S. M. Duxovskoy qaysi yillarda Turkiston general-gubernatori bo’ldi?


Download 16.17 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi16.17 Kb.
#1063371
Bog'liq
9 uzb tarixi test 2-chorak


9-sinf O’zbekiston tarixi Nazorat ishi 2
1. Xudoyorxon Makkadan qaytib kelayotganida kasalga chalinib 1882-yilda ….da vafot etdi?
A) Xitoy B) Eron C) Hindiston D) Afg’oniston
2. Xudoyorxon taxtni tark etganidan so’ng uning o’rniga kim xon bo’ldi?
A) Abdurahmon Oftobachi B) Iso Avliyo
C) Po’latxon D) Nasriddinbek
3. Nasriddinbek qachon taslim bo’lib Kaufman bilan shartnoma imzoladi?
A) 1875-yil 17 iyul B) 1875-yil 20 iyul
C) 1875-yil 18-oktyabr D) 1875-yil 22-sentyabr
4. Po’latxon boshliq qo’zg’alonchilarning asosiy kuchi qaysi shaharda joylashgan edi?
A) Namangan B) Farg’ona C) O’sh D) Andijon
5. Po’latxon qo’zg’alonini bostirish uchun kim boshchiligidagi qo’shin Andijonga hujum boshladi?
A) Veryovkin B) Kaufman c) Skobelev d) Chernyeyev
6. Rossiya imperiyasi Skobelev boshchiligidagi qo’shini 1875-yil 18-oktyabrida qayerga joylashdi?
A) Andijon B) Farg’ona C) Namangan D) Qo’qon
7. Rossiya va Eron o’rtasidagi chegaralar qachon belgilandi?
A) 1881-yil B) 1880-yil C) 1883-yil D) 1882-yil
8 Rus qo’shinlari 1873-yilda qaysi xonlikka yurish qildi?
A) turkmanlar B) Xiva C) Buxoro D) Qo’qon

9. S.M.Duxovskoy qaysi yillarda Turkiston general-gubernatori bo’ldi?
A) 1867-1881 B) 1897-1900 C) 1898-1901 D) 1870-1892
10. “Turkiston o’lkasi boshqa o’lkalarga nisbatan tarixiy o’tmishi, etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e’tibor berilishini talab qiladi” so’zlari kimga tegishli?
A) Fitrat B) Palen C) Kaufman D) Duxovskoy
11. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so’ng Aleksandr II qachon “Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom”ni tasdiqlaydi?
A) 1865-yil 6-yanvar B) 1865-yil 6-avgust

C) 1865-yil 8-sentyabr D) 1865-yil 6-oktyabr
12. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so’ng Aleksandr II tasdiqlagan “Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom”ga ko’ra boshqaruv kimlar qo’liga o’tadi?
A) xalq B) harbiy zobitlar C) ziyolilar D) amaldorlar
13. “O’lkada eng kichik boshqaruv ham harbiy boshliqlar qo’lida bo’lgan” so’zlari kimga tegishli?
A) Fitrat B) Kaufman C) Palen D) Duxovskoy
14. Qaysi yillarda senator Palen Turkiston o’lkasini podsho topshirig’i bilan taftish qilgan?
A) 1910-1912 B) 1908-1910 C) 1901-1911 D) 1907-1909
15. “Shahar nizomi” qachon va qayerda joriy qilingan?
A) 1880-Xiva B) 1879-Buxoro C) 1878-Qo’qon D) 1877-Toshkent
16. 1877-yilda joriy qilingan “Shahar nizomi”ga ko’ra shahar boshqaruvi…..ga o’tgan.
A) Duma B) Zemstvo C) Rada D) Kortes
17. Turkiston general-gubernatorligining umumiy maydoni qancha bo’lgan?
A) 130 ming kv.km B) 1583255 kv.km
C) 1,7 mln kv.km D) 200 ming kv.km
18. Turkistondagi o’zbeklar va tub aholining 1911-yildagi sonini aniqlang.
A) 6 mln B) 5 mln C) 400 ming D) 197 ming
19. Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi qayerda ta’sis etilgan?
A) Buxoro B) Xiva C) Toshkent D) Qo’qon

20. Qal’a yoki tumandagi barcha qo’shinlar qo’mandoni….
A) volost B) uyezd C) komendant D) Duma


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

D

d

d

d

c

c

a

b

c

d

b

b

c

b

d

a

c

a

a

c

Download 16.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling