Rotor-diskli don maydalagich
Download 7,49 Kb. Pdf ko'rish
|
1a 0
- Bu sahifa navigatsiya:
- «TIQXMMI» MTU
“ROTOR-DISKLI DON MAYDALAGICh” RDD-100 Ishlanmaning tavsifi: Chorva va parrandalar uchun donli ekinlar: makkajoʼxori, bugʼdoy, arpa, suli va shu kabi boshqa don maxsulotlarini turli oʼlchamlarda maydalashga (yorma sifatida) moʼljallangan. Takomillashgan mazkur qurilma oʼzining bir qator qulayliklariga ega boʼlib, 220 v elektr tokida ishlaydi. Rossiya, Xitoy va boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan don maydalagichlar asosan 380 V elektr tokida ishlaydi. Rotor diskli RDD-100 qurilmasining takomillashgan koʼrinishi Rotor diskli RDD-100 qurilmasining eski koʼrinishi Qoʼllanish sohasi: Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik tarmoqlarida hamda uy sharoitida ishlatishga moʼljallangan boʼlib, har tomonlama qulay va energiya tejamkordir. Soatiga 230-250 kg don maxsulotini turli oʼlchamlarda maydalash imkoniga ega. Mashinaning istiqboli katta boʼlmagan energiya sarfi solishtirma koʼrsatkichlarda har xil maydalanish modulidagi yorma olish imkoniyatiga egaligi bilan belgilanadi. Don maydalagich rotorini gorizontal va vertikal tarzda ham joylashtirish mumkin. Don maydalagichdan har xil oʼlchamdagi maydalangan don boʼlakchalarini chiqarish imkoniyati mavjud. Iqtisodiy samaradorligi: Xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan qurilmalarga nisbatan xizmat koʼrsatish muddati 2-2,5 barobar koʼp, ish unumdorligi 1,5 barobar yuqori va energiya sarfi 60% ga kam. Loyiha mualliflari: «TIQXMMI» MTU Dotsent D.A.Alijonov, katta oʼqituvchi Sh.X.Abduraxmonov tel.: +99871 237-19-61, faks: +99871 237-54-79,E-mail: admin@tiiame.uz Download 7,49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling