Ruda bo’lakchalarining o’rtacha diametrini aniqlash Ishdan maqsad
Download 101.74 Kb.
|
dilmurod 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asbob va materiallar
Ruda bo’lakchalarining o’rtacha diametrini aniqlash Ishdan maqsad: Ruda bo’laklarining o’lchamlarini o’lchab, uning o’rtacha diametrini aniqlashni o’rganish. Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy mahlumotlar Ruda bo’laklarini o’rtacha diametrini aniqlash elash, maydalash, yanchish va tasniflash jarayonlarida ishlatiladigan asboblarni tanlash va ularning ish samaradorligini hisoblash uchun kerak. Dastlabki ruda noto’g’ri shaklga ega turli yiriklikdagi bo’laklardan tashkil topadi. Noto’g’ri shakldagi ruda yirikligini aniqlashda katta qiyinchiliklar tug’diradi va mahlum shartlashlar kiritishni talab etadi. Faqat to’g’ri sferik shakldagi bo’lak uchun birgina o’lcham orqali uning yirikligini aniqlash mumkin. Noto’g’ri shakldagi ruda bo’laklarining o’lchami shartli ravishda o’rtacha diametr bilan xarakterlanib, uning l – uzunligi, b – eni va h – balandligiga bog’liq O’rtacha diametrni aniqlash uchun shu uch o’lchamning hammasi yoki ularning ayrimlari ishlatiladi. Bo’laklarning o’rtacha diametri quyidagicha hisoblanadi: Uzunligi va eni buyicha o’rtacha arifmetik kattaligi: Uzunligi, eni va balandligining o’rtacha arifmetik kattaligi: Uzunligi va enining o’rtacha geometrik kattaligi: Uzunligi, eni va balanligining o’rtacha geometrik kattaligi: Kerakli asbob va materiallar: Noto’g’ri shakldagi ruda bo’laklari. CHizgich. SHtangentsirkulgp. NAZARIY QISM Ruda — tarkibida metall yoki uning birikmalari koʻp miqdorda boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. Baʼzan nometall mineral xom ashyolar (asbest, barit, grafit, oltingugurt) ham Ruda deb yuritiladi. Ruda tabiiy boy va kambagʻal turlarga ajratiladi, shunga qarab uni boyitish zarurligi belgilanadi. Ruda bir foydali mineralli — monomineral yoki koʻp foydali mineralli — polimineral, jumladan, tarkibida sanoat ahamiyatiga ega boʻlmagan (yaʼni kam miqdorli) minerallar ham boʻladi. Tarkibida foydali yoʻldosh minerallar (komponentlar) boʻlganlari kompleks Rudalar deb yuritiladi. Rudaning tarkibida boʻlgan minerallar miqdoriga qarab silikatli, oksidli, sulfidli, karbonatli va aralash turlari farq qilinadi. Barcha tub choʻkindi, magmatik va metamorfik tog jinslari tarkibida boʻlgan Rudalar tub Rudalar deyiladi; dare, koʻl, dengiz va okean choʻkindilaridan olinadiganlari sochma Ruda deb yuritiladi. Qazib olish va qayta ishlash uchun Rudalarning qator xossalari ahamiyatga ega: kattikligi, darzliligi, hajmiy ogʻirligi, erish harorati, magnit va elektromagnitligi, elektr oʻtkazuvchanligi, radioaktivligi, erish va sorbsion xususiyatlari, granulometrik tarkibi va boshqa Bir joyda joylashib, atroflari esa boshqa togʻ jinslaridan iborat uyum Ruda tanasi (jism) deb ataladi va u turli (yapaloq, shtokverk, tomirsimon) shakllarga ega. Yaqin joylashgan bir nechta Ruda tanalari Ruda maydoni yoki konini hosil qiladi, Ruda koni bitta Ruda tanasidan iborat boʻlishi ham mumkin. Ruda konlari qora (temir, marganets, xrom, titan, vanadiy), rangli (mis, qoʻrgoshin, rux, nikel, surma), yengil (alyuminiy), noyob (qalay, volfram, molibden, simob, berilliy, litiy, tantal, niobiy), asl (oltin, platina, kumush), radioaktiv (uran, toriy, radiy), tarqoq (aktiniy, gafniy, galliy, germaniy, indiy, kadmiy, protaktiniy, reniy, rubidiy, selen, skandiy, talliy, tellur, seziy va boshqalar) va nodir metallar konlariga ajratiladi. Download 101.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling