S. V. Azizov 2017 y
Umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuasini o’tkazish
Download 1.92 Mb.
|
gimnastikachilarni mashgulotlar davomida texnik tayyorgarligini aniqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3.Umumrivojlantiruvchi mashqlarga o’rgatishning turlari
- 1 . Ko’rsatish asosida yaxlit tarzda o’rgatish
- 2. Mashqni yaxlit xolda gapirib berish asosida o’rgatish
- 3. Bo’limlarga bo’lib o’rgatish usuli
- Umumrivojlantiruvchi mashqlarni mehyorlash
- 1.4. Gimnastika chi larni texnik tayyorgarliklarini aniqlash
1.2. Umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuasini o’tkazish. Gimnastika umumrivojlantiruvchi mashqlar (U.R.M) deb sog’lomlashtirish jismoniy sifatlarni tarbiyalash organizmning funktsional xolatini yaxshilash maqsadida bajariladigan, tana va uning qismlaridan shug’ullanuvchilar uchun qulay, texnik jixatdan unga murakkab bo’lmagan oddiy xarakatlariga aytiladi. Qulayligi tufayli bu mashqlar salomatlik guruxlarida o’tkaziladigan mashg’ulotlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya darslarida –bolalar, maktab, kasb-xunar kollejlari, oliy o’quv yurtlarida keng qo’llaniladi. U.R.M majmualaridan ertalabki badan tarbiyada (radio va televideniya orqali beriladigan mashqlar shu jumlaga kiradi), asosiy, ritmik va ishlab chiqarish gimnastikasi mashg’ulotlarini o’tkazishda foydalaniladi. Sportning xamma turlari U.R.M ni o’z trenirovkalari tarkibiga oyoq, qo’l chigalini yozish va muayyan jismoniy xususiyatlarni rivojlantirish vositasi sifatida kiritiladilar. U.R.M miqdorining ko’pligini quyidagicha tushuntirish mumkin tana va uning aloxida qismlari amalga oshira oladigan xarakatlardan xilma-xil tarzda uyg’unlashib, mushaklarni zo’riqish darajasi, xarakat tezligi, amplitudasi va yo’nalishini turlicha o’zgartirgan xolda foydalaniladi. Dastlabki va oxirgi xolatlarni o’zgarishi xar xil predmetlarning, og’ir buyumlar va moslamalarni qo’llanilishi xam mazkur mashqlardan foydalanish chegaralarini ancha kengaytiradi. Nisbatan osonlik va tobora murakkablashtirib borish imkoniyati U.R.M ni xar qanday xildagi va tayyorgarlik turlicha bo’lgan shug’ullanuvchilar uchun qulay qilib qo’yadi. U.R.M ni egallash xarakt tayyorgarlik maktab xisoblanadi. Oddiy bo’g’in xarakatlardan boshlab shug’ullanuvchilar izchil ravishda tobora murakkab mashqlarga o’tadilar. Sportda boshlang’ich tayyorgarlik bosqichi U.R.M ning ko’p bajarilishi bilan ajralib turadi. Mazkur mashqlar o’lchamini (dozasini) belgilash oson, muayyan mushak guruxlariga yo’naltirib va saylab ta’sir qilish imkonini beradi. U.R.M ga qomatni to’g’ri shakllantirish vositasi sifatida katta axamiyat beriladi. Shubxasiz jismoniy tarbiya o’qituvchisi faoliyatida U.R.M dek universal vositalardan foydalanish bilan bog’liq bilim, ko’nikma malakalar aloxida o’rin tutishi kerak. Turli kontingentlarning mashg’ulotlarida U.R.M ni oqilona qo’llash quyidagilarni nazarda tutadi: muayyan mashqlarning katta miqdori egallanganligi (ko’rsatishni bilish, atamalarni atay olish): Xar bir mashqning xususiyati, uning yo’nalishini bilish: Vazifalardan kelib chiqib, mashqlar majmualarini tuza olishni: Xar xil usullar bilan (aytib, ko’rsatib berish topshiriq bo’yicha o’yin usuli bilan va x.k) U.R.M ga o’rgatish xamda mashg’ulotlarni o’tkaza olish: U.R.M mashg’ulotlarni tashkil etish usullarini bilishni: Xal etilayotgan vazifalar va shug’ullanuvchilarning axvolidan kelib chiqib, nagruzka o’lchamini belgilay bilishni umumrivojlantiruvchi mashqlarni anatomik belgisiga qarab mashqlarni tananing turli qismlari uchun guruxlab tasniflash qabul qilingan . Qo’l va yelka qismlari uchun mashqlar: Bo’yin mashqlari: Oyoq va tos qismlari uchun mashqlar: Gavda uchun mashqlar: Butun tana uchun mashqlar. Xar bir guruxda yana xam chegaralangan a’zolar uchun mashqlar qatorini ajratish mumkin. Masalan: “Qo’l va yelka qismi uchun mashqlar mavjud guruxida barmoqlar, panja bloklar va yelka qismi uchun mashqlar mavjud ” Oyoqlar va tos qismi uchun mashqlar guruxida oyoq kafti to’liq, sonlar uchun belgilangan mashqlar bor. Gavda mashqlari guruxida gavdaning oldingi mushaklari uchun mashqlar ajratiladi va x.k . Mashqlarni anatomik belgilariga qarab tasniflash ularning fiziologik ta’siri xususiyatlariga qarab tasniflash ularning fiziologik ta’siri xususiyatlariga ko’rsatma bilan to’ldiriladi. Bunda xarakat sifatlari, kuch, tezlik, egiluvchanlik, chidamlilik, chaqqonlik kabilarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarning asosiy ta’siri nazarda tutilmoqda. U.R.M shaklini bo’g’imlardagi asosiy xarakatlar: bukilish, to’g’rilanish, qo’llarni yozish, yig’ish, aylanma xarakatlar burilishlar belgilaydi. Mashqlarning xususiyati ko’p jixatdan mashqlarning zo’riqish va bo’shashtirish darajasiga bog’liq. SHunga ko’ra quyida keltirilgan misollarda tananing turli xil qisimlari uchun mashqlar u yoki bu sifatlarni rivojlantirishga ko’proq ta’sir qilish xususiyatiga qarab, guruxlarga ajratilgan. Shaklan bir xil bo’lgan mashqlarning (masalan, o’tirib turishlarning) organizmga ta’siri, ularni bajarish xususiyatiga (sekin yoki tez o’tirib- turish, yuklar bilan yoki yuklarsiz va x.k). Mashqlarning tanlashda xatoga yo’l qo’ymaslik uchun xarakat qobiliyatlari, jismoniy sifatlar: kuch, chidamlilik va egiluvchanlikning namoyon bo’lish to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi lozim. Kuch sifatlarini ya’ni tashqi qarshilikni U.R.M ni uch usulda qo’llash yo’li bilan rivojlantirish tavsiya etiladi. 1. Uncha og’ir bo’lmagan yukni ko’p marta (8-12 martagacha) ko’tarish yoki o’z tanasi og’irligini yengish (yotib qo’llarga tayangan xolda ularni bukib yurish yozish, o’tirgan xolatdan turish tortilish va x.k). SHunga o’xshash mashqlarning toliqishgacha bajarish kuch chidamlilikni rivojlantiradi. Mushak massasining o’sishiga yordam beradi. 8-12 marta takrorlash qiyinchilik tug’dirmasa, yuk og’irligini ko’paytirish yoki dastlabki xolatni o’zgartirish (masalan, qo’llarga tayanib, ularni bukish- yozishda oyoq tayanchini balandroq qo’yish) zarur. 2. Imkoniyat chegarasiga yaqin yukni ko’tarish (1-3 marta). Mazkur mashqlar mushaklarning kuchini eng yuqori darajaga rivojlantiradi. Ularning masalasi xam oshadi. Izometrik mashqlar (tana qismlarining ko’rish mumkin bo’lgan xarakatsiz tashqi qarshilikni yengish uchun mushaklarning imkon chegarasiga yaqin zo’riqish) xam mukammal kuchni rivojlantiradi. 3. Xarakatlarni maksimal tezlik bilan bajarish. Mashqlarning tezlik kuch sifatlari, epchillik rivojlanadi. Chidamlilik mushaklarning qattiq zo’r berishni talab qiladigan uzoq muddatli ishlashi davomida toliqishga qarshi turish qobiliyatidir. U.R.M dan foydalanib, aloxida tana qismlari va umumiy chidamlilikni rivojlantirish mumkin. Mushaklarning chegaralangan miqdori qatnashuvi mashqlarni imkon boricha ko’p marta bajarish orqali aloxida ahzolar chidamliligi rivojlantiradi. Mushaklarning ko’p guruxlari uzoq muddat davomida ishtirok etadigan va shunga ko’ra yurak – qon tomir xamda nafas olish tizimlari yuqori nagruzka bilan ishlaydigan mashqlar umumiy chidamlilikni rivojlantiradi. Egiluvchanlikning rivojlanish davrajasi xarakatlarining erishishi mumkin bo’lgan amplitudasi kattaligini belgilaydi. Faqat kuch mashqlarini bajarish bo’g’imlar xarakatchanligining chegaralab, qotib qolishiga olib keladi. Shu sababli kuch mashqlarni egiluvchanlikni tarbiyalaydigan mashqlar bilan uyg’unlikda qo’llash lozim bo’ladi. Mashqlarning yenguvchi kuchi ishi xisobiga bo’g’inlardagi xarakatchanlikni namoyish etish bilan bog’liq. Shunga ko’ra, faol egiluvchanlikni rivojlantirish xam xarakatlar amlitudasi baland bo’lgan shuningdek, bo’g’inlarni imkoniyat darajasidagi xolatda mustaxkamlab qo’yadigan mushaklarni mustaxkamlovchi mashqlarni nazarda tutadi. Mashqlarni asosiy pedagogik vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazariga ko’ra tanlab olishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: 1. Mashqlar shug’ullanuvchilarga xar tomonlama ta’sir oyoq –qo’l chigalini yozish, asosiy ginastika uchun U.R.M majmualarini tuzish chog’ida xisobga olish ayniqsa mumkin. Mashqlarni qo’l- oyoqlar tartibida navbatlash tavsiya etiladi. Bunda qo’llar uchun mashqlardan so’ng oyoq mashqlari, keyin esa gavda uchun mashqlar bajariladi. Bu uch xil mashqlar bir seriyani tashkil etadi. Ertalabki badan tarbiya majmuasida 3-5 seriya bo’lish mumkin. Xar bir keyingi seriyada tananing aloxida qismlari uchun mashqlar almashinib turishi zarur. Agar birinchi seriyada ko’proq yozuvchi mushaklar ishtirok etsa, ikkinchi seriyada bukuvchi mushaklar faol ishga kirishishi maqsadga muvofiqdir. Mashqlarning xususiyatlarini o’zgartirish tavsiya etiladi. Tezlik kuch xususiyatiga ega bo’lgan mashqlar seriyasi kuch mashqlari bilan almashinishi, keyin esa egiluvchanlikni rivojlantiradigan mashqlarga o’tilishi kerak. Yakunlanuvchi seriya esa chidamlilikni o’stiruvchi mashqlardan iborat bo’lgani mahqul. Majmua bo’shashtiruvchi mashiqlar bilan tugallanadi. Bu yerda qathiy qoidalarning bo’lishishart emas, chunki U.R.M ning qo’llanish bilan bog’liq vazifalar doirasi xaddan tashqari kengdir. 2. Shug’ullanuvchilar organizmiga xar tarflama ta’sir etish bilan birga U.R.M aloxida mushak guruxlari yoki muayyan jismoniy sifatlarni rivojlantirish xisobga olgan xolda tanlanadi. 3. Sportda keng qo’llaniladigan o’sib borish qoidasidan U.R.M majmuasini tuzishda xam foydalaniladi: amplidudani oshirish, xarakatlar tezligi, zo’riqish darajasi, takrorlashlar miqdorini ko’tarish xisobiga mashqlar samarasining o’sib borishiga erishishladi. Bunga xar bir yangi mashg’ulotda qathiy amal qilinadi. Shu tariqa xar bir mashq qo’shimcha xarakatlar xisobiga kuchaytirib borishi mumkin. Mashg’ulotdan mashg’ulotga U.R.M ni o’zgarishsiz qo’llashda organizmning nagruzkaga odatlanib qolishi (adaptatsiya- ko’nikib qolish) mashqlar organizmga ijobiy ta’sir ko’rsatayotgani va ularni asta- sekin murakkablashtirib borish kerakligini anglatadi. U.R.M ni o’tkazishningginastik usuli xarakatlarni qa’tiy tartibi, bunga erishish uchun esa dastlabki va so’ngi xolatlar, xarakatlar yo’nalishi va amplitudasi, ularning xususiyatlari aniq ko’rsatilish lozim. Bu mashqlarning aniq ta’sir ko’rsatish va o’lchamini (dozasini) belgilaydi. Mashqlarni tanlashda ularning gimnastik me’yorlanish qoidalariga qathiy amal qilmoq kerak. Masalan, oldinga engashishlarni bajarganda oyoqlar xolatini aniqlab olish shart, negaki, oyoqlarni birlashtirib, yelka kengligida, uchlarini tashqariga, ichkariga qilib qo’yganda yoki kaftlari paralel xolda bo’lsa, mashlar seriyasixam turlicha bo’ladi. Engashishlar tez yoki sekin surhatda bajarilishiga qarab xam mashq xususiyati o’zgaradi. Bu xolati xar xil bo’lishi mumkin (orqa, to’g’ri tutiladi yoki yoysimon xolda). Aytilganlardan ko’rinib turibdiki U.R.M majmualarini tuzishda xar bir mashqni bajarish yo’llarini, xarakatlar xususiyatlarini aniqlab ko’rsatish lozim. Boshlovchi o’qituvchi ko’pincha badantarbiya va oyoq- qo’l chigalini yozish mashqlari majmuasini tuzish xamda buni o’z o’quvchilariga o’rgatish kerak bo’ladi. Mashqlar nixoyatda turli – tuman bo’lishiga qaramay, vaqt sinovidan o’tgan va mazkur komplekslar uchun asos bo’la oladigan mashqlar quyidagilar: 1. Tekislanib kerishish. 2. Qo’l bilan aylanma va siltash xarakatlarini bajarish. 3. O’tirib – turishlar. 4. Gavdani oldinga, orqaga, yon tomonlarga engashtirib va aylanma xarakatlar. 5. Boshqa engashtirishlar va aylanma xarakatlar. 6. Yotib qo’llarga tayangan xolda ularni bukib- yozish. 7. O’tirgan yoki yotgan xolda oyoqlarni ko’tarish (yoki oyoqlarni maxkamlab gavdani ko’tarish). 8. Oyoqlarni oldinga, orqaga yon tomonlarga siltash. 9. Sakrashlar (sapchishlar) 10. Joyda turib yurish yoki yugurish. 1.3.Umumrivojlantiruvchi mashqlarga o’rgatishning turlari Odatda U.R.M shug’ullanuvchilar uchun bir marta bajarilganda murakkab xarakat topshiriqlari bo’lib ko’rinmaydi: o’rgatish jarayonida majmuadagi mashqlar tartibini yodlab olish zarur bo’ladi. Lekin shunga qaramay, U.R.M ni o’zgartirib olishda dastlabki va so’nggi xarakatlardagi xatoliklarni yo’qotishga oloxida e'tibor berish, xarakatda ishtirok etmaydigan mushaklar zo’riqishiga yo’l qo’ymaslik lozim. U.R.M ni o’rgatishda eng samarali usullar: ularni umumiy tarzda va bo’limlariga taqsimlab o’rgatishdir. Bunda ko’rsatish gapirib tushuntirish va aralash yo’llarini qo’llash mumkin. 1. Ko’rsatish asosida yaxlit tarzda o’rgatish. O’qituvchi avval mashqni to’laligicha ko’rsatadi. Keyin “Dastlabki xolatni egallab” komandasi beriladi,(bajarish yo’li zarur bo’lsa, qadamlar bilan, “sakrab” deb tushuntiriladi ). Agar mashq bajarishni to’xtatish zarur bo’lsa, “To’xtating! ” komandasi beriladi. Mashg’ulotni o’tkazuvchi gurux oldida turgancha mashqni bajaradi, uning xarakatlari ko’zguda aks etganday ko’rinib, boshqalar uchun qulaylik tug’diradi. U.R.M ni sanab o’tkazish tavsiya etiladi, ko’proq 4 va 8 gacha sanaladi. Bu musiqa jo’rligida foydalanish imkonini beradi. U.R.M ni “ko’rsatish yo’li bilan” o’rgatganda, ayni vaqtda qaysi sanoqqa qanday mashq bajarilishi xaqida ko’rsatmalar xam beriladi. Gurux bilan birgalikda mashqni 2-3 marta takrorlagandan keyin o’tkazuvchi sanash va aytib turishga o’tadi. Mashqlarni “To’xta!” komandasidan so’ng tugatadilar. Bu buyruq so’nggi sanoq o’rniga beriladi. Kichik maktab yoshidagi bolarga o’rgatilayotganda, komandalar emas, buyruqlar beriladi, masalan: “Dastlabki xolatni egallang”, “mashqni men kabi bajaring”, “Mashqni tugatamiz” kabi .
O’qituvchi mashqlarni tushuntiradi, avval dastlabki xolat qanday bo’lishini aytib beradi, xar bir sanoqqa aniq qanday xarakatlar bajarilishini qisqacha gapirib o’tadi. Komandalar “Ko’rsatish asosida” bajariladigan mashqlardagi kabi beriladi. Sanash o’rniga asosiy xarakatlarni mashqlar ritmi va tezligidan kelib chiqib yo’l –yo’lakay tushuntirib ketiladi. Masalan, “bir- ikki- uch -to’rt” deb sanash o’rniga, “Engashing- tiklaning-o’tirish- turish” so’zlarini aytish kifoya. Ko’rsatish va gapirib berishni birlashtiradigan “aralash” usullarda o’qituvchi mashqni xam ko’rsatadi, xam tushuntiradi.
Bu usul muvozanat jixatidan murakkabroq U.R.M ga o’rgatishda qo’llaniladi, chunki aloxida xarakatlar orasida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish uchun tanaffuslar qilish imkonini beradi. “Dastlabki xolatni egallang” komandasidan so’ng o’qituvchi xar bir sanoqdan so’ng bir oz to’xtab komandalar beradi. . Masalan, “O’ng oyoq uchini orqaga, qo’llar yuqoriga – bir!”. “Chap oyoqqa tayanib cho’qqayib o’tiring, o’ng oyoq yonga- ikki”, “Oyoqlar xolatini o’zgartiring- uch!”, “Dastlabki xolat- to’rt”, o’rgatish shu tariqa olib borilganda, mashg’ulotlarning yuqori xarakat zichligiga erishiladi.
U.R.M bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarga jismoniy nagruzkani: - mashqlar miqdorini (U.R.M mashg’ulotlarning shakliga qarab, ularning miqdori xam turlicha bo’lishi mumkin.Ertalabki badantarbiya majmuasiga 8-12 ta, ritmik gimnastika majmuasiga esa 50-70 mashqdan iborat bo’ladi): - mashqlar tarkibi tananing ayrim qismlarini oz miqdordagi mushaklar ishtirokida xarakatlantirish ko’p sonli mushak guruxlariga asoslangan butun tana mashqlariga qaraganda ozroq nagruzka beriladi. Kuch mashqlari, yuk bilan bajariladigan xamda chidamlilik mashqlari egiluvchanlik mashqlariga nisbatan mushaklar, yurak- qon tomir va nafas tizimlariga kuchliroq ta’sir ko’rsatadi: - mashqlar oralig’idagi dam olish davomiyligi dam olish tanaffuslarini qisqartirish nagruzkani ko’paytiradi: - takrorlashlar miqdori musiqa jo’rligida “1-4” yoki “1-8” sanab bajariladigan U.R.M ni o’tkazganda, odatda, xar bir mashqni 4. 8, 12 yoki 16 bor bajariladi. Musiqasiz mashqlar xam taxminan shuncha takrorlanadi, bunda musiqa asari ko’rilishidan kelib chiqadigan aniq miqdorga rioya qilinmaydi: - surhat- tez surhatli mashqlar odatda, ko’proq nagruzka beradi: - dastlabki xolat turlicha bo’lgan bir xil mashqlar turlicha nagruzka beradi. Masalan, yotib qo’llarga tayangan xolda ularni bukib- yozib mashqlarining dastlabki xolatni o’zgartiramiz: qo’llarni baland joyga, polga, oyoqlarni balandlikka yoki qo’shcho’pga tayash xisobiga amalga oshiriladi:
Mashqlarni shug’ullanuvchilarning tayyorgarligi darajasi, yoshi, jinsi, mazkur kontingent bilan xal etiladigan masalalarning xisobga olishning umumiy qoidalaridan kelib chiqib meyorlash lozim. Aloxida mashg’ulotlarda nagruzka yurak urish va o’zini xis etishiga qarab, toliqish darajasidan kelib chiqib mehyorlash lozim. Aloxida gurux mashg’ulotlarida o’qituvchi mashqni mustaqil tugatishga (agar, uni xamma barobar davom ettirish mumkin bo’lmasa) ko’rsatma berib qo’yish mumkin. Kuch mashqlarida toliqish xissi tezgina seziladi va imkon bo’lmay qolguncha takrorlashga yo’l qo’yiladi. Chidamlilik mashqlarida organizmni bunday toliqish darajasiga olib borish mumkin emas ayniqsa boshlovchilar bilan mashg’ulot o’tkazganda bunga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Egiluvchanlik mashqlarida xarakatlar amplitudasi chegarasidan xabar beruvchi yengil og’riq sezgisidan kelib chiqib ish ko’rish lozim. Mashg’ulotlarga nagruzkani yuqorida sanab o’tilgan omillar xamda xaftadagi mashg’ulot kunlari soniga ko’ra asta- sekin, ammo muntazam olib boriladi. Ularni ayniqsa, jadal, uzoq davom etuvchi seriyalarini bajarishda yurak- qon tomir tizimiga qo’yilishi mumkin bo’lgan nagruzkani nazorat va o’z- o’zini nazorat qila borib, quyidagi usuliyatidan foydalanish tavsiya etiladi: Xar bir shug’ullanuvchi uchun aloxida o’qituvchi ishorasiga ko’ra mashg’ulotdan avval yoki uning orasida (nagruzka eng ko’p bo’lgan vaqtda tiklanish paytida va x.k) paypaslash yo’li bilan (bo’lak yoki bo’yniga) 10-15 soniya ichida urilgan zarblar soni aniqlanadi. Bu raqamni 6 yoki 4 ga ko’paytirib, daqiqa mobaynidagi zarbalar sonini bilish mumkin:- topilgan raqam (daqiqadagi raqamlar soni) maksimum (202- yosh 60-80 %) atrofida bo’lishi kerak va aloxida yo’l qo’yish mumkin bo’lgan nagruzkani ifodalaydi. Masalan 40 yoshli daqiqasiga 180 zarbani (220- 40) tashkil qilish kerak. Yurak qisqarishini daqiqasiga 110- 130 zarbaga qadar ko’taradigan nagruzka boshlovchi uchun (60-70 %) yetarli bo’ladi. Tayyorgarlik ko’rganlar uchun bu ko’rsatkich yuqoriroq 140-150 zarbadan 180-85 % iborat bo’lishi mumkin. Nafas xarakatlar bilan chambarchas bog’liq. Nafas chuqurligi va surhati ayni paytdagi organizm talablariga muvofiq bo’lishi kerak. Organizmning bu murakab fiziologik vazifasi avtomatik ravishda amalga oshiriladi lekin, albatta, nafas olish faoliyatiga istalgan vaqtda aralashish xam mumkin. Sog’lom kishilar uchun nafasni qachon olish va chiqarishning axamiyati yo’q, bahzan qisqa muddatli kuchanishlarning xam zaruri yo’q. Imkon boricha xarakatlar surhatini nafas bilan muvofiqlashtirish zarur. Ko’krak qafasi kengayganda qo’llarni yon tomonga cho’zganda, gavdani tiklaganda nafas olish, egilganda, cho’qqayganda esa nafasni chiqarish kerak. Sport amaliyotida qo’llanadigan juftlik yoki gurux mashqlari qo’shimcha jixoz va uskunalarni talab qilmasligi bilan qulay xamda qimmatlidir. Bu mashqlar mashg’ulotning tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismida olinga qo’yilgan maqsadlardan kelib chiqib boriladi. Shunga bog’liq ravishda jismoniy nagruzka xam turli variantlarda beriladi: mo’tadildan maksimalgacha ko’tarilishi, maksimaldan mo’tadilga qadar kamayishi mumkin, ular suyak pay xamda mushaklar apparatini mustaxkamlashga, kuch, egiluvchanlik, chaqqonlik, xarakatchanlik singari sifatlarni rivojlantirishga o’rtoqlik, axilik xissi kabi shaxsiy xususiyatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Juftlik mashqlari turgan joyda va xarakatda raqs qadamlari o’zgaruvchan, tezkor qadamlar bajariladi. Juftlik mashqlari bajarishda shug’ullanuvchilardan biri ikkinchisiga talab etmayotgan xarakatlarni yanada aniq va to’g’ri bajarishda yordam beradi yoki qarshilik ko’rsatadi, xamda shu tariqada ishlayotgan mushaklar nagruzkani ko’paytiradi. Mashqlari bajarish sifati bajaruvchiga xam sherigiga xam bog’liqdir. Juftlik mashqlari turli jismoniy sifatlarni rivojlantiradi. Qarshilik ko’rsatishga asoslangan mashqlar, masalan kuch sifatlari rivojlanishiga yordam beradi, ushlatib, kuchlanib bajariladi, mashq esa egiluvchanlikni o’stiradi va x.k. Gurux mashqlari yonma yon qatorlashib saf tortib yoki aylanma bo’lib turib bajariladi. Bu shug’ullanuvchilarning mashqni bajarishga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Estafeta va o’yin topshiriqlari shaklida o’tkaziladigan mashqlar nagruzkani yana kuchaytiradi. Gurux mashqlari kichikroq zallarda xam kattarok maydonlarda ko’p sonli shug’ullanuvchilar bilan o’tkazilishi mumkin. Mashqlar bayoni amaldagi tasnifga muvofiq xamda ta’sir ko’rsatishdagi ustunligidan kelib chiqib berilgan. Bundan tashqari, misol tariqasida majmua ta’sir ko’rsatuvchi mashqlar, shuningdek asosiy o’yin xamda estafetalar keltirilgan. Umumrivojlantiruchi juftlik va gurux mashqlari katta amaliy axamiyatga ega. Ular sportning xar xil turlarida (gimnastika, figurali uchish, kurash) qo’llaniladi. Sportchining jismoniy xamda axloqiy- irodaviy sifatlarni rivojlantirishga, suyakni va mushak apparatlari mustaxkamlanishiga yordam beradi. Tavsiya etilayotgan mashqlar shug’ullanuvchilardan aloxida diqqat va yaxshi intizomni talab qiladi va ularni sherigiga yoki umuman, guruxga nisbatan o’z xarakatlarini to’g’ri bajarishga o’rgatadi, juft yoki , gurux mashqlarini mashg’ulotlarga kiritilganda, ularni o’tkazish usuliyati xaqida chuqur o’ylash kerak. Tayyorgarlik qismining boshida diqqatni jamlash maqsadida gurux mashqlari tavsiya etiladi. Yaxshi tanish mashqlar safdagilar birgalikda bajarilishi mumkin. Gurux mashqlari oyoq- qo’l chigalini yozish vaqtida xam qo’llaniladi. Bunga shug’ullanuvchilar organizmdagi asosiy qismni katta jismoniy nagruzkaga tayyorlaydigan mashqlarni kiritish zarur. Birmuncha murakkabroq juftlik va gurux mashqlarini asosiy qismda o’tkazish tavsiya etiladi. (bunga yuqori shiddat bilan o’tadigan turli o’yinlar, estafetalar, yuqori darajada zo’riqishni talab qiluvchi xarakatlar va majmualari kiradi). Mashg’ulotning yakunlovchi qismida nagruzkani kamaytiradigan topshiriqlar, diqqatni rivojlantiruvchi, raqs elementlari bo’lgan mashqlar va boshqalardan foydalanish mumkin. Umumrivojlantiruvchi juftlik va gurux mashqlariga o’rgatish yoki ularni bajarishda o’z- o’zining sherigi va barcha shug’ullanuvchilarning xavfsizligi xaqida o’ylash zarur bo’ladi. Asosiy harakatlarni o’z vaqtida rivojlanishi bolaning harakat qilish tajribasini boyitadi, unga o’z atrofidagi muhitda erkin harakat qilish imkonini beradi, o’z kuchiga ishon xissini, faollik, dovyuraklikni tarbiyalaydi. Asosiy harakatlar bolalarning jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi: muskullarni, paylarni,qon tomirlarini mustaxkamlaydi va rivojlantiradi, yurak-qon tomir hamda nafas olish sistemalari, ichki organlar va terining ishlashini yaxshilaydi. Agar asosiy harakatlar ochiq havoda o’tkazilsa, ularni sog’lomlashtiruvchi ta’siri ayniqsa ortadi. Asosiy harakatlar garchi juda oddiy bo’lib tuyulsa ham biroq ularning ayrimlari bolalar uchun murakkab hisoblanadi. Muntazam mashq qilib, o’rganib borish orqaligina ularni to’g’ri bajaradigan bo’lishi mumkin. Yurish bolaning tabiiby harakat qilishidir. Yurish uchun harakatlarning seklligi o’ziga hos xususiyat kasb etadi. Harakatning siklligi bir xildagi sikillarning ko’p marotaba takrorlab turishdan iborat. Yurishda qadamlar o’ng va chap oyoqlarning almashinib turishi hamda qo’llarning shunga muvofiq ishlatib harakatga kelishi natijasida yakunlangan sikl hosil bo’ladi. Maktabgacha yoshidagi bolalarning ko’pchiligi yurgan vaqtida tovon to’piqlarini bir-biriga paralel holda yoki sal-pal ichkariga burilgan holda bosadilar. Faqat maktabgacha o’rta va katta yoshdagi bolalar tovon to’piqlarini tashqari tomon bura boshlaydilar. Gavda muvozanatini saqlashda yelka va qo’l harakatlari katta yordam beradi. Ular bir maroomda harakat qiladilar va bu harakatlar oyoqlarning harakati bilan muvofiqlashtirilgan bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatni muvofiqlashtirish ularning yoshiga qarab yaxshilanib boradi. Qadamning uzunligi umuman oyoqning uzunligiga va hususan oyoq tagining uzunligiga bog’liqdir. Yurish usuliga qarabqadamning uzunligi uzayadi. Yurish tezligiqadamning uzunligiga hamda uning tezligiga bog’liq. Yurish va yugurish vaqtida ko’proq miqdorda yirik mushak guruhlari ishtirok etadi. Bunda mushaklar o’zgaruvchan harakat qilib unchalik zo’riqmaydi. Bu esa nafas olishni, qon aylanishni, modda almashishini yaxshilash uchun qulay sharoit yaratadi. Yurish asosan oyoqlarning rivojlanishi va mustaxkamligiga yordam beradi. Gavda va qo’l muskullari yurishda kam ishtirok etadi. Asta-sekin yurish katta yuklama, masalan, harakatli o’yinlardan, yugurishdan keyin nafas olish va qonaylanishi organlari faolyatini sokin holga keltirish vositasi bo’lib hizmat qiladi. Tez yurganda zo’riqish kuchayadi. Shuning uchun ham qisqa muddatli bo’lsa ham tez yurish bolani toliqtirib qo’yishi mumkin. Turli usullar bilan yurishni mashq qilish juda muhimdir, chunki bunday mashqlar tovon-to’piq muskullarining rivojlanish va mustaxkamlanishiga yordam beradi, bolalarning yassi oyoq bo’lib qolishlarini oldini oladi. Bolalarning guruhlari bilan o’tkaziladigan yurish mashqlari jamoada harakatlarni muvofiqlashtirishga, uyushqoqlikni tarbiyalashga yordam beradi, to’g’ri yura bilish maxoratini rivojlantirishga yordam beradi. To’g’ri yura bilish maxoratini tarbiyashga yordam beradi. Mashg’ulotlarda yurish usullarini, sur’atini, yo’nalishini o’zgartirib turish, turli saflanishlarda yurish mashqlarini o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Bu bolalardagi qiziqishni oshiradi, ularda yurishning bir usuludan ikkinchi usuliga o’tish qobilyatini rivojlantirishga yordam beradi. Yurish vaqtida musiqa chalib turish sanash, chapak chalib turish, chirmanda, baraban chalib turish yurish maromida rivojlantirishga yordam beradi. Bolada to’g’ri tejamli yurish malakasini hosil qilish uchun yurish vaqtida qaddi-qomatini tik tutishga doim e’tibor berib turish lozim. Gavdani holati tabiiy bo’lsin, bellar tik, iyaklar biroz ko’tarilgan, qorin ichiga tortilgan holda bo'lsin: oyoqlar oxirigacha tikka uzatiladi. Yurishning yengil bo’lishini oyoq tagining yerga qanday botishiga bog’liq bo’ladi. Tabiiy ravishda oddiy yurish vaqtida avvalo tovon bosiladi, shundan keyinoyoq tagida to’la turilib, gavdaning og’irligi oyoq uchlariga o’tadi. Bunday o’tish va oyoqni yerga bosish prujinasimon harakat singari yengil va chaqqon bajarilishi lozim. Yurish tuzilishi bo’yicha yugurishning yurish bilan ko’pgina mushtarak tomonlari bor, yurishning o’ziga hos belgilari ham mavjud. Yugurayotgan kishining yerdan to’la uzulgan vaqtda ana shunday belgilarga ega bo’ladi. Yurish vaqtida oyoqlarning yerga qo’yilishi ham yurgan vaqtdagiga qaraganda boshqacharoq bo’ladi: oyoq uchu o’rta chiziqqa va hatto bir oz ichkariroqqa yo’naltirilgan bo’ladi. Oyoqlarining bunday qo’yilishi ildam harakat qilish uchun qulay bo’lib, gavdaning yon tomonlarga tebranishini kamaytiradi. Gavda yerdan uzilgan yugurish uvhun katta tezlik olinadi: qadamlarning uzunligi ortadi, gavda parvoz paytida inersiya bilan oldinga harakat qiladi. Gavdaning yugurish vaqtidagi holati. Ko’rak yugurilayotgan tomonga qarab biroz oldinga chiqqan, bosh tik tutilgan holda bo’ladi. Ko’tarilgan oyoq son qismining ancha ko’tarilib, boldirning old qismi tomonga chiqish, yerga tiralgan oyoqning shaxt bilanqattiq itarilishi yugurishi uchun o’ziga hos xususiyatdir. Odatda, yugurish vaqtida qo’llar tirsakdan biroz bukilgan holda bo’lib panjalar erkin barmoqlar bukilgan holda yelkalar qisilmasdan erin tutashadi,harakatni muvofiqlashtiradi, yurishdagi harakatlarga o’xshagan bo’ladi. Yugurilayotgan vaqtda har-bir bolaning qo’l harakatlari o’zining induvudal hususiyatlarga ega bo’ladi. Bolalarda qo’l harakatlarini bir xil qilishga urinish kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarda qo’l va oyoq harakatlarini muvofiqlashtirish yugurish vaqtidagiga qaraganda ancha oldinroq boshlanadi. Yugurishning xilma-xil turlariga qarab, yujgurish texnikasi ham turlicha bo’lishi mumkin. Bolalar bog’chasida yugurishning har xil turlaridan foydalaniladi. Oddiy yugurish bunda keng erkin qadam tashlab, avval tovonga, so’ng oyoq uchlariga tayanib yuriladi, tez yurish va quvlashmachoq, yugurib borib tutish va chap berib chopish, oyoq uchida yugurishi, moki bo’lib yugurishi, to’siqlardan o’tib yugurishi, oyoqlarni chalishtirib yugurish, lo’killab yugurishi, sur’atni almashtirib yugurishi turlaridan foydalaniladi. Yugurishning bu bolaning tovon qubbalarining mustaxkamlash uchun foydalidir. Yugurish – intensiv harakat, u bolaning butun organizmiga katta miqdoriy vazifa beradi. Nafas olish va qon aylanish organlarining chiniqtirishning, chaqqonlik va chidamlilikni tarbiyalashning yaxshi vositasi xisoblanadi. Yurish usulini, yugurish masofasini, tezligini o’zgartirish yo’li bilan miqdoriy vazifani bir me’yorga tushurish mumkin. Ertalabki gimnastika va mashg’ulotlar mazmunini fiziologik vazifa bilan to’ldirish uchun yugurish mashqi ham kiritiladi. Basharti, jismoniy tarbiya mashqlari yetarli vazifani ta’minlay olmaydiganmaterial asosiga qo’yilgan bo’lsa, u halda bolalarga bir anjomdan ichkarisiga o’tayotganda yugurib borishni taklif qilish yoki topshiriq bo’yicha mashqni bajarib bo’lgandan keyin bir necha marta aylanib yugurishni buyurish mumkinva xokazo... O’yin vaqtida yugurish o’ynovchining emotsional holatini yaxshilaydi. Guruh bo’lib yugurish, huddi yurish singari bolalar harakatini uyushtiradi, to’g’ri yura bilish chaqqonlik singari fazilatlari tarbiyalaydi. Tez yugurib turib, jadal harakatlar bilan bajariladigan mashqlar bilan yoki boshqa dam beradigan mashqlar, kam harakat qilinadigan o’yinlar bilan almashtirish mumkin. Sakrash. Sakrashning har xil turlari mavjud. Bolalar bog’chasida turgan joyida sakrash, yurib turib sakrash, turgan joydan oldinga sakrash hamda yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash, tepadan yoki pastdan, chuqurlikka sakrash singari sakrash turlari qo’llalniladi. Sakrash turlaridan bir turi hisoblangan arqoncha bilan o’ynnab sakrash keng tarqalgan. Oyoqning yerdan uzilishi va paytining mavjudligi sakrashning barcha turlari uchun xos xususiyatdir. Sakrashni har bir turida harakatning to’rtta payti bo’ladi. Bular 1. tayyorgarlik, 2. itarilish, 3. parvoz, 4. yerga tushish paytikdir. Tayyorgarlik paytining ma’nosi yerdan zarb bilan eng qulay holatda itarilish uchun sharoit yaratishdan iboratdir. Bunday sharoit itarilishda eng ko’p kuch bo’lishi hamda parvoz vaqtida eng ko’p boshlang’ich tezlik bo’lishini ta’min etadi. Bir joyning o’zida o’zida turib sakrashda tayyorgarlik payti oyoqlari bir oz bukish, sal oldinga engashish va qo’llari orqaga uzatish bilan bog’liqdir. Yugurib kelib sakrash vaqtidagi tayyorgarlik paytida, birdan tashqari gorizantal harakat vaqtida katta tezlikka erishiladi. Bu tezlik parvoz uzunligini yoki balandligini oshiradi. Itarilish payti sakrashning o’ziga xos bo’lgan eng muhim qismi hisoblanadi. Itarilish vaqtida sakrashning o’ziga xos eng muhim zarur bo’lgan tezlik vujudga keltiriladi va u parvozga to’g’ri yo’nalish beradi. Itarilish qisqa muddatli, tez, chaqqon va sekin bo’lmog’i lozim. Tepadan pastga sakrash esa kuchli itarilish talab qilmaydi. Bir joyning o’zida turib sakrash vaqtida itarilish odotda ikki oyoq bilan barobar bajariladi. Yugurib kelib sakrashda esa itarilish bir oyoq bilan amalga oshiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borish uchun kuchliroq oyoq bilan itarilishni tavsiya etmaslik kerak. Har tomonlama kamolga erishish uchun ham u, ham bu oyoq bilan itarilishni o’rganish muhim ahamiyatga ega. Parvoz paytida sakrayotgan bola gavdaning masofani bosib yoki to’siqni yengib o’tish uchun eng qulay bo’lgan holatini egallaydi, shuningdek, yerga tushishga tayyorlanadi. Yerning tushish mashqini puxta o’rganish lozim. Sakrashning bu paytidagi asosiy vazifa shaxt bilan boshlang’ich harakat tezligini to’xtatish hamda muvozanatni saqlab qolishdan iboratdi. Yerga tushishni yumshoq, muloyim holda bo’lishi, bunga tizzalar bir oz bukilishi, bolaning gavdasiga zarar yetkazmaydigan vaziyatda bajarilishi lozim. Hammadan ham yaxshirog’i yumshoq joyga sakrashdir. Bunday ehtiyotkorlik choralarni ko’rilishiga sabab 3-6 yoshdagi bolalar organizmning nozikligidir. Ularning muskullari, on qon tomirlari va oyoq payalari yetarli darajada chiniqmagan, ichki organlar ham hali yetarli mustaxkam holga kelmagan bo’ladi. Bolalar o’z harakatlarini to’g’ri moslashtira olmashliklari ko’pincha sakrash vaqtida tika, butun oyoq tagida, tovonga zo’r berib sakrashlariga olib keladi. Yerga sakrash vaqtidagi bunday katta yuklama qattiq yerga sakragan tovonga tushgan vaqtda oyoq pay va muskullarning eti uzulishiga, yassi oyoqlik vujudga kelishiga sabab bo’lishi mumkin. Bir joyning o’zida turib va yugurib kelib uzunlikka sakralgan vaqtda oyoqlar yerga barobar tushadi. Balandlikka oddiy sakrash vaqtida ham oyoqlar yerga huddi munday tushadi. Yugurib kelib sakraganda oyoqlar bukib olinadi. Bir joyning o’zida balandlikka sakrash vaqtida va tepalikdan pastga sakrash vaqtida yerga avval oyoq uchlari tushadi keyin butun oyoq ustiga og’irlik tushadi. Uzunlikka va balandlikka faol harakatlar bilan sakrab yerga tushish vaqtida, ayniqsa bu mashqlar eng yaxshi natijaga erishish uchun o’tkazilayotganda qo’llarining muayyan holatda bo’lishini qatiy talab qilmaslik kerak. Qo’llar oldinga uzatilgan yosh yon tomonga yoyilgan holda tutilishini mashqlarda qo’shimcha topshiriq sifatida topshirilishi mumkin. Qo’llar harakati mumkin qadar ko’proq tabiiy holatda bo’lishi mumkin. Odatda sakrab ko’lgandan keyin qo’llar oldinga yuqoriga uzatilgan vaqtda, oyoqlar yerga tega boshlaganda qo’llar pastga tushuruladi va bir orqaga uzatiladi. Sakrashning barcha turlari ham harakatlarni yuksak darajada muvofiqlashtirishni talab qiladi. Ayniqsa to’siqlardan oshib o’tish bilan bog’liq bo’lgan sakrashlar va yugirib kelib sakrashlar vaqtida, yugurib kelib belgilangan joydan itarilish va sakrab plankadan oshib o’tish vaqtida harakatlarning bunday muvofiqlashtirish juda zarur. Sakrashlar shug’ullanayotgan bolalarning butun organizimini yaxshilaydi. Bu mashqlarni bajarish vaqtida qon aylanishi va nafas olish kuchayadi, oyoq, qorin va butun gavda muskullari rivojlanadi,oyoq, qorin va butun gavda muskullasr rivojlanadi. oyoq bo’g’inlari va tomirlari mustaxkamlanadi. Bolalarda sakrash qobilyatini o’stirishda, ularni harakatchan, chaqqon va epchil qilib o’stirishda sakrash mashqlari katta axamiyatga ega. Sakrashning natijalariga harakat vazifasining harakteri hamda ko’zga ko’rinib turadigan nishonlardan foydalanish ham yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Bolalarning yoshi ulg’aygan sari ular aniq sakraydigan bo’la boradilar. Ertalabki gimnastika va mashg’ulotlarga kiritilgan har xil sakrashlar mashqlarning fiziologik ta’sirini kuchaytiradi. Arg’amchi bilan sakrash juda foydalidir, chunki u nafas olishni yaxshilashga, bolalarda chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi. Sakrash mashqlarini bajarish vaqtida bolalarda harakatni moslashtirish qobilyatini rivojlantiradi. Chunki arg’amchi bilan sakrash vaqtida qo’l va oyoq harakatlarini aniq muvofiqlashtirib borish, bir maromda sakrash, aylanib turgan arg’amchining yo’nalishi hamda tezligi sur’atiga muvofiq ravishda harakat qilishni talab qiladi. Arg’amchi bilan sakrash mashqlari xilma-xil bo’lib hayajon bilan bajariladi, turli bayramlarda, bolalarning gimnastik chiqishlari vaqtida bunday mashlardan keng foydalanish lozim. Emaklash mashqlari bikr xil va har xil usullarda amalga oshirish mumkin. Bir xil harakat usulida emaklashqaysi qo’l bilan boshlansa, o’sha tomondan oyoq harakatlantirilladi. Har xil emaklash usulida esa harakatlarnng qarama-qarshi uyg’unlashishini kuzatiladi, ya’ni o’ng oyoq chap qo’l, o’ngdan so’ng chap oyoq bilan o’ng qo’l bir vaqtda harakatga keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda yugurish mashqlari va yarim emaklash mashqlari ko’proq tarqalgan. Ba’zi bolalar kaftlariva oyoq uchlariga tayanib ham emaklaydilar. Bunda unig oyoqlaritizzadan bir oz bukilgan holda bo’ladi. Bolalar bog’chlari faolyatida emaklashnign bunday turini ayniqsa emaklash deb aytiladi. Yana qoringa yotib qo’llari navbat bilan oldinga o’tkazgan holda bilaklarga tayanib va yana bilaklar yordamida hmada ayni vaqtda oyoqlar barobar itarilib emaklash ham mumikin. Cheklangan joyda emaklash mashqlari qiya tekislikdan chiqish va tushish, to’siqdan emaklab borishoshib o’tish hamda qandaydir buyum tagidan emaklab o’tish kabi mashqlar juda foydalidir. Emaklash mashqlarini qaddi-qomastni tik tutish, oyoq uchlarida turib qo’llarni baland ko’tarish singari mashqlar bilan qo’shib olib borish kerak. Masalan, oy ostidan emaklab op’tish, o’rindan turish, tepaga osib qo’yilgan chiqqilgoqqa ikkala qo’lini barobar tekkizish,m tarbiyachi ushlab turgan chirmandani bir urish va boshqa shu singari mashqlarni bajarish mumkin. Emaklash mashqlari yirik muskullarni ham, shuningdek, maydaroq muskul gukruxlarini ham bir tomonlama rivojlantiradi. Emaklash mashqlari bajarilayotgan vaqtda zo’rilqish dam olish bilan almashtirib turadi. Bu esa mushaklar ishi qolbilyatining ancha uzoqroq davom etishini ta’minlaydi. Ma’lumki bunday mashqlar yurak-qon tomir va nafas olish sistemalariga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Yopiq holda mashq bajarilganda umurtqa pog’onalari yaxshi rivojlanadi. Bu esa qaddi-qomatni to’g’ri, chiroyli shakllanishiga g’oyat yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Emaklash vaqtida bolada harakatni uyg’unlashishi rivojlanadi. Emaklash vaqtida vazifaning ancha qismi yelka va qo’llarga tushadi. Mana shunga alohida e’tgibor berish lozim. Tirmashish deganda turli buyumlar, gimnastika buyumlari, daraxt va boshqalarga tirmashib chiqish mashq qilinadi. Bir yo’la bajarish usulida o’rmalash harakati o’ng oyoq ba o’ng qo’l bilan bir vaqtda barobardan harakatga keladi. Bu usul bilan o;’rmalash mashqini oyoq qo’lni almashtirish yo’li bilan emas, balki oyoq qo’yish usuli bilan ham bajarish mumkin. O’rmalashning bu turi maktabgacha yoshdagi bolalarning boshqa turlarga qaraganda oldinroq o’zlashtirib olinadi. Oddiy oyoq qo’yib bajarish usuli quyidagi tartibda harakat qilishga asoslangan, bola ikkala qo’li bilan narvonning bitta zinasidan ushlab turadi, shunday keyin bola navbatdagi pog’onani o’ng va chap qo’llari bilan tutadi, so’ngra esa oyoqlari ham keyingi pog’onaga galma-gal ko’tarib oladi. Arqon va hodaga tirmashib chiqish mashqlari garchi rejaga kiritilmagan bo’lsa ham ba’zi bir bolalar foydalanib turiladi. O’rmalab, tirmashib chiqilgandagi harakatlarning uzunligi har xil usullar bilan bajariladi va gimnastika asbobidan qaytib tushish vaqtida ham hasrakatlar ham uzunligi saqlanib qolinadi. Oshib o’tish deganda bir asbobdan ikkinchisiga oshib tushish, masalan, qiya qilib qo’yilgan taxtadan gimnastika devorchasiga o’tish devorchaning bir qismidan ikkinchi qismiga o’tish nazarda tutiladi. Oshib o’tishda boshqa bir asbob, buyumning ustki qismidan, masalan, shiti, minbarcha, devorcha, hoda, skameyka ustidan qorin bilan yoki yonboshlab yotgan holda, qo’l va oyoqlarga tayanib olib o’tiladi. Uloqtirish va ilib olish mashqlari chaqqonlik, to’g’ri mo’ljalga olish singari sifatlarni tarbiyalaydi, oyoq, gavda va ayniqsa qo’l hamda yelka muskullarni mustaxkamlashga yordam beradi. Shuningdek, bu mashqlar harakatlarni uyg’unlashtirish iqtidorini takomillashtirishga ham xizmat qiladi. Harakatni uyg’unlashtirish va mo’ljalga olish qobilyatini ham yetarli darajada rivojlanmagan maktabgacha yoshidagi bolalar uchun uloqtirish va ilib olish mashqlari anchagina murakkab jismoniy mashqlarday tuyiladi. Bu mashlar bolalardan nihoyat darajada diqqat-e’tiborli bo’lishni talab qiladi, chunki uloqtirish vaqtida buyumda muayyan yo’nalish, harakat yo’li hamda parvoz tewzligini ta’min etish uchun boladan ana shunday kuch-g’ayrat va xushyorlik talab qiladi. Maktabda boshlang’ich sinifi bolalar uchun uloqtirish va ilib olish mashqlari buyumni tashlash va ilib olish, ilib olib irg’itish, nishonga uloqtirish, uzoqqa uloqtirish singari sifatlarga bo’linadi. Mana shu mashqlarga tayyorgarlik vaqtida koptok va sharchalarni bir joydan ikkinchi joyga va bir-biriga qarab yumalatish kabi mashqlardan tayyorgarlik mashqlari sifatida foydalanish mumkin. Uloqtirish va ilib olishning turli usullari mavjud bo’lib, ular bir-biridan farq qiladi. Koptokni ikki qo’llab va bir qo’llab yon tomondan boshlab oshirib, ko’krakka qo’yilgan koptokni ikki qo’llab itarib uloqtirib olish mumkin. Koptokni ikki oyoq orasiga olib turib, oldinga engashib orqa tomonga tashlab hamda boshdan oshirib orqaga tashlash mashqlaridan kamdan-kam foydalaniladi. Koptokni old tomondan, bosh ustida bir qo’llab va ikki qo’llab ilib olinadi. Koptokni yuqoriga otish, yerga urish, devorga urish, koptokni uloqtirish va ilib olish bo’yicha o’tkaziladigan eng harakterli mashqlar hisoblanadi. Boshqa buyumlarni bir-biriga tashlab o’ynaladigan o’yinlarda ham huddi ana shu usulllar qo’llaniladi. Nishon yotiq yoki tik bo’lishi mumkin. Yotiq nishon odatda, yerga, polga skameykaga o’rnatiladi. Tik nishonlar maxsus uskunalarda yoki devorga yoki bo’lmasa daraxtga o’rnatiladi. Nishonga koptokni bir joyning o’zida turib bir qo’l bilan yelka yoki boshdan oshirib, shuningdek, bir qo’llab va ikki qo’llab pastlatib otiladi. Xalqani qoziqqa tushirish mashqida ini ko’krakka qo’yib turib bir qo’llab otiladi. Uloqtirish usuli nishon xususiyatiga, nishonchaga bo’lgan masofaga, uloqtirib otiladigan buyumning og;irligi va kattaligiga qarab turib tanlanadi. Masalan, polda turgan savatga ichi to’ldirilgan koptokni tushurish mashqida eng qulay usul koptokni ikki qo’llab ushlab turib, pastlatib otishdir. Qorboboning boshiga o’rnatib qo’yilgan qor koptokni huddi shunday qor koptok urib tushirish uchun uni bir qo’llab yelkadan oshirib otgan ma’qul. Uloqtirish mashqining murakkabligini buyumning og’irligi va hajmni ko’paytirish yoki pasaytirish yo’li bilan, nishonga uloqtirish mashqlarida esa nishongacha masofani kamaytirish yoki uzaytishish yo’li bilan, shuningdek, nishonni o’zini o’zgartirib, uni harakat qiluvchi nishonga aylantirish yo’li bilan o’zgartirish mumkin. Oyoq, qo’l va gavda harakatlarini bir-biriga muvofiqlashtirib uzoqlashtirish hamda ilib olish mashqlarini bajarish yo’li bilan dastlabki holatni o’zgartirish, masalan, o’tirgan holda tizza bilan turib, qorinni yerga berib yotib va shu singari o’zgarishlar bilan mashq murakkabligini oshirish mumkin. Uloqtirish harakati tayyorgarlik fazasi, quloch ochish va yakunlovchi otish harakati va otishdan iborat bo’ladi. Tayyorgarlik fazasida yelkadan oshirib uzoqqa uloqtirish mashqining dastlabki holati o’ng qo’l bilan uloqtirish vaqtida chap oyoq harakat yo’nalishi bo’ylab oldinga uzatiladi va chap yelka bir oz buriladi, o’ng yelka orqada qoladi hamda uloqtirishga tayyorgarlik vaqtida bir oz pastga tushadi. Chap qo’l erkin holda birmuncha bukib turiladi, uloqtirish vaqtida oyoq tomonga uzatilib, keyin orqaga olinadi. Uloqtirishning mazkur usulida siltanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Dastlabki holatda buyum tutgan qo’l bolaning ko’kragi darajasida bukilgan holda yoki gavda bo’lyab pastga tushirilgan holda bo’ladi. Siltanish kech quloch ochib qo’lni pasdan yuqoriga uzatish, so’ngra uni tekis tutish, shunday keyin esa siltab oldinga-yuqoriga ko’tarish yo’li bilan bajariladigan oldinga intilish harakati orqali amalga oshiriladi. Boshdan oshirib otish mashqlarida dastlabki holat boshqacharoq bo’ladi. Ikki qo’l bilan oldinga intilish paytida oyoqlar taxminan yelka kengligida bir-biriga barobar qilib qo’yiladi. Yelkalar bir tekis holda barobar turadi. Bir qo’l bilan boshdan oshirib uloqtirish mashqida oldinga intilish ham huddi bopyagi yuqorida tasvirlangan holatda amalga oshiriladi. Faqat bunda ikkinchi chap oyoq birmuncha oldinga olib chiqiladi. Siltanish qo’llarni to’g’ri uzatgan holda yelka bo’g’inlarining yordamida buyum tutgan qo’lni deyarli to’g’ri ujzatish yo’li bilan hamda belni bir oz bukish hisobiga amalga oshiriladi. Ikki qo’llab pastlatib yoki bir qo’llab oldinga uloqtirish mashqlarini bajarish vaqtidagi dastlabki holat ham shunga o’xshagan bo’ladi. Bunda oldinga intilish harakatlarining tayyorgarlik payti gavdani sal engashtirish bilangina emas, balki, aksincha, gavdani oldinga bir oz engashtirish va buyun tutgan qo’lni bukish bilan birga qo’shib bajariladi. Yakunlovchi payt hilsoblangan bevosita oldinga tashlanish paytida shunday kuch-g’ayrat bilan harakat qilinadiki, natijada buyum zarb bilan tez va kuchli hamda mo’ljallab turib aniq harakat bilan kerakli tomonga uloqtirilib otiladi. Oldinga intilishning yakunlovchi paytida butun gavdaning qatnashishi juda muhimdir. Barmoqlarning yakunlovchi harakati oldinga intilish paytining masofasi va aniq bo’lishi uchun kata axamiyatga egadir. Xuddi mana shu harakat buyum uchub borayotgan vaqtda unga zarur harakat yo’lini ta’min etadi. Yoshning ulg’ayib borishiga qarab uloqtirish uzoqligi va aniqligi oshib boradi. Ilib olish buyumlar bilan shaxsan va ko’pchilik bo’lib mashqlar bajarganda anchagina o’rin egallaydi. Buyumni irg’itish va uloqtirish uni ilib olishga qaraganda ancha osonroqdir. Bu narsa shu bilan izohlanadiki, buyumni ilib olish vaqtida bola bir qator shart-sharoitlarni hisobga olishi zarur. Harakatlarning to’g’ri bajailishi ana shu sharoitlarga bog’liq. Masalan, ilib olish vaqtida uchib kelayoltgan buyumning yo’nalishi va tezligini, uning hajmi va og’irligini aniqlash lozim. Ilib olishning qanday usulda bo’lishi ana shunga bog’liq bo’ladi. Ro’paradan uloqtirilgan koptokni ikki qo’llab ilib olish misolida ilib olishning eng muhim tomonmlarini qarab chiqamiz. Bunda asosiy vazifa uchib kelayotgan buyumning tezligini yo’qotishdan va uni qo’l panjalari bilan ilib olishdan iborat. Bunda qo’llar quyidagicha harakat qiladi, koptok ilib oluvchi kishiga yaqinlashib olgan vaqtda qo’llar erkin turadi va koptok uchib kelayotgan tomonga uzatib turiladi. Qo’l koptokka tegishi bilan qo’llar asta sekin, muloyim harakat bilan yumoladi hamda orqaga, ko’krakka qarab tortiladi. Mana shu vaqtda koptok qo’l kafti va barmoqlari bilan ushlab olinadi. Bunday harakatlar koptokni ilib olish vaqtida uning tezlikgini yo’qotishga yordan beradi. Huddi mana shunday usul bilan boshqa buyumlar ham ular qanday holatda bo’lmasin ilib olinadi. Ilib olish vaqtida koptokni ilishga eng qulay bo’lgan masofaga kelib, uni ilib olishga tayyor bo’lib turishi g’oyat muhim axamiyatga ega koptokni kelishiga qarab sal oldinroq o’tish, orqaga tashlanish, engashib yoki yon tomonga bir qadam tashlash, sakrab turib ilib olish, cho’qqayib o’tirib ilishi mumkin va xokazo. Koptok bilan bajariladigan o’yin va mashqlar vaqtida bolalarni shunga o’rgatish kerakki, ular bir-birlariga koptok otgan vaqtlarda uni ilib olish o’rtoqlariga qulayroq bo’lishiga harakat qilsinlar. Muvozanat. Bolaning har qanday faolyati muvozanat muhim axamiyatga egadir. Organizmning eng muhim vazifasi bo’lib, uning organdagi hayotiy faolyatini ta’min etadi. Muvozanatni saqlashni asosan vestibulyar, teri-muskul hamda ko’rish analizatorlarining va markaziy narv sistemasi orqali boshqarib turiladigan analizatorlarning murakkab o’zaro aloqalarga bog’liqdir. Muvozanat saqlay olish mahorati bolalarda harakat tajribalarining ortib borishi bilan asta-sekin shakllanadi. Agar odam og’irligining markazi tayanch maydonining ustida tursa u holda kishi o’z muvozanatini saqlay oladi. Tayanch maydoni qanchalik kichik bo’lsa va og’irlik markazi yerdan qancha yuqoriroq joylashgan bo’lsa, muvozanatni saqlash shunchalik qiyin bo’ladi. Shuning uchun chalqancha yotgan vaqtda muvozanat saqlash uchun eng qulay holat bo’ladi. Bir oyoqlab tik turishganda yoki oyoq uchlarida turishganda muvozanatni saqlash uchun eng qulay holat bo’ladi. Jismoniy mashqlar va o’yinlar muvozanatni rivojlantirishga yordam beradi. Har qanday harakat bajarilgan vaqtda, turish holati almashganda og’irlik markazi har doim o’z joyini o’zgargtiradi. Muvozanat saqlashga qaratilgan barcha mashqlar bolani har qanday sharoitga muayyan holatni buzmay, muvozanat saqlay olishni o’rgatishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Qo’l, oyoq, gavda va boshning muvofiqlashtiruvchi qo’shimcha harakatlari muvozanat saqlashga yordam beradi. Muvozanat salash mashqlari turg’un va o’zgaruvchan hususiyatga ega bo’ladi. Turg’un mashqlar muayyan holatda muvozanat saqlash, o’zgaruvchan mashqlar harakat vaqtida muvozanat saqlay olishni nazarda tutadi. Harakat vaqtida muvozanat saqlash mashqlari Maktabda boshlang’ich sinf bolalar bilan olib boriladigan ishlarda katta o’rin tutadi, chunki ular bolalarning yosh hususiyatlariga ko’proq muvofiq keladi. Yugurish, aylanish, sekin va tez harakatlar, yo’nalishni o’zgartirish mashqlari, vals qadamlari va shunga o’xshash harakatlar bajarilayotgan vaqtda ularni signal bo’yicha to’satdan to’xtatish va boshqa tomonga burish harakatlari muvozanatni saqlashuchun eng muhim mashqlar hisoblanadi. Ko’zni yumib bajaradigan uncha murakkab bo’lmagan mashqlar bolalarda muvozanat saqlashga o’rgatuvchi mashq vositasidan biri hisoblanadi. Muvozanat sport mashqlari va harakatli o’yinlarni bajarish vaqtida takomillashtirib boriladi. Muvozanatni saqlash bilan bog’liq bo’lgan barcha topshiriqlar boladan katta diqqat e’tirborni, ixchamlikni talab qiladi. Ular harakatlarining nozik uyg’unlashishini, chaqqonlikni rivojlantirishga, diqqatni, chidamlilikni, o’z-o’zini boshqarishni, qat’iyatni hamda o’z kuchiga bo’lgan ishonchni tarbiyalashga yordam beradi. Puxta va aniq harakatlar bolani o’z qomatini to’g’ri tutishga o’rgatadi. Bu esa chilroyli qaddi-qomatni shakllantirish uchun muhim axmiyatga egadir.
Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling