Salimovlar oilasida bir farzand dunyoga keldi. Uning ismi Sardor. Onasi Nargiza uni dunyoga keltirayotib, bir o`limdan qoldi. Unga farzand ko`rish mumkin emasdi, chunki, uning sog`ligi yaxshi emas edi


Download 20.14 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi20.14 Kb.
#1154951
Bog'liq
ONA


ONA
Salimovlar oilasida bir farzand dunyoga keldi. Uning ismi Sardor. Onasi Nargiza uni dunyoga keltirayotib, bir o`limdan qoldi. Unga farzand ko`rish mumkin emasdi, chunki, uning sog`ligi yaxshi emas edi. Biroq, u o`z jonini xavfga qo`yib, uni dunyoga keltirdi. Kelajakda mening suyanchim bo`lsin, belimdan quvvatim ketganda hassaga emas, farzandimga suyanay degan niyatda. Sardor to`kin-sochin hayotda yashardi. Ammo, u kun sayin yangi narsalari bo`lishini xohlardi. Nargiza opa va Sarvar aka bizni topganimiz shunga, axir undan boshqa farzandimiz yo`q bo`lsa,-deyishdi. Ota-onasi uni aytganini qilar, ammo, u ota-onasini aytganini qilmas edi. Mana, 7yoshga to`lgan Sardor chiroyli kostum-shimda, qora tufli va qizil galstukda maktabga ilk qadam tashlardi. Bunday chiroyli qilib kiyintirib qo`ygan uning ota-onasi edi. Uning erkaliklari yetmagandek, yangi nayranglar chiqara boshladi. Avvalliga ota-onasi bularga chiday olishdi, ammo, ular ortgani sayin bardosh bera olishmadi. Kunlardan bir kuni Sardor maktabdan jahli chiqqan ahvolda keldi. Buni ko`rgan oyisi undan so`radi: -O`g`lim, birortasi bilan mushtlashdingmi? -Yo`q, hech kim bilan mushtlashmadim
-Nima bo`ldi, o`g`lim? -Meni bir yuqori sinfdagi akam bor edi. –Hmmmm. Xo`sh -O`sha bolaning dadasi kecha unga telefonning eng so`nggi rusumidan olib beribdi. –Nima qilibdi, olib bergan bo`lsa? -Axir, seni hech kimdan kam qilib o`stirmaymiz degandilaring-ku! Men ham xuddi shunday telefonim bo`lishini xohlayman. –Hozir, o`g`lim, unchalik ko`p pulimiz yo`q, qolaversa, menga ham shu kunlarda dori-darmon kerak bo`lib turibdi. –Oyi, mening xohlayotgan narsamdan, sizni o`sha dorilaringiz ustunmi? Qolaversa, men u bolaga uch kun ichida xuddi siznikiday telefon olaman,-deb va`da berib qo`yganman. -O`g`lim, keying hafta olib beraylik?-dedi oyisi. Sardor esa o`z xonasiga kirib, ichidan qulfladi-da, hammayoqni og`dar-to`ntar qila boshladi. Idishlarni bitta ham qoldirmasdan sindirdi. Kechga yaqin Sarvar aka kirib keldi. Sarvar aka kechki ovqatini yeb bo`lgandan so`ng, Nargiza opa gap boshladi: -O`g`limiz Sardorjon katta yigit bo`lib qoldi. U qayerda? nima qilayotganini? bilmaymiz. Shuning uchun, unga telefon olib bersak degandim. –Nargiza nimalar deyapsan? Axir, o`tgan hafta yangi kompyuter olib berdim-ku! -Mayli deya qoling. Undan boshqa farzandimiz bo`lmasa. –Erkalikni ham oxiri bormikin? Bir narsa qilib-yurib, ko`ndirdi. Ikki kun ichida otasi teraklarini sotib, puliga telefon olib berdi. Sardor esa xursand edi. Chunki, u bergan va`dasini ustidan chiqgan edi. Kunlardan bir kuni Sardorning onasi qattiq betob bo`lib qoldi. Unga ko`p dori-darmonlar kerak edi. Anchagina ahvoli yomon edi. Chunki, dori-darmonlarni o`z vaqtida qilmagan edi. Ularning pulini o`g`lini ehtiyojlari yo`lida sarflagan edi. Otasi tong sahardan to kechgacha ishlardi. Kunduzi esa o`g`li Sardorga ishonib ketardi. Berahm o`g`il esa otasidan keyinoq chiqib ketib, kelishiga oz fursat qolganda qaytib kelardi. Onaning issiq choyidan xabar oladigan inson yo`q edi. Lekin, shunday bo`lsa ham onasi hech qachon farzandidan shikoyat qilgan yoki noligan emas edi. Shu ahvolda bo`lib turib ham O`g`lim yaxshi o`qish uchun intilyapti, harakat qilyapti,-deb o`ylardi. Ammo, o`g`li ertalabdan kechgacha stadiondan nari ketmas edi. Bir kuni, maktabda tadbir bo`layotgandi. Tadbir oxirida, maktab direktori O`.Soliyeva qarsaklar ostida davraga chiqdi va gapirishni bosladi: -Assallomu allaykum, qadrdon o`quvchilar, aziz ustozlar va muhtaram ota-onalar. Bugun maktabimiz ustozlari bergan bilimini mustahkamlagani hamda “Yosh qalamkashlar” tanlovining Respublika bosqichida faxrli 1-o`rinni olgani bilan 9-sinf o`quvchisi Rahmatova Maftunaxonni chin qalbimdan tabriklayman. Maftuna davra tomon xursandchilik bilan chiqdi va direktorni yoniga turdi. –Men Maftunaxonga mana shu prezidentimiz tomonidan berilgan avtomobil kalitini hamda maktab ma`muriyati tomonidan mana shu 20ta badiiy kitobni va arzimas bo`lsa ham meni nomimdan bir qancha shirinliklarni sovg`a qilaman. Bundanda biliming ziyoda bo`lsin. –Rahmat ustoz. Avvallambor, Assallomu allaykum, meni eshitayotgan barcha insonlar. Menga shunday bilimni bergan ustozlarimga va albatta, ota-onamga rahmat deyman. Men mana shu kalitni mendan mehrini ayamayotgan onajonimga bermoqchiman. Onajon, siz bunga loyiqsiz. Bu sizga kamlik qiladi, onajon!!! -Mana shu yerda turgan barcha insonlarga rahmat aytmoqchiman. Sababi, bu aytilayotgan maqtovlarda sizlarni ham hissangiz katta!!! Meni shunday qizim borligidan faxrlanaman!!! Bu gaplarni bir chetda eshitib turgan Sardor uyiga shoshildi. U o`yladi:”Demak, yaxshi o`qib turib ham, o`z kuchim bilan ham mana shu narsalarga erishsam bo`larkan. Axir, oyim hozir uyda yolg`iz edilar-ku! Yanada tezlashdi. Oyisini oldiga kirdi-yu, unga ichidagi hamma narsalarni aytdi:Oyijon, men sizni juda ham yaxshi ko`raman. Bugundan boshlab, hoziroq yaxshi o`quvchi, yaxshi inson, yaxshi farzand bo`laman. Nargiza opaning ko`z yoshlari marjon kabi tovlandi. Nargiza opa 10kun deganda oyoqqa turib ketdi. Tuzalganining asl sababchisi-Sardor edi. Bizni bu dunyoda yashab turganimizni asl sababchisi-ONA. Ona bergan oq sutini, cheksiz mehr-muhabbatini hech qachon minnat qilmaydi. Lekin gapirmaydi emas, gapiradi faqat jahli chiqqanda. O`sha jahli chiqqishini ham sababchisi-biz bo`lamiz. Lekin gapirgan gapim farzandimga maktab bo`lsin deb gapiradi. Ota-ona g`animatligini bilsin deb gapiradi. Aziz insonlar, hamma narsa topiladi, faqat “ONA” topilmaydi. Shularni hech qachon unutmaylik. ONANING MEHRI-MUQADDAS
BOLA-O`Z OTA-ONASI BILAN BAXTLI
ONADAN KO`ZI TO`YGAN ODAM YO`Q Men hayotim davomida unutmayman degan narsamni balki unutgandurman. Lekin quyidagilarni hech qachon unutmayman:
OTAM BOR, ONAM BOR, QAYSI BOYDAN KAMIM BOR. OTA-ONAMNI, ALBATTA, BAXTLI QILAMAN VA BUNGA MAJBURMAN!!!
Download 20.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling