Salomlashish odobi


Download 21.04 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi21.04 Kb.
#1644871
Bog'liq
Salomlashish odobi


Salomlashish odobi
Insonning xulqi, nutqi, ko‘rinishi,kiyinishi, munosabati va muloqoti go‘zal bo‘lishi lozim. Xalqimizning ”O‘zingga qarab kutarlar, so‘zingga qarab kuzatarlar” degan –o‘giti bejiz emas. ”Til yarasi bitmas, tig‘ yarasi bitar”-deganida ham inson uchun zarur bo‘lgan muomala jarayoniga e’tibor katta.
Muomala madaniyati,muomala sirlari va odobi bugungi kunda har qachongidan ham dolzarbroqdir. Muomala tarozisidagi salmoqli toshlardan biri xulq, ikkinchisi nutq.
Mulk sohibi bo‘lishdan ko‘ra, ko‘ngil sohibi bo‘lish sharofatlidir. Inson dilini ovlash,unga mehr berish, samimiy tilaklar izhor etish ilinji sharq adabiyotida sharaflangan.Sababi,insonshunoslik ilmining ibtidosi inson diliga yo‘l izlashdir.
Inson xushfe’l, kamsuqum, xokisor, oliyhimmat, muloyim, beozor bo‘lsa, ko‘pchilikning e’tirofu e’tiboriga tushadi. Odamning kimligini, ma’naviyatini uning atrofdagilarga bo‘lgan munosabatidan anglab olish qiyin emas. CHunki, muomala inson surati va siyratiga ziynatdir
O‘zaro tushunish va bir-birini anglash muomala madaniyatining asosi hisoblanadi. Bir zamonda, bir makonda yashaymiz, bir jamoada ishlaymiz-u, ba’zan bir birimizni tushunmasdan dilxiraliklarga yo‘l qo‘yamiz. Har kimning hulqi, saviyasi, didi turlicha bo‘lgani uchun, o‘ziga yarasha yondoshuvni talab qiladi.
Inson qalbiga yo‘l ma’rifatdan boshlanadi. Ma’naviyatli inson so‘zni kimga, nima haqda qachon, qaerda, qay, qay tarzda va qancha aytishni biloadi va unga amal qiladi. Ma’rifatli inson madaniyatli, ayni damda ma’naviyatlidir. So‘zlash ma’rifatdan, tinglash madaniyatdan, anglash ma’naviyatdandir. Johil kishi so‘zning qiymati va o‘zini qadri bilmagani uchun xushmuomala bulolmaydi. Birovni baholash aslida,o‘zingni baholashdir. O‘rinsiz tanbeh, dashnom yoki ta’na kishi dilini og‘ritadi va uning kayfiyatini buzadi, ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi. Ma’rifatli, ma’naviyati yuksak bo‘lgan insonlar muomala odobida ko‘pchilikka ibrat bo‘la oladilar. Xushmuomalalik,xushfe’llik, beozorlik, muloyimlik, hayo va ibo ularning xusniga xusn, obro‘siga obro‘ qo‘shadi.SHarq odobnomasida qaerga borish, qanday so‘rashish, qaerda o‘tirish, qanday so‘zlash, kimlarning suhbatida bo‘lish mezonlari ko‘p tilga olingan. Sa’diy SHeroziy “ SHirin so‘zli shilgay dushman po‘stini, dag‘al so‘zli dushman qilgay do‘stini”-deya o‘rinli ta’kidlaganlar. SHirin so‘z eng avvalo salomdan boshlanadi. “Odamlarning YAratganga eng yaqini –boshqalarga eng avval salom beradiganidir”... degan ekanlar Abdulloh ibn Abbos.
Har bir ota-ona farzandiga ta’lim-tarbiya berar ekan, eng avvalo salomlashishni o‘rgatadi. Jahonda odobning bu jihatiga e’tibor bermaydigan biror millat yoki xalq yo‘q. Xalqimizda shunday naql bor: “ Avval – salom, ba’daz kalom”.
Salom-alik xar bir kishining ahloqiy qiyofasini ifodalaydi.Salom bilan gap-gapga qovushadi, o‘rtadagi begonasirash, noqulaylik barham topadi. Hatto muxolifingizning xuzuriga “Assalomu alaykum” deb kirsangiz, ko‘ngli sizga moyillashadi. SHuning uchun ham ertaklardagi yalmong‘iz,agar saloming bo‘lmaganda ikki yamlab bir yutardim,deydi va qaxridan tushadi.
Salom berish sunnat,unga alik olish esa vojib hisoblanadi.
Salom berish odobiga ko‘ra:suvoriy - piyodaga, ketayotgan kishi-o‘tirganga, ozchilik - ko‘pchilikka, kichiklar – kattalarga, amaldor – pastroq mansabdagi odamga birinchi bo‘lib salom beradi. Hech kim yo‘q uyga kirganda ham salom berilgani yaxshi. Ko‘pchilik to‘plangan joylarda qo‘lni ko‘ksiga qo‘yib salom berilgach, “ Ko‘rganimiz –so‘rashganimiz “,-deyilsa kifoya. Qo‘l berib, har bir kishi bilan so‘rashib chiqish yaxshi emas.
“Qush uyasida ko‘rganini qiladi”- degan naql bejiz emas. Salomlashish odobini farzand oiladan,avvalo, ota-onasi va barcha yaqinlaridan o‘zi sezmagan xolda o‘zlashtira boradi. Endi diqqatingizni quyidagi iki holatni keltiraman.
Ikki keksa kishi sayr qilib yurishibdi . Qarshilaridan bir yigit keldi-da , e’tibor bermay o‘tib ketdi. Qariyalar uning orqasidan ranjib qoldilar. Bir ozdan so‘ng boshqa bir yigit keldi-da otaxonlar oldida qadamini sekinlatib , ularga “ Assalomu alaykum” deb salom berdi. Mo‘ysafidlar mamnuniyat bilan alik oldilar-da, “ Umring uzoq bo‘lsin, otangga rahmat, odobli yigit ekansan”, deb duo qildilar.
Mana o‘quvchilar, birinchi yigitimiz qadimdan bizgacha etib kelgan urf-odatimizga amal qilmadi. Salom bermadi. Hammaxallalar undan ranjidilar. Ikkinchi yigit esa qadriyatimizga amal qildi . Qarshisidagi kishilarga salom berdi. O‘zining tarbiya ko‘rganligini namoyish qildi. Duo oldi. Ota-onasiga raxmat oldi.
Download 21.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling