Rizobakteriyalar va ulardan foydalanish


Download 1.17 Mb.
Sana27.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1299981
Bog'liq
Rizobakteriyalar va ulardan foydalanish

Rizobakteriyalar va ulardan foydalanish

Company name

Reja:

  • Rizobakteriyalar va ulardan foydalanish
  • Rizobakteriyalar o‘simliklarda

Urug‘, ildiz va tuganaklarga ta’sir ettirilganda (inokulyatsiyalanganda)

o‘simliklar rizosferasida yashay olib, ularning o‘sish hamda rivojlanishlarini oshiradigan bakteriyalar o‘simlikning o‘sish va rivojlanishini oshiruvchi rizobakteriyalar (Plant Growth Promoting Rhizobacteria - PGPR) deb nomlanadi.

Bu atama ilk bor Kloepper va Schroth (1978) tomonidan o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishlarini kuchaytiruvchi tuproq bakteriyalariga nisbatan qo‘llana boshlandi.Shuningdek, atmosferadagi molekulyar azot (K2)ni mineral azotga aylantira oladigan rizobakteriyalar shunday atala boshlandi.

Molekulyar azot o‘zlashtiruvchi deyarli barcha mikroorganizmlar ma’lum bo‘lib, ular batafsil tadqiq etilgan. Azotobakterlar ham ana shunday hususiyatlarga ega bo‘lganligi uchun ularni ham o‘simlikning o‘sish va rivojlanishini oshiruvchi rizobakteriyalarga kiritiladi.

Rizobakteriyalar o‘simliklarda suv va mineral moddalarning o‘zlashtirilishini yaxshilab, biologik faol moddalar, jumladan vitaminlar, aminokislotalar, fitogormonlar va antibiotiklar sintezi hisobiga o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishining kuchaytirishlari qator mualliflarning ishlarida batafsil yoritilgan.

Keyingi vaqtlarda rizobakteriyalardan Azotobacter, Azospirillum, Rhizobium, Pseudomonas avlodiga mansub bakteriyalardan o‘simliklarning hosildorligini oshirish, ularning turli kasalliklarga qarshi chidamliligini kuchaytirish va tuproq bioremediatsiyasi maqsadlarida keng qo‘llanilmoqda. Bular orasida ayniqsa Azotobacter avlodi bakteriyalari tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

Turli geografik mintaqalarda olib borilgan dala tajribalarida muayyan tabiiy va tuproq sharoitlarida azotobakterlar bilan inokulyatsiyalangan o‘simliklarning hosildorligi oshishi isbotlab berildi.

Ma’lumki, inokulyatsiya qilingan o‘simliklarda ildiz tuklari ko‘payishi va yonaki ildizlarning rivojlanishi hisobiga rizosfera atroflarida mavjud bo‘ladigan ozuqa moddalarning o‘zlashtirilishi ortadi. Bu esa o‘z navbatida o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi.


Azotfiksatorlar - simbiontlar, rizobakteriyalar va aktinomitsetlar – tugunakli dukkakli o‘simliklarda, botqoq mirtasida, loxda, chakandada, olxada aniqlangan.

Adabiyotlar:

  • Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T., “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2002.
  • Vorobyov A.A., Bыkov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vesshaya shkola». 2003.
  • CHurbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vesshaya shkola». 1987.
  • Mustaqimov G.D. O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari.T., “O‘qituvchi” nashriyoti. 1978.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling