Rus tili va adabiyoti fani metod birlashma rahbari Tag’oyeva Shoxidaning
Download 16.93 Kb.
|
Yakshanba
Rus tili va adabiyoti fani metod birlashma rahbari Tag’oyeva Shoxidaning birinchi chorakda ta’lim jarayonida pedagog xodimlarga metodik yordamni tashkil etish, ularni kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda bajargan ishi haqida Ma’lumot Men Tag’oyeva Shoxida yangi 2021-2022 o’quv yili boshidan metod birlashma a’zolarini - qarorga asosan dars bilan ta’minladim. Yangi kelgan o’qituvchilar To’xtasheva Aziza va Qurbonova Bahoralar bilan alohida ish olib borib, ularga asosan o’quvchilar bilan muomala qilish, ularni fanga qiziqtirish uchun qanday yo’l tutish va YPT orqali darslarni tashkillashtirish haqida tushunchalar berib va namuna sifatida 6-a sinfida 21-sentabrda “Описание внешнего вида и характера человека” mavzusida mahorat darsi o’tib berdim. Barcha metod birlashma a’zolari darslariga kirib, darslari tahlil qilindi, ularning yutuq va kamchiliklari tushuntirib borildi. Iqtidorli o’quvchilarni aniqlab, ular bilan individual ish olib borildi va ularni fan olimpiadasiga tayyorladim. 10-a sinf o’quvchisi Jalolova Sevinch tuman olimpiadasiga ishtirok etib yaxshi natijalarga erishdi. SHu bilan birgalikda past o’zlashtiruvchi o’quvchilarni aniqlab, ularni fanga qiziqtirish va ularda BKM hosil qilish uchun pedagogik texnologiyalarning interfaol usulidan keng foydalanib borildi. Bu usul bilan o’quvchilarni faollashtirishga, sust o’zlashtiruvchi o’quvhcilarni ham harakatlantirishga, tahlil qilish, xulosa qilishga o’rgatib borildi. Har oyda metod birlashma yig’ilishini o’tkazib, dars jarayonlari davomida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish chora tadbirlarini ishlab chiqildi va metod birlashma a’zolari bilan fanga doir qo’shimcha ma’lumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbatlari tashkil etildi. Rus tili va adabiyoti fani metod birlashma rahbari Tag’oyeva Shoxidaning birinchi chorakda ta’lim jarayonida pedagog xodimlarga metodik yordamni tashkil etish, ularni kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda bajargan ishi haqida Download 16.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling