Rorshax siyoh dog‘lari


Download 30.5 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi30.5 Kb.
#1799898
Bog'liq
Rorshax siyoh doģlari metodikasi


Rorshax siyoh dog‘lari” proyektiv metodikasi
Metodika 1921 yilda G.Rorshax tomonidan yaratilgan bo‘lib, eng mashhur proyektiv metodikalardan biri hisoblanadi. Ushbu metodikada qo‘zg‘atuvchi material 10 nafar oq-qora va rangli bo‘lgan simmetrik, lekin aniq tuzilishga ega bo‘lmagan tasvirlardan iborat. Sinaluvchiga har bir tasvir ko‘rsatilib, u nimaga o‘xshashi haqidagi savolga javob berishlari lozim. Sinaluvchi aytgan barcha gaplar so‘zma-so‘z yozib boriladi. Tasvir ko‘rsatilganidan sinaluvchi javob bera boshlagan vaqt e`tiborga olinadi. Tadqiqot eksperimentator tomonidan assotsiatsiya hosil qilgan tasvir detallarni aniqlashtirish uchun savollar berish bilan yakunlanadi.
Har bir javob quyidagi besh kategoriya bo‘yicha qayta ishlanadi:
1) lokalizatsiya (butun tasvirni yoki uning ayrim qismlarini javob uchun tanlash);2) determinantlar (javob berish uchun tasvir shakli, rangi va boshqalar foydalanilishi mumkin); 3) shakl darajasi ( tasvir shakli javobda qanchalik to‘g‘ri baholangan, bunda mezon sifatida ko‘proq berilgan javoblar olinadi); 4) mazmun (javob odamlar, hayvonlar va jonsiz narsalarga taalluqli bo‘lishi mumkin; 5) originallik- ommaviylik (juda kam uchraydigan javoblar original, ommaviy deb 30% dan ko‘p sinaluvchilarning javoblarida uchraganiga aytiladi.
G.Rorshaxning asosiy nazariy g‘oyasi shundan iboratki, shaxsning faolligi ichki va tashqi undovchilar bilan belgilanadi. Faollikning ustun turiga ko‘ra muallif introversiya va ekstratensiya tushunchalarini kiritadi. Ekstratensiv tip – bu shunday insonlarki o‘z xulq-atvori sabablarini “Men” dan tashqarida izlaydi, introvertlar bo‘lsa o‘z xulq-atvori sabablarini ichki “Men”dan izlaydi. Introversiya va ekstratensiya ko‘rsatkichlari orasidagi munosabatda Rorshax testidagi muhim ko‘rsatkich “qayg‘urish tipi “aniqlanadi.Rorshax testlarining ishonchliligi va validligi 80-90 yillarda o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlarda isbotangan.
Download 30.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling