Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti


Download 104.34 Kb.
bet1/10
Sana15.06.2023
Hajmi104.34 Kb.
#1482951
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-topshiriq


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA FAKULTETI
AMALIY MATEMATIKA YO’NALISHI
330-GURUH TALABASI
Elmurodov Umrzoqning
TIZIMLI DASTURLASH FANIDAN
1-TOPSHIRIG’I
Kompyuterda ma’lumotlarni ishlash jarayonlari, ya’ni hisoblash jarayonlarining qanday tashkil qilinganligi, ma’lumotlarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirib yozish amallari, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, kompyuterda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida xavfsizlik choralarini amalga oshirish, hamda multimedia vositalari bilan ishlash uchun yaratilgan dasturiy vositalardan unumli foydalanish, ularni amaliyotda qo‘llashda – kompyuter arxitekturasiga oid bilimlardan xabardor bo‘lishlik ham talab etilmoqda. Hozirda kompyuter va telekommunikatsion tarmoqlar asosida yaratilgan va yaratilayotgan turli xil tizimlarni, jumladan taqsimlangan va bulutli hisoblash tizimlari kabi tizimlarni ham, o‘ziga xos kompyuterlar deb qarash mumkin bo‘lmoqda.
Kompyuter arxitekturasi haqidagi ushbu fanni o‘rganish bilan har bir inson – kompyuterning qanday tuzilganligini, uning qanday ishlashi va dasturlanishiga oid bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kompyuterning qanday tuzilganligi, qanday ishlashi va dasturlanishiga oid bilimlarni egallash natijasida insonning kompyuter bilan mutaxassis sifatida muloqot qilish saviyasi va kompyuterning imkoniyatlaridan unumli foydalanish darajasi oshib boradi.
Arxitektura so’zi EHM ,hisoblash sistemasi yoki programma taminotiga nisbatan tizimni umumiy mantiqiy tuzilishi , ma’lumotlarni kodlash, texnik vositalar va programmalar majmui, ularning o’zaro hamkorligi , xususiyatlari va qo’llash pirinsiplarini bildiradi.Jahondagi ShEHM parkini 85-87% tashkil qiluvchi IBM PCga o’rindosh kompyuterlarni arxitekturasini qarasak uning umumiy ko’rinishi quydagichadir

Bu yerda OX – operativ xotira QDQ – qattiq disk qurulmasi, YUDQ – yumshoq disk qurulmasi.Kontroller maxsus protsessor bo’lib tashqi qurulmalarni bobqarish uchun ishlatiladi.Shuning natijasida markaziy (bosh) protsessor quril-malarini boshqarishdan ozod bo’ladi.
Maskur fanni o’rganish jarayonida biz asosan programma taminoti,uning turlari, tashkil qilish usuli, vosita va texnalogiyalari bilan tanishamiz. Programma taminoti ikki turga bo’linadi – sistemaviy va amaliy programma taminoti.
SPT – sistemaviy,
APT – amaliy programma taminotlari
Bularning har biri o’z navbatida bir nechta
bo’laklardan iborat.Masalan,



Bu yerda OS – operatsion sistema (tizim), PS – programmalash tizimi, KDP – kontrol va diagnostika (tashhis) programmalari.APP – amaliy programmalar paketi, SPK – standart programmalar ko’mplekisi, FPT – foydalanuvchi tamonidan muayyan masalalarni yechish uchun tashkil qilngan programmalar.
Har bir taminot turiga o’ziga xos usullar, programmalash texnalogiyalari mos keladi. Sistemaviy programmalash – bu umumiy programma taminotini yaratish jarayoni bo’lib OS, programmalash sistemalari, boshqaruvchi va tekshiruvchi (tashhislovchi) programmalarni tuzishga asosiy etibor beradi.Amaliy programmalash amaliy (tadbiqiy) programmalarni tuzish va taxlashga (atladka) mo’ljallangandir.
Tizimli programmalash usul, texnologiya va vositalari haqida gapirsak u holda texnalogiyalardan modulli va strukturali programmalash, klassik va hozirgi zamon vizual dasturlash paradigmalari, vositalardan esa o’ya yuqori dasturlash tillari, mashina va mashinaga mo’ljallangan tillar, assemblerlar ham ishlatiladi.
Umuman olganda OS, mashina va programma inustrumental vositalari va taminoti orasidagi aylanali diagramma yordamida tasvirlah mumkin.

INSTRUMENTLAR



OC


FM
(APPARATURA)


Download 104.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling