Samarqand davlat universiteti «tasdiqlayman»


Download 223.5 Kb.
bet1/3
Sana12.11.2020
Hajmi223.5 Kb.
#144023
  1   2   3
Bog'liq
matnning filologik tahlili 2019


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

«TASDIQLAYMAN»

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor:

prof. SOLEYEV A.S.

___________________

«___»____________2019-yil


Filologiya fakulteti




AMALIY TILSHUNOSLIK, O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTINI O‘QITISH METODIKASI KAFEDRASI
MATNNING FILOLOGIK TAHLILI
FANINING

ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar
Ta’lim yo‘nalishi: 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)
3-kurs talabalari uchun

Jami o‘quv yuklamasi: 112 soat

Ma’ruza: 24 soat

Amaliy mashg‘ulot: 30 soat

Mustaqil ish: 58 soat

Samarqand – 2019

“Matnning filologik tahlili” fanining ishchi o‘quv dasturi ishchi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
Mirzayev I.K. SamDU filologiya fakulteti amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, professor, f.f.d.

Ruzmanova R.U SamDU filologiya fakulteti amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, f.f.n.
Taqrizchilar:
Turniyozov N.Q. – SamDCHTI umumiy va amaliy tilshunoslik kafedrasi professori, f.f.d.
Muhiddinova B.M. – SamDU filologiya fakulteti amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, f.f.n.

«Matnning filologik tahlili» fanining ishchi o‘quv dasturi amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi a’zolarining 2019-yil

__-iyuldagi yig‘ilishida muhokama etilgan va fakultet ilmiy va uslubiy kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan ( __ -bayonnoma).

Kafedra mudiri: prof.Mirzayev I.K.

«Matnning filologik tahlili» fanining ishchi-o‘quv dasturi filologiya fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019-yil ___________ -bayonnoma).


Fakultet kengashi raisi: prof.Eltazarov J.D.

Fakultet o‘quv-uslubiy

kengashi raisi: prof. Abdiyev M.B.

Kelishildi:
Universitet o‘quv-uslubiy

boshqarmasi boshlig‘i: dots.Aliqulov B.
KIRISH
Amalda bo‘lgan o‘quv rejaga ko‘ra, adabiyotshunoslik va tilshunoslik alohida fanlar sifatida o‘qitilib kelinmoqda. Bu aslida to‘g‘ri. Undan ko‘zlangan maqsad til va adabiyotni o‘ziga xos sistemalar sifatida o‘rganish va tadqiq etish bo‘lgan. Biroq bu ulug‘ maqsad bir yoqda qolib, ko‘p hollarda mutaxassislar aytish joizki umumfilologik masalalar bilan shug‘ullanib kelmoqdalar. Holbuki, filologiya matn tahlili fani bilan shug‘ullanadi. Binobarin, bugungi kunning eng dolzarb vazifasi, bizningcha, ona tili va adabiyotni sistem-sturuktur nuqtai nazardan jiddiy o‘rganish va pirovard natijada ularning o‘ziga xos tub xususiyatlarini ochib berish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, matnning filologik tahlili masalasini yo‘lga qo‘yishdir. Qayd etilgan bu ikki muammo boshqa-boshqa tadqiqot ob'yektlari bo‘lib, ularni xos metod va usullar yordamida o‘rganish kerak.

«Matnning filologik tahlili» fani yangi zamonaviy tahlil metodlari bilan qurollangan hamda talabada mustaqil ijodiy izlanish ko‘nikmalarini shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.

Shunday qilib, ushbu fan filolog kadrlar uchun zaruriy bilimlar silsilasini berishni, olgan bilimlarini yana-da mustahkamlash va matn ustida ishlashni nazarda tutadi va quyidagi masalalarni qamrab oladi:

- tahlil metodi va metodologiyasi haqida ma’lumot berish;

- amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun har uch turga tegishli matnlarni tanlab olish;

- tanlangan matnlar ko‘zda tutilgan maqsadga muvofiq bo‘lishiga e’tibor berish;

- lingvistik sohaga oid bilimlarini mustahkamlash uchun mashqlar ustida ishlash;

- adabiyotshunoslikka oid bilimlarini mustahkamlash, takrorlash uchun materiallarni tahlil qilish;

- yozma va og‘zaki nutqni o‘stirish mashqlarini bajartirish, ifodali o‘qishni yo‘lga qo‘yish;

- umumlashtirish singari qator masalalar ko‘zda tutildi.

Shu bilan bir qatorda talabaga beriladigan vazifa ham fanni o‘qitish maqsadi bilan chambarchas bog‘liq ekanligini nazarda tutib, quyidagi ishlar rejalashtirildi:

Talabalar bilimini mustahkamlash va mustaqil ishlash imkoniyatlarini yaratish maqsadida oldindan tayyorlangan tarqatma materiallar, har bir mavzuga oid alohida-alohida tuzilgan uslubiy tavsiyanomalar asosida nafaqat lingvistik, ayni paytda, qadimgi she’riy matnlarning poetik xususiyatlari bilan ham yaqindan tanishtiriladi.

Nasriy matnlar ustida ishlash. Talabalarning ifodali o‘qishi, qayta og‘zaki bayon qilish mashqlarini bajarishi, shu bilan birgalikda, keyinroq tahlilda foydalanish uchun hikoyani to‘liqroq o‘zlashtirib olishlariga asosiy e’tibor qaratildi. Natijada har bir obraz nomi, dunyoqarashi, kasb-kori, nutqi; detallar, ularning asar syujeti va yozuvchi maqsadi bilan bog‘liq tomonlari, qahramonlarning ma’naviy hamda jismoniy portretlari; mavzu va g‘oya, syujet va kompozitsiya (va h.k.)lari haqida talabada mustaqil fikrlashini shakllantirishga yo‘naltirib boriladi. Shunday qilib, talabalarning o‘zlari matnni turli aspektlar bo‘yicha tekshirishga harakat qilishadi.

Matn va uning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va shu asosda talabalarning badiiy matndagi lisoniy-poetik xususiyatlarni idrok etish malakalarini shakllantirish kabi vazifalarni bajarish maqsad qilindi. Zero, matnni to‘gri tahlil va talqin qila olish malakasi insonning umummadaniy saviyasi, ma’naviy-ma’rifiy balog‘ati, dunyoni anglash salohiyati, hissiy-estetik idrokining taraqqiyoti uchun muhim ekanligini isbotlab o‘tirishning hojati yo‘q.

Matn tahlili kursida talabalar matndagi badiiy ma’no va badiiy mazmunni aniqlash asosida lingvopoetik butunlik sifatidagi matnni baholash malakasiga ega bo‘ladilar. Matn tahlili maxsus tamoyillar asosida amalga oshirilishi lozim. Badiiy matndagi poetik aktuallashuv fonografik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarning har birida o‘ziga xos tarzda kechadi. Badiiy matnning lisoniy-estetik butunlik sifatidagi tabiati ham shakliy, ham semantik mohiyatga ega bo‘lgan integrativ munosabatlarning mavjudligiga ko‘ra yuzaga keladi.
«Matnning filologik tahlili» fanining maqsadi va vazifalari
«Matnning filologik tahlili» fani filologik fanlar majmuasiga taalluqli bo‘lib, talabalar uni I semestrda o‘rganishadi.

«Matnning filologik tahlili» fanining bosh vazifasi talabalarni matn va uning tiplari, birliklari, badiiy matn va uning mazmuniy turlari, matnda intertekstuallikning ifodalanishi, matnni shakllantiruvchi vositalar, badiiy matnning fono-grafik, leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlari hamda lingvopoetik tahlil tamoyillari bilan tanishtirish, shuningdek, mazkur kurs bo‘yicha o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini o‘zbek adabiyotidagi eng sara badiiy asarlar tili tahlilida sinab ko‘rishga o‘rgatishdan iborat.


«Matnning filologik tahlili» fani bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar
Talabalar “Matnning filologik tahlili” fanini o‘rganish jarayonida quyidagilarni bajara olishi lozim:

  • mazkur fanni o‘zlashtirganlaridan keyin matn va uning to‘liq lingvistik ta’rifi, tiplari, birliklari haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lishlari;

  • badiiy matn va uning mazmuniy turlari, badiiy matnda intertekstuallikning ifodalanishi, badiiy matnni shakllantiruvchi vositalar, til birliklari orqali namoyon bo‘ladigan estetik maqsadning yuzaga chiqish mexanizmlari haqida nazariy bilimlarga ega bo‘lishlari;

  • badiiy matnning fono-grafik, leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallashlari;

  • lingvopoetik tahlil tamoyillari asosida muayyan bir badiiy asarni mustaqil holda tahlil qilish malakasini egallashlari.


O‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Mazkur fan o‘quv rejasidagi “Tilshunoslik”, “Adabiyotshunoslik”, “Matnshunoslik”, “Nutq madaniyati”, “Uslubshunoslik”, “Falsafa”, “Etika”, “Estetika”, “Mantiq” va “Psixologiya” kabi fanlar bilan uzviy aloqadorlikda faoliyat yuritadi. Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish talabadan jiddiy filologik tayyorgarlikni talab qiladi. Chunki badiiy matn ijodiy tafakkur mahsuli sifatida shakl va mazmun jihatidan o‘ta murakkab badiiy estetik butunlik hisoblanadi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
“Matnning filologik tahlili” fani maruza va amaliy mashg‘ulotlar asosida o‘qitiladi. Mashg‘ulotlarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun quyidagilarga e’tibor qaratiladi: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimediali vositalardan foydalanish, talabalarni o‘ylantiradigan, fikrlashga undaydigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, talabalar bilan individual ishlash, talabalarni erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb etish va boshqalar.

“Matnning filologik tahlili” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalaniladi:



Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonida barcha ishtirokchilarning to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, barcha bo‘g‘inlarining o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimning obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullari, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirish, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashning mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.

Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash. Yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llash nazarda tutiladi.

O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, Venn diagrammasi va ilmiy munozara, amaliy ishlar.

O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda, kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so‘rov, oraliq, joriy va yakunlovchi nazorat natijalari tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash: O‘quv mashg‘ulotida ham, butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari, og‘zaki va yozma ish variantlari yordamida talabalarning bilimini baholash. Nazorat topshiriqlari, tarqatma materiallar hamda tayanch so‘z va iboralar asosida JB, OB va YB sinovlari o‘tkazish. So‘nggi natijalar OB, YB sinovlari tarzida o‘tkaziladi va baholanadi.

Matnning filologik tahlili” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:



Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili.




Mavzular nomi

Jami soat

Ma’ruza

Amaliy

mashg‘u-lot

Mus-taqil ta’-lim

1.

Kirish. Matn va uning lingvistik mohiyati.

12

2

4

6

2.

Badiiy matn va uning qismlarini bog‘lovchi vositalar

12

2

4

6

3.

Badiiy matnning fono-grafik xususiyatlari.

14

2

4

8

4.

Badiiy matnning leksik-semantik xususiyatlari.

14

2

4

8

5.

Badiiy matnning morfologik xususiyatlari.

16

4

4

8

6.

Badiiy matnning sintaktik xususiyatlari.

18

4

6

8

7.

Ko‘chimlar.

14

4

2

8

8.

Badiiy matnni tahlil qilish tamoyillari.

12

4

2

6

Jami:

112

24

30

58

Download 223.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling