Romitan tumani Elektr ta’minoti korxonasi raxbari X. Salomovga


Download 14.34 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi14.34 Kb.
#1626438
Bog'liq
Шоли хат



Romitan tumani Elektr
ta’minoti korxonasi raxbari
X.Salomovga



Joriy 2023 yil sug‘orish mavsumi o‘ta issiq havo harorati bilan kelayotganligi, ekinlarni suvga bo‘lgan talabi ortayotganligi sababli, yetkazib berilayotgan suv bilan qanoatlantirish imkoniyati chegaralangan. Bundan tashqari, suv resurslarini tanqisligi kuzatilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora –tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023 yil 1 apreldagi PQ-107-sonli Qaroriga asosan suv resurslari belgilangan cheklangan suv miqdori (limit) doirasida (shartnomada ko‘rsatilgan) amalga oshirilib, suv yetishmovchiligini oldini olish maqsadida qo‘shimcha suv zahiralarini olish uchun qirg‘oq nasoslarini, tik quduqlarining elektr tarmog‘i ishchi holatga ekanligi, zovur va yer osti suvlaridan suv olish nasoslarini soz xolatga choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz. Shu bilan birga, ekin maydonlarini kafolatli suv bilan ta’minlash va suv tanqisligini oldini olish maqsadida zudlik bilan suv manbasiga yaqin konturlaridagi noqonuniy o‘zboshimchalik bilan ulangan nasos agregatlarini elektr tarmog‘idan uzishingizni so‘raymiz. Aks holda, suv yetishmovchiligi natijasida ekin yer maydonlariga bir qator salbiy holatlar yuzaga kelishi mumkin.


Tuman hokimi U.Barnoyev
Download 14.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling