Rivojlanishi va ahamiyati
Download 0.59 Mb.
|
23.04.2022
1-MAVZU: TO‘QIMACHILIK MATERIALSHUNOSLIGI FANINING RIVOJLANISHI VA AHAMIYATI Maʼruza mavzusining rejasi: a) to‘qimachilik materialshunosligi fanining rivojlanishi va ahamiyati; b) to‘qimachilik materialshunosligi fanining fundamental fanlar bilan bog‘liqligi; v) tolalarning sinflanishi. Respublikamiz iqtisodini rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri, mahsulot sifatini sistematik ravishda oshirib borishdir. Mahsulot sifatini oshirish, assortimentlarini kengaytirish va isteʼmolchilar talabini qondirish hozirgi bozor iqtisodiyotining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Mahsulot sifat darajasini taʼminlash uchun standartlar va texnik shartlarning meʼyoriy talablariga bog‘liq holda sistematik nazorat ishlarini olib borish lozimdir. To‘qimachilik materialshunosligi fani to‘qimachilik materiallarining, yaʼni: tola, ip, eshilgan mahsulot, gazlama, trikotaj va noto‘qimalarning olinishini, tuzilishini, xususiyatlarini va shu xususiyatlarni o‘rganishda ishlatiladigan uslub va asboblardan foydalanishni o‘rgatadi. To‘qimachilik sanoatining rivojlanishi bilan to‘qimachilik fani ham rivojlana boshlagan. XVI asrning boshlanishida Leonardo va Vinchi (1452-1519) kemalarda ishlatiladigan arqonlarning namligini, ishqalanishga chidamliligini va yo‘g‘onligini o‘rgangan. XVII asrning 2-yarmida ingliz olimi Guk deformatsiyani kuchlanishi bilan proporsionallik qonunini yaratgan va tibiiy ipakni tuzilishini o‘rganib, kimyoviy tolalarni olish mumkinligini bayon yetgan. 1750 yil Italiyaning Turin shahrida «konditsion” degan laboratoriya tashkil yetilib, tabiiy ipakning namligi maxsus asboblarda aniqlangan. XVIII asrning 2-yarmida Rossiya Akademiyasining olimi - P.I.Richkov to‘qimachilik materiallarining xususiyatining o‘rganib, yangi tolalarni ishlab chiqarish bo‘yicha ish olib borgan. 1828 yil prof. A.F.Ozerskiy «Paxtani yigirish” kitobini yozgan. 1850 yil prof. A.F.Ozerskiy, prof. N.A.Vasilevlar Moskva Oliy texnik bilim yurtida to‘qimachilik materiallarining sifatini aniqlash bo‘yicha laboratoriya tashkil etishgan. 1927 yil prof. S.A.Fedorov raxbarligida NITI-to‘qimachilik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilgan. Bu institutda to‘qimachilik sohasi bo‘yicha yirik olimlar: N.Ya.Kanarskiy, A.A.Sinitsin, V.V.Linde, V.V.Zotikov va A.N.Solovʼevlar ishlashgan. 1934 yil “NITI” ayrim tarmoq bo‘yicha mustaqil institutlarga ajrab ketdi. 1944 yil MTI (Moskva to‘qimachilik instituti)da to‘qimachilik materialshunosligi kafedrasi ochildi. Uning rahbari bo‘lib, prof. G.N.Kukin 1980 yilga qadar ishladi. O‘zbekistonda paxtaning xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston «Sifat” markazi, «Paxtasanoat ilmiy markazi” hamda to‘qimachilik va yengil sanoat institutining kafedra olimlari ilmiy ishlarni olib boradilar. To‘qimachilik materialshunosligi fanini rivojlantirishda O‘zbekiston olimlari - akademik, M.A.Xojinova, professorlar, M.X.Xolgazlamav va V.V.Yakovlevlar katta hissa qo‘shganlar. Bizning institutda 1957 yil prof. M.A.Xojinova raxbarligida to‘qimachilik materialshunosligi kafedrasi ochildi va 1973 yildan boshlab kafedra “Materialshunoslik va to‘qimachilik mahsulotlarining sifatini boshqarish” bo‘yicha muhandislarni tayyorlab chiqara boshladi. Chet el materialshunos olimlaridan V.Jurek (Polsha), Peres, Xerl (Ingliz), A.Parizo (Fransiya) Shvars, Sakel (AQSH) fanni rivojlanishga katta hissa qo‘shganlar. Shveysariyaning “Selʼveger-Uster” firmasining olimlari butun dunyo bo‘yicha tarqalgan “Uster” asbobini yaratishdi. Paxta tolasining sifatini aniqlashda AQShda “Spinlab” sistemasi yaratildi. To‘qimachilik materialshunosligi fani fizika, kimyo, matematika, mexanika fanlariga asoslangan holda taraqqiy etadi. To‘qimachilik materialshunosligi fani texnikaviy fanlarga kiradi. Shuning uchun mexanika elektrotexnika, avtomatika fanlariga tayanadi. To‘qimachilik materialshunoslik faniga yaqin fanlardan: sanoat mollarining tovarshunoslik fani, tikuvchilik materialshunosligidir. To‘qimachilik materiallari xalq xo‘jaligi tarmoqlarida keng ishlatiladi. Uni ishlatmagan birorta sanoat tarmoqlari yo‘q. Asosiy to‘qimachilik mahsulotlari kiyim kechak va xo‘jalikda ishlatiladi. Masalan: rivojlangan davlatlarda kiyim kechak uchun 35-40 %, xo‘jalik maqsadlari uchun 20-25 %, texnikada 30-35 % va boshqa maqsadlar uchun 10 %gacha ishlatiladi. Shu %lardan ko‘rinib turibdiki, texnikada ham to‘qimachilik mahsulotlari ko‘p ishlatilar ekan. Hozirgi yo‘nalish texnikada ishlatiladigan mahsulotlarni asosan kimyoviy tolalardan ishlab chiqarishni talab etmoqda. Tibbiy tolalar asosan kiyim-kechak uchun ishlatilmog‘i lozim. To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan barcha tolalar kelib chiqishi bo‘yicha ularni olish usuli va kimyoviy tarkibi bo‘yicha ikkita sinfga, yaʼni tabiiy va kimyoviy tolalarga bo‘linadilar. Tabiiy tolalarga tabiatdagi organik va noorganik moddalardan olinuvchi to‘qimachilik tolalari kiradi. Tola deb, uzunligi ko‘ndalang kesimi o‘lchamidan katta bo‘lgan, maʼlum darajada egiluvchan, cho‘zilish va pishiqlik xossasiga hamda ingichkalikka ega bo‘lgan jism tushuniladi. Tolalar to‘qimachilik tarmog‘ining xom ashyosi bo‘lgani uchun, ko‘p hollarda to‘qimachilik tolalari deb yuritiladi. Aytilganlarni inobatga olib, tolaga quyidagicha taʼrif beriladi: to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga yaroqli, chegaralangan uzunlikdagi, yumshoq, ingichka va maʼlum qayishqoqlik, pishiqlik, cho‘ziluvanlik xususiyatlariga ega bo‘lgan jismga aytiladi. Tolalar tashqi tuzilishiga ko‘ra elementar va kompleks tolalarga bo‘linadi: uzunligi bo‘yicha bo‘linmaydigan yakka tolalar elementar tolalar deb ataladi. Uzunligi bo‘yicha bir qancha elementar tolalarning birikmasiga kompleks tola deyiladi. Tolalar kelib chiqishiga qarab tabiiy va kimyoviy tolalarga bo‘linadi: tabiatdagi o‘simliklardan (paxta, zig‘ir, kanop va hokazolar), jonivorlardan (jun, ipak) va maʼdanlardan (tosh paxta) olinadigan tolalar tabiiy tolalar deyiladi. Tabiatdagi mavjud bo‘lgan moddalarni yoki yuqori molekulali birikmalarni sintez qilish asosida olingan tolalar kimyoviy tolalar deyiladi. Kimyoviy tolalar ham o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: sunʼiy tolalar va sintetik tolalar: tabiatdagi mavjud bo‘lgan moddalarni kimyoviy usul bilan qayta ishlash asosida olinadigan tolalar sunʼiy tolalar deyiladi. Yuqori molekulali birikmalarni kimyoviy usul, bilan sintez qilish asosida olinadigan tolalar sintetik tolalar deyiladi. To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan tolalarni mukammal o‘zlashtirish uchun, uning tasniflanishi nihoyatda katta ahamiyatga ega. 1-jadvalda to‘qimachilik tolalarining tasniflanishi keltirilgan. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tolalar ikki sinfga bo‘linadi - tabiiy va kimyoviy tolalar. Har ikki sinf ham ikkitadan kichik sinflarga bo‘linadi - organik va anorganik sinflarga. Tabiiy tolalarning organik kichik sinfiga kiruvchi tolalar ikkita guruhga -o‘simliklardan va jonivorlardan olinuvchi tolalarga, anorganik kichik sinfiga kiruvchisi fakatgina bitta guruhga bo‘linadi. O‘simliklardan olinuvchi tolalar uchta guruhchaga bo‘linadi - urug‘idan, poyasidan va bargidan olinuvchi. Jonivorlardan olinuvchi tolalar ikkita guruhchaga bo‘linadi - teri ustidagi jun qatlamidan olinuvchi va tola ajratuvchi bezlardan ishlab chiqariluvchi. Tabiiy tolalarning urug‘idan olinuvchi guruhchasiga paxta tolasi, poyasidan olinuvchi guruhchasiga - kanop, zig‘ir, kunjut va penka tolalari, bargidan olinuvchi guruhchasiga - sizal, manilla, geneken tolalari kiradi. Teri ustidagi jun qatlami guruhchasiga kiruvchi tolalarga tuya, echki, qo‘y junlari, tola ishlab chiqaruvchi guruhchasiga kiruvchi tolalarga ipak qurti ipagi kiradi. Tabiiy tolalarning anorganik kichik sinfi, maʼdanlardan olinadigan tola guruhi, tog‘ birikmalaridan ishlab chiqariladigan guruhchasiga kiruvchi tola bu toshpaxtadir (asbest). Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling