Samarqand shahrining 2750 yilligi


Download 77.08 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi77.08 Kb.
#240541
Bog'liq
samarqand shahrining 2750 yilligi.



Samarqand shahrining 2750 yilligi.

          Qadimiy va boy tarixi, betakror madaniyati, buyuk

siymolari bilan jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan

hissa qo‘shgan, milliy davlatchiligimiz va

ma’naviyatimizning ko‘hna beshiklaridan biri bo‘lgan,

noyob tarixiy-me’moriy obidalar, muqaddas qadamjolarni

o‘z bag‘rida asrab-avaylab kelayotgan Samarqand

shahrining 2750 yillik qutlug‘ sanasini 2007 yilda

Mustaqillik umumxalq bayrami bilan bog‘liq tantanalar

kunlarida keng miqyosda nishonlash hamda

yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlodni milliy g‘urur va

iftixor, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash

maqsadida:YUNESKO Bosh konferensiyasining 2005 yil

20 oktabrdagi 33-sessiyasida Samarqand shahrining 2750

yilligini nishonlash va unda YUNESKOning ishtirok etishi

haqidagi qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat

va sport ishlari vazirligi, Respublika “Ma’naviyat va

ma’rifat” markazi, Samarqand viloyati hokimligi hamda

keng jamoatchilikning Samarqand shahrining 2750 yilligini

nishonlash haqidagi taklifi ma’qullansin.Samarqand

shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish

va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi

tarkibi, tadbirlar dasturi 1- va 2-ilovaga muvofiq

tasdiqlansin.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport

ishlari vazirligi Samarqand viloyati hokimligi, boshqa

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2006-2007

yillarda Samarqand shahridagi tarixiy obidalarni ta’mirlash,

ijtimoiy hamda kommunal sohasida xizmat ko‘rsatishni

rivojlantirish va obodonlashtirishga doir tadbirlar dasturini




3-ilovaga muvofiq amalga oshirsin. O‘zbekiston Fanlar

akademiyasi, Samarqand davlat universiteti, Madaniyat va

sport ishlari vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi tegishli

vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Samarqand shahrida

2007 yil may oyida «Samarqand shahrining umumbashariy

madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‘rni» mavzusida xalqaro

ilmiy konferensiya tashkil etish, mazkur anjuman ishiga

mamlakatimiz va chet ellardagi taniqli olim va

mutaxassislarni jalb etgan holda, uni har tomonlama yuksak

saviyada o‘tkazish, shu mavzu bilan bog‘liq badiiy-tarixiy

ko‘rgazmalar uyushtirish, konferensiya materiallarini chop

etish va keng yoritish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab

chiqsin va amalga oshirsin.Belgilab qo‘yilsinki, xalqaro

ilmiy konferensiyani o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar

respublika budjeti hisobidan qoplanadi. Samarqand

shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish

va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi

yilning har choragida o‘tkaziladigan majlislarida tadbirlar

dasturining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib

borsin.Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga

doir tadbirlar dasturini amalga oshirishda homiy sifatida

qatnashish istagini bildirgan nodavlat va jamoat

tashkilotlari, xorijiy va xalqaro tuzilmalarning tashabbuslari

qo‘llab-quvvatlansin.O‘zbekiston Milliy

teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

va boshqa ommaviy axborot vositalariga Samarqand

shahrining 2750 yilligiga bag‘ishlangan yubiley

tantanalariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan

bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.Belgilab

qo‘yilsinki, Samarqand shahrining 2750 yilligini



nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tadbirlari

hamda 2006-2007 yillarda tarixiy obidalarni ta’mirlash

ishlari bilan bog‘liq barcha xarajatlar ushbu tadbirlarni

bajarishga mas’ul vazirliklar, hokimliklar va idoralarning

2006 yilda shu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan,

shuningdek, 2007 yildagi budjet parametrlarida

rejalashtirilgan mablag‘lari doirasida va homiylar

mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Mazkur qarorning

bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining

Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin deb yozib

ekan. Samarqand shahri fayzli oqshomning faraxbaxsh

lahzalarida qalblarimizdan toshayotgan hayajon va shodlik

shodalari misoli rang-barang mushaklar porlaydi. Sirli va

sehrli yog‘dularga boqib, ko‘nglimiz tog‘dek yuksaladi. Shu

go‘zal kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar

aytamiz. Quvonch to‘la ko‘zlar qorachig‘ida akslanayotgan

umid va ishonch, g‘urur va iftixor, mehru muhabbatga

boqib, yurak qa’ridan shunday tilak qalqiydi: istiqlol

bayraming muborak bo‘lsin, ona xalqim! Ozodliging abadiy

bo‘lsin, jonajon shahrim!



Document Outline

  • Samarqand shahrining 2750 yilligi.
    • Samarqand shahrining 2750 yilligi.

Download 77.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling