«Sabzavot va mevalarni farqlash». Faoliyat maqsadi
Download 10.78 Kb.
|
«Sabzavot va me-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyatning borishi: Tarbiyachi
- Bolalar javobi
- Tarbiyachi
- 2-bola
- 3-bola: Olmadir mening ismim, Biram yoqimli ism, Ne’mat ichra a’loman Yetmish dardga davoman Tarbiyachi
«Sabzavot va mevalarni farqlash». Faoliyat maqsadi: Bolalarga meva va sabzavotlarning foydali tomoni haqida tushuncha berish. Meva va sabzavodlarning shakli, rangi, katta-kichikligi, mazasini farqlashga o’rgatish. Topishmoqlar javobini zukkoli bilan topishga va to’g’ri talaffuz etishga o’rgatish. Sabzavot va mevalarni paypaslab ko’rish orqali taniy olishga odatlantirish. Kerakli jixozlar: Sabzavot va mevalarning muljaylari, mevali daraxtlar, sabzavodlar suratlari. Tarqatma materiallar (o’yin uchun). Bog’bon va dehqon mehnati aks etgan suratlar. Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: Bolalar bilan salomlashadi. Yarim doira turgan bolalarning har biriga to’puloqtirib, ob-havoni, hafta kunini, kuz faslini, undagi o’zgarishlarni savollar berish orqali so’rab oladi. Bolalar javob berib, to’pni qayta uloqtiradi. Tarbiyachi: 1. Bolalar hozir qaysi fasl? 2. Kuz faslida qanday o’zgarishlar bo’ladi? 3. Qaysi faslda sabzavot va mevalar pishadi? Tarbiyachi: Barchaga rahmat , endi hammamiz joylarimizga o’tirib olamiz, bugun biz sizlar bilan atrof olam mashg’ulotimizda sabzavotlar va mevalar haqida suhbatlashamiz. Bolajonlar bilasizlarmi biz kuchli va sog’lom bo’lishimiz uchun vitaminlarkerak bo’ladi. Bu vitaminlar sabzavotlar va mevalarda mavjud bo’ladi. Agar biz meva va sabzavotlardan ko’proq iste’mol qilsak albatta kuchli va sog’lom bo’lamiz. Bolalar bu suratlarda nimalarni ko’ryabsizlar? Bolalar javobi: Mevalar va sabzavotlar Tarbiyachi: Juda ham to’g’ri qo’limdagi savatchalarda ham meva va sabzavotlar, ularning rangi va shakli turli xil o’lchamda. Kelinglar «Bu nima» o’yini o’ynaymiz. Tarbiyachi: Bolalar ko’zchalarini mato bilan bog’laydi va savatdagi meva va sabzavotlardan olishni taklif etadi. Bola poypaslab qo’liga savatdanmeva yoki sabzavotni oladi. Tarbiyachi: Qo’linga nimani olding? U nima, uning shakli qanaqa? Bola javobi: Olma yoki sholg’om, shakli dumaloq. Tarbiyachi: Mazasi qanday bo’ladi? Bola javobi: Shirin va nordon. (Tarbiyachi savol-javob metodi orqali 4-5 bola bilan o’yinni davom ettiradi, bolalarga sabvzavot va mevalarni farqlashni o’rgatadi, bilimlarini mustahkamlaydi). Tarbiyachi: Endi bolajonlar sizlarga topishmoqlar aytaman. Kichkina dexcha, Ichi to’la mixcha. 1-bola: Anor Tarbiyachi: Qizil gulday, gul emas, Hidi guldan kam emas. O’zi dumaloq tuxum emas, Yesang shirin, asal emas. 2-bola: olma Tarbiyachi: Juda to’g’ri bu olma edi, olma haqida she’r ham bilasizlarmi. 1-bola: Ha Xoy olma, olma, olma Meni ovora qilma Bir oz bo’y cho’zay Olmalaringdan uzay 2-bola: Olchaxonga ustozman, Nordonlikdan halosman. Undan katta bir oz man, Sizlar sevgan gilosman 3-bola: Olmadir mening ismim, Biram yoqimli ism, Ne’mat ichra a’loman Yetmish dardga davoman Tarbiyachi: Raxmat barchangizga. Sabzavotlar haqida ham bilasizlarmi? 1-Bola: Ha, men aytsam maylimi. Anvar Obidjonning «Kartoshka», she’rini aytib beraman. Goh uxlayman turbada, Goh pishaman shorvada. Qovurmada qaynayman, Mastavada yayrayman. Lag’monda ham men mehmon, Hamma joyda tayyorman. Ko’rinmasam shovlada, Erinmasdan kovla-da Tarbiyachi:Rahmat she’r juda qiziqarli ekan , bolalar bilasizlarmi sabzavotlardan foydalanibonajonlarimiz, bog’chamizda oshpaz opalarimiz sizlarga shirin va mazzali taomlar tayyorlab beradilar. Sabzavotlarni mazzali bo’lib yetishtirishda dehqonning mehnati katta, sabzavot ekishda oldin, dehqon yerga ishlov berish kerak, keyin tabiiy ozuqa solib, yerni yumshatadi, so’ng pushtalar tirtilib, urug’lar sepib chiqiladi. Ular ko’karib chiqishi bilan tez-tez tagini yumshatib turiladi, sug’orib turishi kerak, vaqti - vaqti bilan begona o’tlardan tozalanib, chopiq qilinadi. Bobo quyosh bu ekinlarni serhosil va shirin - shahar bo’lib o’sishi uchun nimalarni ayamay sochadi. So’ng mo’l hosil yig’ishtirib olinadi. Mevalarni yetishtirishda bolalar bog’bonning xissasi katta. Tarbiyachi: Endi sizlarga Abdulla Avloniy «Aqlli bog’bon» hikoyasini o’qib beraman. Bir bog’bonning uch o’gli bor edi. Ular dangasa va ishyoqmas edilar. Bog’bon bir kuni kasal bo’ldi. O’g’illarini ishga solmoq uchunyoniga chaqirib «O’g’illarim mening ajalim yetganga o’xshaydi. Men sizlarga vasiyat qilib ketayin. Bog’ning ichiga bir ko’za oltin ko’mib qo’yganman. Mendan so’ng ozingiz kavlab, topib, bo’lishib olarsiz» , - dedi. Oradan bir necha kun o’tmay, bog’bon dunyodan o’tdi. O’g’illari oltin axtarib, bog’ni chunon qazidilarki, tuproqlari kul bo’lib ketti , lekin tokning ildizidan boshqa hech narsa topolmadilar. Ammo shu yil tok chunon uzum qildiki, aqchasi necha ko’za to’ladurg’on oltin bo’ldi. So’ngra bu yalqovlar bildilarki, yerdan emas, ishlovdan ekan. Hissa: Hamma yomonliklarning onasi dangasalik, qo’rqoqlik esa otasidir. Bolajonlar hikoya yoqdimi, endi hammamiz boqqa sayohatga chiqamiz. Download 10.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling