‘oz sanoatida keng qo‘llaniladi. Ofset bosishda, ofset texnikasida qog‘oz yuzasini yelimlovchi – plyonka hosil qiluvchi, pigmentlangan, bo‘rlangan qog‘ozlarni olishda bog‘lovchi sifatida, qop, gofrikarton va korobkalar olishda yelimlovchi modda sifatida ishlatiladi.

Kraxmal

  • Kraxmal ba’zi o‘simliklar tarkibida mavjud bo‘lib, uglevodlardan tashkil topgan. Tabiiy kraxmalni kartoshkadan, bug‘doy donidan, jo‘xori, guruch donlaridan olinadi.

Plyonka va list ko‘rinishidagi pardozlash materiallari

  • Hozirgi vaqtda yog‘och buyumlar yuzasining 20 % dan ko‘p- roq qismida himoya-dekorativ parda qatlamlarini hosil qilish uchun lok-bo‘yoq materiallaridan tashqari har xil plyonka va taxta ko‘rinishidagi materiallar ishlatilmoqda. 

Qoplamali sintetik materiallar

  • Plyonka va list shaklidagi yog‘och material yuzasiga qoplanadigan sintetik materiallar shu maqsadlar uchun azaldan ishlatilib kelinayotgan yog‘och shponlarida o‘zining bir qator texnik- iqtisodiy xossalari jihatidan ajralib turadi. Ulardan to‘g‘ri foydalanilganda mehnat unumi oshadi, buyum kohinishi yanada kohkamlashadi, tannarxi kamayadi, texnologik jarayonlami mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga keng yo‘l ochiladi.

Polimerli plyonkalar

  • NBX smola asosida ishlab chiqarilayotgan plyonkalarning assortimenti juda ko‘p va xilma-xildir. NBX smolasi asosida tayyorlanadigan kompozitsiyasining tarkibi (massa qism) quyidagicha: polivinilxlorid — 100; stabilizatorlar — 0,5—5,0; plastifi­katorlar — 5—80; pigment va to‘ldirgichlar — 0—10.

Bikir plyonkalar

  • Bikir plyonkalar yedirilishga chidamliligi, qattiqligi, pishiq- puxtaligi va issiqqa chidamliligi bilan ajralib turadi. Mebel detallari ustiga qoplash uchun bikir va qisman bikir plyonkalar ko‘proq ishlatiladi. Plyonkalar yuzasi silliq, bosib naqsh solingan, pardoz qavati bilan qoplangan, yaltiroq va yaltiramaydigan, bir xil rangli yoki yog‘och teksturasi (qizil daraxt, yong‘oq, shumtol va boshq.) tasviri bosilgan bo‘ladi.

Download 313.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling